Кириш. Геофизик тадқиқот усуллари
Seysmorazvedka usulining qo‘llanilishi
Download 1.08 Mb.
|
2-mavzu. Amaliy geofizikada qo‘llaniladigan usullar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- RADIOMETRIYA VA YADRO GEOFIZIKASI
- Radiometriya usulining qo‘llanilishi va apparaturalari
Seysmorazvedka usulining qo‘llanilishi4. ELEKTRORAZVEDKA Elektrorazvedka Yerdagi fizik-ximik, kosmik jarayonlar ta’sirida hosil bo‘lgan tabiiy va sun’iy hosil qilingan elektromagnit maydonlarni o‘rganishga asoslangan. Tabiiy va sun’iy maydonlar vaqt davomida o‘zgarishiga qarab o‘zgarmas va o‘zgaruvchan bo‘ladi. Agar bunday maydonlar uzoq vaqt (bir necha sekund) saqlansa, ular uyg‘unlashgan maydonlar deyiladi. Qisqa vaqtli tok impulsi yoki uning o‘zgaruvchan (+yoki-) impulslari yordamida hosil qilingan maydonlar uyg‘unlashmagan maydonlar deyiladi. O‘zgaruvchan uyg‘unlashmagan maydonlar past chastotali (f < 10 kGs) va yuqori chastotaliga (f > 10 kGs) bo‘linadi. Elektromagnit maydonlarning o‘lchanayotgan xar xil sathlardagi (kosmos, xavo, okean, yer yuzi, quduqlarda) o‘zgarishi tog‘ jinslarining elektromagnit xususiyatlari farqlanishidan kelib chiqadi. Elektromagnit maydonidagi har xil tarkibli tog‘ jinslari turlicha zaryadlanadi va ikkilamchi elektromagnit maydonni hosil qiladi. Bu maydon geologik ob’yektning o‘lchamlari, chuqurligi va yotish sharoitiga bog‘liq.. Geologik jism, qatlamlarni o‘lchamlari, ularning elektromagnit xususiyatlari birgalikda geoelektrik kesimni tashkil etadi. Elektrorazvedka geofizik usullar ichida geoelektrik kesimni o‘rganish usul va uslublarining ko‘pligi bilan ajralib turadi, chunki o‘rganilayotgan maydonlarning kelib chiqishi, hususiyatlari, chastotasi, maydonlarni hosil qilish va o‘lchash uslublarining ko‘pligi sababdir. Elektrorazvedka usulining qo‘llanilishi RADIOMETRIYA VA YADRO GEOFIZIKASIYadro geofizikasi radioaktiv ma’danlarni qidiruvi va razvedkasini fizik usullari (ularni tabiiy radioaktivligi bo‘yicha - radiometriya) bilan tog‘ jinslarini elementlar bo‘yicha taxlili, ya’ni undalgan radioaktivlikni o‘rganish usullari (yadro-fizik usullar) ni birlashtiradi. U geofizika va geoximiya oralig‘ida bo‘lib, kuzatuvlarni mazmuni, metodikasi va texnikasi bo‘yicha geofizik usullarga kiradi (ba’zi geoximik vazifalarni yechsa ham). Yadro geofizikasi “yaqin - ta’sirli”gi bilan farqlanadi, ya’ni o‘rganish chuqurligi kamligi bilan, chunki yadro nurlanishlar atrofdagi jinslar va havoda tez yutilib ketadi. Shunga qaramay radioaktiv yemirilish mahsulotlari harakatlanishga qodir (migratsiya), jinslar va ma’danlar atrofida gazli, suvli va mexanik sochmalar hosil qiladi, ular bo‘yicha tub jinslarni radioaktivligi haqida fikr yuritish mumkin. Radiometriya usulining qo‘llanilishi va apparaturalariE’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !!!Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling