Kirish Genlar o'zgarishi bilan bog'liq irsiy kasalliklar Irsiy moyillikka EGA kasalliklar


Download 40.17 Kb.
bet4/6
Sana03.11.2023
Hajmi40.17 Kb.
#1743899
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
IRSIY KASALLIKLAR KLASSIFIKATSIYASI

Immunogenetika.
Qon gruppasi odamning tug‘ma xossasi bo‘lib, uning umri davomida (ontogenezida) doimiy hisoblanadi. Hozirgi vaqtda qon gruppalarining bir qancha tizimi mavjud. Har biri o‘z yo‘liga irsiy xarakterga ega. Qon gruppalarining irsiylanishidan sud-meditsina ekspertizalarida foydalaniladi. Klinik meditsinada qon quyishda ABO qon gruppalari tizimini hamda rezus-faktomi yaxshi bilish talab etiladi. ABO qon gruppalari tizimi haqida III bobda to‘liq ma’lumot keltirilgan. 1940-yilda K.Landshteyner rezus qon gruppalari tizimini ochdi.
U odam va hayvonlaming qonlarini o‘rganib, taxminan tekshirilgan odamlarning 85 foizining qoni rezus maymunining qoniga o‘xshashligini aniqladi. Bunday odamlarning qoni rezus maymunnikiga aynan o‘xshash antigenga ega ekanligi aniqlandi. Aniqlangan antigen rezus-faktor (Rh) deb ataldi. Keyinchalik bu faktoming bor yoki yo‘qligini belgilovchi genning irsiylanish xarateri aniqlandi.
Rezus-faktor ijobiy yoki manfiy bo‘lishi mumkin. Birinchi holatda u dominant gen tomonidan, ikkinchi holatda esa - retsessiv gen tomonidan boshqariladi. Agarda har ikki ota-ona bir xil rezus-faktor (ijobiy yoki manfiy) ga ega bo‘lsalar ona organizmi bilan homila o‘rtasida immunologik kelishmovchilik bo‘lmaydi. Agarda ota ijobiy, ona manfiy rezus-faktorga ega bo‘lsa, u holda homila otadan o‘tgan ijobiy (dominant) rezus-faktorga ega bo‘lib u onaning manfiy rezus- faktori bilan immunologik kelishmovchilikka duch keladi. Ona organizm o‘z homilasini begonadek qabul qiladi. Homilaning antigenlari ona organizmida antitelalaming hosil bo‘lishiga turtki bo‘ladi. Antitelalaming miqdori birinchi homilaning eson-omon tug‘ilishiga vetarlicha ta’sir ko‘rsata olmaydi. Ammo ikkinchi homila paydo bo‘lganda antitelalaming miqdori yetarli darajada bo‘lganligi sababli, homilaning eritrotsitlariga kuchli zarar yetkaziladi.
Agarda ona ijobiy rezus-faktorga, ota manfiy faktorga ega bo‘lsa, u taqdirda homila onadan o‘tgan ijobiy rezus-faktorga ega bo‘lib, ona va bola o‘rtasida immunologik kelishmovchilik vujudga kelmaydi.
Shunday qilib, odamlarda qon gruppalarini o‘rganish natijalaridan meditsina va sud amaliyotlarida, shuningdek, genetikaning qator nazariy masalalarini yechishda foydalanilmoqda.



Download 40.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling