Kirish Genlar o'zgarishi bilan bog'liq irsiy kasalliklar Irsiy moyillikka EGA kasalliklar
Dori-darmonlar bilan bog‘liq allergiya
Download 40.17 Kb.
|
IRSIY KASALLIKLAR KLASSIFIKATSIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oziq-ovqat bilan bog‘liq allergiya.
- Ovqatlanish va kasallik.
- Foydalanilgan afabiyotlar ro’yxati
Dori-darmonlar bilan bog‘liq allergiya. Hozirga kelib dori- darmonlaming soni 400 mingdan oshib ketgan. Bu kasallik dorilar ta’sirining qo‘shimcha effekti tufayli kelib ehiqadi. Bunga misol qilib o‘tgan asming 60-yillarida Germaniya Federativ Respublikasida og‘riqni qoldimvchi dori talidomidning irsiyatga ta’siri o‘rganilmasdan turib sotuvga chiqarilishi tufayli 6 mingga yaqin nogiron bolalaming tug‘ilishiga sababchi bo‘lganligini ko‘rsatish mumkin. Shu sababli dorilami shifokor ruxsatisiz qabul qilmaslik kerak, dori orqali allergiya bo‘lsa, o'z vaqtida shifokorga murojaat qilish lozim boiadi.
Oziq-ovqat bilan bog‘liq allergiya. Bu tipdagi allergiyada ichak- jigar to‘siqlaming oziqa antigenlariga bo‘lgan o‘tkazuvchanlik xossasi ortib to‘liq parchalanmagan oziqa oqsillarining so‘rilishi sababli rivojlanadi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bu xildagi allergiyalarning keng tarqalishiga keragidan ortiqeha oziqalami iste’mol qilish, oziq-ovqat sanoatida turli bo‘yoqlar va konservantlami ishlatish, qishloq xo‘jaligida ortiqeha holda mineral o‘g‘itlar hamda zaharli moddalami ishlatish sabab bo‘ladi. Ovqatlanish va kasallik. To‘g‘ri ovqatlanish tartibi sogbliqni saqlash garovidir. Vaznning normadan ortiq bo‘lishi moddalar almashinuvi jarayonining borishida nosozlikni keltirib chiqaradi, Ortiqcha vazn odamlarda quyidagi noxush holatlami keltirib chiqaradi: • qon aylanish organlarining tananing katta miqdordagi to‘qimalarini qon bilan ta’minlab turishida ortiqcha yuk; • harakatda energiyani ko‘proq sarflash; • nafas olish organlarining ortiqcha yuk bilan ishlashi; • tayanch-harakat tizimi organlarining ortiqcha yuk bilan ishlashi, qo‘l-oyoq bo‘g‘imlari va umurtqa pog‘onasida nosozliklar. Ammo so‘nggi o‘n yilliklarda alkogolizmning genetik aspektlariga bo'lgan qiziqish ortdi, chunki dunyoda spirtli ichimliklar iste’mol qilish yoshlar orasida, ayniqsa, ayollar o‘rtasida keng tarqalib bormoqda. Alkogol eng muhim shikastlovchi omil bo‘lib, homilaga to‘g‘ridan- to‘g‘ri yoki bilvosita yo‘llar bilan ta’sir ko‘rsatadi. Alkogol bilan bog‘liq kasalliklar yangi tug‘ilgan chaqaloq vaznining normadan kamligi, nerv tizimidagi o‘zgarishlar, bolalar aqliy qobiliyatining yomonlashuvi bilan xarakterlanadi. Insoniyat boshiga og‘ir .kulfatlar olib keladigan zararli odatlardan biri - bu chekishdir. Hozirgi vaqtda butun dunyoda chekish jamiyat oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ko‘pgina davlatlarda yoshlar, ayniqsa, yosh ayollar bu zararli odatga duchor bo‘lganlar. Chekishning zarari shu darajada yuqori bo‘lganligi sababli u bilan kurash davlat homiyligiga olingan. Shu bilan birga chekish kelgusi avlodga juda katta zarar yetkazadi. Sitologik tadqiqotlar chekishning erkak va ayollarda naslsizlikni keltirib chiqarishligini isbot etgan. Chekish embrionning nobud bo‘lishiga yoki chaqaloqning o‘lik tug‘ilishiga sababchi bo‘ladi. Nikotin moddasi jigar hujayralarida oqsilning sintezlanishini tormozlaydi. So‘nggi 25 yil ichida chekadigan ayollar o‘rtasida o'pka raki kasalligining ortganligi qayd etilgan. Hatto chekuvchi erkakning ayoli, chekmaydigan erkakning ayoliga nisbatan ikki marta ko‘proq rak kasaliga chalinar ekan. 0 ‘ylaymizki, bu noxush faktlar oila davrasida barcha oila a’zolari o'rtasida muhokama qilinishiga loyiq masala hisoblanadi, chunki har bir inson aqlli mavjudot sifatida bu zararli odatdan voz kechishi - farzandlarimiz kamoloti yo‘lida qo‘yilgan to‘g‘ri qadam deb hisoblaymiz. Xulosa Yuqorida biz turli irsiy kasalliklarga olib keluvchi, irsiylanishga moyil bo‘lgan kasalliklaming paydo bo‘lishida asosiy rolni gen mutatsiyalari, so‘ng esa tashqi muhit omillari ham sezilarli ta’sir ko'rsatishligi bilan tanishdik. Ana shu irsiy kasalliklami davolashda quyidagi asosiy usullar qo‘llaniladi: o‘mini to‘ldimvchi terapiya, vitaminoterapiya, dietoterapiya, xirurgik davolash. Irsiy kasalliklaming juda og‘ir kechishi, ko‘pchiligini davolashning samarali usullari hali ishlab chiqilmaganligi, ularning nasldan-naslga o‘tishini hisobga olib, bu kasalliklaming oldini olishning (profilakti- kasining) P. N. Bochkov tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi yo‘nalish- larini ko‘rsatish mumkin: • atrof-muhitni muhofaza qilish; • jamiyatda oilalarni rejalashtirish, qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikohlarni kamaytirish; • chaqaloq tug‘ilishidan oldin unga tashxis qo‘yish; • genlar ta’sirini idora qilish. Oxirgi universal yo‘nalishning asosida patologik genlar ta’sirini fenotipik tuzatish yotadi. Genlar faoliyatiga ontogenezning turli davrlarida ta’sir ko‘rsatish ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Shunday qilib, insonning biologik taqdiri (irsiy kasalliklarni yengish, umrni uzaytirish), xuddi ijtimoiy taqdiri singari, uning o ‘z qo‘lidadir. Foydalanilgan afabiyotlar ro’yxati D.A. Musayev, Sh. Turabekov, A.T. Saidkarimov, A. S. Almatov, A.K. Rahimov. “Genetika va seleksiya asoslari”. «Voris-Nashriyot» - 2012. www.arxiv.uz www.google.com Download 40.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling