Kirish I bob. Extiyotsizlik tushunchasi


Extiyotsizlik orqasidan kelib chiquvchi jinoiy oqibatlar


Download 29.71 Kb.
bet4/8
Sana19.06.2023
Hajmi29.71 Kb.
#1602576
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kirish-WPS Office

1.2.Extiyotsizlik orqasidan kelib chiquvchi jinoiy oqibatlar.
Jinoyat — jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish. Muayyan qilmishni jinoyat deb hisoblash masalasi har bir davlatda oʻzining ijtimoiy tuzumi, aholining turmush tarzi, milliy xususiyatlari, urf-odatlari, anʼanalariga muvofiq xalqaro huquq meʼyorlari eʼtiborga olingan holda hal etiladi.
Qilmish jinoyat ekanligini aniqlash uchun quyidagi umumiy belgilar nazarga olinadi:
• qilmishning ijtimoiy xavfliligi;
• aybning mavjudligi;
• jazoga sazovorligi.
Har qanday jinoiy qilmishda mazkur belgilarning barchasi birdaniga mavjud boʻlishi shart, ulardan biri mavjud boʻlmasa, qilmishni jinoyat emas, deb hisoblashga asos topiladi.
Jinoyatlar oʻz xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga koʻra:
• ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan;
• uncha ogʻir boʻlmagan;
• ogʻir;
• oʻta ogʻir jinoyatlarga boʻlinadi.
Jinoyatlar tajovuz obʼyektiga koʻra, shaxsga qarshi jinoyat, iqtisodiyot sohasidagi jinoyat, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyat, davlat hokimiyatiga qarshi jinoyat, ekologiya sohasidagi jinoyat, harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyat, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatga boʻlinadi.
Aybning shakliga koʻra esa qasddan sodir etilgan jinoyat va ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyatga boʻlinadi. Shaxs oʻz harakati yoki harakatsizligini va bundan kelib chiqadigan jinoiy oqibatni anglagan, oʻz harakatlarini boshqara oladigan boʻlsagina qilmishi jinoyat hisoblanadi. Subʼyekt yoshiga yetmagan va aqli noraso shaxslar tomonidan sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish jinoyat sanalmaydi va ularga nisbatan jinoyat qonunida nazarda tutilgan majburlov choralarini qoʻllash mumkin emas.
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida qilmishning jinoiyligini istisno etadigan holatlarning quyidagi 6 turi belgilangan:
• kam ahamiyatli qilmishlar;
• zaruriy mudofaa;
oxirgi zarurat;
• ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish;
• buyruq yoki boshqa vazifalarni ijro etish;
• kasb yoki xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq asosli tavakkalchilik (36—41-moddalar).
Mazkur harakatlar tufayli kelib chiqqan oqibatlar jinoiy oqibat hisoblanmaydi, qilmish ham jinoyat sanalmaydi. Alohida olingan muayyan bir jinoyat va umuman jinoyatchilik sodir etilishiga taʼsir koʻrsatuvchi ijtimoiy omillar, xodisalar, jarayonlar boʻladi. Jinoyat sabablari oʻrganilayotganda ana shular hisobga olinadi. Jumladan, birinchidan shaxsning oʻzi, uning dunyoqarashi, qiziqishlari, jamiyat va davlatga, yon atrofidagi kishilar va oilaga munosabati, unda salbiy sifatlarning shakllanishi va kuchayishi; ikkinchidan — shaxs tarbiyalangan, voyaga yetgan oilaviy va ijtimoiy muhit; uchinchidan — jinoyat sodir etilgan vaqtdagi sharoit, vaziyatga eʼtibor beriladi.

Download 29.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling