Kirish I bob. Tilda ko’chma ma’nolilikning hosil bo’lishi


Magistrlik dissertatsiyasi mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi


Download 118.38 Kb.
bet2/21
Sana23.06.2023
Hajmi118.38 Kb.
#1652024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Badiiy nutqda metafora ozoda1

Magistrlik dissertatsiyasi mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi. O’zbek tilshunosligi fani o’tgan vaqt mobaynida ulkan yutuqlarni qo’lga kiritdi. Buni tilning barcha sathlari bilan bog’liq muammolarning o’rtaga qo’yilishi va olib borilayotgan ilmiy izlanishlar ham ko’rsatib turibdi. Bunga ―matn tilshunosligi deb ataluvchi tilshunoslik sohasining katta sur‘at bilan rivojlanib borayotganligini misol sifatida ko’rsatish mumkin. Matn lingvistikasi tilshunoslikning alohida yo’nalishi sifatida ajralib chiqdi va muttasil rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, "lingvopoetika" deb ataluvchi matn lingvistikasining mustaqil sohasi tadqiqotchilarni ko’proq o’ziga tortmoqda.


Lingvopoetikaning asosiy o’rganish obyekti - badiiy matn. Har qanday matnning mazmunini tushunish uchun til leksikasi va grammatikasini bilish yetarli bo’lsa, badiiy matnning mazmunini idrok etish uchun badiiy matnning o’ziga xos lisoniy-poetik qonuniyatlarini ham bilish kerak bo’ladi.
Badiiy matnda leksik sathdagi ko’chim (trop)lar nihoyatda katta ahamiyatga ega. ular badiiy mazmunni ifodalashda eng faol vositalardir. Ayniqsa, ko’chimlar orasida metafora muhim va keng qo’llanuvchi vosita sifatida tilimizda badiiy tasavvurlarining natijalari asosida yuzaga kelgan. Metaforalarning lisoniy, mazmuniy va uslubiy xususiyatlari o’zbek tilshunosligida ancha keng o’rganilgan.
Tilda ilgari mavjud bo’lgan nomning muayyan o’xshashlik asosida yangi ma‘no uchun qo’llanishi oddiy nominatsiya vazifasinigina bajarmaydi, balki tinglovchiga ta‘sir etish (ekspressiv) vazifasini ham bajaradi hamda tilning ifoda imkoniyatlarini kengaytirad va kishiga estetik zavq bag’ishlaydi.. Ana shunday ko’chimlardan biri metaforadir1.
Metafora nominatsiya jarayonida muhim o’rin tutishiga qaramay, ko’proq badiiy vosita sifatida adabiyotshunoslarni o’ziga jalb qilib keldi. Lekin har qanday badiiy ifoda lingvistik vosita yordamida amalga oshiriladi. Shunday ekan, badiiy ­­­­­­­­­­­­­­­
nutq tarkibidagi ko’chimlar muayyan lingvistik qonuniyatlar asosida maydonga keladi. Shuning uchun ham ular faqat adabiyotshunoslikninggina emas, balki tilshunoslikning ham tekshirish obyekti sanaladi.
Metafora va metaforiklik masalasi bugungi kunda nafaqat filologiya, balki falsafa, mantiq, germenevtika, psixologiya kabi qator gumanitar ilm sohalari tomonidan ham o’rganilib, metaforaning mohiyati, strukturasi, xillari va ko’rinishlari borasida yangi-yangi qarashlar paydo bo’ldiki, natijada ular erishgan yutuqlar asosida tilshunoslikda ham bu masalani qayta ko’rish zarurati yuzaga keladi. Ana shu masalalarni hal qilish bu mavzuning o’zbek tilshunosligi uchun dolzarb ekanligini ko’rsatadi

Download 118.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling