Kirish I bob. Shimoliy amerika mintaqasining turistik markazlari: braziliya va argintina
Download 161.39 Kb.
|
BRAZILIYA, ARGENTINA VA CHILI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chili kinosi
Chili teatri
Professional teatr sarchashmalari Chili hududida yashagan indeyslarning xalq marosimlaridan boshlanadi. 17–18-asrlarda Santyago va Konsepson shaharlaridagi toʻy marosimlarida spektakllar qoʻyilgan. 1709-yil Santyagoda birinchi teatr binosi qurildi. Bu teatrda, asosan, ispan dramaturglari – L one de Vega, A.Moreto, X. Ruis, L.Sagredo pyesalari sahnalashtirildi. 1791-yil Valparaiso shahrida teatr barpo etildi. 1815-yil Santyagoda "Kolisso" teatri ochildi. Chili mustaqillikka erishgach, 1818-yil Santyagoda "Romada" teatri ishlay boshladi va unda milliy dramaturg M.Magalyanes asarlari qoʻyildi. 1842-yil Chili universiteti huzurida teatr (1857-yildan munitsipal teatr), 1848-yil "Respublika teatri" tashkil etildi. 19-asr Chili teatri taraqqiyotida argentinalik dramaturglar – K.Belo, R. Minnyelelar muhim rol oʻynaydi. 20-asrning 1yarmida mamlakatning koʻp shaharlarida havaskorlik jamoalari paydo boʻldi. 1939-yil Santyagoda Kichik universitet teatri, 1941-yil Chili universitetining tajriba teatri (hozirgi Chili universiteti huzuridagi teatr instituti) tuzildi. 1946-yil Santyagoda Sahna sanʼati xalq maktabi ochildi. 50-yillarda R.Frontaur, V.Vargas, A.Flores rahbarligida teatr guruhlari yuzaga keldi. Shuningdek, "Teatro munisipal", "Atelye", "Teatro mimiko" teatrlari ishlaydi. 20-asrning 50–60-yillarida teatr repertuarlaridan X. Dias, I.Agirre, Ye.Bunster, D. Barros Gres va boshqa dramaturglarning pyesalari, jahon klassik yozuvchilarining asarlari oʻrin oldi. Mamlakatda harbiy xunta hokimiyat tepasiga kelgach (1973), koʻp teatr arboblari qamoqxonalarda halok boʻldilar, xorijga ketishga majbur boʻldilar va oʻsha yerda teatr jamoalarini tuzdilar. Jumladan, 1976-yil Fransiyada "Alef" teatri, 1980-yil Shvetsiyada Sandino nomidagi Lotin Amerikasi teatri (chililik teatr arbobi I.Kontilyano rahbarligida) paydo boʻldi. Chili kinosi Chilida birinchi hujjatli xronikal film 1907-yil yaratildi. 20-asr boshlarida Santyago va Valparaiso shaharlarida "Jambastianifilm", "Chilefilm" va boshqa kinofirmalar ishlay boshladi. 1934-yil birinchi ovozli film ("Shimol va janub", rejissor X.Delano) yaratildi. 30-yillarning 2yarmida, asosan, qisqa metrajli, xronikal va hujjatli filmlar ekranga chikdi. 40-yillarda tijorat filmlari bilan birga rejissor XDelanoning "Krilonlik qiz" (1941), "Hollywood" (1944) filmlari namoyish etildi. 1957-yil Santyago universiteti huzurida kino instituti ochildi. 60-yillarning eng yaxshi filmlari: "Qonli selitra" (1969, rejissor E.Soto), "Viz yashaydigan uy" (1970, rejissor P.Kaulen) va boshqa 1970-yillar boshida Lotin Amerikasi kinosi oltin fondiga kirgan "Oʻrtoq prezident" (1970, rejissor M.Littin), "Ovoz va miltiq" (1971, rejissor E.Soto), "Guvoxlar" (1971, rejissor K.Elsesser) va boshqa filmlar yaratildi. Hokimiyat harbiy xunta qoʻliga oʻtgach, ilgʻor kino arboblar taʼqibga uchradi. 70-yillarning oxirida Chilining taraqqiyparvar rejissorlari chet elda bir qancha filmlar yaratdilar ["Buni unutib boʻlmaydi" (1975, rejissor lar M.Malyet, X.Faxardo, R.Gonsales), "Marusiya konidagi voqea" (1976, rejissor M.Littin) va boshqa]. Download 161.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling