Kirish I bob. O’simliklardan olinadigan tolali gazlamalarning tola turkumlanishi, olinishi, tarkibi va xossalari
Download 52.84 Kb.
|
Kirish I bob. O’simliklardan olinadigan tolali gazlamalarning to
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning maqsadi : Ta’limiy maqsad
- Rivojlantiruvchi maqsad
- O’tilgan mavzuni so`rash
2.2. «O’simliklardan olinadigan tabiiy tolali gazlamalar va ularning xususiyatlari» mavzusiga oid metodik ishlanma namunasi(pedagogik va axborot texnologiyalari misolida
Mavzu: Tabiiy tolali gazlamalar o`simlik tolasidan tayyorlangan gazlamalar , ularning xususiyatlari.Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad: o`quvchilarga o`simliklardan olinadigan tolalar , ulardan tayyorlangan gazlamalarning ishlatilishi va xususiyatlari haqida tushuncha berish. Tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarga atrofimizni o`rab turgan ona tabiatni bizlar uchun naqadar foydali ekanligini va uni asrab avaylash zarurligini tushuntirish. Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarga tolalar va gazlamalarning tarkibi haqidagi bilimlarini kengaytirish. Darsning jihozi: tabiiy tolalar, ulardan tayyorlangan gazlamalar va kiyimlardan namunalar, albomlar va boshqa turli ko`rgazmalar. Darsning turi: nazariy. Darsda qo’llaniladigan usullar: hikoya, tushuntirish, suhbat, ko`rgazmalilik. Darsning borishi: Tashkiliy qism: Salomlashish, o`quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish, davomatni aniqlash. O’tilgan mavzuni so`rash: Kiyimlar qanday gazlamalardan, ya’ni materiallardan tayyorlanadi ? Bunday gazlamalarqanday hosil qilinishini bilasizmi ? Tollar haqida nimalarni bilasiz ? Yangi mavzuni bayon qilish: O`quvchilar ! biz bugungi darsimizdan boshlab gazlamalarga ishlov berish texnologiyasiga oid mashg`ulotlarni o`tamiz. Unda biz gazlamalarning olinishi va ulardan turli kiyimlar tayyorlanishi, kiyimlarni tuzatish va saqlash, shuningdek pazandachilikka oid ayrim ishlarni o`rganamiz. Ma’lumki, har bir inson o`ziga xos kiyim kiyadi. Kiyimlar bizni tabiatning turli ta’sirlardan himoya qiladi. Shu bilan birga kiyim insonning madaniyatini, ma’naviyatini ko`rsatuvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Kiyimlar odatda gazlamalardan tikiladi. Barcha gazlamalar tollaradan to`qiladi. Yuqorida aytilgandek inson hayotida gazlamalar va utikilgan kiyimlar muhim ahamiyati kasb etadi. Chunki kiyimlar insonni issiq va sovuqdan, kuchki yorug`likdan himoya qilib, organism haroratining mo`tadil bo`lishiga yordam beradi.Gazlamalar tabiiy va sun’iy tolalardan to`qilgan bo`ladi. Tabiiy tolalardan to`qilgan gazlamalar ikki guruhga bo`linadi. A) o`simliklardan olingan tolalardan to`qilgan gazlamalar. B) hayvonlardan olingan tolalardan to`qilgan gazlamalar.O`simliklardan olingan tolalarga paxta hamda zig`ir kiradi.Paxta o`simligi issiq o`lkalarda asosan Amerika Qo`shma Shtatalari, Hitoy, Hindiston, Braziliya va O`zbekistonda yetishtiriladi. Paxta tolasi ingichka va o`rta tolali bo`ladi. Download 52.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling