Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath


Download 213.06 Kb.
bet26/45
Sana02.05.2020
Hajmi213.06 Kb.
#102891
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45
Bog'liq
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mantiqiy mushohada uchun


Undoshlar bo‘yicha asosiy birlashtiruvchi belgisini topib, qatorni davom ettiring:

    1. tana, yanoq, karomat, qalamdon, ...

    2. havas, qish, kuldon, ...


Undoshlarning nutqiy voqelanishida lisoniy ziddiyatlarning so‘nishi. Fonemalar nutqda voqelanar ekan, yuqorida aytilganidek, tovushlar tarkibida egallagan o‘rni (pozitsiyasi), boshqa nutq tovushlari bilan munosabatiga ko‘ra, o‘zining lisoniy sifatlarini saqlab qolishi ham, sharoit taqozosiga ko‘ra ma’lum darajada yoki butunlay o‘zgartirib yuborishi ham mumkin. Bunday o‘zgarishlar darajalanadi. Shu boisdan fonemaning nutqda o‘zgarishlarini ikkiga bo‘lish mumkin:

1)miqdor o‘zgarishlari; 2)sifat o‘zgarishlari.

Buni dialektikadagi sifat o‘zgarishlarining miqdor o‘zgarishlariga o‘tishi qonuni asosida tushuntirish va tushunish mumkin.
Mustaqil o‘zlashtirish uchun Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi

dialektikaning uchta qonunidan biri. Bu qonunni faylasuf Hegel ta’riflab bergan. Unga ko‘ra, rivojlanish murakkab jarayon, taraqqiyotda avval miqdor, keyin sifat o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Predmet yoki hodisaning rivojlanishi avval asta-sekin ro‘y beradigan miqdor o‘zgarishidan boshlanadi. Miqdor o‘zgarishi me’yor chizig‘iga yetgach, sifat o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Masalan, bola ulg‘ayayotganda jismoniy jihatdan ma’lum me’yorga yetgach, yigit tusini oladi – unda yangi sifat paydo bo‘ladi. Yoki tungi qorong‘ulik kamayib, bu kamayish ma’lum me’yorga yetgach, kunduz boshlanadi.

Miqdorning ma’lum bir darajasi yangi sifatni keltirib chiqaradi. Miqdor o‘zgarishining sifat yangilanishini keltirib chiqarishi me’yor bilan belgilanadi. Masalan, 22-dekabrda tun va kun tengligi

mavjud. Bunda me’yor 12 soat. Tun bu me’yordan o‘tishi bilan yangi sifat – qish mavsumi boshlanadi. 22-martda esa buning aksi yuz beradi.

Miqdor o‘zgarishi nisbatan sokin, uzluksiz davom etsa, sifat o‘zgarishi uzilishli, sakrashsimon bo‘ladi. Rivojlanish jarayonida eski sifatning yangi sifatga aylanishi uzluksizlikning uzilishi yoki sakrash deb ataladi.

Sakrash — rivojlanish jarayonida qonuniy sodir bo‘ladigan burilish nuqtasi, taraqqiyot zanjiridagi zaruriy halqa.

Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi qonuni dialektikaning boshqa qonunlari singari ilmiy bilish va amaliy faoliyat uchun katta ahamiyatga ega. U bizga tilning ham rivojlanish jarayonini to‘g‘ri tushunib olish, lison va nutq hodisalarini to‘g‘ri baholashga yordam beradi.

Fonemalarning nutqda o‘z lisoniy xususiyatlarini o‘zgartirishi me’yor chizig‘iga yetmasa, bu nutq tovushi shu fonemaning AHVOsi, tajallisi bo‘lib qolaveradi. Masalan, qo‘lim so‘zida [o‘] tovushining ta’sirida [i] fonemasi o‘z xususiyatini biroz o‘zgartiradi. Ya’ni unda lablanmaganlik lablanishga tomon o‘sadi, lekin bu o‘zgarish me’yordan o‘tmaydi. Natijada sifat o‘zgarishi yuz bermaydi – [i] tovushi [i] fonemasi doirasidan chiqib ketmaydi. Biroq iqtisod so‘zida [q] fonemasi talaffuzda [t] tovushining ta’sirida [x] tovushi xususiyatlariga ega bo‘lib qoladi, chunki [q] fonemasi voqelanishidagi o‘zgarish me’yor chizig‘idan o‘tib ketadi. Natijada yangi sifat – yangi tovush vujudga keladi. Garchi imloda ushbu o‘rinda q yozilsa ham, talaffuzda x tovushini aytamiz.



Eslatma


Biz tovushlarga baho berishda, nutq tovushlarini tahlil qilishda ko‘pincha harflarni nazarda tutayotganligimizni bilmay qolamiz. Masalan, pedagogga so‘zi tahlilida uning yozilishini e’tiborga olib, ikkita [g] tovushi borligini qayd qilamiz. Ammo talaffuzda ikkita

  1. tovushlari borligini nazardan qochirmaslik kerak.

Fonetik tahlilda harflar emas, balki tovushlar e’tiborga olinishi lozim.

Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


    1. Undosh fonema nima? 2.Lab undoshi qaysilar? 3.Til undoshi qaysilar?

4. Qaysi undosh bo‘g‘iz undoshi? 5.O‘zbek tilida jarangli undoshlar nechta? 6.O‘zbek tilida jarangsiz undoshlar nechta? 7.Portlovchi undosh qanday hosil bo‘ladi?

8.Sirg‘aluvchi undosh qanday hosil bo‘ladi? 9.Portlovchi-sirg‘aluvchi undosh qanday hosil bo‘ladi? 10.Korrelyativ belgi nima?

11.Korrelyativ bo‘lmagan belgi nima?

Test


1.Unli va undoshlar o‘zaro qaysi belgi asosida birlashadi? A) ovozga egalik belgisi bilan B) biryoqlama birlik ekanligi bilan C) shovqinlilik D) ikki paradigmaga kirishi bilan.

2.[X] undoshiga to‘g‘ri tavsif berilgan javobni toping. A) chuqur til opqa, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh fonema B) bo‘g‘iz, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh fonema C) chuqur til orqa, sirg‘aluvchi, jarangli undosh fonema D) chuqur til orqa, portlovchi, jarangsiz undosh fonema.



  1. Undoshlarning oppozitiv belgisi: A) artikulyatsiya o‘rni B) ovoz va shovqin darajasi C) yumshoq-qattiqlik D) artikulyatsiya o‘rni, ovoz va shovqin darajasi.

  2. Undoshlarning barqaror belgisi: A) artikulyatsiya o‘rni B) ovoz va shovqin darajasi C) yumshoq-qattiqlik D) artikulyatsiya o‘rni, ovoz va shovqin darajasi.

  3. Undoshlarning beqaror belgisi: A) artikulyatsiya o‘rni B) ovoz va shovqin darajasi C) yumshoq-qattiqlik D) artikulyatsiya o‘rni, ovoz va shovqin darajasi.

Glossariy


undosh fonema – tarkibida shovqin ishtirok etadigan fonema

lab undoshi – artikulyatsiya o‘rni lab bo‘lgan undosh

til undoshi − artikulyatsiya o‘rni til bo‘lgan undosh

bo‘g‘iz undoshi − artikulyatsiya o‘rni bo‘g‘iz bo‘lgan undosh jarangli undosh – tarkibi ovoz va shoqindan iborat undosh jarangsiz undosh − tarkibi shoqindan iborat undosh portlovchi undosh – kuchli to‘siqqa uchraydigan undosh sirg‘aluvchi undosh – kuchsiz to‘siqqa uchraydigan undosh portlovchi-sirg‘aluvchi undosh – bir tomondan kuchli,

ikkinchi tomondan kuchsiz to‘siqqa uchraydigan undosh



korrelyativ belgi − ziddiyatda turgan fonemaning birida bor, ammo ikkinchisida mavjud bo‘lmagan belgi

korrelyativ bo‘lmagan belgi − ziddiyatda turgan fonemaning har birida mavjud belgi

Download 213.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling