Kirish I. bob. Aniq va tabiiy fanlarni o`qitish metodikasi


II.bob. Fizika fanini o`qitishda yangi pedogogik texnologiyalardan samarali foydalanishda hamkorlikda ishlashning ahamiyati


Download 46.66 Kb.
bet4/8
Sana20.06.2023
Hajmi46.66 Kb.
#1627055
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Fizika kurs ishi

II.bob. Fizika fanini o`qitishda yangi pedogogik texnologiyalardan samarali foydalanishda hamkorlikda ishlashning ahamiyati

2.1. Fizika o`qitishda iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash va ularni turli tanlovga tayyorlash masalalari



  1. O`quvchilarga puxta bilim berish. Sinfdan tashqari olib boriladigan barcha to`garaklar o`quvchilarga puxta va hartaraflama bilim berishga qaratiladi, chunki hozirgi zamon ilmiy texnika taraqqiyoti davrida sanoat korxonalari, elektron hisoblash mashinalari, sun`iy yo`ldoshlar orbittaga chiqishi, yarim o`tkazgichli materiallar ishlab chiqarilishini takomillashtirish va qishloq xo`jalik sohalarida ishlash uchun yoshlar fizika va texnika yuzasidan puxta bilimga ega bo`lishi talab etiladi:
  2. O`quvchilarning fan asoslarini o`rganishga bo`lgan qiziqishlarini oshirish va ularning mustaqil bilim olishlari uchun zarur bo`ladigan ko`nikmalar bilan qurollantirishdan iborat.




O`quvchilarning qiziqishini vujudga keltirishda va ijobiy tashabbuskorligini rivojlantirishda qiziqarli tajribalar, eksperimental masalalar ishlash, yangi mavzuni hayotga bog`lab o`tish, multimediyalar, elektron darsliklardan foydalanish, kinofilmlarni namoyish qilish, qiziqarli kechalar uyushtirish, mustaqil o`qish uchun ilmiy va fantastik adabiyotlar tavsiya etish, tabiatga, ilmiy tadqiqot institutlariga va imkoni bo`lsa GESlarga sayohat tashkil etish hamda o`zbek fizik olimlari bilan uchrashuvlar tashkil etish nihoyatda muhim ahamiyatga ega:


  1. O`quvchilarni ilmiy tadqiqot metodlari bilan tanishtirish. Odatda, o`quvchilar fizik asboblar bilan tanishadi va u bilan muomalada bo`ladi. Bu va kuzatishlar fizik hodisalarni, qonuniyatlarni, labaratoriya mashg`ulotida hisob-kitobni to`g`ri talqin etishga yordam beradi.


  2. To`garaklar o`quvchilarni milliy qadriyatlarimizni saqlash ruhida tarbiyalash har bir o`qituvchining diqqat markazida turishi kerak. Aqliy tarbiya, politexnik tarbiya, mehnat tarbiyasi, estetik tarbiya, jismoniy va axloqiy tarbiya maktabda beriladigan tarbiyaning tarkibiy qismidir, shunday ekan: o`quvchilarni mehnat qilishga qiziqtirish, ularda mehnatga havas va hurmat hisini uyg`otish fizikadan sinfdan tashqari mashg`ulotlarning asosiy vazifasi hisoblanadi.




Fizika to`garaklarining mazmuni o`qituvchi rahbarligida o`quvchilar tomonidan olib boriladigan mustaqil ishlar, tajribalar, masala ishlash, kechalar, kuzatishlar, ilmiy va ilmiy ommabop adabiyotlarni o`qish, o`quv filmlari namoyish qilish, xalq xo`jaligini turli sohalariga oid ijtimoiy foydali mehnatni tashkil qilish, tabiatni muhofaza qilish,fizik bilimlarini keng jamoatchilik o`rtasida targ`ib etish, ko`rgazmali qurollar tayyorlash, turli maketlar yasashdan iborat.
Fizika o`quv predmeti bo`yicha sinfdan tashqari mashg`ulotlar VI-IX sinf o`quvchilarini qamrab olgan bo`lib, ularda tabiat hodisalarining xilma-xilligi, inson va uning texnikadagi rolini o`rganish, fizika asboblari ustida ishlash va tajribalarni kuzatish, qiziqarli tajribalar, eksperimental masalalar ishlash, fizik asboblar yasash, “Fazogirlar kuni”, “O`zbekistonni elektirlashtirish”, “Radio kuni” ni o`tkazish, adabiyotlar bilan ishlash, ko`rgazmali qurollar, stend va jadvallar yasash kabi ishlar bajariladi.
Bola iqtidorini
rivojlantirish , shakllantirish va uni iqtidorli shaxsga aylantira olish
o‘qituvchining iqtidorli bola bilan ishlay olish xususiyatlariga bogliq.
Bular- o‘qituvchining motivatsion tayyorgarligi , qiziquvchanligi, o‘z ishiga
sodiqligi, faol izlanuvchanligi, mehnatsevarligi, inson faoliyatining
barcha sohalarini bilishi, iqtidorli bola psixologiyasini tushunishidir.
Yangiliklarga intilish, borliqning sir-sinoatlarini ochish, o‘rganishga
intilish maktab partasidayoq tug‘iladi. Shuning uchun aynan maktabdan fan
va texnikaning turli sohalari bilan qiziquvchi bolalarni aniqlash,
ularning orzu va rejalarini amalga oshirishiga, o‘quvchilarning
imkoniyatlarini to‘laroq yoyishlariga, ularning fan va hayotdagi izlanishlar
yo‘liga chiqishiga yordam berish juda muhimdir.
Pedagogik jaraѐnning asosiy vazifalari:
Ta’limiy- ilmiy bilim asoslarini o‘zlashtirish, amaliy faoliyat va
o‘quv tarbiyaviy tajribaning motivatsion shakllanishi;
Tarbiyaviy- odamlar munosabatidagi ma’lum bir sifat, xususiyatning
shakllanishi;
Rivojlantiruvchi- bolaning psixik jaraѐni, xususiyati va
sifatining shakllanishi hamda rivojlanishi;
Bolaga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi o‘z ichiga quyidagi
texnologiyalarni ham qamrab oladi:
 Bolaga insonparvarlik ѐndashuvi;
 hamkorlik texnologiyasi;
 o‘yin texnologiyasi;
 kommunikativ ta’lim texnologiyasi;
 erkin tarbiya texnologiyasi;
 bolani qo‘llab-quvvatlash texnologiyasi.
Bolaga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasiga qo‘yiladigan
talablar:
 dialog ( o‘zaro suhbat);
faollik va ijodkorlik;
 bolaning individual rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash;
 bolaga mustaqil ijod qilishi, qaror qabul qilishi, ta’lim olish turi
va uslublarini tanlashi uchun keng imkoniyat yaratib berish;
Pedagog quyidagi talablarga javob berishi kerak:
 san’at, ijodkorlik va bolaga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
 insoniy, pedagogik pozitsiyada bo‘lish;
 bolalarning ruhiy va jismoniy sog‘lom bo‘lishi va bolalik
ekologiyasi haqida qayg‘urishi;
 doimiy ravishda madaniy-informatsion, fanni rivojlantiruvchi
yangiliklardan unumli foydalanib ta’lim jaraѐnini boyitib
borishi;
 ta’lim mazmuni bilan ishlashni bilishi bola shaxsiga
yo‘naltirilgan shakl bera bilishi;
 har xil pedagogik texnologiyalardan foydalana olishi va ularga
bolani rivojlantiruvchi yo‘nalish bera olishi;
 har bir bolaning individual xususiyatlarini qo‘llab-quvvatlashi
va ularni rivojlantirish haqida qayg‘urishi.



Download 46.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling