Kirish I bob oʻzbekistonda kimyo sanoatinging rivojlanishi
Takroriy pilla: tasavvurimizga sigʻmagan yangilik
Download 0.7 Mb.
|
LAYLO 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Su Ping Xua, Xitoyning “Sin Fu” kompaniyasi rahbari.
Takroriy pilla: tasavvurimizga sigʻmagan yangilik.
Soha fidoyilarining eʻtiroficha, 2017-yilda oʻzbek pillachiligi tarixida yangi sahifa ochildi. Yaʻni koʻpchilikning tasavvuriga ham sigʻmagan ish — takroriy pilla yetishtirish muvaffaqiyatli yoʻlga qoʻyildi: mamlakatimiz boʻyicha ikki marta, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida esa hatto uch marta ipak qurti parvarishlanib, sanoatbop pilla olindi. Davlatimiz rahbari shu yilning yanvar oyida Surxondaryo viloyatiga tashrifi chogʻida respublikamiz boʻyicha barpo etilgan 220 dan ortiq maxsus pilla yetishtirish majmualaridan biri — Termiz tumanidagi “Inter Silk Pro” qoʻshma korxonasiga qarashli pillaxona faoliyati bilan tanishar ekan, kelgusi besh yilda bunday pillaxonalarni 10 mingtaga, eksport hajmini esa yiliga 1 milliard AQSh dollariga yetkazish haqida mutasaddilarga topshiriq berdi. Shunga muvofiq, mamlakatimizda ipakchilik sanoatini rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ishlab chiqildi. Unga koʻra, joriy yilning oʻzida 1000 ta ana shunday obʻektni bunyod qilish ishlari jadallashtirib yuborildi. Bunda respublikamizdagi mavjud 43 ming gektar tutzorlar uyushma tasarrufiga oʻtkazilayotgani ayni muddao boʻldi. Uning har besh gektarida bittadan innovatsion pilla etishtirish maskani barpo etilayapti [2]. EʻTIROF: Oʻzbekiston ipakchilik sanoati salohiyati nihoyatda yuqori. Ayniqsa, tabiati qulay boʻlib, bir yilda 3-4 marta pilla yetishtirish imkonini beradi. Dastlab Surxondaryo viloyatiga 1 million tup hosildor tut koʻchati yetkazib bergan edik. Ular hudud iqlim sharoitiga moslashib, baravj oʻsayotganini koʻrib, juda quvondik. Hamkorlik aloqalarimiz yil sayin mustahkamlanib, issiq va sovuq havo haroratiga chidamli, eng muhimi, yumshoq barg beradigan tutzor barpo qilishda faol ishtirok yetyapmiz. Su Ping Xua, Xitoyning “Sin Fu” kompaniyasi rahbari. Bahorgi mavsumda respublikamiz boʻyicha jami 330 ming quti ipak qurti parvarishlanib, 18 ming tonna pilla olish rejalashtirilgan. Lekin koʻngilni xijil etadigan jihat shuki, buning uchun zarur boʻlgan urugʻlikning asosiy qismi, aniqrogʻi, 300 ming qutisi Xitoydan olib kelindi. Nega? — Ochigʻi, tarmoq rivojini ortga tortayotgan masalalardan biri sifatli urugʻlik yetarli miqdorda yetkazib berilmayotgani edi, — deydi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi raisi oʻrinbosari Olimjon Jumaev. — Shu bois uning yechimi diqqat-eʻtiborimizda turibdi. Tasdiqlangan “yoʻl xaritasi”ga binoan, ipak qurti urugʻi yetishtirishga ixtisoslashtirilgan mavjud korxonalar 2021-yilgacha tubdan modernizatsiya qilinadi. Bu jarayonda nafaqat xorijning eng ilgʻor texnologiyalari, balki sohada yuqori malaka va tajribaga ega mutaxassislar ham jalb etilyapti. Bu esa deyarli inqirozga uchragan ipak qurti urugʻchiligi qayta oyoqqa turishiga mustahkam poydevor boʻladi. Chindan ham, hozirgi kunda Namangan, Surxondaryo, Navoiy, Qashqadaryo hamda Samarqand viloyatlarida xorijning nufuzli kompaniyalari koʻmagida beshta zamonaviy urugʻchilik korxonasi ishga tushirilish arafasida. Ular tomonidan kelgusi yilning oʻzida 100 ming quti ipak qurti urugʻi yetkazib beriladi. Bu koʻrsatkich yil sayin ortishi import hajmini bosqichma-bosqich kamaytirishga, 2021-yildan eʻtiboran ichki ehtiyojni toʻliq taʻminlashga olib keladi. Yaqinda Angor tumanida xitoylik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tashkil qilingan “Huashen Silkworm Pro” masʻuliyati cheklangan jamiyati ham ipak qurti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan. Uning loyihaviy quvvati 100 ming quti yuqori sifatli urugʻlik yetkazib berishga moʻljallangan. Korxonaning foydalanishga topshirilgan dastlabki bosqichida 11,5 ming quti ipak qurti urugʻini tayyorlash imkoniyatiga ega boʻlindi. Kelgusi yilda jamiyat quvvati oshirilib, Surxondaryo viloyatining ipak qurti urugʻiga boʻlgan talabi toʻliq taʻminlanadi. Amaliyotga tatbiq qilingan yangi tizim asosida urugʻchilik zavodlari mutaxassislari endilikda fermer xoʻjaliklari hamda kasanachilar bilan mustahkam aloqa oʻrnatib, mavsum davomida ipak qurtlarining yashovchanligi, ularning rivojlanishini muntazam monitoring qilib borishadi. Shu tariqa yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari koʻriladi. Bu esa pillachilarga sifatli mahalliy zot hamda duragaylarni toʻliq yetkazib berishda qoʻl keladi, albatta [15]. XULOSA Oʻzbekistonda kimyo sanoatini rivojlanishini oʻrgandim. Oʻzbekistonda ayrim viloyatlardagi kon metallurgiya kombinatlari haqida maʻlumotlarga ega boʻldim. Jumladan, Navoiy kon metallurgiya kombinatining kimyo sanoatidagi oʻrni va ahamiyatini, Qizilqum fosforit kombinati haqida, Olmaliq kon metallurgiya kombinati va boshqa kimyoga oid zavod va fabrikalarga ega boʻldim. Yengil sanoat haqida ham ancha maʻlumotlarga ega boʻldim. “Oʻzbekiston kimyo sanoatini rivojlantirish” Prezident qaror va farmonlarini ham toʻliq bilib oldim. Paxtani tozalash zavodi, toʻqimachilik sanoati, ipakchilik sanoati kabi zavod va fabriklar haqida ham maʻlumotlarga ega boʻldim. Kimyo sanoatida “Tashselmash” zavodi ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu mustaqil taʻlimni yozishda men Oʻzbekistonda kimyo sanoatini rivojlantirish, internet saytlaridan mavzuga oid maʻlumotlar izlashni hamda adabiyotlar roʻyxatidan toʻgʻri foydalanishni oʻrgandim. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling