Kirish I. Bob Maktabgacha talim tashkilotining oila bilan ishlash shakllari
Oilada bolani maktabga tayyorlashda kun tartibining axamiyati
Download 116.79 Kb.
|
MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTINING OILA BILAN ISHLASH SHAKLLARI
2.2 Oilada bolani maktabga tayyorlashda kun tartibining axamiyati
Tasviriy faoliyat (rasmda, loy ishi, applikatsiya) bolalarda nafaqat qiziqish uygʼotadi, balki ularni oʼrab turgan olamni oʼz ishida aks ettirishda, olamni koʼz oldida yaxlit xolda namoyon etishida va umuman xar tomonlama shakllanishiga (estetik, aqliy, axloqiy) turtki boʼladi. Qogʼoz va loy bilan ishlash qoʼl mexnati dasturiga kiritilgan.Shuning uchun uyida xamkorlikda rasm chizgan, loy bilan ishlash, qirqib yasashga oʼrgangan bolaning oʼz kuchiga boʼlgan ishonchi, qoʼlda bajarish koʼnikmalari yanada mustaxkamlanadi. Tasviriy faoliyat bolani maktabga psixologik-aqliy tayyorgarligini oshiradi. Buni bolaning oʼzini tutishi va barcha xarakatlarni anglagan xolda bajarishida koʼrishimiz mumkin. Rasm chizish, loy bilan ishlash, applikatsiya mashgʼulotlari, bolani oʼz vaqtini rejali taщkillashtirishga, boshlagan ishini oxiriga yetkazishga oʼz ishini yanada yaxshi va toʼgʼri bajarishga, yangilik yaratishga, maʼlum koʼnikma va malakalarni egallashga, diqqat bilan tinglashga va kattalar aytgan vazifalarni bajarishga oʼrgatadi.Tasviriy faoliyat mashgʼulotini oʼtkazish uchun zarur boʼladigan materiallar quyidagilar: qogʼoz, qalam, moʼyqalam,boʼyoq, yelim, qaychi, plastilin va xokazo.Bolalar asosan yorqin ranglarni yoqtirishadi, ularni boʼyoq va qalamlar toʼplami oʼziga jalb etadi. Boʼyoqlarni xar xil rangdaligi bolalarning dunyoni yorqin tasvirlashga imkon yaratadi va mazmunli rasm solishga turtki boʼladi.Shuning uchun rasmga yaxshi boʼyoq materiallarini tanlash muxim. Rasm chizish uchun xar xil materiallardan foydalanish mumkin, lekin bu xamma material xam muxim degani emas. 12 xil rangdagi qalamlar toʼplami, oddiy qalam (2m 3m) moʼyqalam, akvarel boʼyoqlari va rasm uchun qogʼoz kabi materiallarsiz bola mashgʼulotini tashkillashtirib boʼlmaydi. Аlbatta turli materiallar rangli melь, bola ishini yanada boyitib koʼrsatadi va bu rasm chizish jarayoniga katta eʼtibor talab qiladi, bola syujetga xos rang tanlashga oʼrganib qoladi, rasm va meteriallar oʼrtasidagi aloqa kabi masalalar bolani fikrlashga daʼvat etadi. Har gal yangi-yangi rasm syujeti bilan bogʼliq materialni tanlash xam kerak emas. Bola bir material ustida ishlab uni toʼliq anglab olishi kerak. Kattalar tasviriy faoliyatni uyda tashkillashtirishi, bola ishlashi uchun va material, uskunalar uchun aloxida joy, mashgʼulot uchun kerak boʼladigan materiallarni tayyorlashi zarur. Bu bola mustaqil tarzda ishlashi uchun, kerakli narsalarni, chin dildan tayyorlashi va ish oxirida oʼz joyini yigʼishtirib qoʼyishi uchun zarur.Bolalarni mashgʼulot uchun materiallarni oldindan tayyorlashga oʼrgatish kerak: qalamlarni oʼtkirlash, akvarelь boʼyoqlarini namlash yaʼni yumshab moʼyqalamga oson yigʼilishi uchun. Boʼyoq bilan ishlash uchun, bankada toza suv, yumshoq latta, moʼyqalam suvini shimishi uchun kerak boʼladi. Bundan tashqari rangni aralashtirib, zurur rangni tanlash uchun palitradan foydalanish kerak boʼladi. Qogʼozni rasm alьbomi va rasm daftaridan olishi kerak. Yupqa yozma varoq va oddiy daftar varoqlaridan foydalanish tavsiya etilmaydi. Loy oʼrnida eng qulayi bu plastilin. Uni kaftlar orasida xarakatlantirib, qizdirib, yumshatib olish lozim. Buni bolani oʼzi bajarsa, maqsadga muvofiq boʼladi.Аpplikatsiya uchun rangli qogʼozdan foydalangan maʼqul. Daftar muqovasidan foydalanish xam mumkin. Eng muximi bola ishiga xurmat bilan qarash kerak. Bola rasm chizayotgan vaqtda unga xalaqit qilishi, xatosini toʼgʼrilash, eʼtiborini boshqa narsalarga qaratish kerak emas. Bola diqqatini tez-tez boshqa narsalarga qaratish undagi psixik jarayonlarni buzadi.Rasm va loy ishida: Qalamni toʼgʼri ushla, qattiq bosma, rasmni extiyotlik bilan boʼyagin, shoshilma kabi gaplar bilan tanbex berishning oʼzi yetarli. Buni bola jigʼiga tegmasdan sekin murojaat qilgan xolda bajarish kerak. Mashgʼulot paytida stolga tushadigan yorugʼlik muxim va bolani oʼtirishiga eʼtibor qilish lozim. Аgar bola biror narsani oʼxshatib chizgisi kelsayu lekin oʼxshatishga qiynalsa, odatda kattalarga yordam soʼrab boradi. Bunday xolatda qalam ushlab, rasm chizishga shoshilmaslik kerak, chunki bu xar doim xam yaxshi camara bermaydi. Rasmni xar safar kattalar chizib koʼrsataversa, bunday bolalar yengillikka oʼrganib qolishadi va qiyinchilikni yengib oʼta olmaydilar. Qiyinchilikni yuzaga kelish sababi, bu bolada koʼrgazmali narsa xaqida aniq tasavvurning yoʼqligidadir. Shuning uchun bola shu narsa xaqida toʼliq maʼlumotga ega boʼlishi kerak. Аgar shu narsani kitob va oʼyinchoqlar orqali koʼrish imkoniyati boʼlsa, albatta undan foydalanish kerak. Bola kerakli narsani rasmlar orqali oʼzi topsin. Kattalar esa bola rasmni topishi uchun ketgan vaqtni xisobga olishi kerak. Qidiruv uchun koʼp vaqt sarf qilinishi kerak emas, chunki bola diqqati va xayoli boshqa faoliyatga koʼchib, boshlagan ishni oxiriga yetkaza olmay qoladi. Bolaga yordam berish, rasmni qidirib topib, diqqat bilan kuzatish kerak. Bola rasm detallarini tushirib qoldiradimi yoki qoʼshadimi bu oʼziga xavola. Eng asosiysi bola oʼz xolicha rasm chizsin. Biz bolada asosan maqsad sari intilish xissini shakllantirish va doimo oʼz ishini oxiriga yetkazish kabi xislatlarni tarbiyalab borishimiz darkor. Har doim xam bola bir mashoʼzida boshlagan rasimni oxiriga yetkaza olmaydi, sababi, vaqt yetmaydi yoki charchab qoladi. Bunday xolda bolaga rasmni keyin davom ettirishini maslaxat beriladi. Baʼzida esa bola boshlagan ishini oxiriga yetkazmay turib, «Chizishni xoxlamayman» deb turib oladi. Sababi, koʼpincha bola rasmni biron bir detalini chiza olmay qolsa, shunday qila boshlaydi. Аynan nima bolaga qiyinchilik tugʼdirayapti, shuni aniqlab, eng maʼqul boʼlgan maslaxatni berish kerak. Аgar gap bunda emas, balki bola xamma boshlagan ishini xam oxiriga yetkazmasligini aniqlansa, unday xolda bolaga yumshoq muomalada turib, ishni oxiriga yetkazish zarur ekanligi tushuntiriladi. Tasviriy faoliyat natijasi bola tomonidan bajarilgan materiallarda (rasm, applikatsiya, yasalgan figuralar) namoyon boʼladi. Iloji boricha ota-onalar bolaning qiziqishi, bajarayotgan ishi xaqida suxbatlashishi kerak. Eng avvalo boladan oʼz ishida nimani aks ettira olishi, aynan qaysi detal ustida qiynalayotgani va bajargan ishidan qoniqqanligi xaqida gaplashish zarur.Eslatib oʼtish joizki, xaddan tashqari qattiqqoʼllik bolani ijodiy faoliyatini va oʼziga boʼlgan ishonchini soʼndiradi. Shuning uchun tanbexni maslaxat tarzida berish maqsadga muvofiqdir.Koʼp maqtov esa bolada oʼzboshimchalikni yuzaga keltiradi. Hamkorlikda bajarilayotgan ish xaqidagi muxokama bolada oʼz ustida qayta-qayta ishlash oʼziga toʼgʼri baxo berish va kamchiliklarni toʼgʼrilash kabi xislatlarni tarbiyalaydi. Bu nafakat maktabda balki xayot davomida xam askotadi.Rasm mashgʼulotini xaftasiga 1-2 marta oʼtkazish kerak. Loy ishi xam xuddi shunday fakat applikatsiyani xaftasiga bir marta oʼtkazgan maʼqul. Аgar bolada mashgʼulotdan tashkari rasm chizish, kirkish, yasash istagi tugʼilsa, unga imkoniyat yaratib berish lozim. Mashgʼulot vakti 25-30 dakikadan oshmasligi lozim. Shunday paytlar boʼladiki, bola oʼz ishini oxirigacha yetkaza olmaydi. Аgar bunga vaqt sabab boʼlsa, albatta bolaga oʼz ishini tugatishi uchun vaqt ajratish kerak. Bola bajarayotgan ish uchun ancha vaqt sarf boʼlsa, unday xolda bolaga ishni boshqa payt tugatish kerakligini sekin va mayin oxangda tushuntirish lozim.Tasviriy faoliyat mashgʼulotiga nisbatan bola qiziqishini oshirib borish uchun ularni oʼrab turgan olam, tabiat, odamlar, jamiyat xayotidagi xodisalar xaqidagi koʼpgina maʼlumotlarni berib borish kerak. Bola bilan suxbat qilish, sayr va ekskurtsiya uyushtirish, tabiat xodisalari, xayvon va qushlarni kuzatish, rasmli koʼrgazmalar va qiziqarl kitoblar oʼqish bola tasavvurini boyitadi. Kattalar bolani atrofga nisbatan qiziqishini va mexr-muxabbatini oshirishlari kerak. Ota-onalarning bolani oʼrab turgan olam, nimalarga eʼtiborini qaratish, boʼlayotgan xodisalarga berayotgan baxosi koʼp xolda bolani olamga nisbatan boʼlgan munosabatiga bogʼliq.Bolani olam xaqidagi tasavvurini kengayishida bolalar kitobi va kinofilьm, diafilьmlarni oʼrni katta. Rasm mashgʼulotini oʼtkazish yoʼllari turli xil boʼlishi zarur. Birinchi xolda bola aniq bir predmetni chizsa:(masalan oʼsimlik) ikkinchi xolda oʼqilsa kitobga illyustratsiya qilinadi, unda oʼrab turgan olamni tasvirlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy mavzusi – insonlarni oʼrab turgan olamga oid boʼlishi kerak. Bolalarga xamma narsa qiziq koʼrinadi, shuning uchun ular oʼzi uchun xar kuni yangilik yaratishadi. Bolalar oʼz tasavvuridagi olamni qogʼozga tushirib, bundan katta zavq olishadi.Ota-onalar esa bolaning texnik qobiliyati, tasavvuri va olam toʼgʼrisidagi tushunchasini xisobga olib qiziqarli mavzu tanlashida yordam berishlari kerak. Tayyor koʼrgazmani qogʼozga toʼgʼri tushira olish xam bir maxorat. Bola bilan esa kompozitsiyani rasm qogʼoziga toʼgʼri tushira olish xaqida qogʼozga toʼgʼri tushira olish xaqida gaplashish juda muxim. Bolalar kitobidan ilyustratsiyali rasmlar va rassomlar ishini bolalarga koʼrsatib oʼtish zarur. Bolaga shunday materialdan foydalanishni maslaxat berish kerakki, rasmda u yoki bu mavzular aniq koʼrinishga ega boʼlsin. Masalan qish tasvirini bolalar boʼyoq yoki guash orqali aniq tasvirlab bera oladi.Baxor peyzajini akvarelda yoritib bergan maʼqul. Bola xayotidagi biror bir voqea yoki umumiy bir koʼrinishdagi bola qalam yoki boʼyoqlar yordamida qogʼozga tushirishi kerak. Shuni esda tutishi kerakki, qalam bilan chizish oʼzoq vaqtni oladi va qalamni kuch bilan bosib boʼyash, uni qattiqligini xisobga olganda bolaga biroz qiyinchilik tugʼdiradi. Shuni xisobga olib, bolaga katta xajmdagi qogʼoz berish tavsiya etilmaydi va boʼyash uchun qalamdan foydalanmagan maʼqul. Аgar bola rasmni shoshilib, eʼtiborsizlik bilan chizayotgani yoki charchaganini sezsak, unga rasmni keyin davom ettirish xam mumkinligini tushuntirish lozim. Аgar syujet koʼrsatmasi yorqin ranglardan foydalanishni talab qilsa, bunday xolda guashь va temperdan foydalanish kerak.Bola kitobda tasvirlangan illyustratsiyaga xos rasm chizayotganda, maʼlum personajlar xarakatiga kirishib ketadi. Ular bilan birga xam xayajonlanadi xam xavotirga tushadi.Syujetdagi koʼpgina personajlarni xarakatdagi xolatini tasvirlash bolaga qiyinchilik tugʼdirishi mumkin. Ota-ona bola imkoniyatini xisobga olib qoʼlidan kelgan personajni tasvirlab chizishni tavsiya etishi zarur. Bolalar uchun ertakning syujetli-koʼrgazmali tomonini yoritib berish oson kechadi. Masalan: quyon va boʼgʼirsoq uchrashuvi, Zumrad va Qimmat uchrashuvi va xokazo. Lekin bolaga xar safar ertakni faqat syujetli tomonini yoritib chizdirsak notoʼgʼri boʼlar edi.Bolalarda fantastik obrazlarni tasvirlash kuchli boʼladi va ular fantaziyasini oʼstirish oʼta muximdir. Shuning uchun bolaga sexrli daraxt. Аfsonaviy bogʼ, sexrli qush rasmini chizish tavsiya etiladi. Bu rasmlarda bola ijodiy yondoshishi kerak. Bola bilan oldin suxbat oʼtkaziladi: «Ishni nimadan boshlash kerak? Tasavvuringdagi obrazni qogʼozga qanday tushirasan?» kabi savollar beriladi. Аgar kattalar bolalar kattalarga oʼtirish va yozish texnikasini oʼrgatishmasa, bola maktabda xam notoʼgʼri oʼtirish va ruchka, qalamni notoʼgʼri ushlash oqibatida oʼz ishini bilmagan xolda barmoqlari bilan yopib qoʼyadi. Yozuvga oʼrgatish uchun bola qoʼl xarakatlarini tekis yoʼnaltirishga oʼrgatish kerak. Rasm chizishda bu xarakatlarni naqsh elementlarini namoyon etishida koʼrish mumkin. Masalan: rasmni boʼyayotganda qalamni bir tomonga yoʼnaltirish. Bolaga rasmni shoshilmasdan, ozoda bajarishga oʼrgatish kerak. Bola oʼz ishi va xarakatini boshqara olishi kerak. Masalan: katta gurux tarbiyalanuvchilari rasmni boʼyayotganda belgilangan chiziqdan chiqarmasdan boʼyashlari kerak. Harflarini bir tekisda yozish uchun bolalar barmoq xaraktlarni mashq qilish kerak. Bu xarakatlar xar mashgʼulotda takrorlab va mustaxkamlanib boriladi. Mashgʼulotdan tashqari kattalar bolaga oq qogʼoz berib, dekorativ sanʼat turiga xos turli chiziq burma shakllarni chizish taklif qilishlari mumkin. Bolani qoʼli qancha koʼp xarakat qilsa, uning mustaqil, tekis va chiroyli yozishi xam shuncha oson boʼladi. Yozuv – oʼz qonun-qoidalari va afzalliklariga ega spetsifik faoliyat. Bolalarni yozishga urgatish uchun, maʼlum mashklar yordamida xar mashgʼulotda yozdirishimiz kerak.Buning uchu nota-onalarga yordam tarikasida yozuv daftarini olishimiz mumkin.Bola bu mashklarni tez-tez takrorlab yozish malakasiga ega bulishadi.Yozuv daftaridagi nuktalarni birlashtirish asosida xarflar yigindisini yoki kiska soʼzni xosil kilishadi. Soʼzni yozib bulgach, bola yozishdan tuxtaydi.Qoʼl va koʼzlar dam oladi.Bu esa oʼz navbatida yozgan mashklarini kurib, taxlil kilishga va tugirlashga imkon yaratiladi. Bola kilgan xatolikni ota-onalar ota-onalar tugirlab borishi kerak. Bola yozayotgan paytda uning qoʼl xarakatiga, kalam, ruchkalarni toʼgʼri ushlab yozishga eʼtibor berish kerak. Bola yozuv xakidagi maʼlum koʼnikma va malakalarga ega boʼlgandagina bolani yozishga urgatgan maʼqoʼl. Yozishni yanvar va fevral oyidan boshlagan maʼqoʼl.Mashgʼulotni xaftada 1-2 marta oʼtkazish kerak. Tasviriy faoliyatni barcha turlarini ota-onalar oʼzi oilada olib borishlari mumkin.Bu bolani estetik tarbiyalaydi va maktabga tayyorlaydi. Maktabga tayyorlov yoshida bolalarga madaniy sifatlar oʼzagi singdiriladi. Mexnatsevarlik, xamkorlikda ish bajarish xislatlari uygʼona boradi. Bunday sifatlarning rivojlanishi oʼz xulqi va xis-xayajonini boshqarishiga, mexnat qilishini qatʼiy xoxlash va oʼrganishga yordam beradi. Tashkilotchilik tashqi koʼrinishda shaxsning sifati kabi yigʼinchoqlik, aniqlik, tartiblilik koʼrinishida namoyon boʼladi.Bu sifatlarning ichki koʼrinishi tirishqoqlik, oʼz xarakatlarini rejalashtirishni oʼrganish, oʼz-oʼzini nazorat qilishni amalga oshirishi bilan belgilanadi. Bola xayotining yettinchi yilida tashkilotchilikning ichki va tashqi koʼrinishi kattalar koʼrsatmasini aniq bajarishda, mexnatni qatʼiy tartib bilan va aniq muddatida bajarishda, shuningdek, oʼz ishini toʼgʼri baxolay olishi va kamchiliklarini toʼgʼrilashga intilishida namoyon boʼladi. Tashkilotchilik xulqini tarbiyalash faoliyati davomida amalga oshadi. Kattalar talabi bola xulqini yoʼlga soladi, tashkillashtirishga, tartibga oʼrgatadi. Doimiy talablar bolani xarakat tartibiga, turli xil xarakatlarni almashinuviga oʼrgatadi. 3 yoshli bolakay yuvingandan soʼng nonushta qiladi, soʼng oʼynaydi, oʼyindan soʼng sayrga chiqadi. Tabiiyki, maktabga tayyorlov yoshidagilarga oʼziga yarasha talab qoʼyiladi. Kattalarning aniq talabini bola tomonidan bajarilishi katta tarbiyaviy axamiyatga ega, chunki u biron narsani oʼz vaqtida va majburiy bajarish zarurligi bilan chambarchas bogʼliq. Maktabga tayyorlov yoshi oxirida bola oʼziga yoki jamoaga baravar qoʼyilgan kattalar talabini bajaruvchi boʼlibgina qolmay, balki oʼziga va boshqa bolalarga nisbatan talablar qoʼya boshlaydi. Bu talablar oʼziga baxo berishda va bolalar qilmishiga baxo berishida yanada aniq koʼrinadi. Bizning jamiyatimizda insonlar faoliyati jamoa xamkorligiga asoslangan va u bolalikdan boshlanadi.(oilada, bolalar MTTsidagi tengdoshlar jamoasida, maktabda, va xokazo) shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolalarga jamoada yashashni oʼrgatish, birga oʼyin oʼynash, mexnat qilish, berilgan topshiriqqa javobgarlik bilan qarashni tarbiyalash zarur. Birgalikdagi faoliyat kelishilgan xarakatlarni talab qiladi, umumiy xis-xayajon va kuyinchakliklarni chaqiradi va shu bilan tashkilotchilik xulqini shakllantiradi. Mexnat qilishni xoxlash va oʼrganish birinchi mustaqil oʼzi bajaradigan xarakatlaridan boshlanadi. Har bir bola xammaga maʼlum «MEN OʼZIM» degan soʼzlarni ishlatadi, ularda oʼzi mustaqil nimadir bajarishga birinchi talab aks etgan. Bolani mustaqillikka intilishini xar tomonlama ragʼbatlantirish kerak. Oyoq kiyimini bolalar qoʼliga boʼysunmasa xam mayli, bola uni oʼzi kiysin. Shunday xol boʼladiki, bir vaqtda bolalarda emas, balki ularning ota-onasida bolaning biron ishni tamomlashini kutishga sabrlari chidamaydi. Oʼgʼli yoki qizining xoxishiga qarshi ular bolaga yordam berishga yoki ular uchun oʼzlari bajarishga shoshiladilar. Natijada ularning mustaqil xarakatga birinchi intilishlari soʼnadi. Kelgusida mexnatga intilish odatisiz bolaga qanday boʼlishi xaqida ular oʼylamaydilar. Vaxolanki, aynan kichik bolaning mustaqilligida ilk mexnatsevarlik tugʼiladi. Maʼlumki, bolaning mustaqillikka intilishi, oʼz yoʼlida koʼpgina qiyinchiliklarga uchraydi, qaysiki bu sifatlarni rivojlantirishni qiyinlashtiradi. Qiyinchiliklarni yengish bolada qatʼiyat, feʼl-atvorni shakllantiradi. Bir tomondan, agar bola mayda-chuydada mustaqil boʼlmay, xar narsada boshqalarga ishonsa, xech qanday mexnat yoʼllanmasi xaqida soʼz boʼlishi mumkin emas.U oʼqishni xam oʼzining ishi deb qabul qilmaydi, tashqaridan yordam kutadi, uni mustaqil dars tayyorlashga oʼrgatish qiyin kechadi.Maktab boʼlsa birinchi kundan boshlab oʼzining talablarini qoʼyadi, avvalambor mustaqillik talablarini. Mustaqillik maktabgacha yoshdagilarning turli bosqichlarda turlicha shaklda boʼlib,turli talablari bilan aniqlanadi. Kichkina maktabgacha yoshdagilar endigina birlamchi oʼz-oʼziga xizmatga oʼrganadi.3-4 yoshli bola stol atrofida tinch oʼtirishni, tartibli yoyishni, salfetkadan toʼgʼri foydalanishni oʼrgansa yaxshi-ya. Masala birlamchi oʼz-oʼziga xizmat ota-ona mexnatini yengillashtirishda emas. Muximi, bola tartibga oʼrganadi.Mana u mustaqil kiyimini, oyoq kiyimini yechadi, joyiga qoʼyadi, siz endi oʼyinchoqlari va kitoblarini joyiga qoʼyishni unga kamroq eslatasiz. U endi oʼzi tartibsizlikni sezadi, kecha qoldirgan oʼyinchoqni yashikka soladi, siz tushirib qoldirgan narsani koʼtaradi. Kichik maktabgacha yoshdagi bola toʼgʼri tarbiyalanganda, biron narsani oʼzi bajarishga xoxish paydo boʼladi.U tarelkalarni stolga qoʼyadi, uyni tozalashga, kir yuvishga yordam beradi. Bu oson ishlar, bola oʼynab bajarsada, undan jismoniy va aqliy kuch talab qiladi.Maʼlumki, kichik maktabgacha yoshdagilarda natija emas, «bajarish»ga qiziqish ustun keladi.Mexnatga intilishni kichkintoy kattalar xarakatiga qiziqish natijasida xosil qiladi.3-4 yoshda bola koʼpincha xali oʼzining ishini baxolay olmaydi, uning natijalarini sezmaydi. Shuning uchun bolaga uning arzimasayam oʼz kuchi bilan erishgan natijasini koʼrsatish muximdir. Kichkintoy bola faqatgina yaxshi soʼzga emas, shuningdek kattalar tarafidan yordamga xam munga oʼzi bajarolmagan narsada yordam berishi kerak. Katta maktabgacha yoshdagilar mustaqilligi oʼz-oʼziga xizmat davomida koʼpayadi. 6 yoshli bola mustaqil yuvinish, artinish, tish tozalash, kiyinish va yechinish, kiyimlarni tartib bilan taxlashni bilishi shart. Katta maktabgacha yoshdagilar kiyimini toza tutish, tartibsizlikni sezish va yoʼqotish, tugmalarini tikish, kiyim va oyoq kiyimini tozalashni oʼrganishlari zarur.Ovqatlanish vaqtida fikri chalgʼimasligi juda muxim. Boʼlajak maktab oʼquvchisida oiladagi doimiy majburiyati boʼlishi yaxshi.(masalan, pochta qutisidan gazeta olib kelishi, non sotib olishi, baliqlarni ovqatlantirish, va xokazo). Bola xech qachon qanday yumushni bajarishni bilishi va yodda saqlashi kerak. Mayli, majburiyat koʼp boʼlmasin, muximi bola ularni zoʼrlov bilan emas, xoxish bilan bajarsin.Ota-onaning xar bir topshirigʼini bola oʼz vaqtida, ishtiyoq bilan, tartibli ajarishga erishishi darkor. Katta maktabgacha yoshdagilar oʼzoq muddat qoʼllaridan kelgan ishlarni mustaqil bajarishlari mumkin, bunda nafaqat oʼz-oʼziga xizmat, balki oʼsimliklarga qarash, jonivorlarni boqish, uy tozalash ishlari, balki bundan xam murakkablarini bajarishga layoqatlidirlar. 6 yoshli bola kichkintoylarga rasm chizishga, oson oʼyinchoqlar yasash: qogʼozdan qayiqcha, pirpirak tayyorlab berishi, buvisiga kompot uchun qurigan mevalarni saralashga, yoʼqolgan oynani topib berishga yordam berishi mumkin. Oson mexnat topshirigʼini ajratib berish bolani uni faol bajarishga undaydi, va u kerakli materiallar tanlab, oʼzining xarakatlarini rejalashtirishni boshlaydi. Bu endi tashkilotchilik xulqini belgilari borligini bildiradi. Sekin-asta maktabgacha yoshdagi bola ish bosqichlarini farqlay boshlaydi. Bola mustaqilligi shakllanishida oʼz-oʼzini nazorat qilish rivoji oʼta muxim. Bu sifat fikrlashni erishilgan natija bilan solishtirish imkoniyatini beradi. Bola kattalar boshchiligida oʼz xarakatini faqatgina bitirgandan soʼng emas, balki ish bajarish chogʼida xam baxolashni oʼrganadi.Maktabgacha yoshdagilarning ish bajarishi qoʼyilgan maqsad asosida boʼlishida kattalardan bolalar faoliyatig eʼtibor va qoʼshimcha koʼtarinkiliklar (ragʼbatlar, nazorat va x.z.o) ni talab etadi. Xulosa Xulosa qilib aytish mumkinki natura bolani qabul qilish doirasini atrofga nisbatan diqqat va tasavvurini boyitib, koʼzatuvchanligini oshiradi. Buning uchun oddiy bir predmet tanlanadi. Masalan barglari aniq boʼlgan aloxida-aloxida joylashgan uy gullari yoki guldastadagi gul. Tanlangan predmet xammaga yaqqol koʼrinarli qilib qoʼyiladi. Bolaga obʼektni diqqat bilan Kuzatishtaklif qilinib,ayniqsa gul va barglarning joylashishi ketma-ketligiga, gul, guldon formasiga nisbatan qiziqish uygʼotiladi. Iloji boricha guldon shaklini qoʼl bilan silab koʼrsin. Bolalar oʼyinchoq rasmlarini chizishni yaxshi koʼrishadi. Аgar bola mavzuga xos rasm chizishga qiynalsa, bunday xolda oʼyinchoq rasmini chizishga maslaxat bering. Buning uchun bolaga chizish oson boʼlgan va bola oʼzi tanlagan oʼyinchoqni beriladi. Аvvalo oʼyinchoqni tuzilishiga, shakliga, ranggiga eʼtibor berish, oʼyinchoq qismlariga diqqatini qaratish kerak. Eng qadimgi sanʼat asarlaridan biri bu dekorativ sanʼatdir. Odamlar uy, idish va kiyimlarini ushbu sanʼat koʼrinishi asosida yasatishga urinishgan. Bolalarni ushbu sanʼat turi bilan tanishtirish oʼta muxim. Koʼpgina shaxar va tumanlarda maxsus sanʼat muzeylari mavjud. Bola ijodkorligi va estetikasini oshirish uchun albatta moʼzeyga olib borib, sanʼat turlari bilan tanishtirish zarur. Naqsh va dekorativ kompozitsiyalar yaratishni koʼproq qizlar xush koʼrishadi. Oʼgʼil bolalarni xam bu qiziqarli rasm turi bilan tanishtirish maqsadga muvofiq. Bolani ushbu sanʼat turi orqali tasavvurini yanada kengaytirish uchun dekorativ mato, maʼlum dekoratsiya asosida yasalgan idishlar, dastroʼmol va boshqa turli xil narsalarni koʼrsatib baxo berish tavsiya etiladi. Bola diqqatini naqsh elementlariga (geometrik forma, gul, barg, qush) qaratish va ularni naqshda ritmik joylashtirishga koʼmaklashish zarur. Bola rasmlarni qalam va boʼyoqlar bilan bezatishi kerak va koʼngliga yoqqan dekorativ bezakni tanlashi mumkin. Bola uchun qiyin boʼlmagan naqshni tanlab, xudi shunga oʼxshatib, naqsh chizishni taklif qilish lozim. Chizilayotgan naqsh elementlari, chiziqlari uzunligi 15-20 sm, eni 5-6 sm ni koʼzdan kechirib chiqiladi. Аgar bu bolaga qiyinchilik tugʼdirsa, bolaga naqsh elementlarini maʼlum shaklga keltirishni taklif qilinadi. Masalan: toʼrtburchak (dastroʼmolcha, salfetka) misolida keltirilib, ushbu shakl chet qismi va oʼrtasini naqshlar bilan bezatiladi. Doira (likopcha) shaklida esa naqshni oʼrtaga yoki oʼrta va chetga joylashtirish mumkin. Koʼpincha bolaga mexnat topshirigʼini bajarishning oʼzi emas, balki kattalarning uni bajarganligidagi yaxshi muomalasi koʼproq xursandchilik beradi. Kattalar bolalar mexnatiga jiddiy va kerakli ishga qaragandek munosabatda boʼlishi zarur, bu munosabat bolada mexnat qilishga xoxish, qatʼiyatni koʼrsatish, ishni oxiriga yetkazish xoxishini yaratadi. Tashkilotchilik xulqi va mexnat koʼnikmasi asosini tashkil etadigan mustaqillikka maxsus sharoit yaratish, turli mashqlar yordamida erishish mumkin va bu yerda tezkor muvaffaqiyatga umid qilmaslik kerak. Maktab oʼquvchisiga kerakli xislatlar bolada aynan mexnatda paydo boʼladi.Bunda bola nafaqat oson va oʼziga qiziqarli ishlarni bajaradi, balki kuch va vaqt talab qiladigan ishlarni bajaradi, oʼz ishini tartibini oʼylab koʼradi. U boshlagan ishni oxirigacha va muddatida bajarishga oʼrganadi. Oʼz xarakatining foydali ekanini xis qiladi, mexnatga kuch sarflashdan xursandlik sezadi. Аgar maktabgacha yoshdagi bola, uni xar qanday majburiyat va tashvishdan xal etadigan tarbiya olsa, unda beparvolik va egoizm rivojlanadi. Ota-onalar maktabgacha yoshdagi bolani keragidan ortiq ximoya qilish va uy yumushlaridan bolani doimiy ozod qilish – bolani maktabda koʼpgina noxush xolatlarga tushishiga sabab boʼlishini yodda tutishlari darkor. Doimiy majburiyatlarni mustaqil bajarish bolani jiddiy faoliyatga tayyorlaydi, maktabdagi oʼqish va turmush tarzi bilan bogʼliq birinchi qiyinchiliklarni yengib oʼtishga yordam beradi. Аyrim xolatlar boʼladiki, bola topshiriqlarni mustaqil bajaradi, ammo xammasini pala-partish xoxlamay bajaradi.Ota-ona doimo bolalarga namuna boʼlishi kerak. Har bir yumushni jonu-dili bilan sarishta va tezkor bajarishi, boshlagan ishini oʼlda-joʼlda qoldirmasligi, bir-biriga yordam berishi kerak. Bolaga turli topshiriqlar berib, siz unda topshirilgan ishni bajarishni oʼziga yarasha tajribasini orttirasiz, oʼzini tashkillashtirish, koʼzlagan maqsadga intilish, bilimlarini yaratasiz. Topshiriqlar bolaning doimiy majburiyatiga aylanganda odatga aylanib qoladi, va ularni ortiqcha xoxish boʼlmaganda xam bajaradi. Barcha asosiy xayotiy voqealarni aql bilan xisobga olgan qatʼiy belgilangan kun tartibiga rioya qilish tashkilotchilik xulqini tarbiyalashga yordam beradi. Tartib inson faoliyatini tashkillashtiradi, uni tartiblilikka oʼrgatadi. Maktabgacha yoshdan boshlab oiladagi oʼrnatilgan tartibni bajargan bolaga vaqtni xis qilish paydo boʼladi. Bolani vaqt boʼyicha ozgina moʼljal olishga, vaqtdan tegishli xarakatni oʼzgartiruvchisi sifatida foydalanishga oʼrgatish – tashkilotchilik xulqi tarbiyasining maqsadlaridan biridir. Tartibni bajarish aynan bolaga vaqt boʼlakchalarining oʼzunligini sezishga yordam beradi. Bolalar vaqtdan yanada unumli foydalanishga oʼrganadilar. Ular gigienik muolajalarni tezilk bilan bajarish xisobiga oʼyin va mashgʼulotlar vaqtini oʼzaytiradilar. Vaqt intervalini farqlay borib, bolalar oʼz xarakatlarini vaqt boʼyicha xisoblashga oʼrganadilar va belgilangan muddatda ulgurishga xarakat qiladilar. Sekin-asta kattalarning, «oʼyinchoqlarni yigʼishtir, 5 daqiqadan keyin sayrga boramiz», «yarim soatdan soʼng dadang keladi-ovqatlanamiz» va x.z.o. muomalalari tushunarli boʼladi, bolalarda vaqt toʼgʼrisida tushuncha paydo boʼladi.(kecha, bugun, ovqatdan soʼng, kechqurun va boshqalar) Tartib-turli faoliyat turlarini almashinuvini koʼzda tutadi, bu rganizmni charchashdan saqlaydi, bolaning xar tomonlama rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. Download 116.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling