Kirish I. Bob Maktabgacha talim tashkilotining oila bilan ishlash shakllari


Download 116.79 Kb.
bet2/6
Sana23.11.2023
Hajmi116.79 Kb.
#1794969
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTINING OILA BILAN ISHLASH SHAKLLARI

Kurs ishini maqsadi: Maktabgacha talim tashkilotining oila bilan ishlash shakllarini o’rganib bolalarda bilish darajasini oshirish.
Kurs ishini vazifalari:
-Maktabgacha taʼlim tashkilotning oila bilan xamkorlik ish shakllari.
-Bolalarni maktabga tayyorlashda maktabgacha tarbiya muassasa va maktab hamkorligi.
- Oilada bolalarni tasviriy faoliyat asosida maktabga tayyorlash
- Oilada bolalarni xar tomonlama maktab taʼlimiga tayyorlash
- Oilada bolani maktabga tayyorlashda kun tartibining axamiyati
Kurs ishini obyekti: Maktabgacha yoshdagi bolalar.
Kurs ishini metodologik asoslari: Bola tarbiyasi, oilani mustaxkamlash, onalik va bolalikni ximoya qilish boʼyicha maktabgacha taʼlim tashkilotda amalga oshirilayotgan ishlarning mazmuni bilan tanishtirib borish;
•Ota-onalarga oʼz farzandlarining tarbiyasi uchun davlat va jamiyat oldida javobgar ekanliklarini tushuntirib borish;
•Ota-onalarni bola tarbiyasi uchun zarur boʼlgan bilim, malakalardan xabardor qilish (bolalarning yosh, anatomik-fiziologik va ruxiy xususiyatlari, ularni oilada tarbiyalashning mazmuni, metodi, shart-sharoitlari bilan tanishtirish);

I.Bob Maktabgacha talim tashkilotining oila bilan ishlash shakllari
1.1 Maktabgacha taʼlim tashkilotning oila bilan xamkorlik ish shakllari.
Ota-onalar majlisi. Ota-onalar majlisiga MTTdagi xamma gurux bolalarining ota-onalari, parallel guruxlar ota-onalari va bitta gurux bolalarining ota-onalari taklif etilishi mumkin.Umumiy majlisda ota-onalarni maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarni xar tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash vazifalari, shu yilgi rejalar, ota-onalar qoʼmitasining faoliyati, oila tarbiyasidagi ilgʼor tajribalar bilan tanishtiriladi. Bunda majlisda mudira yoki metodist-tarbiyachi maʼroʼza qiladi, ota-onalar soʼzga chiqishadi, bolalar gapirishadi.Bular taʼlim-tarbiya ishidagi yutuq va kamchiliklarni aniqlab olishga imkon beradi, oila va jamoatchilik aloqasini mustaxkamlaydi, ota-onalarning oʼz bolasining tarbiyasi uchun javobgarligini oshiradi, ularda MTTga qiziqish uygʼonadi.Guruxdagi ota-onalar majlisida mazkur shdagi bolalarning ota-onalari uchun dolzarb boʼlgan masalalar muxokama qilinadi.Masalan, umumiy majlis mavzusi «Bolalarga axloqiy tarbiya berishda oilaning roli» boʼlsa, oʼrta guruxda oʼtkaziladigan majlisda bu mavzu murakkablashtirilib, «Bolalarda mexnatsevarlikni tarbiyalashda MTT va oilaning birgalikdagi ishlari», «Bolalarda kattalarga xurmatni tarbiyalash» va xakazo boʼlishi mumkin. Ota-onalar uchun tayyorlangan maʼroʼzani bolalar ishini, tegishli mavzudagi kinofilьm, diapozitivlar koʼrish bilan qoʼshib olib borish mumkin. Bolalar xayoti, faoliyati toʼgʼrisidagi misollardan foydalanganda ijobiy materiallar koʼproq boʼlishi kerak, salbiy faktlarni gapirishda extiyotkorlik va odob doirasidan chetga chiqmaslik, tanqid qilinuvchilarning nomlari koʼrsatilmasligi lozim. Tanqidiy muloxazalar majlisdan keyin yakka tartibdagi suxbat orqali ota-onalarga yetkazilishi, bola tarbiyasidagi xato va kamchiliklarni bartaraf etish boʼyicha aniq tavsiyalar taklif etilishi mumkin.
Yilning oxirida oʼtkaziladigan gurux majlisida ota-onalarga bir yil mobaynida amalga oshirilgan taʼlim-tarbiya ishlari va kelgusi yilning rejalari, xaqida gapirib beriladi. Bu majlisda faol ota-onalar xam xisob beradilar va faollarning yangi tarkibi saylanadi. Ota-onalar burchagi va koʼrgazma tashkil etish. Ota-onalar burchagi ularni tarbiyaga oid yangiliklar va pedagogik masalalar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etiladi. Ularga kitoblar, jurnallar, rasmlar, bolalarning ishlari, bolalar ovqatining xillari, bolaning uyidagi va oiladagi kun tartibi, ota-onalar uchun eslatmalar, eʼlonlar joylashtiriladi. Burchak vaqti-vaqti bilan tarbiya vazifasiga qarab oʼzgartirib turiladi.Pedagogik bilimlarni targʼib qilish boʼyicha tashkil etiladigan koʼrgazmalar koʼpincha ota-onalar konferentsiyalari, majlislari, konsulьtatsiyalar oldidan tashkil etiladi. Unda xalq taʼlim toʼgʼrisidagi qonun va qarorlar, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmoqlari va undagi tarbiyalanuvchilar sonining oʼsishini koʼrsatuvchi diagrammalar, bolalar bilan olib boriladigan taʼlim - tarbiya jarayonlari, bolalar xayotini aks ettiruvchi tasvirlar, kitob va oʼyinchoqlar, bolalarning ishlari oʼrin oladi. Ota-onalar burchagi oila bilan olib boriladigan ishning koʼrgazmali usuli, uning did bilan bezatilishiga aloxida eʼtibor berilishi kerak. Bundan tashqari, ota-onalarga tarbiya toʼgʼrisidagi filьmlar namoyish etiladi, bular koʼpincha ota-onalarni qiziqtiradigan baxslar boshlanishiga sababchi boʼladi.Ota-onalar uchun ochiq kunlar tashkil etilishi xam maktabgacha taʼlim muassasalari ishida muxim oʼrin egallaydi. Bunday kunlarda ota-onalarga bolalarning mashgʼulotlari, mexnat, oʼyin faoliyatlari, sayrlar va bolalarning jamoada oʼlarining qanday tutushlari va shunga oʼxshashlar koʼsatiladi.Ota-onalar qoʼmitasi. Ota-onalar qoʼmitasi «Maktabgacha taʼlim tashkilotning Ustavi»ga binoan mudiraga yordam berish uchun toʼziladi. U ota-onalarning umumiy majlisida bir yil muddatga saylanadi. Bu qoʼmitaga xar bir yosh gurux ota-onalaridan 1-2 vakil saylanadi. Qoʼmitaning asosiy vazifasi mudiraga maktabgacha taʼlii tashkilotning xoʼjalik va taʼlim-tarbiya ishlarida yordam berish, qoʼmita aʼzolari, ota-onalar majlisi va kechalarni tayyorlash, oʼtkazish va boshqa ishlarda tarbiyachilarga koʼmaklashishdir. Ota-onalar qoʼmitasi bolalarning ota-onalar bilan tanishadi, bolalarni tayyorlash boʼyicha ular bilan ish olib boradi. Qoʼmita aʼzolari xar ikki oyda bir marta yigʼilish oʼtkazadi. Ota-onalar qoʼmitasi mudiraning ish rejalari va ishning axvoli toʼgʼrisidagi ota-onalarni qiziqtiruvchi baʼzi masalalar xaqidagi maʼroʼza va xisobotni eshitishga xaqlidir.Ota-onalar qoʼmitasining faoliyati xaqidagi xujjatlar maktabgacha taʼlim tashkilotda saqlanadi. Аxoli oʼrtasida pedagogik bilimlarni targʼib qilish. Pedagogik bilimlarni targʼib etish natijasida millionlab kishilar bolalarini oilada maktabgacha taʼlim tashkilotda tarbiyalash printsiplarini ongli ravishda anglab oldilar.Korxonalarda, xoʼjaliklarda, jamoa joylarida, maxallalarda oilada bola tarbiyasi toʼgʼrisida maʼroʼzalar bilan chiqish, televideniya va radio eshittirishlar, pedagogik targʼibot ishining keng vositalaridandir. Shuningdek, bu targʼibot vaqtli matbuot: «Maktabgacha taʼlim», «Halq taʼlimi», «Pedagogik taʼlim», jurnallari, koʼp sonli badiiy pedagogik, ilmiy ommabop va metodik adabiyotlarni chiqarish orqali xam amalga oshiriladi. Ota-onalar uchun maxsus pedagogika va ruxshunoslik, anatomiya va fiziologiya, oila tarbiyasi nazariyasi va amaliyoti toʼgʼrisida maʼroʼzalar oʼqish, bolalar tarbiyasi toʼgʼrisida kinofilьm va spektakillar namoyish qilish. Bu mashgʼulotlarni xar xil soxalar boʼyicha yuqori malakali oʼqituvchi, aktyor, ruxshunos mutaxassislar olib boradilar. Pedagogik targʼibot ishida quyidagilarga amal qilish kerak:
1. pedagogik targʼib xayot, jamiyat qurilishi amaliyoti bilan bogʼlab olib borilishi lozim. Pedagogik targʼibot orqali keng jamoatchilikka bolalarni xar tomonlama tarbiyalash masalalari va ularni amalga oshirish yoʼllari, ilmiy asoslangan usullari boʼyicha tushuntirish ishlari olib boriladi.
2. Oila tajribasidagi ijobiy tajribalar, oiladagi bola tarbiyasida yoʼl qoʼyilgan xatolar va ularni oldini olish, bartaraf etish yoʼllari toʼgʼrisida targʼibot ishlarini olib boriladi.
3. Pedagogik targʼibotga tayyorlashda ota-onalar xar xil saviyada ekanliklari xisobga olib, ular uchun tayyorlangan axborot materiallari ishonarli, koʼrgazmali va ularning xis tuygʼusiga taʼsir koʼrsatadigan boʼlishi kerak. Shunday qilib, maktabgacha taʼlim tashkilot va ota-onalar bilan xamkorlik ishlarini muntazam ravishda olib borgandagina oila tarbiyasi va ijtimoiy tarbiya oʼrtasidagi birlik oʼrnatilishi mumkin.Bolalarni maktabga tayyorlashda maktabgacha tarbiya muassasa va maktab hamkorligi. Bolalar MTTsi bilan maktab oʼrtasida oʼrnatiladigan xamkorlikning xar tomonlamaligi bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash vazifasini muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy shartidir.Bolalar MTTsi va maktab oʼrtasidagi bogʼliqlik bir tomondan bolalarni maktab taʼlimi talablariga javob beradigan darajada umumiy rivojlantirib va odobli qilib tarbiyalagan xolda maktabga oʼtkazishni , ikkinchi tomondan, oʼqituvchining katta MTT yoshidagi bolalarning egallagan bilim, malaka sifatlariga va tajribalariga tayanib, ulardan oʼquv tarbiyaviy jarayonda foydalanishni taqozo etadi.Bolalar MTTsi va maktab oʼrtasidagi oʼzviy bogʼliqlik katta MTT yoshidagi bolalar va maktabning boshlangʼich sinf oʼquvchilariga taʼlim-tarbiya berish sharoitini yaqinlashtirishga yordam beradi.Maktabgacha tarbiya muassasa xodimlari birinchi sinfda bolalar oldiga qoʼyiladigan talablarni yaxshi bilishlari,maktabga tayyorlov guruxidagi bolalarni shunga muvofiq ravishda taʼlim olishga tayyorlashlari kerak.Maktab va MTT oʼrtasidagi oʼzviy aloqa murakkab va koʼp tomonlama toʼzilishga ega.Unda taʼlim-tarbiyaviy ishlarning mazmuni , metod va usullari, tashkiliy shakllari, shuningdek bolalarnitarbiyalash shart-sharoitlari va pedagogik talab kabi yetakchi tomonlarini ajratib koʼrsatish mumkin.
Bunda quyidagilarga etibor berish kerak:
•Maktab talabi nuqtai nazaridan bolalar bilimlarni chuqurroq egallab olishlari lozim.
•MTT nuqtai nazaridan bolalarni maktab talabi darajasidagi bilim, malaka, koʼnikmalar bilan qurollantirish zarur.
•Bolalarni maktabga ruxiy tayyorligi.Bu yerda vazifa bolalar mexnatning xar qanday turiga tayyor turishlari, ularda aqliy mexnat- bilishga qiziqishni oʼstirish, ularni kelajakdagi mustaqil xayotga tayyorlashdan iborat.


Download 116.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling