Kirish I bob. Extiyotsizlik tushunchasi
Oʻzbekiston va chet el davlatidagi ehtiyotsizlik uchun tayinlanadigan jinoiy javobgarlik
Download 29.71 Kb.
|
Kirish-WPS Office
2.2. Oʻzbekiston va chet el davlatidagi ehtiyotsizlik uchun tayinlanadigan jinoiy javobgarlik.
Davlatga qarshi jinoyatlar, Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar — Oʻzbekiston Respublikasi suvereniteti, hududiy daxlsizligi, xavfsizligi, mudofaa salohiyati, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga, iqtisodiyotiga, ijtimoiy-siyosiy barqarorligiga tajovuz qiluvchi oʻta ogʻir jinoyatlardan hisoblanadi. Bu jinoyatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi JK maxsus qismida javobgarlik belgilangan boʻlib, ular dushman tomoniga oʻtish, josuslik, davlat sirlarini chet el davlatiga yetkazish, Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi dushmanlik faoliyati olib borishda chet el davlatiga yordam koʻrsatish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hayoti va sogʻligʻiga, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz etish, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi davlat tuzumini. Konstitutsiyaga xilof ravishda oʻzgartirishga, hokimiyatni bosib olishga, qonuniy ravishda saylab qoʻyilgan yoki tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga, Oʻzbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini Konstitutsiyaga xilof tarzda buzishga ochikdan-ochiq daʼvat qilish yoki bunday mazmundagi materiallarni tarqatish, qoʻporuvchilik, davlat sirlarini oshkor etish va davlat siri yoki harbiy sir hisoblangan hujjatlarni yoʻqotishga qaratilgan harakatlarda ifodalanadi. Jinoyat qilish paytida 16 yoshga toʻlgan aqli raso shaxslar Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlarning subʼyektlari boʻla oladi. Ammo davlatga xoinlik qilishning subʼyekti faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, josuslik jinoyatining subʼyekti faqat chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, davlat sirlarini oshkor qilish va davlat siri yoki harbiy sir hisoblangan hujjatlarni yoʻqotish jinoyatlarining subʼyekti davlat siri yoki harbiy sir hisoblangan hujjatlar ishonib topshirilib qoʻyilgan shaxslar boʻladi. Qolganlarining subʼyektlari esa har qanday shaxs boʻlishi mumkin belgi emas. Demak, jinoyatlar boshqa huquqbuzarliklardan ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyati bilan farq qilib, jinoyat tufayli boshqa huquq-buzarliklarga nisbatan ko‘proq zarar yetkaziladi (ayb g‘ayriijtimoiy, motivizatsiya o‘zgarmas, sodir etish usuli esa o‘ta shafqatsizlik bilan amalga oshiriladi). Jinoyatlarni boshqa huquqbuzarlikdan farqlashda ijtimoiy xavflilikning asosiy elementi shaxs, jamiyat va davlat man-faatlariga yetkazilgan zararning miqdori hisoblanadi. Masalan, harbiy sohadagi huquqbuzarliklarni jinoyatlardan ajratish qiyin bo‘lib, bunda Jinoyat kodeksi Maxsus qismi muayyan moddasining dispozitsiyasida jinoyatlarning sodir etilgan vaqt, joy va vaziyat asosiy mezon sifatida ko‘rsatiladi. Masalan, harbiy qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan bir kecha-kundo‘zdan o‘n kecha-kundo‘zgacha tashlab ketilgan bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksi 287-moddasi 1-qismi bilan kvalifika-tsiya qilinadi, agar bunday muddat bir kecha-kundo‘zgacha bo‘lsa, u intizomiy huquqbuzarlik hisoblanadi.bilan izohlanadi. Boshqa huquq sohalarida esa bunday atama va so‘zlarni uchratish qiyin yoki ular mavjud emas. Aynan yetkazilgan zararga qarab huquqbuzarlik jinoyat deb topi-lishi mumkin. Bunday zarar bo‘lmaganida shaxsni jinoiy javobgarlik-ka tortish uchun asos mavjud bo‘lmaydi. Sodir etilgan jinoyatlarning yarmidan ko‘pida yetkazilgan mod-diy zarar moliyaviy va jismoniy zarar miqdori bilan o‘lchanadi. Ayrim hollarda zararning miqdori Jinoyat kodeksi normalarida aniq ko‘rsa-tilgan bo‘ladi. Masalan, Jinoyat kodeksining 175, 180-182, 185, 205-209-moddalarida sodir etilgan qilmishni jinoyat deb hioblash uchun ko‘p miqdorda yoki jiddiy zarar yetkazilishi talab qilinadi. Obyekti bir xil bo‘lgan jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik-larning har ikkisida ham – shaxs, ularning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, mulk obyekti hisoblanadi, ularning bir-biridan farqini ko‘rsatuvchi asosiy belgi “yetkazilgan zarar” miqdori hisoblanadi. Fuqaroviy huquqbuzarlik jarima va zararni qoplash ko‘rinishi-dagi jazo qo‘llash tahdidi bilan taqiqlangan, shaxsiy va shaxsiy nomulkiy huquqlar bilan bog‘liq mulkiy munosabatlarning buzilishi-dir. Jinoyatlarni fuqaroviy huquqbuzarliklardan turli shakldagi mulkka yetkazilgan zarar bilan bog‘liq mulkka qarshi va iqtisodiyot sohasi-dagi jinoyatlar ajratib turadi. Jinoyatlarni huquqbuzarliklardan farqlashga misol sifatida oila-nikoh munosabatlari sohasida ota-onalar va bolalarning majburiyat-larini keltirish mumkin. Oila kodeksiga ko‘ra ota-onalar o‘zlarining voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz voyaga yetgan, ammo yordamga muhtoj farzandlarini boqishga majbur. Mehnatga layoqatli voyaga yetgan farzandlar ham o‘zlarining mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj ota-onalariga g‘amxo‘rlik qilishlari shart. Bunday majburiyatlarning buzilishi Jinoyat kodeksi 122, 123-moddalarida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Mansabdor shaxs tomonidan o‘z mansab vakolatidan foydalan-gan holda sodir etilgan g‘ayriqonuniy qilmish shaxsning huquq va manfaatlari, jamiyat va davlat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, bunday qilmish jinoyat deb, agar bunday oqibat mavjud bo‘lmasa, unda bunday qilmish intizomiy huquqbuzarlik deb hisoblanadi. O‘zboshimchalik shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, jinoyat deb (Jinoyat kodeksi, 229-modda), bunday oqibat mavjud bo‘lmasa, ma’muriy huquqbuzarlik deb (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 200-moddasi) topiladi. Soliq va boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash ancha miq-dorda sodir etilsa, jinoyat (Jinoyat kodeksi, 184-modda), ancha miq-dordan kam bo‘lgan miqdorda sodir etilsa, soliqqa oid huquqbuzarlik hisoblanadi. Mamlakatimizda davlat qurilishi, siyosat, iqtisodiyot, ma’naviyat sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar ana shu vazifani ro‘yobga chiqarishga qaratilgan. Bu maqsadga erishishda xalqning huquqiy jihatdan bilimli bo‘lishi, jamiyatning siyosiy faolligi, demokratik tamoyillarning kishilar ongiga teran singib borishi muhim ahamiyat kasb etadi.Qabul qilinayotgan qonunlar, farmonlar, hukumat qarorlari odamlarga yetib borishi, xalqimiz islohotlarning mohiyatini teran tushunib yetishi uchun avvalo aholiga chuqur huquqiy bilim berishni yo‘lga qo‘yish, bu orqali huquqiy madaniyatning yuksalishiga erishish, boshqacha aytganda, tom ma’nodagi huquqiy ongni shakllantirish talab etiladi. Bu jamiyatning to‘g‘ri, demokratik yo‘ldan rivojlanishi uchun zarurdir.Huquqiy ong shakllanishida va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda juda ko‘p omillar huquqiy bilimga tayanar ekan, bugungi kunda huquqiy ta’limni bir tizimga solish, uning ilmiy, nazariy va amaliy asoslarini o‘rganish va huquqiy ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida O‘quvchilarning huquqiy ongiga ta’sirini isbotlash asosiy vazifa bo‘lib qolmoqda. O‘quvchilarning huquqiy ongiga ta’sirini isbotlash asosiy vazifa bo‘lib qolmoqda. Huquqiy ta’lim asosida o‘z huquqlari, erkinliklarini va burchlarini yaxshi bilgan kishilargina jamiyat ijtimoiy hayotining hamma sohalarida ongli ravishda mehnat qiladilar va ularning yaratuvchanlik faoliyati yuqori bo‘ladi.Huquqiy ta’lim-tarbiya demokratik huquqiy davlatning poydevori ekanligi bilan hamda O‘quvchilarning huquqiy ta’limining ilmiy-amaliy muammolari bilan belgilanadi. Huquqiy ta’lim yurtboshimiz ta’kidlaganidek, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va huquqiy ongni shakllantirishga xizmat qiladi.Huquqiy ta’lim asosida o‘quvchilar huquqiy ongini rivojlantirish hamda inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari, burchlarini amaliy ta’minlash ehtiyojlari bilan bog‘liq. Demokratlashayotgan, erkinlashayotgan ijtimoiy-milliy ong sharoitida aholining ayniqsa yoshlarning mustaqil yangicha huquqiy tafakkurini shakllantirish va yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Majlisning «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi» shular jumlasidandir. Ushbu dasturning maqsadidan kelib chiqib, yoshlarning huquqiy ongiga, ruhiga mustaqil va erkin tafakkurni singdirish, ularning huquqiy dunyoqarashini keskin o‘zgartirish muhim bo‘lib qolmoqda. Mamlakatimizda huquqiy ta’limdagi o‘qitish texnologiyasi birinchi navbatda insonparvarlik tamoyillariga asoslanadi. Falsafa, pedagogika va psixologiyada ushbu yo‘nalishning o‘ziga xos jihati umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining, ya’ni huquq sohasidagi bo‘lajak mutaxassisning individualligiga, uning O‘quvchilarningiga alohida e’tibor berish, uning yosh xususiyatlarini hisobga olib, mustaqil o‘rganish faoliyatiga aniq yo‘naltirishdir. Huquq fanlarini o‘qitish jarayonida ko‘pgina usullar, texnik vositalar qo‘llaniladiO‘zaro faol (interfsol) usullar jamiyat va davlat faoliyatining o‘zaro faol turlarini o‘quv maqsadlarida ko‘rsatib berish (imitatsiya)dir. Ushbu usul asosida demokratik tizimlarga xos sharoitlarda muayyan vaziyatlarni o‘ylab topish, ularni modellashtirish, ularning yechimi yuzasidan tegishli qarorlar ishlab chiqish va hal qilish yotadi. O‘quv mashg‘uloti jarayonida o‘quvchilar ishlashning jamoaviy shakli ishtirokchilariga aylanadilar va jamiyat, davlat tuzilmalari oldida turgan ijtimoiy ahamiyatli tipik muhim vazifalarni hal qiladilar. Interfsol usullar uchun tashqi shartlarga rioya etish yoki imitatsiya shakllariga rioya etish, masalan, sud majlisi, qonunchilik loyihalari munozaralarini tinglash, shuningdek, ichki mantiqni qo‘llash, murakkab vaziyat yechimlarini topish, qaror qabul qilish mexanizmiga, mantig‘iga izchil rioya etish xosdir. Ko‘rgazmali qurollar sifatida so‘zga chiqish mavzusi bilan bog‘liq har qanday vositalar - sxema, chizma, jadval, diagramma, fotorasm, videotasmalar bo‘lishi mumkin. Bu yerda «Yuz marta eshitgandan ko‘ra bir marta ko‘rgan yaxshi» prinsipi amal qiladi. Ko‘pincha tinglovchilar ko‘z o‘ngida so‘zga chiqish rejasi, tezislar, hujjatlar, slaydlar turishi foydali bo‘ladi. Bular esa o‘ziga xos tarzda ma’ruzachi uchun qulaylik tug‘diradi, ma’ruza matniga bog‘lanib qolishni istisno qiladi va tinglovchilar bilan muloqotni kuchaytiradi. O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ta'lim sohasidagi islohotlarning samarasi sifatida shakllangan uzluksiz ta'lim tizimi muhim o'rin tutadi. Mazkur o'quv yurtlari faoliyatining bosh g'oyasi - ma'naviy axloqiy jihatdan etuk, zamonaviy bilim asoslaridan xabardor, shuningdek, muayyan kasb- hunarni puxta o'zlashtirgan, kasbiy faoliyati yo'nalishini aniq belgilab olgan kichik malakali mutaxassislarni tayorlashdan iboratdir. Ta'lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish - barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash jarayonining muhim bosqichi hisoblanadi. Mazkur tadqiqot o'quv muassasalarida amalga oshirilayotgan huquqiy tarbiya samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan dastlabki ilmiy izlanishlardan biridir. XULOSA Xulosa qiladigan bo‘lsak, garchi yuqoridagi davlatlar qilmish uchun turli xil jinoiy javobgarlikni belgilasa-da, ularning barchasida qilmishni kvalifikatsiya qilish jinoyat tarkibi belgilaridan kelib chiqib, amalga oshiriladi. Ya’ni, real hayotda sodir etilgan bitta qilmishni boshqasidan farqlash uchun unga xos bo‘lgan belgilar jinoyat qonunida javobgarlik belgilangan jinoyatning obyektiv va subyektiv belgilari bilan taqqoslab ko‘riladi. Sodir etilgan qilmishning belgilari jinoyat qonunidagi qaysi modda belgilari bilan mos tushsa, qilmish aynan o‘sha modda bilan kvalifikatsiya qilinib, jazo ham mazkur modda sanksiyasi doirasida tayinlanadi.Shu bilan birga, amaliyotda ba’zan sud-tergov organlari tomonidan jinoyat tarkibi barcha elementlarining aniqlanmasligi sababli jinoyat hisoblanmagan qilmishlarni jinoyat deb topish yoki qilmishni boshqa jinoyat sifatida noto‘g‘ri kvalifikatsiya qilish holatlarning oldini olish maqsadida faqat jinoyat huquqi nazariyasida emas, balki Moldova va Avstraliya tajribasida bo‘lgani kabi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksida ham jinoyat tarkibi elementlarini aniq ko‘rsatish va JK 16-moddasini quyidagicha ifodalash maqsadga muvofiq bo‘ladi, deb o‘ylaymiz: “Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari: obyekt, subyekt, obyektiv tomon va subyektiv tomon belgilari mavjud bo‘lgan qilmishni sodir etish javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi”.Fikrimizcha, modda dispozitsiyasini bu tarzda ifodalash qilmishni kvalifikatsiya qilishga vakolatli bo‘lgan shaxslarning jinoyat tarkibi barcha elementlarini aniqlashiga va unga to‘g‘ri baho berishiga sabab bo‘ladi. Download 29.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling