Kirish Genlar o'zgarishi bilan bog'liq irsiy kasalliklar Irsiy moyillikka EGA kasalliklar
Download 40.17 Kb.
|
IRSIY KASALLIKLAR KLASSIFIKATSIYASI
Irsiy moyillikka ega kasalliklar.
Yuqorida biz odamlarda uchraydigan gen o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lgan irsiy kasalliklar ustida to‘xtaldik. Ammo gen bilan bog‘liq bo‘lgan irsiy kasalliklar odamlarda kuzatiladigan barcha kasalliklarning 6-8 foizini tashkil etadi. Ko‘pchilik kasalliklarning (90-92 foiz) irsiy moyilligi avloddan-avlodga o‘tadi. Bunday kasalliklar qatoriga qandli diabet, yurak-qon tomirlari va allergik kasalliklar, ateroskleroz, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, revmatizm, shizofreniya, tug‘ma poroklar va boshqalar kiradi, Yuqorida keltirilgan kasalliklarning konkret kasallikka nisbatan moyilligi avloddan-avlodga beriladi. Aniq olingan kasallikning namoyon bo‘lishi genotip va shaxsni o‘ragan tashqi muhit omillariga bog‘liq bo‘ladi. Irsiy moyillikka ega boigan kasalliklarni o‘rganish hozirgi zamon tibbiyot genetikasining aktual vazifalaridan biridir. Yurakning ishemik kasali bir butun populatsiyaga nisbatan kasalning qarindoshlarida 5 marta, qandli diabet 10 marta ko‘proq kuzatilar ekan. Qandli diabetning insulinga bog‘liq bo‘lgan, insulinga bog‘liq bo‘lmagan va boshqa turlari mavjud. Insulinga bog‘liq qandli diabet autosoma-retsessiv tipda irsiylanib, ikkita gomozigotalilaming birida namoyon bo‘ladi. Populatsiyada diabetning bu turi 1:7,6 nisbatda uchraydi. Insulinga bog‘liq bo‘lmagan qandli diabet autosoma-dominant tipda irsiylanib, avloddan-avlodga uning berilish moyilligi o‘tadi. Qandli diabet keng tarqalgan kasalliklardan biri. Butun dunyo sog‘liqni saqlash tashkilotining dalillariga ko‘ra 30 milliondan ortiq kishi qandli diabet bilan kasallangan. Bu kasallikda odamning o‘z sog‘lig‘ini saqlash uning hayot keehirish tarziga bogcliq bo‘ladi. Shunday qilib, shuni ishonch bilan aytish mumkinki, tibbiyot genetikasining yutuqlari inson turli xil kasalliklar oldida kuchsiz, ojiz degan qarashlarni yo‘qqa chiqarmoqda. Kasallik omilining xavfi hamma vaqt ham har bir olingan holatda kasallikni yuzaga keltirib chiqara bermaydi. Bu yerda kasallikning profilaktikasi maqsadida ovqatlanish rejimiga e’tibor berish, zararli odatlardan voz kechish, mehnat va dam olish rejimiga itoat etish, jismoniy chiniqish katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Download 40.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling