Kirish I. Bob. O’zbekiston "Qizil kitobi"


Ishning maqsad va vazifalari


Download 1.27 Mb.
bet2/9
Sana07.03.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1247528
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'zbekiston qizil kitobiga kiritilgan o\'simliklar va ularni ahamiyati

Ishning maqsad va vazifalari: Hozirgi vaqtda qo‘riqlanadigan hududlar, ya’ni xo‘jalikda foydalanish butunlay man etilgan tabiiy ob’ektlar tabiatni muhofaza qilishning asosiy va amaliy usuli emas. Lekin shunga qaramasdan qo‘riqlanadigan hudud tabiatini muhofaza qilishda muhim rol o‘ynaydi. Ularning vazifalari juda xilma-xildir. Spesifik va hududiy vazifalar bilan birga, har bir qo‘riqlanadigan hudud tabiatini muhofaza qilishning umumiy muammolarini hal etishga xizmat qiladi
Muammoning o’rganilganlik darajasi. Qizil Kitobning sahifalarini qisqartirish uchun inson madaniyati va hulqini doim oshira borish kerak, bu olimlar oldida qo’yilgan muhim muammolardan biridir.
Yer yuzida yildan - yil tabiat burchaklariga inson qo’li etmagan yerlar kamayib bormoqda, ya'ni tabiatdagi cho’l, toğ va o’rmonlarning asl qiyofasini ko’rishga imkoniyat qolmayapti. Tabiatning asl muhitini va unda yashayotgan barcha jonzotlarni saqlab qolish uchun davlat tomonidan Qo’riqxonalar tashkil qilingan.
Muammoning muhimligini ta’kidlab, yana shuni qayd etish lozimki, Orolbo‘yi biologik xilma-xilligini asrash ularni boshqarish tizimini mustahkamlash va sifatini oshirish, Amudaryo deltasi bioxilma-xilligini asrash va barqaror foydalanishga aholini jalb qilish, shuningdek, ularning qo‘riqlanadigan milliy va mintaqaviy tizimda tarqalishining eng yaxshi tajribasi va amaliyotini to‘plash yo‘li bilan muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va ular atrofiga yangicha yondashuvlarni talab qiladi.
Kurs ishining obekti: bugungi kunda ishlab chiqilayotgan chora-tadbirlar, qarorlar, adabiyotlar va ilmiy ma’lumotlar, ilmiy izlanishlar, yangi tehnologiyalar va ularni amalda qo’llash, chiqindisiz texnologiyalar, ishlab chiqarish suratini hom ashyodan foydalanish koeffisientini oshirish hisobiga ko’tarish g’oyalari va ilmiy ishlanmalar.
Ishning ilmiy ahamiyati, ushbu ish yuzasidan olib borilgan izlanishlardan, ma’lumotlardan ilmiy maqolalar yozishda va amaliy qo’llanmalar tayyorlashda, talabalar, o’quvchilar, aholi o’rtasida tushuntirish ishlari olib borish uchun foydalanish mumkin. Kelgusida yosh avlodga bilim ko’nikmalar berishda tayanch vazifasini o’tashi mumkin.
Oʻzbekiston faunasi va florasining yoʻqolib boryotgan turlari Qizil kitobda ham oʻz aksini topgan boʻlib, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti va Botanika instituti tomonidan Qizil kitobga hayvonot va o‘simlik olami turlarini kiritish yoki undan chiqarish bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni tegishli ravishda ishlab chiqiladi. Kamyob va yo‘qolib ketish arafasida turgan hayvonlar va o‘simliklarni muhofaza qilish bo‘yicha idoralararo komissiya tomonidan esa Qizil kitobga turlarni kiritish va undan chiqarish hamda ularni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish amalga oshiriladi.
Ushbu kurs ishida botanika tadqiqotchilari va ekologlar yo'qolib ketish xavfi borligini aniqlagan ba'zi O'simliklar haqida so'z boradi. Bu ularning kelib chiqqan joylaridan olib tashlanishi, shuningdek, tabiiy yashash joylarining vayron bo'lishi tufayli sodir bo'lishi mumkin. O'simliklar oziq-ovqat zanjirida hayotiy funktsiyalarni bajarishini va ularning yo'qolishi butun sayyoramizning atrof-muhitiga salbiy ta'sir ko'rsatishini hisobga olish kerak.
Ishning xajmi: Kurs ishi 32 sahifadan iborat bo’lib unda kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, internet manzillari mujassamlashgan.



Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling