Kirish. I bob. Chust amaliy san’atining turlari va tarixi
Rangtasvirda pichoqchilik sohasini ish jarayonini tasvirlab berish. (amaliy kompozitsiya asosida)
Download 7.31 Mb.
|
pichoqchilik
2.2. Rangtasvirda pichoqchilik sohasini ish jarayonini tasvirlab berish. (amaliy kompozitsiya asosida)
Pichoqning rangtasvirda ishlashni o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, kompozitsiya qismlarining o’zaro bo’ysunishi simmetriya bilan bog’liq. Simmetriya o’qi yoki simmetriya yuzasi hamisha kompozitsion jihatdan qismlarga birlashtirib turadi. Shu sababli bo’laklar guruhi mutlaqo simmetrik bo’lsa, u butunga nisbatan mustaqil bo’lib qoladi. O’zaro bo’yunishni rang, tus va uslubni tatbiq etish yo’li bilan kuchaytirish mumkin. Bundan tashqari pichoqning turlari, tuzilishi, ko’rinishi namunalarini hisobga olish zarur. Rangtasvirda pichoqchilik sohasini ish jarayonini tasvirlashda avvalo, uni qanday tayyorlash kerakligi, qanday mahsulotdan foydalanganligi va ishlash jarayoni aks etgan videoroliklar yoki tayyorlash jarayonida ishtirok etish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki uni chizishda kompozitsion holatni tasvirlash uchun rassomda harakterli ma’lumotlar bo’lishi kerak. Jarayonni tasvirlashda ranglarning uyg’unligi va jismlarning o’zaro joylashishi muhimdir. Perspektiv qonun-qoidalarga amal qilish asarni yanada harakterli bo’lishini ta’minlaydi. Rasmda ko’rib turganimizdek pichoqning boshlang’ich yasash jarayoni bo’lib, unga shakl berish tasvirlangan. Usta pichoq yasashda maxsus asbob-uskunalardan foydalanadi. Kompozitsion tasvir yaratishda rassom mana jihatlarini ham chetda qoldirmasdan, foydalanilgan asboblarni ham qo’shib chizish va ranglarda yanada yaqqolroq ifoda etishi mumkin. Bu rasmda esa ustaning pichoq yasashning yakuni ya’ni o’tkirlash jarayoni bo’lib unda rassom tasvirni ifodalashda pichoqning maxsus charx g’ildiragiga tekkanda undan chiqayotgan uchqunlarni yaqqol ko’rinishi va harakatini ranglarda aks ettirsa bo’ladi. Xulosa Chust milliy pichoqlari koʻhna va qadimiy boʻlib, qoʻl mehnati bilan tayyorlanganligi sababli dunyoning barcha mamlakatlarida xaridorgir mahsulot hisoblanadi. Haqiqiy Chust pichogʻi har doim tashqi goʻzalligi bilan boshqa pichoqlardan ajralib turadi. Odatda uning tigʻi tekis, kengligi 3-4 sm va uzunligi 10 dan 20 sm gacha bo’ladi. Haqiqiy Chust pichogʻining sopi fil suyagi, saygʻoq yoki bugʻu suyagidan yasalgan bo’ladi. Marvarid, kumush yoki rangli toshlar bilan bezatilgan bo’lib, metall qismi o’yma naqshlar bilan ishlangan bo’ladi. Shu sababli bu pichoqlar xalq tilida ‘Guldor pichoq“ deb ataladi. Chust pichoqlari pichoqning shakli va kengligiga qarab bir necha turlarga boʻlinadi: tor, qiyshiq tigʻi bor, biroz tol bargini eslatuvchi ‘Tolbargi pichoq“, muhrasi (keskir tomoniga qarama-qarshi tomon) tekis ‘to’gʻri pichoq“, tig’i biroz egilgan ‘Hisori pichoq“, ‘Qozoqi pichoq“ va ‘Bodomcha pichoq“, tig’ining yuqori qismida chuqurchasi bo’ladigan ‘Soylik pichoq“ va xuddi shunga o’xshash yuqori cheti – qo’shkamalak boʻylab chuqurchaga ega ‘Kamalak pichoq“ va ‘Qushsoylik pichogʻi“ kabi turlarga bo’linadi. Chustda anʼanaviy pichoqlarning juda koʻp turlari mavjud boʻlib, ularning har biri oʻz maqsadiga ega. Oshxonada ishlatish, goʻshtni kesish yoki sabzavotlarni tozalash va maydalash uchun pichoqlar mavjud. Hatto mevalarni tozalash uchun maxsus kichik pichoqlar, ovchilar uchun qulay pichoqlar, daraxtlarni kesish uchun ham maxsus pichoqlar ham bor. Chust pichog’i ham boshqa milliy pichoqlar kabi uchta qismdan: tigʻ, dasta va qindan iborat. Tigʻ-pichoq tigʻi, pichoqning gulbanddan yuqorigi, yaʼni kesadigan qismi. Qadimdan tigʻni oʻtkirlash va silliqlashga katta eʼtibor berilgan. U bigiz, qalam, naqsh, naycha qalam kabi oʻygʻich qalamlar bilan bezatiladi. Chust pichoqlari dastasi oʻziga yarasha usullar bilan yasaladi. Ular suqma dasta, yorma dasta hamda naqshinkor dastalarga boʻlinadi. Oʻzbek milliy pichoqchiligida qin yasash alohida hunar hisoblanadi. Bu anʼana bugungi kunda ham davom etib kelmoqda. Qadimdan qinning poynagi kumush, tilla kabi materiallardan tayyorlangan va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan. Foydalanilgan adabiyotlar Sh.M.Mirziyoyev. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo’llabquvvatlash to’g’risida‖gi PF-5242 Farmoni ↑ https://uzbekistan.travel/uz/o/%D1%81hust-shahri-hunarmandchilik-markazi/, Chust shahri hunarmandchilik markazi ↑ https://www.centralasia-travel.com/ru/countries/uzbekistan/places/chust, Знаменитые чустские ножи и тюбетейки, Central Asia Travel ↑ https://sputniknews-uz.com/20180729/Chust-picholarining-siri-nimada--8996759.html, Chust pichoqlarining siri nimada? Ramiz Baxtiyorov, 29.07.2018 ↑ Yangi Oʻzbekiston gazetasi, №209 (209), Namanganga kelsangiz... Orifjon Joʻrayev, 31.10.2020, ↑ https://www.asia-travel.uz/uzbekistan/crafting/chust-legend-of-steel/, Стальная легенда Чуста, Asia Travel Discoveries ↑ https://www.asia-travel.uz/uzbekistan/crafting/chust-legend-of-steel/, Стальная легенда Чуста, Asia Travel Discoveries ↑ Texnologiya va dizayn darslarini tashkil etish, Oʻquv qoʻllanma, B.Qurbonov, Xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kabs-xunar turlari, Guliston, 2020 ↑ Texnologiya va dizayn darslarini tashkil etish, Oʻquv qoʻllanma, B.Qurbonov, Xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kabs-xunar turlari, Guliston, 2020 ↑ https://oyina.uz/uz/teahause/606, Oʻzbek pichoqlari haqida 6 fakt, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, 01.04.2022 Источник: https://kvartiraidoma.ru/uz/finansy/uzbekskii-nozh-pchak-i-tehnologiya-izgotovleniya-nozh-uzbekskii.html Ilovalar
1 Sh.Mirziyoyev. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo’llabquvvatlash to’g’risida‖gi PF-5242 Farmoni Download 7.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling