Kirish I bob. O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan chora tadbirlar


O‘zbekistonning tashqi savdo siyosati va strategiyasi


Download 1.24 Mb.
bet8/10
Sana18.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1571887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mashhura kurs iwi

2.3.O‘zbekistonning tashqi savdo siyosati va strategiyasi
Har qanday mamlakatdagi tashqi iqtisodiy faoliyatning tartibga solinishi boshqa mamlakatlar tashqi iqtisodiy faoliyati natijalarida albatta, aks etadi, chunki jahonning har xil mamlakatlari ishlab chiqarishi, tovar almashinuvi va iste’moli bir-biriga bog’liqdir. Tashqi iqtisodiy aloqalarning chuqurlashishi va kengayishi bilan TIFni ko‘p tomonli taribga solish kuchaymokda. Har bir mamlakatda tashqi iqtisodiy faoliyat milliy huquq me’yorlari, ikki taraflama bitimlar, mintaqaviy hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi ko‘p tomonli kelishuvlar asosida tartibga solinadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni xalqaro tartibga solish BMT tizimidagi va unga kirmaydigan xalqaro tashkilotlar doirasidagi shartnomalarda ko‘rsatilgan. Bu 1947- yilda jahon savdosining bojxona-tarif masalalarini tartibga solish uchun tuzilgan ta’rif va savdo bo‘yicha asosiy kelishuv. Savdo va tariflar bo‘yicha bosh assambleya (GATT) dir.
Barcha mamlakatlarining jahon savdosini erkinlashtirishga intilishi Savdo va tariflar bo‘yicha bosh assambleya (GATT) doirasidagi kelishuvlarni ishlab chiqish va qabul qilish tamoyillarida aks etadi. Ular quyidagilardan iborat:
- kamsitmaslik, o‘zaro eng qulay usullarni taqdim etish milliy bozorlarni muhofaza qilishning ko‘prok tarif vositalaridan foydalanish; - bojxona tariflarini uzluksiz tarzda tushirish savdo-siyosiy yon berishda hamkorlik qilish; - mojarolarni kengash va muzokaralar yordamida yechish. Savdo va tariflar bo‘yicha bosh assambleya (GATT) 1948 yildan 1994 yilgacha yagona savdoni tartibga soluvchi xalqaro tashkilot edi. (YUNKTAD kabi boshqa xalqaro tashkilotlarning savdo-siyosiy masalalardagi qarorlari ko‘proq tavsiyaviy xususiyatga ega). Savdo va tariflar bo‘yicha bosh assambleya (GATT) "raund"larda ishlab chiqilgan va qabul qilingan qator kodeks va kelishuvlardan iboratdir. Savdo va tariflar bo‘yicha bosh assambleya (GATT)ning mavjudligi davrida 8 ta round o‘tkazilgan. Ularning har birida sanoati rivojlangan mamlakatlarda bojxona tariflarini pasaytirish bilan bog’liq masalalar ko‘rib chiqilgan natijada o‘rtacha import tariflari stavkasi 1947 dagi 40-60% dan 1990 yillar boshida 3-5% gacha kamaydi.
TIFning bevosita qatnashchilari uchun tarifsiz (tarifdan tashqari) cheklashlarni, ya’ni chet el tovarlarining ichki bozorga kirishga har xil to‘siqlarni tartibga solish bo‘yicha Savdo va tariflar bo‘yicha bosh assambleya (GATT)ning oxirgi ikki - Tokio va Urugvay raundlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Savdo va tariflar bo‘yicha bosh assambleya (GATT)ning tasnifiga ko‘ra, tarifdan tashqari cheklashlar besh guruhga bo‘linadi. 1. Davlatning tashqi savdo tadbirlarida qatnashishi: eksport tovarlarini subsidiya qilish tovarlar sotib olishning davlat tizimi.
Savdo va tariflar boyicha bosh assambleya (GATT)ning subsidiya va kompensatsiya choralari bo‘yicha kelishuviga o‘ziga xos, ya’ni bo‘lak korxona yoki korxonalar guruhiga beriladigan subsidiya tushunchasi kiritilgan edi.
Agar import tovari davlat subsidiyasi bilan ishlab chiqarilgani aniqlansa, importchi mamlakat qat’iy belgilagan rasm-rusumlarga ko‘ra olib kelingan tovarga badal bojini qo‘yishga haqi bo‘ladi, bunda milliy va import tovarlari bozorda bir xil mavqeda bo‘ladi. Badal bojining miqdori davlat subsidiyasi miqdoriga qarab belgilanadi. yevropa Ittifoqi qonunchiligi davlat tomonidan subsidiya qilishning barcha ko‘rinishini insofsiz raqobat turiga kiritadi va ushbu qonunlarga rioya qilishni nazorat etish maqsadida raqobat qoidalarini buzganligi uchun uchinchi mamlakatlar korxonalariga jarima solish huquqiga ega bo‘lgan yeI komissiyasiga topshiriladi. 2. Importning bojxona va ma’muriy rasmiyatchiliklari: antidemping bojlari bojxona qiymatini baholash usullari, tovarni yetkazib berishda zarur bo‘lgan hujjatlarga qo‘yiladigan talab.
Savdo va tariflar bo‘yicha bosh assambleya (GATT)ning tarifi bo‘yichademping – bir mamlakat mahsulotining ikkinchi mamlakat bozorida "o‘rtacha baho" dan past bahoda sotilishidir.


Xulosa.
Mamlakatimizning tashqi iqtisodiy sohasida tashqi savdo hajmi va eksportni tizimli ravishda jadal oshirishga qaratilgan tarkibiy o’zgarishlar amalga oshirildi, xususan, valyuta siyosati liberallashtirildi, ma’muriy to’siqlar bartaraf etildi, eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari uchun narxlarni shakllantirish va to’lovning bozor mexanizmi joriy qilindi.
Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi ustidan muntazam ravishda olib borilayotgan monitoring tashqi savdo va eksportning umumiy ijobiy dinamikasiga qaramasdan ular hajmlarining real o’sish sur’atlari iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sur’atlariga muvofiq emasligini ko’rsatmoqda.
Birinchi navbatda raqobatbardosh afzalliklarga ega bo’lgan tarmoqlarda bir qator tizimli muammolar va kamchiliklarning saqlanib qolayotganligi eksport hajmlarining salmoqli o’sishini ta’minlashga to’sqinlik qilmoqda. Jumladan:
birinchidan, ishlab chiqarish quvvatlaridan va keng turdagi xomashyo, shuningdek, mehnat resurslari mavjud bo’lgan hamda tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo’lgan yuqori qo’shilgan qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta’minlovchi afzalliklardan to’liq hajmda foydalanilmayapti; ikkinchidan, eksport qiluvchi korxonalar faoliyatini moliyaviy qo’llab-quvvatlash vositalari rivojlanmayapti,
eksportoldi va eksportni moliyalashtirish mexanizmlari mavjud emas; uchinchidan, chuqur marketing tadqiqotlarini o’tkazish, uzoq muddatli barqaror tashqi bozorlarni shakllantirish va xorijda tashqi savdo infratuzilmasini yaratishga etarli darajada e’tibor qaratilmayapti; to’rtinchidan, har xil xizmat turlari eksportini tashkil qilish va ilgari surish bo’yicha tizimli ishlar mavjud emas, ularni ko’rsatish uchun zarur infratuzilma rivojlanmagan.
Tovarlar va xizmatlar eksporti hajmini tubdan oshirish, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish, tashqi savdo muvozanatini ta’minlash va valyuta tushumlarini ko’paytirish maqsadida 2018 yil 20 dekabrda O’zbekiston Prezidentining “Eksportga ko’maklashish va uni rag’batlantirishni kuchaytirish Respublikasi chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori qabul qilindi. Tadbirkorlik sub’ektlariga quyidagilarda har tomonlama ko’maklashish asosiy vazifalari etib belgilandi: yuqori qo’shilgan qiymatga ega eksportbop raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirish, xizmatlar (turistik, tibbiy, ta’lim, transport, qurilish va boshqalar) eksporti hajmini keskin oshirish hamda ularni ko’rsatish uchun tegishli infratuzilmani jadal barpo etish; o’zi ishlab chiqargan mahsulotlarni yetkazib berishda hamkorlarni izlash hamda tashkilotlar va korxonalar bilan shartnomalar tuzish.
Mazkur vazifalarni samarali ijrosini ta’minlash maqsadida Eksportni qo’llab-quvvatlash milliy tizimini tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilandi:
a) eksport faoliyatiga axborot-tahliliy ko’maklashish bo’yicha:
eksportni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash sohasida davlat siyosatini takomillashtirish, eksport salohiyatini rivojlantirish bo’yicha davlat dasturlarini amalga oshirishda ko’maklashish; marketing, narx shakllanishi, transport logistikasi, sertifikatlash, standartlashtirish va sifat nazorati, soliq hamda bojxona ma’muriyatchiligi (shu jumladan, xorijdagi) masalalari, “yagona darcha” tamoyili asosida tashqi bozorlarga kirish sharoitlari bo’yicha eksport qiluvchilarga va ularning chet eldagi hamkorlariga axborot va maslahat ko’magini ko’rsatish;
xorijiy xaridorni izlashga va eksport shartnomasini tuzishga qadar muzokaralar jarayoniga, shu jumladan, ularning loyihalarini tayyorlashga ko’maklashish;
respublika vazirliklari va idoralari, viloyatlar hamda tuman hokimliklari bilan milliy mahsulotlarni chet elga eksport qilish, eksport qiluvchilarni eksportni qo’llab-quvvatlash bo’yicha chora-tadbirlar, mavjud imtiyozlar va preferentsiyalar, vakolatli davlat organlarining vazifalari va funktsiyalari to’g’risidagi
ma’lumotlar bilan ta’minlashda tizimli hamkorlikni ta’minlash;
O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirilishi, mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishiga qaratilgan strategik yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Bu yo‘nalishni o‘rnatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil yanvar oyida qabul qilingan "Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada rivojlantirish va investitsiya qabul qilishni oshirish chora-tadbirlari to‘g'risida"gi PQ-2756-sonli Farmoni asosida, xususan, eksport potensialini oshirish va eksport mahsulotlari sotuvini ko‘paytirishga qaratilgan harakatlar jadvali amalga oshirilib kelmoqda.
Bu harakatlar jadvali ichiga quyidagi chora-tadbirlar kiradi:
1. Banklar orqali eksport kreditlari berishi;
2. Eksport mahsulotlari sotuvining ko‘paytirilishi uchun xususiy markazlar yaratish;
3. Eksport mahsulotlari sifatini nazorat qiluvchi tizim yaratish;
4. Tashqi savdo markazlarini ishlab chiqarish;
5. Xorijiy investorlarni jalb etuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish;
6. Xorijiy savdo va investitsiya qilishni oshirishni osonlashtirish.
Bu chora-tadbirlar O‘zbekiston iqtisodiyotida tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada rivojlantirishga qaratilgan strategik yo‘nalishlar hisoblanadi. Ular orqali tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashtirilishi, eksport potensialining oshirilishi va mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishi kuchaytiradi.


Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling