Kirish I bob. Shimoliy amerika mintaqasining turistik markazlari: braziliya va argintina
Download 161.39 Kb.
|
BRAZILIYA, ARGENTINA VA CHILI
Chili adabiyotlar
Chilini Ispaniya bosib olgandan beri ispan tilida rivojlanmoqda. Ispaniyalik A. de ErsilyaiSuniga (1533–94)ning "Araukana" dostoni (1–3 qismlar, 1569–89) 16-asrda yaratilgan eng yirik asar hisoblanadi (unda araukanlarning ispan mustamlakachilarga qarshi kurashi aks ettirilgan). Bu davrda kreollar folklori ispan xalq sheʼriyati asosida rivojlandi. Amerikadagi Ispaniya mustamlakalarining mustaqillik uchun kurashi davri (1810–26)da publitsistika asosiy janr boʻlib qoldi. Birinchi Chili gazetasi – "Aurora de Chile" ("Chilining tonggi shafagʻi")ning asoschisi K.Enrikes bu janrda ijod qilgan ijodkorlarning yorqin vakilidir. Milliy dramaturgiya asosini M.Magalyanes yaratdi. 1818-yil Chili mustaqillikka erishgach, Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi kup adiblar Chilida yashab ijod qildilar. Venesuela yozuvchisi, olim va davlat arbobi A.Belo, argentinalik yozuvchi, jamoat arbobi va maʼrifatparvar D.M.Sarmyanto va boshqa ijodi Chili madaniyati rivojida muhim rol oʻynaydi. Chili jamoat arbobi, olim va adib X.VLastarrin (1817–88) Chili adabiyot jamgʻarmasini tashkil etib (1842), milliy adabiyotni yaratish vazifasini qoʻydi. 19-asr 1yarmida sheʼriyat romantizm ruhida rivojlandi (S.Sanfuentos, E.Lilo va boshqalar). Nasrda kostumbrizm yetakchi yoʻnalish boʻlib qoldi. 19-asr oʻrtalarida tanqidiy realizm maydonga keldi. A.Bleyet Gana (1830–1920) uning yirik vakilidir. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida P.A.Gonsales Bastias, M.Xara va boshqa sheʼriyatda yangi badiiy shakllarni izlay boshladilar. Bunga maʼlum darajada nikaragualik shoir R.Dario ijodi taʼsir koʻrsatdi. 1920-yillarda T.Mistral, V. Uydobro kabi shoirlar samarali ijod qildilar. 30-yillarda shoir P. Neruda ijodi chuqur evolyutsiyani boshidan kechirdi. Shu davrda ijod qilgan F. Gana, F.Santivan, L.Duran va boshqa oʻz asarlarida dehqonlar hayotini aks ettirdilar. Dehqonlarning sinfiy kurashi R.Lomboy, M.Gerrero romanlarida, ishchilar hayoti, ularning farovon kelajak uchun kurashi N. Gusman, A.Sabeli, D.Munos, G.Senteno, V.Teytelboym romanlarida oʻz ifodasini topdi. F. Koloan, M.Roxas, G.Atias nasriy asarlari ijtimoiy muammolarga bagʻishlandi. 1960–70 yillarda siyosiy qoʻshiqlar janri keng tarqaldi. V. Xara bu janrda ijod qilgan ijodkorlarning yorqin vakilidir. Mamlakatda harbiy xunta hokimiyat tepasiga kelgach (1973), koʻp adib va shoirlar taʼqib ostita olindi. Mamlakatni tashlab ketishga majbur boʻlgan adiblar oʻz asarlarida Chili fojiasini aks ettirdilar (A.Skarmet, V.Teytelboym romanlari va b,). Download 161.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling