Kirish I bob. O‘quvchilarda ma’naviy – axloqiy sifatlarni tarbiyalashning nazariy asoslari


Download 219 Kb.
bet3/14
Sana05.01.2022
Hajmi219 Kb.
#217785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O‘quvchilarda ma’naviy – axloqiy sifatlarni tarbiyalashning nazariy asoslari

UMUMIY XULOSALAR..........................................................................49

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.........................................................52

Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo`lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko`ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo`lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma`naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi.”



I.A.Karimov

Bitiruv ishining dolzarbligi. O`zbekiston o`z mustaqilligini qo`lga kiritgan dastlabki kunlardan boshlab o`z taqdirini o`z qo`liga olib, yangi jamiyat qurishga qaror qildi. Zahmatkash xalqimiz o`zining fidoiy mehnati, tinch va farovon hayoti bilan dunyodagi taraqqiy topgan mamlakatlar qatoridan mustahkam o`rin egalladi. Kelajagi buyuk davlat barpo etish borasida amalga oshirilayotgan barcha tarixiy o`zgarish va yangilanishlar yurtdoshlarimiz qalbi, ongi va shuuriga ulkan ta`sir ko`rsatmoqda. XXI asrga qadam qo`ygan O`zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo`lidagi bosh g’oyasi-bu ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Albatta ushbu g’oyani amalga oshirishda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy yo`nalishlar bilan bir qatorda ma`naviy-ma`rifiy soha ham muhim o`rin tutadi. Darhaqiqat, bugungi kunda ma`naviyat fuqarolik jamiyatini qurishda davlat siyosatining ustuvor yo`nalishga ega bo`lib kelmoqda. Qadriyatlarni tiklash, ularni ilm-fan va taraqqiyot yutuqlari bilan boyitib borish, milliy o`zlikni anglash, milliy istiqlol g’oyasining tamoyillarini xalqimizning qalbi va ongiga singdirish, muqaddas dinimiz va tariximizga sadoqatli bo`lish ma`naviyat sohasidagi asosiy vazifalardan hisoblanadi.

Kirish. Barkamol insonlarni tarbiyalash ajdodlarimizning asriy orzusi bo‘lganligini ular yaratgan bebaho manbalarda uchratamiz. Darhaqiqat, faqat har tomonlama rivojlangan, ma’naviy barkamol shaxsgina millat kelajagini yarata oladi. “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotitralarimizdan ayrilib, oxir oqibatda o‘zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin”.1

O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritib suveren davlat sifatida taraqqiy etish jarayonida siyosiy imkoniyatini qo‘lga kiritganligidan boshlab tarixan qisqa vaqt mobaynida asrlarga teng yutuqlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘linmoqda. Ana shunday yutuqlardan biri yosh avlodni ma’naviy – axloqiy shakllantirish, o‘z vataniga sodiq va barkamol, bilimdon, komil – inson avlodini voyaga yetkazishning to‘la imkoniyati yaratilganligidir. Zero Qadrlar tayyorlash milliy modelida asosiy e’tibor shaxsni shakllantirishga qaratilgan.

Milliy mustaqillik tufayli mamlakatimizda ro‘y berayotgan ulkan o‘zgarishlar, iqtisodiy va ma’naviy islohotlar sohasidagi yangiliklar, respublikamizning jahon hamjamiyatida tutadigan mavqeining mustahkamlanib borishi har bir fuqarodan, avvalambor yoshlardan ularni chuqurroq tahlil qilish, tushunish uchun yangicha fikrlash qobiliyati va madaniyatiga ega bo‘lishni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risi»dagi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da yoshlarning ma’naviy tarbiyasi va ularning yangicha dunyoqarashini shakllantirish, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish, o‘z Vataniga sodiq, bilimdon, raqobatbardosh ixtisosli mutaxassis qadrlarni tarbiyalab voyaga yetkazish bo‘lsada, buning uchun ta’lim tizimini, qaramlik asoratidan, eski mafkuraviy tushuncha va sarqitli qarashlardan batamom xolis etishdan, kelajakda rivojlangan demokratik davlat darajasiga muvofiq keladigan ma’naviyatli, barkamol, yuksak malakali kadrlarni milliy g‘oya ruhida tayyorlab berishdan iboratdir.

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir» nomli asarida bu haqda shunday deb yozgan edi: «Bilimdon, professional jihatdan savodli hamda g‘ayrat-shijoatli shaxslarni, o‘z mamlakatimizning chinakam vatanparvarlarini tarbiyalay oladigan, ularni buyuk milliy madaniyatning ulkan ma’naviy merosi bilan boyita oladigan, jahon fani va madaniyati durdonalaridan bahramand eta oladigan mamlakatgina, millatgina buyuk kelajakka erishishi mumkin».2

Ushbu maqsadga erishish uchun mamlakatimiz mustaqilligi yillarida yosh avlodni komil inson, yetuk kadrlar etib tarbiyalashda asrlarga teng yutuqlarga erishildi. Undan kutiladigan asosiy maqsad kelajakda barkamol, vatanga sodiq avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazishda, ularda sotsial – siyosiy, ma’naviy – mafkuraviy masala – muammolarni keng va atroflicha chuqurroq o‘rganish faoliyatini, bilimli, ilmli va mulohazali bo‘lishga qiziqish qobiliyatini shakillantirishdan iboratdir.

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «Islohotlarimizning ma’no-mazmuni har bir ongli fikr­laydigan inson uchun ochiq va tushunarli bo‘lgan, ular shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir fuqaro, har bir insonning amaliy ishiga aylangan taqdirdagina mamlakatimizni yanada isloh etish va modernizatsiya qilishning muvaffaqiyatini ta’minlashimiz mumkin.3

Chunki mamlakatimizda amalga oshirilayotgan muhim ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlar asosida yuz berayotgan mohiyati chuqur va sermazmunli o‘zgarishlar kadrlar tayyorlashda ta’lim-tarbiya tizimida milliy g‘oya ruhida o‘qitish, dars berishni tubdan o‘zgartirishni, ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy uslublaridan keng ko‘lamda foydalanishni, uslubiyatda yangi-yangi samarali metodlar ishlab chiqarish va ularni qo‘llashni taqoza etmoqda. Shu asosda mutaxassis-kadrlar tayyorlashni yaxshilash, sifatini oshirishni vazifa qilib qo‘ymoqda.

O‘quvchilarni ma’naviy – axloqiy tarbiyalash ishini tizimli asosda tashkil etish yaxshi samara beradi.

Shuning uchun ham biz bitiruv malakaviy ishimiz mavzusini «O‘quvchilarda ma’naviy – axloqiy sifatlarni tarbiyalashning pedagogik asoslari » deb nomladik.


Download 219 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling