Kirish I bob. O‘quvchilarda ma’naviy – axloqiy sifatlarni tarbiyalashning nazariy asoslari


Tadqiqotning o‘rganilganlik darajasi


Download 219 Kb.
bet4/14
Sana05.01.2022
Hajmi219 Kb.
#217785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O‘quvchilarda ma’naviy – axloqiy sifatlarni tarbiyalashning nazariy asoslari

Tadqiqotning o‘rganilganlik darajasi: O‘quvchilarda ma’naviy – axloqiy sifatlarni tarbiyalash sohasida professor M Ochilovning “Muallim qalb me’mori”, M Ochilov, N Ochilovalarning “O‘qituvchi odobi”, Safo Ochilovning “Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari”, M.Quronovning “Yoshlarni milliy mafkuraviy tarbiyalash – texnologik masala” kabi asarlari mavjud.

Bolani shaxs sifatida shakllanishida ma’naviy – axloqiy tarbyaning o‘rni nihoyatda katta ekanligi ma’naviy merosimiz durdonalarida ham markaziy o‘rinni egallaydi. Bunda biz mutafakkirlar Kaykovus, Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Yassaviy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalar merosini misol qilib olishimiz mumkin. Ular bolani to‘g‘ri tarbiyalash, unda ma’naviy – axloqiy sifatlarni tarbiyalashning ahamiyati, uning mas’uliyati masalasida qimmatli fikrlar qoldirganlar.

Abdulla Avloniy o‘zining "Turkiy guliston yoxud axloq" asarida ana shunday insonlar haqida bunday deydi: "Yaxshi fa­zilatlarni o‘ziga kasb qilib olgan insonlar yaxshi insonlar deyilur". Avloniy yaxshi insonlar deganda odamlarga yaxshilik qila oladigan, kamtar, saxiy, mehnatkash, mexr-shafqatli bilimdon, o‘zgalar uchun qayg‘uradigan, mard insonlarni ko‘z, tutsa, "Yomon insonlar deb, yomonlik fazilatlari yaxshi fazilatlaridan ustun turadigan insonlarga aytiladi", deydi. Muallif yomon insonlar deganda xasis, baxil, birovlarni yutug‘ini ko‘ra olmaydigan hasadgo‘y, faqat o‘zim deydigan xudbin kishilarni nazarda tutadi. Avloniy kishilarni o‘zida yaxshi fazilatlarni to‘plagan, el nazariga tushgan, yaxshilikka intiluvchi, o‘zini tarbiyalab borishga o‘rgangan insonlar bo‘lishiga undaydi.

Alisher Navoiy “Tarbiya ulug‘ ish, odob urug‘ini ekkan odamning hosili javohir bo‘ladi”-degan edi.

Tarbiyaga ilmiy yondashish-malakaviy (professional) yondashishdir. Zero, tarbiyaning vazifasi, mazmun ko‘lami kun sayin oshib bormoqda.

Bu borada Prezidentimiz I.A. Karimovning quyidagi so‘zlarini keltirib o‘tish joizdir: «Yana bir dolzarb vazifa – o‘sib kelayotgan avlodga uning ma’naviy tarbiyasiga nohoyatda katta javobgarlik hissi bilan yondashish masalasi. Nega deganda, yoshlar xalq ma’naviyatining munosib egalaridir. Shuning uchun har bir o‘g‘il-qizimiz dastlabki qadamlaridan boshlab ma’naviy boyliklarimizdan bahramand bo‘lishliri kerak».4




Download 219 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling