Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath


Download 213.06 Kb.
bet11/45
Sana02.05.2020
Hajmi213.06 Kb.
#102891
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45
Bog'liq
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Test


  1. Quyidagilardan qaysisi lisoniy birlik belgisi emas: A) mod- diylikdan xolilik B) cheksiz C) barqaror D) ijtimoiy.

  2. Quyidagilardan qaysisi nutqiy birlik belgisi emas: A) mod- diylikdan xoli B) cheksiz C) o‘tkinchi D) individual.

  3. Lison va nutq qaysi bosqichda izchil farqlandi? A) formal B) funksional C) substansial D) lingvopragmatik.

  4. Lisoniy birlik mohiyati tilshunoslikning qaysi bosqichida tik- lanadi? A) formal bosqichda B) funksional bosqichda C) substansial bosqichda D) lingvopragmatik bosqichda.

  5. Kitob leksemasida nechta fonema mavjud? A) 5 B) 4 C) 3 D) fonema mavjud emas.

  6. Maktab leksemasi qaysi kelishikda? A) bosh kelishikda B) qaratqich kelishigida C) tushum kelishigida D) kelishikda emas.



Glossariy


fonema – nutqiy ko‘rinishi leksema va morfemalarni shakllantiradigan va ma’no farqlaydigan, faqat eshitilishi asosida mavjud bo‘lgan, eng kichik lisoniy birlik

tovush – fonemaning nutqda ovozli xususiyat kasb etib, so‘z va qo‘shimchalar tarkibida kelgan varianti

morfema – so‘z yasaydigan, so‘zlarning grammatik shakllarini vujudga keltirib, sintaktik qurilmalarni hosil qilishda qatnashadigan, ma’nosi so‘zlarga bog‘liq holda namoyon bo‘ladigan, mustaqil holda ma’no bermaydigan nutqiy birliklarning lisoniy asosi

qo‘shimcha – morfemaning nutqda reallashgan, so‘z yasash va grammatik vazifa bajaradigan ko‘rinishi

leksema – atash mohiyatiga ega, mustaqil ma’no anglata oladigan, tugal shakllangan lisoniy birlik

so‘z – leksemaning nutqda reallashgan, borliq hodisalarini ifodalash uchun qo‘llangan, grammatik shakllangan ko‘rinishi

qolip – gap, so‘z birikmasi va yasama so‘z hosil qilish andozasi sifatidagi lisoniy birlik

hosila – muayyan andoza asosida hosil bo‘lgan nutqiy birlik

Adabiyotlar


  1. Mirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi. – Toshkent: Fan, 2007.

  2. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. −Toshkent: O‘qituvchi, 1993.

  3. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995.

  4. Nurmonov A. Lingvistik belgi nazariyasi. – Toshkent: Fan, 2008.

  5. Safarov Sh. Semantika. – Toshkent: “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2013.

  6. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010.

  7. Сhomsky N. Language and mind. – Cambridje: Cambridje Univ. Press. 2006.

  8. Wilkinson P.R. Thesaurus of Traditional English Metaphors.

-London, New York: Routledge, 1992.

  1. Tulenov J., G‘afurov Z. Falsafa. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997.

  2. Vohidov R., Ne’matov H., Mahmudov M. So‘z bag‘ridagi ma’rifat. – Toshkent: Yozuvchi, 2001.

Ikkinchi bo‘lim




LISONIY PARADIGMA. LISONIY MUNOSABAT. LISONIY ZIDDIYAT. LISONIY TASNIF





    1. §. Lisoniy paradigma Tayanch tushunchalar

lison, nutq, lisoniy birlik, nutqiy birlik, fonema va tovush, leksema va so‘z, morfema va qo‘shimcha, qolip va hosila

O‘zlashtiriladigan tushunchalar


assosiatsiya, munosabat, sistema, struktura, element paradigma, paradigma a’zosi, fonologik paradigma, morfemik paradigma, morfologik paradigma, leksik paradigma
Paradigma lingvistik tushuncha sifatida barcha fanlarda qo‘llanadigan sistema tushunchasi bilan bog‘lanadi.

Avvalgi mavzularda sistemaning turlari haqida gapirilgan va unda mavhum (ongda mavjud) va aniq (borliqda mavjud) sistemalar farqlangan edi. Quyida ularning har biriga alohida- alohida to‘xtalamiz.


Sistemalarning tarkibi bir xil yoki har xil bo‘lishi mumkin:

Tarkibi

Mavhum sistema

Muayyan sistema

[a↔o↔u↔o‘↔i↔e]

[ko‘rdim]

Element

a, o, u, o‘, i, e

k-o‘-r-d-i-m

Munosabat

o‘xshashlik va zidlanish

farqlanish va

bog‘lanish


Bu sistemalarning o‘ziga xos xususiyatlari:



Mavhum sistema

Muayyan sistema

[a, o, u, o‘, i, e]

[ko‘rdim]

Nomoddiy

Moddiy

Ongda

Ongdan tashqarida

Elementlari gomogen, ya’ni

bir xil (faqat unli)



Elementlari geterogen, ya’ni har

xil (unli va undosh)






Elementlari orasida o‘xshashlik va zidlik munosabati mavjud

Elementlari orasida bog‘lanish munosabati mavjud

Yana badiiy sistema sanaladigan [ruboiy] abstrakt sistemasini uning nusxasi bo‘lgan “G‘urbatda g‘arib...” muayyan sistemasi bilan ham qiyoslab ko‘rish foydadan xoli emas:
Bu sistemalarning tarkibi quyidagicha:

Tarkibi

Mavhum sistema

Muayyan sistema

[ruboiy]

“G‘urbatda g‘arib...”

Element

1)vazn (hazaj bahri)

1)hazaj bahri axram




2)qofiya (a-a-b-a yoki

shajarasi




a-a-a-a)

2)a-a-b-a




3)hajm: (to‘rtlik)

3)to‘rtlik




4)g‘oya: (falsafiy,

4)erk




axloqiy, ta’limiy)




Munosabat

Bog‘lanish

Bog‘lanish

Farqlar asosida sistemalarning o‘ziga xos xususiyatlari kelib chiqadi:



Mavhum sistema

Muayyan sistema

[ruboiy]

“G‘urbatda g‘arib...”

Nomoddiy

Moddiy

Ongda

Ongdan tashqarida

Elementlari geterogen (har xil)

Elementlari geterogen (har xil)

Elementlari orasida bog‘lanish

munosabati mavjud



Elementlari orasida bog‘lanish

munosabati mavjud



Ko‘rilganidek, ayrim mavhum sistemalarning borliqda nusxasi bo‘lsa (masalan, kitob leksemasining nusxasi kitob so‘zi, ruboiy sistemasining nusxasi muayyan bir ruboiy), boshqasi nusxasiz bo‘ladi (masalan, kelishik sistemasi, adabiy turlar sistemasi). Aniqrog‘i, nutqda kitob so‘zi mavjud, lekin oltita kelishik yaxlitligidagi nutq hodisasi, adabiy turlar sistemasining nusxasi bo‘lgan badiiy hodisa yo‘q. Nusxali mavhum sistemani prototipli

sistema, nusxasiz sistemani prototipsiz sistema sistemasi) deyish ham mumkin.



Tilda assosiativ munosabat. Sistemadosh (bir sistemaga mansub) lisoniy birliklar bir-birini eslatib turadi. Shu boisdan ular jamiyat a’zolari ongida bir tizimga birlashgan holda yashaydi. Masalan, [a] fonemasi [o] fonemasini, [u] fonemasi [o‘] fonemasini, [i] fonemasi [e] fonemasini eslatadi. Umuman olganda, bir unli boshqa unlini eslatadi. Bu ushbu unlilarning bir sistemaga kirishi tufayli sodir bo‘ladi. Bu fikr undosh fonеmalarga ham taalluqli. Lekin [a] fonemasi dabdurustdan [q] yoki [h] fonemasini eslatmaydi. Chunki ular ikki sistema – unlilar va undoshlar sistemasiga kiradi. Unlilar bir-birini unlilar sistemasida, undoshlar esa undoshlar sistemasida eslata oladi. Hatto [u] fonemasining [a] fonemasini eslatishi o‘z sistemadoshi bilan birgalikda amalga oshiriladi. Masalan, [a], [o] fonemalari ichki, mikrosistema hosil qilib, birgalikda boshqa fonema juftliklarini eslatadi. Bir-birini eslatib turish assosiativ munosabat deyiladi.

Eslatish ikki tomonlama bo‘lishi ham mumkin. Masalan, [yuz] leksemasi, bir tomondan [bet], [chehra], [jamol], [oraz] kabi birliklarni, ikkinchi tomondan, [burun], [ko‘z], [quloq], [qosh], [lab] leksemalarini eslatadi va bunda u ikki sistemaning a’zosi ekanligini namoyon qiladi.

Bir-birini eslatuvchi birliklar umumiy, o‘xshash belgi- xususiyatga ega bo‘ladi. Ana shu o‘xshashlik va umumiylik ularni birlashtiruvchi, bir sistemada “ushlab turuvchi” belgilari sanaladi. Masalan, unlilar “sof ovozga egalik” umumiy belgisi ostida birlashadi. Ammo ular farqli belgiga ham ega bo‘lishi shart. Masalan, bu sistemada [a] “lablanmaganlik”, [o] “lablanganlik” farqlovchi belgisiga ega, “kenglik” belgisi esa ularni birlashtiradi.


Download 213.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling