Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath
Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Download 213.06 Kb.
|
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mantiqiy mushohada uchun
- Savol va topshiriqlar
- Glossariy
- Adabiyotlar
- §. Unli fonemalar paradigmasi Tayanch tushunchalar
- O‘zlashtiriladigan tushunchalar
Mustaqil o‘zlashtirish uchunFonologiya maktablari Moskva va Peterburg fonologiya maktablari nazariyalari o‘rtasidagi ilmiy tortishuv faqatgina fonologik metod va fonema tushunchasiga ta’rif doirasida bordi. Peterburg fonologiya maktabi (PFM) nazariyasi L.V.Shcherbaning fonologik nazariyasiga asoslanib, fonema va uning voqelanishini tan oladi. Bu maktab vakillari – L.R.Zinder, M.I.Matusevich, A.N.Gvozdev va boshqalardir. L.R.Zinderning fikricha: fonema boshqa til birliklaridan farq qiluvchi birlik; fonema fonetik birlik, u nutq tovushlarn orqali ma’lum fonetik xususiyatiga ega bo‘ladi. Ko‘rinadiki, fonema tilda o‘zining aniq vazifasiga va moddiy jihatdan o‘z artikulyatsion-akustik xususiyatiga ega. PFM maktabi fonemaga so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi aniq eng kichik til (tovush) birligi deb qaraydi. Moskva fonologiya maktabi (MFM) vakillari N.F.Yakovlev, P.S.Kuznetsov, V.N.Sidorov, R.I.Avanesov, A.A.Reformatskiy va boshqalardir. Ular ma’lum tovushning biror fonemaga tegishli ekanligini aniqlashda tovushning so‘zdagi o‘rni (pozitsiyasi)ga asoslanadi. Bunda nutq tovushlarining biror fonemaga tegishli ekanligi ular o‘rtasidagi artikulyatsion-akustik yaqinlikni inkor etadi. Keyingi qarash PFM uchun xos. Shu tufayli MFM bo‘yicha fonema so‘zlarni farqlovchi birlik sifatida qaraladi. Mantiqiy mushohada uchunQallob so‘zidagi (a) tovushi Har kim tilagan murodiga yetsa kishi gapida necha marta takrorlangan? [a] fonemasi Har kim tilagan murodiga yetsa kishi gapida necha marta takrorlangan? Savol va topshiriqlar1.Fonetika va fonologiyaning farqlanish asosi haqida gapiring. 2.Fonologiyaning o‘rganish obyekti nima? 3.Fonologik paradigma deganda nimani tushunasiz? 4.Fonologik ziddiyat va uning turlari haqida gapiring. 5.Fonologik ziddiyatda kuchli pozitsiya nima? 6. Fonologik ziddiyatda kuchsiz pozitsiya nima?
Test1. Kitob leksemasida nechta fonema mavjud? A) 5 B) 4 С) 3 D) fonema mavjud emas. 2. XX asr jahon tilshunosligidagi tub burilishi nima bilan belgilanadi? A) lison va nutqni farqlash B) lison va nutqni yaxlit o‘rganish С) nutqni alohida o‘rganish D) lisonning nutqiy voqelanishini tadqiq qilish. 3. Qaysi belgi unli fonemalarga xos emas? A) lablanmaganlik B) torlik С) kenglik D) til oldilik. 4. Morfema qanday leksemalarga qo‘shiladi?
mustaqil B) nomustaqil S) alohida so‘zlarga D) leksemalarga qo‘shilmaydi. 5. Unli va undoshlar o‘zaro qaysi belgi asosida birlashadi? A) ovozga egalik belgisi bilan B) biryoqlama birlik ekanligi bilan S) shovqinlilik D) ikki paradigmaga kirishi bilan. 6. Qaysi belgi paradigma a’zolariga xos emas? A) o‘tkinchilik barqarorlik S) umumiy belgiga egalik D) farqlilik. Glossariyfonetika – nutq tovushlarini o‘rganuvchi soha nutq tovushi – so‘zlarning eshitiluvchi, nutq a’zosini bir holati bilan hosil bo‘ladigan moddiy tomoni tovushning akustik jihati – nutq tovushining eshitilish jihati tovushning fiziologik jihati – nutq tovushining hosil bo‘lish jihati tovushning sotsial jihati – tovushning ma’no farqlash jihati fonema – nutq tovushlarining lisoniy asosi fonetik paradigma – fonemalar sistemasi bir o‘lchovli ziddiyat – bir belgi asos bo‘lgan ziddiyat ko‘p o‘lchovli ziddiyat – bir necha belgi asos bo‘lgan ziddiyat muntazam ziddiyat – a’zolar o‘zaro o‘ziga xos belgilar asosida qarama-qarshi qo‘yiladigan ziddiyat ajralgan ziddiyat – bir belgining bo‘linishlari asosidagi zidlanish AdabiyotlarNe’matov H., Bozorov O. Til va nutq. −Toshkent: O‘qituvchi, 1993. Nurmonov A. Lingvistik belgi nazariyasi. – Toshkent: Fan, 2008. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010. Tulenov J., G‘afurov Z. Falsafa. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997. Mirtojiyev M. O‘zbek tili fonetikasi. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2015. §. Unli fonemalar paradigmasi Tayanch tushunchalar:fonetika, tovush, nutq tovush, tovushning akustik jihati, tovushning fiziologik jihati, tovushning sotsial jihati, fonema, fonetik paradigma, bir o‘lchovli ziddiyat, ko‘p o‘lchovli ziddiyat, muntazam ziddiyat, ajralgan ziddiyat O‘zlashtiriladigan tushunchalarunli fonema, lablanmagan unli, lablangan unli, tor unli, keng unli, yuqori unli, o‘rta unli, quyi unli Unli tovushlar og‘iz bo‘shlig‘ida tovush paychalarida hosil bo‘lgan ovozning turli to‘siqlarga uchrashi natijasida vujudga keladi. Lablarning harakati, tilning tanglayga ko‘tarilishi ovoz duch keladigan to‘siqlardir. Tilning ko‘tarilish darajasi (yuqori, o‘rta, quyi) va lablanganlik-lablanmaganlik – kuchli pozitsiyadagi unli fonemalarning asosiy, sistema hosil qiluvchi belgisi. Unlilarning til gorizontal holatiga ko‘ra (old qator, o‘rta qator va orqa qator) belgilari asosiy hisoblanmaydi. Chunki bu belgilar yondosh tovush ta’sirida hosil bo‘ladi va o‘zgarib turadi. Masalan, [q] undoshi bilan sintagmatik munosabatida [a] unlisi “til orqa” xossasiga ega bo‘lsa, [k] undoshi qurshovida til o‘rta, [m] undoshlari qurshovida esa til oldi unlisi sifatida namoyon bo‘ladi. Download 213.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling