Kirish I bob. O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan chora tadbirlar


Download 1.24 Mb.
bet2/10
Sana18.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1571887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mashhura kurs iwi

Kurs ishining maqsadi- Men o‘z kurs ishimda O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashtirilishi yo‘llari haqida tushuncha berish va imkon boricha aniq faktlar bilan va qonun qoidalar bilan izohlashni hamda yakuniy xulosamda takliflarimni berishga o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim.
Kurs ishining tuzilishi: kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovalardan iborat bo‘lib, jami sahifadan iborat.
Kurs ishining vazifasi:O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni keng o‘rganish.


I BOB.O‘ZBEKISTONDA TASHQI ITISODIY FAOLIYATINI ERKINLASHTIRISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN CHORA TADBIRLAR
Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda maʼmuriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–4059-son qarorida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida veterinariya ruxsatnomalarini, fitosanitariya va veterinariya sertifikatlarini rasmiylashtirish uchun eksport qilishdan 30 kun oldin ariza bilan murojaat qilish zarurati toʻgʻrisidagi talab bekor qilinadi; karantin ruxsati va ekologik sertifikatini berish muddati ularni olish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilingan holda ariza berilgan kundan boshlab 5 ish kunidan oshmasligi kerak; tovarlar va transport vositalari, agar mazkur tovarlar va transport vositalari qonun hujjatlariga muvofiq fitosanitariya va veterinariya nazoratiga tegishli boʻlmasa, ularni fitosanitariya va (yoki) veterinariya nazoratidan oʻtkazish taqiqlanadi; tranzit orqali Oʻzbekiston Respublikasi hududidan oʻtuvchi karantin ostidagi tovarlarni karantin tekshiruvidan oʻtkazish haq olinmagan holda amalga oshiriladi; bojxona yuk deklaratsiyasi “sariq” yoʻlakdan “qizil” yoʻlakka oʻtkazilgan holda mazkur oʻtkazishni amalga oshirgan xodim tomonidan bojxona tekshiruvini oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi: bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan birgalikda bojxona postlarida Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllaridan ogʻir yuk tashuvchi va yirik gabaritli transport vositalarining oʻtishi uchun toʻlovlarni avtomatik ravishda hisoblashni amalga oshiruvchi tizimni yaratsin va uning faoliyat yuritishini taʼminlasin; bojxona postlari orqali kesib oʻtish vaqti toʻgʻrisidagi har oylik statistik maʼlumotni har bir bojxona posti kesimida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi rasmiy veb-saytida eʼlon qilish uchun har bir avtotransport vositasining kirish va chiqish vaqtini avtomatlashtirilgan qayd etish tizimini, shuningdek, yuk transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktida bojxona rasmiylashtiruvi vaqtini taqsimlash imkoniyatini beradigan navbatlarni boshqarish elektron tizimini joriy etish orqali bojxona postlarida avtotransport vositalari boʻlish vaqtining cheklangan muddatini belgilasin; Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi bilan birgalikda tovarlarning alohida turlari uchun moʻljallangan laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan va eng optimal manzillarda joylashtirilgan maxsus oʻtkazish punktlari va bojxona postlarini tashkil etish masalasini oʻrganib chiqsin va zarur hollarda ularning ochilishini taʼminlasin; uch oy muddatda Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari va vakolatli organlar bilan birgalikda chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan oʻtishning aniq muddatlarini (daqiqalarda) belgilashni, bojxona posti hududiga kirish va chiqish vaqtini qayd etish, shuningdek, bir-birini takrorlovchi nazorat funksiyalarini bekor qilishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida tekshiruv tartib-taomillaridan oʻtish reglamentini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; tovarlarning bojxona qiymatini xatarlarni boshqarish tizimining xavf koʻrsatkichlari qatoriga kiritsin, shuningdek, qonunga xilof maqsadlarda davlat bojxona xizmati organlari mansabdor shaxslari tomonidan mezonlarni manipulyatsiya qilishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha aniq choralar koʻrsin; vakolatli organlar bilan birgalikda muammoli masalalarni yechish uchun tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonlarining soddalashtirilishi boʻyicha koʻrilayotgan choralar haqida yiliga ikki marta Tarif va notarif tartibga solish kengashining yigʻilishlarida hisobot taqdim etib borsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda 2019 yil 15-iyunga qadar nazorat punktlari va vakolatli organlarining boshqa obyektlarini maʼlumotlarni uzatish tarmogʻiga ulashni taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi va “Oʻzstandart” agentligi maʼlumotlarni uzatish tarmogʻiga ulanadigan nazorat punktlari va vakolatli organlarning boshqa obyektlari dislokatsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotni bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga taqdim etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va AT “Xalq banki” xarajatlarni toʻliq qoplashni taʼminlagan holda chegaraoldi bojxona postlarida kechayu kunduz ishlaydigan, tegishli organlar tomonidan chegara postlarida koʻrsatilgan xizmatlarga toʻlovlarni amalga oshirish, valyuta ayirboshlash, pul mablagʻlarini naqd pulga almashtirish hamda boshqa naqd va naqdsiz hisob-kitob bank operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradigan oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish terminallarini tashkil qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi: 2019-yil 1-iyunga qadar joriy etilayotgan ruxsatnomalar berish tartibi doirasida har bir turdagi nazorat qilinadigan tovarni oʻrganishning alohida muddatlarini belgilagan holda, nazorat qilinadigan tovarlarning veterinariya normalari va talablariga muvofiqligini aniqlashning murakkablik darajasidan kelib chiqib, tasniflashni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda mamlakatimiz hududini yuqumli kasalliklarni qoʻzgʻatuvchilardan muhofaza qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida avtotransport vositalarini zamonaviy yuqori samarali dezinfeksiya qilish asbob-uskunalarini bosqichma-bosqich oʻrnatishni taʼminlasin.
“Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda korrupsiyaning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni nazarda tutgan holda, karantinga olingan mahsulotlar uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishda ushbu mahsulotlar fitosanitariya holati va epizootik vaziyatini oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlarini va yuborish tartibini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi va “Oʻzstandart” agentligi uch oy muddatda “Yagona darcha” BAT platformasida vakolatli organlar tomonidan tanlab olish asosida fitosanitariya, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya va ekologik nazorat oʻtkazish imkonini beradigan xavf-xatarlarni tahlil qilish tizimini ishlab chiqsin, shuningdek, ruxsat etuvchi hujjatlar dastlabki maʼlumotlardan foydalangan holda tovarlar Oʻzbekiston Respublikasiga amalda yetib kelishiga qadar berilishini amalga oshirsin.




    1. Download 1.24 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling