Kirish I bob. Extiyotsizlik tushunchasi
Download 29.71 Kb.
|
Kirish-WPS Office
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish: Mavzuning dolzarbligi.
Kirish I BOB. Extiyotsizlik tushunchasi 1.1.Extiyotsizlik tushunchasi va tarixi. 1.2.Extiyotsizlik orqasidan kelib chiquvchi jinoiy oqibatlar. II.BOB. Chet el qonunchiligida extiyotsizlik tushunchasi . 2.1. Milliy va chet el davlatidagi ehtiyotsizlik tushunchasining tahlili 2.2. Oʻzbekiston va chet el davlatidagi ehtiyotsizlik uchun tayinlanadigan jinoiy javobgarlik. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Ilova Kirish: Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz istiqlolga erishgandan so'ng o'tgan yillar davomida iqtisodiyot, siyosat, madaniyat va marifat sohalarida tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan tub o'zgarishlar amalga oshirildi va muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda, demokratik huquqiy davlat, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishda milliy o'zlikni anglash va qadriyatlarimizni tiklashda, fuqarolar ongida, ularning huquqiy - axloqiy tarbiyasida tub o'zgarishlarni talab etadigan huquqiy tarbiya jamiyat taraqqiyotining muhim bir bo'lagini tashkil etadi. Sobiq Sovet davrida fuqarolar qanchalik huquqiy besavod, huquqiy axloqiy tarbiyasiz bo'lsa, hokimiyat uchun ijobiy sharoitlar yaratilar edi. Chunki o'z haq - huquqini, o'zligini, qadriyatlarini bilmagan xalqni boshqarish shunchalik oson bo'lar edi. Mustaqilligimiz sharofati bilan o'z erkimizni qo'lga kiritdik. Erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishni maqsad qilib qo'ygan yurtboshimiz I.A.Karimov mamlakatda huquqiy tarbiyani takomillashtirish borasida demokratik islohotlarning asoschisidir. 1- Prezidentimizning 1997-yil 25-iyunda «Huquqiy tarbiyani yaxshilish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquqshunos kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o'rganish ishini yaxshilash haqida»gi farmoniga ko'ra, bu boradagi olib borilayotgan ishlar davlat siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biri etib belgilandi. Bundan tashqari, 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish» milliy dasturida ham huquqiy tarbiya va uni takomillashtirish masalalariga katta e'tibor berilgan. Demokratik tamoyillarga asoslangan davlatni barpo etishda, albbatta milliy qadriyatlarga va insonparvarlik prinsiplariga tayanamiz. Buning uchun jamiyat a'zolariga, shu jumladan o'sib kelayotgan yosh kelajak avlodlarda huquqiy tarbiyani shakllantirish zarurdir. Vaholanki, mustaqilligimizga hamda berilgan imkoniyatlarga mos turda aholining huquqiy tarbiyasi bugungi kun talablariga javob bermayapti. Ma’lumki, shaxs tomonidan jinoyat sodir etish holatlari insoniyat tarixining har qanday davrida mavjud bo‘lgan va o‘zining ijtimoiy xavfliligi bilan ajralib turgan. Shu tufayli, bugungi kunda dunyo mamlakatlarining barchasida jinoyatchilikka qarshi kurashish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Har qanday davlatda jinoiy-huquqiy siyosatni amalga oshirishning dastlabki va muhim bosqichi – bu qonun hujjatlarida jinoyat uchun javobgarlikni belgilashdir. Bundan ko‘zlangan maqsad ijtimoiy hayotda sodir etilgan real qilmishning belgilarini jinoyat qonunida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi belgilariga solishtirish orqali uning qanday jinoyat ekanligini va unga nisbatan qay turdagi jazo tayinlash kerakligini aniqlash hisoblanadi. Aynan mazkur jarayon “qilmishni kvalifikatsiya qilish” deb nomlanadi. Jinoyatni kvalifikatsiya qilishning asosini jinoyat qonunida belgilangan aniq jinoyat tarkibi tashkil etadi. Ya’ni, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ijtimoiy hayotda sodir etilgan real qilmishni kvalifikatsiya qilishda Jinoyat kodeksining Maxsus qismi moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibiga tayanadi. Sodir etilgan qilmishni kvalifikatsiya qilish amaliyoti barcha davlatlar jinoyat huquqi uchun xosdir. Mazkur maqolada bir nechta xorijiy davlatlarning qilmishni kvalifikatsiya qilish bo‘yicha tajribasini o‘rganib, ularning milliy qonunchiligimizdagi kvalifikatsiya qilish amaliyoti bilan o‘xshash va farqli jihatlarini tahlil qilishga harakat qilamiz. Download 29.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling