Kirish I. Bob. Sanoat korxonalarida innovatsion faolyat samardorligini oshirish mexanizimi


Sanoat korxonalarini modernizatsiyalashtirishda kapital qo‘yilmalarni jalb etish holatini tahlili


Download 0.53 Mb.
bet8/24
Sana17.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1543496
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
Sanoat korxonalarida sifatni boshqarish samaradorligini 22222222222222

Sanoat korxonalarini modernizatsiyalashtirishda kapital qo‘yilmalarni jalb etish holatini tahlili
Sanoat tarmoqlarida faoliyat ko’rsatuvchi korxonalar davlatga tegishli bo’lgan sobiq ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitlarida investitsiyalarning asosiy manbai davlat (byudjet) mablag’laridan tashkil topar edi. Garchi o’sha sharoitlarda ham jamg’arma fondlar - asosiy investitsion manbalar korxonalar foydasi (daromadi) hisobiga amalga oshirilgan bo’lsada, korxonalarning mablag’larni qaerdan olish va qaerga joylashtirish to’g’risida “boshi” og’rimas edi. Qo’shimcha manba sifatida korxonalarning amortizatsiya fondi xizmat qilardi.
Mazkur tushunchalar (jamg’arma fondi, amortizatsiya fondi, foyda) hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan bo’lib, investitsiyalarning asosiy manbai hisoblanadi. Masalan, davlat korxonalari uchun asosiy investitsiya manbai quyidagilar: foyda, amortizatsiya fondi va byudjet mablag’lari, qo’shma korxonalar uchun - foyda, amortizatsiya fondi va kredit resurslari.
Buguni kunda sanoat va uni tarmoqlarini rivojlantirish dolzarb muammolarga aylanib bormoqda. Rejalashtirish va boshqaruv tizimida shuningdek, investitsiya manbalarini aniqlashning ichki va tashqi turlaridan ham foydalaniladi. Bizga ma’lumki, investitsiyalarning ichki manabalariga quyidagilar kiradi:
• ishlab turgan asosiy kapitalga hisoblanuvchi amortizatsiya ajratmalari natijasida shakllanuvchi, korxonaning o’z moliyaviy vositalari;
• foydaning investitsiya ehtiyojlariga ajratiluvchi qismi;
• sug’urta kompaniyalari va muassasalari tomonidan tabiiy ofat va boshqa hodisalarda to’lanuvchi mablag’lar;
• korxonaning aktsiyalar chiqarishi va sotishi natijasida olinuvchi mablag’lar;
• yuqori turuvchi va boshqa organlar tomonidan qaytarib bermaslik asosida ajratiluvchi mablag’lar;
• xayriya va shu kabi boshqa mablag’lar.
Investitsiyalarning tashqi manbalariga esa qo‘yidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
• markaziy va mahalliy byudjetdan, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlovchi turli xil fondlar tomonidan ajratiluvchi qaytarib bermaslik asosidagi mablag’lar;
• korxonalar Nizom jamg’armasida moliyaviy yoki boshqa moddiy va nomoddiy ishtirok shaklida, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va alohida shaxslarning to’g’ridan-to’g’ri qo’yilmalari shaklida kiritiluvchi xorijiy investitsiyalar;
• davlat va turli xil fondlar tomonidan qaytarib berish sharti bilan beriluvchi kreditlar, jumladan imtiyozli kreditlar.
Korxonalarning mustaqil xo’jalik faoliyati sharoitlarida ichki mablag’lar tarkibida amortizatsiya ajratmalari asosiy o’rinni egallaydi. Uning korxona investitsion resurslaridagi ulushi 50% va undan ko’proqni tashkil etadi.
Investitsion maqsadlarga yo’naltiriluvchi mablag’lar tanqisligi sharoitida lizing investitsion faoliyatni faollashtiruvchi muhim vosita bo’lib xizmat qiladi.
Investitsiyalardan (kapital qo’yilmalardan) foydalanishning asosiy yo’nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
yangi qurilish; • korxonani kengaytirish va qayta tiklash;
• ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish;
• harakatdagi quvvatlarni takomillashtirish.
Biz tahlil o‘tkazish jarayonida qo‘yidagilarga e’tibor qaratishimiz lozimdir.
Yangi qurilishga yangi maydonlarda maxsus ishlab chiqilgan loyihalar asosida quriluvchi korxona, bino, inshoot va qurilmalar mansubdir.
Faoliyat yuritayotgan korxonani kengaytirish qo’shimcha ishlab chiqarish majmualarining navbatdagi qismlarini yangi loyiha asosida qurish yoki asosiy, qo’shimcha, yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarishning amaldagi tsexlarini kengaytirish yoki qurishni anglatadi. U asosan, faoliyat yuritayotgan korxona hududida yoki unga tutash maydonlarda amalga oshiriladi.
Qayta tiklash − bu, faoliyat yuritayotgan korxonani ma’naviy va jismoniy eskirgan qurilma va asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, texnologik bo’g’inlar va yordamchi xizmatdagi nomutanosibliklarni yo’qotish yo’li bilan almashtirish yordamida to’liq yoki qisman o’zgartirishni anglatadi. Qayta tiklashda eski tsexlar o’rniga yangi tsexlarni qurishga ruxsat beriladi.
Texnik qayta qurollantirish alohida ishlab chiqarish turlarini zamonaviy talablarga asosan yangi texnika va texnologiyalarni kiritish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, eskirgan qurilma va uskunlarni yangilash va almashtirish, ishlab chiqarish tuzilmasi va tashkil etilishini yaxshilash yo’li bilan, korxonaning texnik darajasini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar majmuasidir. U ishlab chiqarish intensivligini kuchaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilashga yo’naltirilgan.
Kapital qo’yilmalarning yuqoridagi turlari investitsiyalarning texnologik tuzilmasini tavsiflaydi. Hozirgi paytda mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga yo’naltirilayotgan kapital qo’yilmalar hajmi ancha oshib, o’tgan yilga nisbatan ularning o’sish sura’tlari 9,5 foizni, yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi esa 18,5 foizni tashkil etishi kutilmoqda.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling