Кириш. Геофизик тадқиқот усуллари
GEOFIZIKANING ASOSIY YO‘NALISHLARI
Download 1.08 Mb.
|
2-mavzu. Amaliy geofizikada qo‘llaniladigan usullar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- CG-5 Autograv gravimetri
- Yer magnit maydonini o‘lchash asboblari
GEOFIZIKANING ASOSIY YO‘NALISHLARI:MAGNITORAZVEDKA GRAVIRAZVEDKA SEYSMORAZVEDKA ELEKTRORAZVEDKA RADIOMETRIYA 1. GRAVIRAZVEDKA. Gravitasion razvedka (gravirazvedka) amaliy geofizika usullaridan biri bo‘lib, yerni gravitasion maydoni hususiyatlarini o‘rganishga asoslangan. Gravitasion maydon tortish kuchi maydoni va markazdan qochma kuch maydoni yig‘indisidir, u og‘irlik kuchi maydoni deb ataladi. Bu maydonni o‘rganish Yerni yuqori qismining geologik tuzilishi haqida xulosalar qilishga imkon beradi. Gravirazvedka yopiq hududlarni tektonik, petrografik va litologik xaritalash, neft va gazli tuzilmalarni qidirish, neft va gazni o‘zini qidirish, ma’danli va noma’dan foydali qazilmalarni qidirish va razvedka qilish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, injener-geologik, gidrogeologik va geodezik vazifalarni hal etish va Yerning tuzilishi (figurasi) ni o‘rganishda ham gravirazvedka qo‘llaniladi. CG-5 Autograv gravimetriYer yuzining gravitasion xaritasi 2. MAGNITORAZVEDKA Magnitorazvedka - geomagnit maydonining fazoviy o‘zgarishlarini o‘rganishga asoslangan (bu o‘zgarishlar tog‘ jinslari va ma’danlarni magnitliligini farqlanishidan kelib chiqadi). Bu usul asosan geologik xaritalash va foydali qazilmalarni qidirishda qo‘llanilib, magnit maydoni yer ustida, dengiz yoki okeanda, havoda, quduqlarda va yer osti tog‘ laxmlarida o‘lchanadi. Yerning magnit maydoni Yerning har qanday nuqtasida va undan tashqarida magnit kuchlari ta’sir etadi. Bu Yer yadrosidagi elektr toklari ta’sirida Yerning magnitlanishi bilan bog‘liq. Yerni magnit maydonini shar maydoniga taqqoslash mumkin. Yer magnit maydonini o‘lchash asboblari3. SEYSMORAZVEDKA Seysmorazvedka – Yer qobig‘ining tuzilishini aniqlashda, foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilishda seysmik tebranishlar maydonining xususiyatlarini o‘rganishga asoslangan geofizik usuldir. Seysmik tebranishlar maydoni – portlash yoki zarba berish yo‘li bilan hosil qilingan va tog‘ jinslarida tarqaluvchi seysmik to‘lqinlar maydoni. Seysmik to‘lqinlar har xil tog‘ jinslari chegarasida akslanishi, sinishi va qisman yer yuziga qaytib kelishi, u erda maxsus apparaturalarda qayd qilinishi mumkin. To‘lqinlarni manbadan qayd nuqtasigacha tarqalish vaqtini, ularni tezligini, amplitudasini, chastotasini va boshqa xususiyatlarini aniqlab qatlamlar, ularni yotish qiyaligi haqida ma’lumot olish mumkin (shu jumladan qatlamlarni stratigrafiyasi va tarkibi haqida ham). Bunda akslangan to‘lqinlar, singan to‘lqinlar va o‘tuvchi to‘lqinlar usullaridan foydalaniladi. Ish o‘tkazilayotgan sharoitlar va echiladigan vazifalarga qarab bu usullarning turli texnologik uslublari qo‘llaniladi – dala seysmorazvedkasi, dengiz seysmorazvedkasi (dengiz va okeanlarda), er osti seysmorazvedkasi (skvajinalar, tog‘ lahmlari, shaxtalarda). Tuzilmalarni o‘rganish vazifalari (yer qobig‘ining tuzilishini o‘rganish, cho‘kindi jinslar va kristall asos jinslaridagi tuzilmalarni o‘rganish, cho‘kindilarni litologo-stratigrafik xaritalash), neft, gaz, toshtuz, boksit konlarini qidirish va razvedka qilish, ma’danli geologiyada, injener-geologik vazifalar (seysmik rayonlar, surilma zonalarni xaritalash, zilzilalarni bashoratlash), gidrogeologik vazifalar (yer osti suvlarini topish va o‘rganish) va tog‘-texnik vazifalarni hal etishda seysmorazvedka keng qo‘llaniladi. Geofizik izlanishlarga sarflanadigan xarajatlarni 60%i seysmorazvedka ishlariga to‘g‘ri keladi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling