Kirish I. Bob Maktabgacha talim tashkilotining oila bilan ishlash shakllari


Download 116.79 Kb.
bet1/6
Sana23.11.2023
Hajmi116.79 Kb.
#1794969
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTINING OILA BILAN ISHLASH SHAKLLARI


MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTINING OILA BILAN ISHLASH SHAKLLARI
Mundarija:
Kirish
I.Bob Maktabgacha talim tashkilotining oila bilan ishlash shakllari
1.1 Maktabgacha taʼlim tashkilotning oila bilan xamkorlik ish shakllari……….
1.2 Bolalarni maktabga tayyorlashda maktabgacha tarbiya muassasa va maktab hamkorligi……………………………………………………………………………
II.Bob Oilada bolalarni tasviriy faoliyat asosida maktabga tayyorlash
2.1 Oilada bolalarni xar tomonlama maktab taʼlimiga tayyorlash……………….
2.2 Oilada bolani maktabga tayyorlashda kun tartibining axamiyati…………..
Xulosa………………………………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………….

Kirish
Bola MTTda egallagan eng yaxshi fazilatlarni oila sharoitida davom ettirib, oilada egallagan eng yaxshi fazilatlarni esa bolalar MTTsida qoʼllansa istalgan ijobiy natijalarga erishish mumkin. Tarbiyachilar oila tarbiyasiga doir tajribalaridagi ijobiy ishlarni koʼribgina qolmay, balki uni qoʼllab-quvvatlash vash u asosida ota-onalar eʼtiborini bola tarbiyasida xalixal etilmagan vazifalarga qaratishlari lozim. Yuqoridagi ishlarni rejalashtirish, tashkil etish va ularga raxbarlik qilishda mudira javobgar shaxs xisoblanadi. Ota-onalar bilan ishlash boʼyicha yillik reja toʼziladi. Bu reja pedagogik kengashda muxokama qilinadi. Rejada umumiy va guruxiy majlislar, ota-onalar uchun ochiq eshik kunlari, suxbat va maslaxatlar, otaliq tashkilotlarida koʼrgazmalar tashkil etishva kontsertlar qoʼyib berish, shuningdek bu tadbirlarni oʼtkazish vaqtlari va unga maʼsul boʼlgan shaxslar belgilanadi. Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mavzulari va mazmuni tarbiyachi-metodistning rejasida va tarbiyachining kalendarь rejasida aks etadi.Ota-onalar bilan ishlash boʼyicha juda koʼp ishlarni tarbiyachi – pedagog amalga oishiradi, chunki u bola tarbiyasida yuz berayotgan oʼzgarishlarni xammadan koʼproq koʼradi va bolalar xayoti bilan yaqindan tanish boʼladi. U ota-onalarga bolalar tarbiyasida nimalarga koʼproq eʼtibor Berish kerakligi, ularni maktab taʼlimiga tayyorlash, sogʼligʼini saqlash, ovqati va kun tartibini toʼgʼri tashkil etish va boshqalar soxasida tavsiyalar berib boradi.
Bolalar MTTsi va oila oʼrtasida xamkorlik oʼrnatishda mudira, pedagoglar jamoasi va ota-onalar birgalikda faol ishtirok etishlari lozim. Shundagina bola tarbiyasida kutilgan natijalarga erishish mumkin. Ota-onalar bilan ishlashda quyidagi aloxida ish shakllaridan foydalaniladi: suxbatlar, maslaxatlar, oilalarga borish, ayrim ota-onalarni MTTga taklif etish, aloxida esdaliklar va koʼchma papkalardan foydalanish. Bolaning uyiga borishdan koʼzlangan maqsad- oila sharoiti, bolaning oiladagi xulqi qiziqishlari, ota-onasi va oila aʼzolari bilan tanishish, shuningdek ota-onalarni bola tarbiyasining samarali usullari bilan tanishtirish va oilaning bola tarbiyasidagi ijobiy tajribalarni oʼrganib, ommalashtirishdir. Tarbiyachi bolaning uyiga tekshiruvchi sifatida emas, balki doʼst, bola tarbiyasidek murakkab ishda yordam beruvchi sifatida borishi, oila aʼzolari bilan nazokat va xushmuomalalik bilan munosabatda boʼlishi kerak. Tarbiyachi xar bir oilaga xar gall borishidan avval oʼz oldiga aniq maqsadqoʼyishi, qaysi mavzuda suxbatlashishini oldindan belgilab olishi lozim. Ota-onalarga beriladigan savollar puxta oʼylangan boʼlishi kerak.Suxbat shunday toʼzilishi kerakki, tarbiyachi bilan ota-ona bir-birlarini yaxshi tushunishlari, ular oʼrtasida ishonchli aloqa oʼrnatilishi darkor.Oilaga borishdan oldin tarbiyachi shu oila toʼgʼrisida (ota-onalarning feʼl-atvori, oilaviy munosabatlar, bolaning rivojlanish darajasi) toʼgʼrisida maʼlum tasavvurlarga ega boʼlishi kerak. Tarbiyachi ota-onalar xurmati va ishonchini qozonmoq uchun avval ota-onalarga bolaning ijobiy fazilatlari toʼgʼrisida fikr, muloxazalarini bilib oladi va bolaning uyidagi xayotini qanday tashkil etish kerakligi, unga nimalarni oʼqib va xikoya qilib berish mumkinligi, bolaning kun tartibi, uni oila mexnatida qatnashtirish, kattalarga xurmat ruxida tarbiyalash kabi taʼlim - tarbiya ishlari mazmuni va usullari boʼyicha tavsiyalar beradi. Аlbatta, tarbiyachining oila bilan olib boradigan ishida bolaningyoshi, imkoniyatlari, oʼziga xos xususiyatlari eʼtiborga olinadi.Tarbiyachining ota-onalarga beradigan tavsiya va maslaxatlari ishonarli boʼlishi uchun ota-onalar yoki oilaning boshqa aʼzolari maktabgacha taʼlim tashkilotga taklif qilinadi. Bunda ota-onalar bolaning navbatchilik vazifasini qanday bajarayotganini yoki sayrga chiqishdan avval u qanday kiyinayotganini koʼradilar va bolalarning uquv va imkoniyatlariga ishonch xosil qiladilar. Oilaga borishning maqsad va mazmuni tarbiyachining rejasi va xisobotida, kundalik daftarida aks ettirilishi kerak. Tarbiyachi xar bir bolaning oilasiga yiligi kamida 2 marta borishi kerak. Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmuni rang-barang boʼlib, unda ayrim masalalar birgalikda muxokama qilinishi taqozo etadi. Masalan:
• bolalarni tarbiyalashda oilaning roli, ota-onalarning vazifasi toʼgʼrisidagi qonunlar, bolalarni maktabga tayyorlash xaqida;
• maktabgacha tarbiya muassasalarining yillik ish rejasi toʼgʼrisida;
• ota-onalar jamoatchiligining ishi xaqidagi masalalar shular jumlasidandir.
Bu masalalarni jamoa boʼlib muxokama qilish uchun ota-onalarning guruxi va umumiy majlislari, maslaxatlar, konferentsiyalar, ota-onalar kechalari kabi ish shakllari jamoa ish shakllariga kiradi.

Download 116.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling