Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath


Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Download 213.06 Kb.
bet24/45
Sana02.05.2020
Hajmi213.06 Kb.
#102891
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45
Bog'liq
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Fonetik hazil Tilning tilsimoti – Haqning qudrati, Undagi har unsur hikmatga ega.

Har bitta birlikka vazifa tayin, Istalgan vosita qiymatga ega. Bilsangiz, unlilar tizimchasida Oltovlon birlashgan bir vujud erur. Ortiq yo kam degan kalom yo‘q bunda, Haqiqat amri-la u mavjud erur.

Har bitta unlida ikki belgi bor, Juftlik tamoyili ularga tandir.

Baqamti yashaydi zotiy belgilar, Bir unli u juftga ayni vatandir.

Lablangan har birlik lablanmagandan Farq qilib turadi o‘z borlig‘ida.

Quyimi, o‘rtami yoki yuqori – Faqat qo‘sh belgi bor til yorlig‘ida. Ikki va uch belgi ko‘paytmasidan Unlilar miqdori tayin bo‘lgandir.

Belgilarning soni o‘zgarsa, balki,

Miqdor saqlanishi qiyin bo‘lgandir.



Mantiqiy mushohada uchun


  1. Ertakda yalmog‘iz bilan supurgi bir paytda paydo bo‘lib qoldi deylik. Bu bir fonetik pozitsiyaga o‘xshaydimi yoki ikkitaga? Nutq tovushlari asosida dalillang.

  2. Unisi so‘zidagi [n], [i], [s] tovushlari [u] olmoshiga tegishlimi yoki [–i] egalik shakliga? Asoslang.

Ma’lum bo‘ladiki, o‘zbek tilida unli fonemalar bir belgi asosida uch (tor, o‘rta, keng) va ikki a’zoli ziddiyatni (lablangan, lablanmagan), ikki belgi («tilning ko‘tarilish darajasi» va “lablanganlik-lablanmaganlik”) asosida olti a’zoli ziddiyatni hosil qiladi.



Savol va topshiriqlar


1.Fonetika va fonologiyaning farqlanish asosi haqida gapiring. 2.Fonologiyaning o‘rganish obyekti nima?

3.Fonologik paradigma deganda nimani tushunasiz? 4.Fonologik ziddiyat va uning turlari haqida gapiring. 5.Fonologik ziddiyatda kuchli pozitsiya nima?

6. Fonologik ziddiyatda kuchsiz pozitsiya nima?

Test


  1. Tovush hosil qilishda ishtirok etadigan nutq a’zolarining jamiga? A) Nutq formulasi deyiladi B ) Nutq apparati deyiladi

  1. Faol nutq a’zolari deyiladi D) Nutq artikulyatsiyasi deyiladi.

  1. Tovush hosil qilish yoki lingvistik xussusiyatiga ko‘ra nutq apparatini nechaga bo‘lish mumkin? A)3 ga B)4 ga C)6 ga D )2 ga

  2. Tanglay necha qismga bo‘linadi? A ) 2 B) 3 C) 5 D) 4

  3. Tovush hosil qilishda ishtirok etadigan faol organni ko‘rsating. A) Bo‘g‘iz B) Tanglay C ) Lab D) Tish



Glossariy


unli fonema − sof ovozdan iborat, nutqda bo‘g‘in hosil qiluvchi va urg‘u olvuvchi fonema

lablanmagan unli – talaffuzida lab harakatga kelmaydigan unli

lablangan unli – talaffuzida lab harakatga keladigan unli

tor unli – talaffuzida til va tanglay oralig‘i torayadigan unli keng unli – talaffuzida til va tanglay oralig‘i torayadigan unli yuqori unli – talaffuzida til tanglayga maksimal darajada

ko‘tariladigan unli



o‘rta unli – talaffuzida til tanglayga o‘rtacha darajada ko‘tariladigan unli

quyi unli – talaffuzida til tanglayga ko‘tarilmaydigan unli

Adabiyotlar


  1. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. − Toshkent: O‘qituvchi, 1993.

  2. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995.

  3. Tulenov J., G‘afurov Z. Falsafa. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997.

  4. Mirtojiyev M. O‘zbek tili fonetikasi. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2015.



    1. §. Undosh fonemalar paradigmasi Tayanch tushunchalar


fonetika, tovush, nutq tovush, tovushning akustik jihati, tovushning fiziologik jihati, tovushning sotsial jihati, fonema, fonetik paradigma, bir o‘lchovli ziddiyat, ko‘p o‘lchovli ziddiyat, muntazam ziddiyat, ajralgan ziddiyat

O‘zlashtiriladigan tushunchalar


undosh fonema, lab undoshlari, til undoshlari, bo‘g‘iz undoshi, jarangli undoshlar, jarangsiz undoshlar, portlovchi undoshlar, sirg‘aluvchi undoshlar, portlovchi-sirg‘aluvchi undoshlar, korrelyativ belgi, korrelyativ bo‘lmagan belgi
Undoshlarning asosiy farqlovchi belgilari. Undosh fonemalarni farqlovchi asosiy belgi quyidagilar:

  1. hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra;

  2. hosil bo‘lish usuliga ko‘ra;

  1. ovoz va shovqin ishtirokiga ko‘ra.

Hozirgi o‘zbek tilida 24 ta undosh fonema bo‘lib, ularni yuqorida sanab o‘tilgan belgilari bilan quyidagicha ko‘rsatish mumkin (2-jadval).

Boshqa sath birliklarida bo‘lgani kabi, fonemalarning asosiy belgilari korrelyativ va korrelyativ bo‘lmaganlarga ajraladi. Ziddiyatda turgan fonemaning birida bor, ammo ikkinchisida mavjud bo‘lmagan belgi – korrelyativ belgi deyiladi. Masalan, [b]~[p] zidlanishda jarangli-jarangsizlik bu fonemalar uchun korrelyativ belgidir. Ammo til oldi va portlovchilik belgisi har ikkala fonema uchun ham xos bo‘lganligi sababli korrelyativ bo‘lmagan belgi deyiladi. Shuningdek, [h] undoshida jarangsizlik belgisi mavjud. Ammo shu belgi asosida uni boshqa fonema bilan zid qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki [p] fonemasining jarangli jufti – [b] fonemasi. [h] fonemasining esa jarangli jufti o‘zbek tili fonologik sistemasida mavjud emas.

O‘zbek tilidagi 8 ta fonema uchun “jarangli-jarangsizlik” korrelyativ belgi hisoblanadi: [b] ~ [p], [d] ~ [t], [k] ~ [g], [s] ~

[z], [j] ~ [ch], [j] ~ [sh], [g‘] ~ [x], [v] ~ [f].

“Jarangli-jarangsizlik” belgisi asosida korrelyativ munosabatga kirishmaydigan fonemalarning jarangli yoki jarangsiz jufti bo‘lmaydi. Masalan: [l], [m], [y], [x], [h], [n], [r], [ng].

Undosh fonemalar sistemasini jadvalda quyidagicha berish mumkin (16-jadval).

Fonemaning asosiy korrelyativ belgilari farqlovchi belgi hisoblanadi. Masalan, [s] fonemasining jarangsizlik, [z] fonemasining jaranglilik belgisi farqlovchi belgidir.

Undosh fonemada ham asosiy belgi farqlovchilik darajasida bo‘lmasligi mumkin. Masalan, [m] fonemasining jaranglilik belgisi farqlovchi belgi sanaladi. Chunki fonema xuddi shu belgisi asosida boshqa fonema bilan ziddiyatli juftlik hosil qila olmaydi.




Download 213.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling