Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath
Download 213.06 Kb.
|
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mantiqiy mushohada uchun
- Savol va topshiriqlar
- Glossariy
- Adabiyotlar
- §. Lisoniy ziddiyat va uning turlari
Mantiqiy mushohada uchunQuyidagi hukmlardan qaysi biri to‘g‘ri? 1. Dilshod – odam. Odam – Dilshod. Fikringizni asoslang. Quyidagi hukmlardan qaysi biri to‘g‘ri? 1.O‘rik abrikosdir. 2.Abrikos o‘rikdir. Fikringizni asoslang. So‘fi Olloyorning “sifot (Haqning) zoti emas, na g‘ayri zoti” misrasining mag‘zini chaqing. Sintagmatik munosabat. Yana yuqoridagi qulf va kalitlar haqidagi misolga qaytamiz. Kalitlararo munosabat paradigmatik munosabatga qiyoslangan edi. Qulf va kalit orasidagi munosabat sintagmatik munosabatga o‘xshaydi. Kitob... berdi gapi tarkibiga kirgan tushum kelishigi shakli kitob so‘zi bilan sintagmatik munosabat asosida sintaktik aloqaga kirishgan. Til birliklarining chiziqsimon, ketma-ketlik aloqasi sintagmatik munosabat deyiladi. Aslida sintagmatik munosabat ham lisonda imkoniyat sifatida yashaydi. Masalan, [kitob] leksemasining qanday so‘zlarni biriktira olish va qanday so‘zlarga birika olish (valentlik) imkoniyati uning lisoniy mohiyatida mavjud. Sintagmatik munosabatni sintaktik aloqadan farqlash lozim. Sintagmatik munosabat lisoniy birlikning valentlik (birikish, biriktirish) imkoniyati bo‘lsa, sintaktik aloqa bu imkoniyatning nutqiy voqelanishi. Gap tarkibidagi bo‘laklarning nutqiy hokim- tobelik aloqasi leksemalarning lisoniy sintagmatik munosabati asosida sintaktik aloqa sifatida shakllanadi. Masalan, o‘qimoq leksemasi kitob leksemasi bilan birikish imkoniyatiga ega. Bu imkoniyat kitobni o‘qimoq, o‘qilgan kitob, Kitob o‘qildi nutqiy hodisalarida sintaktik aloqaga aylangan. Demak, sintagmatik munоsabat va sintaktik aloqani butunlay boshqa-boshqa hodisalar deb ham, shuningdek, bir-biriga aynan tenglashtirish, bir-birini qoplovchi tushuncha sifatida qarash ham mumkin emas. Sintagmatik munosabat va sintaktik aloqa butun- bo‘lak munosabatida. Boshqacha aytganda, sintaktik aloqa – sintagmatik munosabatning bir ko‘rinishi. Demak, lisoniy birliklarning shartli vertikal aloqasi paradigmatik munosabat bo‘lsa, gorizantal aloqasi sintagmatik munosabat deyiladi. Mantiqiy mushohada uchunAvtomobil sistemasi elementlarining o‘zaro munosabati paradigmatik munosabatga misol bo‘ladimi yoki sintagmatik? Matn ikkita sodda gapdan iborat. Ular orasida munosabat- ning qaysi turi mavjud? Mavhum sistema va aniq sistema munosabatlari jihatidan qanday farqlanadi? Savol va topshiriqlarMunosabat tushunchasini sharhlang. Paradigmatik munosabat va uning turlari haqida gapiring. 3.Iyerarxik munosabat nima va uning qanday turlari bor? 4.Sintagmatik munosabat haqida gapiring. TestQaysi belgi paradigma a’zolariga xos emas? A) o‘tkinchilik B) barqarorlik S) umumiy belgiga egalik D) farqlilik. Paradigmatik munosabatda zarur belgi: A) o‘xshashlik va farqlar B) farqlar S) o‘xshashliklar D) farq va tafovutlar. Iyerarxik munosabatda zarur belgi: A) “...ga kiradi, ...dan iborat” B) tenglik va o‘xshashlik S) tobelik va farqlilik D) tobelik. Sintagmatik munosabatda zarur belgi: A) imkoniyatlilik B) voqelanganlik S) hodisaviylik D) xususiylashganlik. Glossariymunosabat – mavhum sistema elementlari orasidagi o‘xshashlik va farqlilik hamda aniq sistemalar elementlari orasidagi bog‘liqlik va uyg‘unlashuv paradigmatik munosabat – paradigma a’zolari orasidagi birlashish (o‘xshashlik) va farqlanish(farqlilik) munosabati sintagmatik munosabat – aniq sistema elementlari orasidagi moslashish, bog‘lanish va uyg‘unlashish munosabati pog‘onali munosabat – sistema elementlari orasidagi o‘z ichiga olish munosabati partonimik munosabat – butunning qismga, qismning butunga aloqadorlik munosabati giponimik munosabat – jinsning turga, turning jinsga munosabati totonim – tashkil etuvchi qismlarga munosabat nuqtayi nazaridan butunlik giperonim – turga kiruvchi jins giponim – jinsni qamrab oluvchi tur AdabiyotlarMirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi. – Toshkent: Fan, 2007. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. −Toshkent: O‘qituvchi, 1993. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995. Nurmonov A. Lingvistik belgi nazariyasi. – Toshkent: Fan, 2008. Safarov Sh. Semantika. – Toshkent: “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2013. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010. Сhomsky N. Language and mind. – Cambridje: Cambridje Univ. Press. 2006. Wilkinson P.R. Thesaurus of Traditional English Metaphors. -London, New York: Routledge, 1992. Tulenov J., G‘afurov Z. Falsafa. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997. §. Lisoniy ziddiyat va uning turlariTayanch tushunchalar munosabat, paradigmatik munosabat, sintagmatik munosabat, pog‘onali munosabat, partonimik munosabat, giponimik munosabat, totonim, giperonim O‘zlashtiriladigan tushunchalarziddiyat, ziddiyat a’zosi, ziddiyat belgisi, ikki a’zoli ziddiyat, binar ziddiyat, ko‘p a’zoli ziddiyat, ternar ziddiyat, privativ ziddiyat, noto‘liq ziddiyat, teng qiymatli ziddiyat, muntazam ziddiyat, darajali ziddiyat Ziddiyat haqida umumiy ma’lumot. Ziddiyat (arabcha “qarama-qarshilik”; varianti: oppozitsiya) tilshunoslikda bir sistemadagi lisoniy birliklarning mazmuniy tomoni asosida o‘zaro u yoki bu darajada farqlanishini ifodalaydi. Ziddiyat, tafovut, farq, qarama-qarshilik, ixtilof bir turga kiruvchi har xil tushunchalardir. Butun koinot, tabiat, jamiyat va tafakkurdagi mavjudlik va taraqqiyotning asosiy omili qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunidir. Ziddiyat, qarama-qarshilik, ixtilof va tafovut bo‘lmas ekan, rivojlanish va taraqqiyot, harakat va o‘sish ham bo‘lmaydi. Hatto oyoqlarimiz bir-biriga qarama-qarshi harakatlanmasa, ilgarilay olmaymiz. Zid jinslar bo‘lmasa, kishilik jamiyati ham, hayvonot va o‘simlik olami – tiriklik davom etmaydi. Butun borliq qarama-qarshiliklar mahsuli bo‘lganligi kabi bilim olish ham, borliq haqida ma’rifat hosil qilish ham ixtilof va tafovutlar evazigadir.
Download 213.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling