Kirish I. bob. Aniq va tabiiy fanlarni o`qitish metodikasi
Fizika fanini o‘qitishda foydalanish tavsiya etiladigan qo‘shimcha
Download 46.66 Kb.
|
Fizika kurs ishi
2. Fizika fanini o‘qitishda foydalanish tavsiya etiladigan qo‘shimcha
adabiyotlar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ta’lim saytlari va portallaridagi elektron resurslar tahlili. Bolaga insonlarvarlik ѐndashuvi texnologiyasi Bu texnologiya avvalo bolani insonparvarlik ѐndashuvi, psixoterapevtik yo‘nalishi bilan boshqa texnologiyalardan ajralib turadi. Bular o‘z o‘rnida majburlashni qoralaydi va aksincha bolani har tomonlama hurmat qilish, uni yaxshi ko‘rish, hamda bolaning ijodkorlik imkoniyatlariga optimal ishonch bilan qarash g‘oyalarini ilgari suradi. Bola shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tarbiyalanuvchining shaxsiy imkoniyatlariga moslashtirilgan pedagogik muhitni hamda ta’lim-tarbiya jaraѐnini tashkil etishning psixologik shart-sharoitlarini nazarda tutadi. Bu ta’lim texnologiyasida har bir bolani tushunish, hurmat qilish, unga ishonish, hamkorlikda ishlash kabi xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Mustaqil fikrlashga o‘rgatish zarurati, qolaversa mustaqillikni mustahkamlash ehtiѐjini ko‘zlab, xalq ruhiga singib qolgan mute’lik, jur’atsizlik, tobelik, o‘z fikrini yakdil baѐn eta olmaslik kabi illatlarni tugatish, shuningdek serandishalik, noo‘rin sabr-toqatlilik kabi fazilatlarni ongidan chiqarish zamonaviy ta’lim talablaridan sanaladi. Mustaqillik sharofati ila erkinlik, Vatan, millat, davlat oldida mas’ullik, yuksak ma’naviyatga intilish, shaxsiy fikrga ega bo‘lish singari bobokalonlarimizdan o‘tib kelaѐtgan fazilatlar qayta jumbushga kela boshladi. Shu nuqtai nazardan, birinchi prezidentimiz mashhur ijobiy «portlash effekti» to‘g‘risida gapira turib: - «Har qaysi insonda muayyan darajada intellektual salohiyat mavjud. Agar shu ichki quvvatning to‘liq yuzaga chiqishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit yaratilsa,.. har qaysi inson Olloh taolo a’to etgan noѐb qobiliyat va iste’dodini avvalo o‘zi uchun, oilasining, millati va xalqining, davlatining farovonligi, baxt-saodati, manfaati uchun to‘liq baxshida etsa, bunday jamiyat shu qadar kuchli taraqqiѐtga erishadiki, uning sur’at va samarasini hatto tasavvur qilish ham oson emas», degan edi. Bu teran fikr, haѐtiy mantiq mamlakatimizda ѐshlar uchun yaratilaѐtgan shart-sharoitlar, ularning ta’lim-tarbiyasiga berilaѐtgan e’tiborda o‘z ifodasini topmoqda. Oldindan qilingan bu bashoratning yaqin orada haqiqatga aylanmog‘i muqarrar, bu ishonch O‘zbekistonning kelajagining buyukligiga bo‘lgan ishonch bilan uyg‘unlashib ketadi. Bola shaxsini rivojlantirishga qaratilgan texnologiya asosida tarbiyalanuvchi –tarbiyachi hamda tarbiyalanuvchi-tarbiyalanuvchi hamkorligi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu jaraѐnda ta’lim-tarbiya ijobiy natijalarga yo‘naltiriladi. “Bola”– kim? Bola ijtimoiy munosabatlar tizimining ko‘p qirrali, murakkab qismidir. U bir tomondan, ijtimoiy-tarixiy taraqqiѐtning mahsuli bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘zi ijtimoiy taraqqiѐtni ta’min etadi. Demak, ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi va ijtimoiy taraqqiѐtda faol ishtirok etuvchi insongina bola deb ataladi. Psixologlarning ta’biricha, fikrlash, ya’ni tafakkur-odam miyasida sodir bo‘ladigan jaraѐn. Sezgi organlari ojizlik qilgan o‘rinlarda odam va olamning xususiyatlari tafakkur orqali o‘rganiladi. Tafakkur aqliy faoliyatning, ongli xatti-harakatlarning majmui. U tevarak-atrof, voqelik hamda ijtimoiy muhitni bilish quroli, inson faoliyatini to‘g‘ri va samarali amalga oshirishning asosiy sharti hisoblanadi. Kishi fikrlash jaraѐnida o‘zi ko‘rgan, idrok qilgan, sezgan, tasavvur etgan narsa va hodisalarning to‘g‘riligi, aniqligi, haqiqiyligi hamda ularning borliqqa munosabatini aniqlaydi. Download 46.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling