Kirish. I bob. Chust amaliy san’atining turlari va tarixi


Download 7.31 Mb.
bet1/9
Sana15.09.2023
Hajmi7.31 Mb.
#1679117
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
pichoqchilik


Mavzu: Chust amaliy san’atida pichoqchilikning rivojlanishi

KIRISH.
I bob. Chust amaliy san’atining turlari va tarixi.


1.1. Pichoqchilik san’atining kelib chiqish tarixi.
1.2. Chust amaliy san’atida pichoqchilik san’atining rivojlanish bosqichlari.
II bob. Mustaqillik yillaridan so’ng Chust amaliy san’atida pichoqchilik sohasini rivoj topishi.
2.1. Chust pichoqchilik maktabining o’ziga xos uslub va texnologiyasi.
2.2. Rang tasvirda pichoqchilik sohasini ish jarayonini tasvirlab berish. (amaliy kompozitsiya asosida)
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Ilovalar


KIRISH
Buyuk maqsadlar sari dadil qadam tashlab yangilanayotgan O’zbekistonda jamiyatning barcha sohalari qatorida madaniyat, san‘at va xalq hunarmandchiligi sohalarini yanada rivojlantirishga ham alohida e‘tibor berilmoqda. Respublikamizda ma‘naviy qadriyatlarga hurmat-ehtirom bilan munosabatda bo’lish, ularni asrab-avaylash va rivojlantirish, milliy hunarmandchilikni, urfodatlarimizni, bebaho tarixiy merosimizni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo’llabquvvatlash to’g’risida‖gi PF-5242 Farmonida ham xalqimizning boy madaniy merosi va tarixiy an‘analarini to’liq saqlab qolish va ko’paytirish, milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san‘atini yanada rivojlantirish, hunarmandchilik faoliyati bilan shug’ullanuvchi fuqarolarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash bo’yicha maqsadli va kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu asosda aholi, ayniqsa, yoshlar, ayollar va kam ta‘minlangan oilalar bandligini ta‘minlash maqsadida hunarmandchilik sohasida bajarilishi lozim bo’lgan bir qator vazifalar belgilab berilgan1. Yoshlarga xalq hunarmandchiligi sohalariga oid beriladigan bilimlar moddiy madaniyat va amaliy bezak san‘atini uyg’un rivojlantirishga xizmat qiladi va shaxs uchun muhim bo’lgan qator sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Bu esa yoshlarga milliy merosimiz va ana‘analarimizni o’rgatish, asrab-avaylash va qayta tiklash hamda umuminsoniy qadriyatlar bilan yaqindan tanishishda ko’maklashadi.
Xalq hunarmandchiligi moddiy madaniyatimizning eng qadimiy va muhim turlaridan hisoblanadi va tasviriy hamda amaliy san‘atining ko’pdan-ko’p sohalari bilan uyg’unlashib ketadi. Ammo tasviriy va amaliy san‘at, buyumlarga badiiy ishlov berish jarayoni hamda xalq hunarmandchiligining o’ziga xosligi, yo’llari, xususiyatlari bir-biridan farqlanadi. Respublikamizda mavjud bo’lgan xalq hunarmandchiligining Toshkent, Samarqand, Buxoro, Nukus, Xiva, Termiz, Urganch, Namangan, Andijon, Farg’ona, Chust, Shahrisabz va boshqa markazlarining ta‘limiy-tarbiyaviy imkoniyatlari beqiyos bo’lib, o’ziga xosligi jihatidan bir-biridan ajralib turadi.
Xalq hunarmandchiligi naqqoshlik, ganchkorlik, zargarlik, yog’och o’ymakorligi, metal o’ymakorligi, kashtachilik, quroqchilik, zardo‟zlik, gilamchilik, gazlama to‟qish, ko’nchilik, pazandachilik, yog’ochlarni kuydirib ishlash, kulolchilik, kosibchilik, mahsido’zlik, sangtaroshlik, temirchilik, pichoqchilik, anjomsozlik, qulfsozlik, misgarlik, ignasozlik kabi sohalarga ega bo’lib, o’zida mehnat va kasb ta‘limining ko’pgina xususiyatlari – amaliyligi, ijodiyligi, milliyligi, mahalliy xom ashyolarni topish va ta‘mirlashning qulayligi, o’g’il va qiz bolalar mehnatining o’ziga xosligi, murakkab qurilmalar, uskunalar, asboblar va dastgohlar talab qilmasligi; mashg’ulotlarni tashkil etishning soddaligi bilan ajralib turadi. Natijada bu sohani yetarlicha o’rgangan, ma‘lum kasblarni egallagan yoshlarning ishsiz qolmasliklari, mehnat bozorining raqobatbardoshligi bilan alohida e‘tiborga molikdir.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda bitiruv malakaviy ishimiz mavzusini “Chust amaliy san’atida pichoqchilikning rivojlanishi” -deb belgilab oldik.
Bitiruv malakaviy ishimiz dolzarbligi ni Chust pichoqchilik san`ati tarixi va buguni, unda milliylikni tutgan o‘rnini ilmiy tahlilida hamda turli hil uslublarda pichoqlar to’plamini ishlashni o‘rganish tashkil qiladi.

Download 7.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling