Kirish I bob. Extiyotsizlik tushunchasi
Tanlangan mavzuning dolzarbligi
Download 29.71 Kb.
|
Kirish-WPS Office
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning maqsad va vazifalari
- Kurs ishning maqsadi
- I-Bob Ehtiyotsizlik tushunchasi.
Tanlangan mavzuning dolzarbligi quyidagicha belgilanadi:
- jamiyat va davlat taraqqiyotining hozirgi holati huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining huquqiy tarbiyasi va huquqiy bilimlarini har tomonlama oshirishni talab etmoqda. Shu talabdan kelib chiqqan holda, huquqiy tarbiya tizimini shakllantirish va uni takomillashtirish masalalarini ilmiy tadqiq etish zarur. Ishning maqsad va vazifalari: 1. Huquqiy ta'lim-tarbiya tushunchasi va uning tarixini o'rganish; 2. Mustaqillik yillarida huquqiy ta'lim-tarbiyaga e'tiborni aniqlashtirish; 3. Huquqiy ta'limning mavjud holatini o'rganib, tahlil qilish; 4. Huquqiy ta'lim samaradorligini oshirishda innovatsion metodlardan foydalanish yo'llarini yoritib berishdan iborat. Kurs ishning maqsadi: O'zbekistonda huquqiy ta'lim - tarbiya va va uning yo'llari, usul va qurollari masalalarini nazariya va amaliyot bilan birgalikda, huquqiy tarbiya tarkibida huquqiy ong, huquqiy ta'lim va boshqa omillarning ta'sirini aniqlash, hamda kelajak avlodning huquqiy tarbiyasini ta'minlovchi samarali yo'l va fikrlarni ko'rib chiqib, bu tarbiyaning mohiyati va o'ziga xos tomonlari, jarayonlarini o'rganishdan iborat. Kurs ishi kirish, ikki bob, to'rt paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar tizimidan iborat. I-Bob Ehtiyotsizlik tushunchasi. Ehtiyotsizlik — ayb shakllaridan biri. Qilmish oʻz-oʻziga ishonish yoki beparvolik orqasida sodir etilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi JKda ana shu har 2 holatda sodir etilgan jinoyat quyidagicha taʼriflanadi: "Agar jinoyatni sodir etgan shaxs oʻz xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga koʻzi yeta turib, ehtiyotkorlik choratadbirlariga ongli ravishda rioya etmagan holda bunday oqibatlar kelib chiqmasligiga asossiz ravishda umid qilgan boʻlsa, bunday jinoyat oʻz-oʻziga ishonish oqibatida sodir etilgan deb topiladi. Agar jinoyat sodir etgan shaxs oʻz xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga koʻzi yetmasada, lekin koʻzi yetishi lozim va mumkin boʻlsa, bunday jinoyat beparvolik orqasida sodir etilgan deb topiladi" (22-modda). Ehtiyotsizlik tushunchasi Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy, fuqarolik, mehnat huquqlarida ham uchraydi. Oʻz xususiyatlariga koʻra, ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyatlar qonunchilik asosida aybning birmuncha xavfsiz shakli deb belgilangan. Download 29.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling