Kirish I bob. Tilda ko’chma ma’nolilikning hosil bo’lishi


Tadqiqotning ilmiy yangiligi


Download 118.38 Kb.
bet5/21
Sana23.06.2023
Hajmi118.38 Kb.
#1652024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Badiiy nutqda metafora ozoda1

Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
* O‘zbek tilshunosligida metaforalarning o‘rganilish evolyutsiyasi, lug‘atlar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar hamda dissertatsion ishlardagi talqini va o‘rganilish darajasi aniqlandi;
* Mazkur talqinlar asosida ushbu hodisaning o‘rganilmay qolgan jihatlari belgilandi hamda ayrim chalkash talqinlarga oydinlik kiritildi;
* Lisoniy birlik sifatida talqin etilgan metaforalarni badiiy nutq jihatdan tadqiq etildi;
* Metaforalarning uslubiy xususiyatlari va turlati ham o‘rganildi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Ilmiy tadqiqot ishida metaforalarning badiiy nutqqa oid tadqiqi va uslubiy xususiyatlari yoritiladi va unga xos bo‘lgan birliklar haqida aniq xulosalar beriladi.
Tadqiqotda qo‘llangan metodikaning tavsifi. Tadqiqotni yozish jarayonida lingvistik tahlil metodlari : struktur metod, distributiv tahlil metodi hamda stilistik tahlil metodi kabi metod turlaridan foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Ushbu ilmiy tadqiqot orqali hal etilgan masalalar va ular yuzasidan erishilgan natija hamda xulosalar metafora hodisasi haqidagi tilshunoslikda vujudga kelgan ayrim tushunarsiz va chalkash fikrlarni bartaraf etishga ko‘maklashadi,shu bilan birga aniqlik kiritadi .Metafora hodisasi bo‘yicha shakllanayotgan nazariy talqinlarni boyitish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, ushbu stilistik vositaning badiiy nutqdagi talqini masalasini kun tartibiga kiritadi.
Ushbu tadqiqot ishining to‘plangan matreallarini oliy bilim yurtlarining filologiya hamda jurnalistika fakultetlari uchun stilistika, notiqlik san’ati , nutq madaniyati kabi tarkibiy predmetlardan tuzilayotgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarning tarkibiy qismi qilib kiritish mumkin bo‘ladi.
Ish tuzilmasining tavsifi . Mazkur tadqiqot ishi kirish , uch bob , umumiy xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib , 70 sahifani tashkil etadi.


I BOB. TILDA KO’CHMA MA’NOLILIKNING HOSIL BO’LISHI
1.1.Metaforalarning jahon va o’zbek tilshunosligida o’rganilishi
Metafora tilshunoslikning boshlang‘ich sohalaridan biri bo’lib, qadimdan olimlarning ulkan qiziqishiga sabab bo‘lib kelmoqda. Tabiiyki, turli xil qarashlar yuzaga keladi va ular metaforani ritorik va kognitiv yo‘nalishlarda talqin qilinadigan “an’anaviy” va “zamonaviy” metafora maktablariga ajratganlar.
Ritorika yo‘nalishidagi “an’anaviy metafora” yoki “metafora ilmi” tarixi
Aristoteldan Richardsga borib taqaladi. Aristotelning “Poetika” asarida metafora (to‘g‘rirog‘i epifora) tushunchasiga ta’rif berilgandan buyon bu hodisaga qiziqish ortgan. Bugungi kungacha metaforaga ko‘plab ta’riflar berilgan bo‘lib, shu soha bilan shug‘ullanganlarning hammasi Arastu ta’rifini yodga olib o‘tadilar.
Aristotelning o‘zi ham bu haqida quyidagi fikrlarni aytib o’tgan: “Ko‘chma so‘z (metafora) narsaga xos bo‘lmagan, jinsdan turga, yoki turdan jinsga, yoxud turdan turga ko‘chirilgan yoinki o‘xshatilgan so‘zdir.
1. Jinsdan turga ko‘chirilgan so‘zlarga “Ana mening kemam turibdi” jumlasi misol bo‘la oladi. Bu yerda umuman “turibdi” so‘zi “langarda turibdi” xususiy ma’nosini anglatadi.
2. Turdan jinsga ko‘chirilgan so‘zlar “Minglab shavkatli ishlarni qildi Odissey...” jumlasidagi, “minglab” so‘zi umuman “ko‘plab”ning xususiy holati
bo‘lgani uchun, bu o‘rinda, ko‘plab ma’nosini anglatadi.
3. Turdan turga ko‘chirilgan so‘zlar, masalan, “Mis bilan jonni bo‘shatib” va “suv zarrasini charchamas mis bilan kesib”. Birinchi holda “bo‘shatib” so‘zi “kesib” ma’nosini, ikkinchi holda “kesib” so‘zi “bo‘shatib” ma’nosini anglatadi.
4.O‘xshatilgan so‘z bu yerda men ikkinchi so‘z birinchisiga qanchalik aloqasi bo‘lsa, to‘rtinchi so‘z uchinchisiga shunchalik aloqador bo‘lgan holni nazarda tutaman. Shuning uchun (shoir) ikkinchi so‘z o‘rniga to‘rtinchisini yoki to‘rtinchi so‘z o‘rniga ikkinchisini aytish mumkin. Goho bunga almashtirilgan aloqador bo‘lgan so‘z ham qo‘shiladi. Masalan, kosa Dionisga qanchalik aloqador bo‘lsa, qalqon Aresga shunchalik aloqador. Shuning uchun kosani “Dionis qalqoni” qalqonni esa “Ares kosasi” deyish ham mumkin”1
Arastu metaforani “g‘alati nomning yo jinsdan turga, yo turdan jinsga, yo turdan turga, yo o‘xshashlik asosida ko‘chishidir”,-deb ta’riflaydi. Bu ta’rifda bizga notanish tuyuluvchi “g‘alati” atamasini Arastuning o‘zi shunday izohlaydi
“Men ko‘p qo‘llanadigan hamma so‘zlardan boshqasini noyob so‘zlar, metafora, cho‘zilgan va boshqa so‘zlarni “g‘alati” deb atayman”.
Ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, metafora “g‘alati” nomlarning bir turi.
“G‘alati” nom esa (bu o‘rinda aynan, metaforaga nisbatan) aslida mavjud emas, u oddiy nom natijasida hosil bo‘ldi. Demak, mohiyatan olib qaraganda, metafora ko‘chim asosida hosil bo‘lgan g‘alati nomdir, g‘alati nomning ko‘chishi emas.2

____________________________


1.Аристотел. Поетика. –Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1980. –Б. 45..
2. Марузо Ж. Словар лингвистических терминов. –Москва, 1960.
Richard o‘zining “O‘zaro munosabatlar nazariyasi ta’rif etilgan ritorika asarida metafora mohiyatini metaforik ibora va u ishlatilgan kontekst o‘rtasidagi munosabatda o‘z aksini topadi, deb ta’kidlablagan . O‘zaro munosabatlar nazariyasi odatiy metaforani to‘g‘ri kuzatuv natijasida yuzaga kelgan.
An’anaviy metafora tarafdorlarining aytishicha, metafora faqatgina tushuncha, ya’ni bitta so‘zni ikkinchi so‘zga o‘zgartirish, so‘zning ta’sirini oshirish va bezak berish uchun ko‘maklashadigan vositadir.
1980-yildan metaforani o‘rganish yangi bosqichga o’tdi. Lakof va Jonson o‘zlarining “Biz bilan yashayotgan metafora” asarida tilshunoslik sohasidagi metafora mohiyatini tubdan o‘zgartirib yuborishdi. Ularning ta’kidlashicha, metafora poetik tasvirlash yoki ritorik bezak berish vositasi emas, balki harakat va fikr hodisasidir.
Koveksesning fikriga ko‘ra, g‘azab, g‘urur va muhabbat konsepsiyalangan tushunchalar hisoblanadi. Yuqoridagi izlanishlarning hammasi metaforani tafakkur hodisasi ekanligini ta’kidlab o‘tishgan. Jumlada, metafora- bu inson ongi va dunyoqarashini bog‘laydigan vositadir.
So‘zning kо’chma ma’nosi yuzaga kelishini tasnif etish uchun so‘zning hosil qiluvchi va hosila ma’no referentlari o‘rtasidagi munosabat ahamiyat kasb etadi. Ko‘chma ma’no yuzaga kelishini turli tilshunoslar hosil qiluvchi va hosila ma’no referentlari o‘rtasidagi munosabatga ko‘ra bir necha tipga bo‘ladilar.
G’arbiy Yevropa tilshunoslari ko‘chma ma’no yuzaga kelishi hodisasini uch ko‘rinishga bo‘ladilar. Fransuz tilshunosi J.Maruzoning lingvistik lug’atida ham, nemis ensikilopedik lingvistik lug’atida ham u uchga: metafora, metonimiya, sinekdoxaga bo‘lingan. S.Ulman ikkiga: metafora va metonimiyaga bo‘lib o‘rganadi3.
Rus lingvistlari asosan Yevropa tillari tilshunosligiga asoslanib, ko‘chma ma’no yuzaga kelishini tasnif qilishgan bo‘lsa- da,, ko‘rinishini belgilashda ba’zan bir, ba’zan undan ortiq farq qilishganligini ko‘rish mumkin.
3. Ульман Ст. Семантические универсалии // Новое в лингвистике. –Москва: Радуга, 1970. –С. 276.17
Rus tilshunosi L.A.Bulaxovskiy ko‘chma ma’no yuzaga kelishini oltiga
bo‘ladi:
1) metafora (кузнечик-kichik temirchi, chigirtka);
2) vazifadoshlik (перо-pat, po‘latdan ishlangan yozuv quroli);
3) emotsionallik (голубчик-kaptarcha, suygunchak bola);
4) metonimiya (пота-ter, mehnat);
5) xalq etimologiyasi (давлеть-yetishmoq, bosmoq);
6 aloqadorlik (небо-osmon, tanglay)4.
Ba’zi ingiliz, fransuz, nemis va arab leksikologiyasi bilan shug’ullanagan rus tilshunoslari faqat metafora bilan metonimiyani ajratganlar.
Rus tilshunosi N.M.Shanskiy ko‘chma ma’noni uchga: o‘xshashlik, ya’ni metafora, yondoshlik- metonimiya, vazifadoshlikka ajratadi. D.N.Shmelev ham N.M.Shanskiydek uni uchga bo‘ladi. Lekin u sinekdoxa hodisasini ham qayd etib, metonimiyaning bir ko‘rinishi deb aytadi5. A.A.Reformatskiy to‘g’ridan-to‘g’ri to‘rt ko‘rinishda deb bergan, ammo u D.N.Shmelevdan farqli sinekdoxani alohida hodisa deb ataydi.
Arman tilshunosi E.B.Agayan D.N.Shmelevda ancha ilgari ko‘chma ma’no yuzaga kelishini xuddi unga o‘xshab sinekdoxani metonimiya tarkibida deb, uchga bo‘lgan.
Turkiy xalqlar tilshunosligida ham bu hodisa shu tasniflar ko‘rinishida ajratilgan. Ozarbayjon tilshunosi S.Jafarov, shunungdek, qozoq tilshunosi G.G.Musaboyev rus tilshunosi A.A.Reformatskiy tasnifiga qo‘shilgan.
Qoraqalpoq tilshunosi E.Berdimuratov faqat metafora va metonimiyani ajratgan.
Boshqirt tilshunosligida xuddi shu yo‘l tutilgani holda, metonimiya tarkibiga sinekdoxa kiritiladi. Tatar tilshunosi K.Sabirov ko‘chma ma’no yuzaga kelishini
­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­
_______________________
4 Булаховский Л.А. Введение в языкознание. –Москва, 1955. –С. 57-63.
5 Шмелев Д.Н. Очерки по семасиологии русского языка. –Москва, 1964. -С. 64

beshga bo‘ladi: o‘xshashli(metafora), aloqadorlik, (metonimiya), vazifadoshlik, qamrash doirasiga ko‘ra, xususiyat yaqinligiga ko‘ra 6 .


Metafora asosida o‘xshashlikning yuzaga kelishini shu soha bilan shug‘ullanganlarning barchasi e’tirof etadi. Lekin o‘xshatishning metaforadagi o‘rni haqida turli fikrlar bildiriladi.
“Metafora qisqargan o‘xshatishdir” (A. Potebnya,) ya’ni o‘xshatishga xos bo‘lgan “kabi”, “xuddi”, “aynan” “o‘xshamoq” kabi so‘zlar tushirilsa, metafora yuzaga keladi.
Masalan: U gul kabi chiroyli va nafis edi //
U chiroyli va nafis gul edi.
Polyak olimi Y. Kasyan ham yuqoridagi fikrni rivojlantirishga harakat qiladi. Agar kelib chiqishini tekshiradigan bo‘lsak, shubhasiz , aniqlash mumkin bo‘ladiki, u yoki bu metafora u yoki bu o‘xshatishdan rivojlangan bo‘ladi.
Biroq shunday asosda xuddi qarama-qarshi xulosaga kelish ham mumkin ko‘plab o‘xshatishlar metaforadan kelib chiqqan. Shuning uchun ayrim olimlar metafora va o‘xshatish orasidagi farqqa alohida e’tibor qaratganlar.
Masalan, Veselovskiy, Ch. Kukin, M. Shteynlar fikricha, o‘xshatishda o‘xshatilayotgan narsalar ajratib tasavvur qilinsa, metaforada ular bir butundek tushuniladi.7
O‘xshatish va metaforaning bunday tig‘iz olib o‘rganilishi A.Vejbitskayada e’tiroz tug‘diradi.
Har ikkala hodisa asosida o‘xshashlik yotishi mutlaqo ularda semantik farq yo‘q degan xulosaga olib kelmasligi kerak: “Metafora va o‘xshatish ichki tarkibi bilan farqlanadi”.
A. Vejbitskaya fikricha, metafora mohiyatan inkorni nazarda tutadi: ko‘zlar-olov, insonlar-vaxshiy sherlar deyilganda, hech kim haqiqatan ham ko‘zni olov, ________________________
6. Современный татарский литературный язык. Лексикология. Фонетика. Морфология. –Москва: Наука,
7 . Кассир Э. Сила метафоры // Теория метафоры. –Москва, 1990. –С. 33.
odamni sher deb o‘ylamaydi, bunday fikrni rad etadi, inkor qiladi.
O‘xshatishda esa o‘xshashlik o‘z mavqeyini saqlab qoladi8. Qadimiy metaforalar mazmuniy qurililishini aniqlar ekan, Ortiga-i Gasset ham shunga o‘xshash fikrni olg‘a surgandi: “Ong rivojlanishning juda ibtidoiy bosqichlarida metaforaning lug‘aviy ifodasida ikkilngan jarayonda, avallo, tasdiq, so‘ng inkor aks etib turadi”.
Inkorning metaforik mazmun tarkibida tutgan o‘rnini yanada keng anglash natijasida Monro Birdeli metafora tarkibida o‘xshashlik borligini rad etadi. Uningcha, metaforik bog‘lanish asosida o‘xshashlik emas, mantiqiy qarama-qarshilik yotadi. Masalan, “kulayotgan quyosh” metaforasining yuzaga kelishida quyoshga o‘xshatishning umuman xos emasligi, uningcha, ziddiyatni keltirib chiqaradi va metafora asosida aynan shu ziddiyat turadi. Ammo bu mazmunda M.Birdeli ham har qanday oppozitsiya, har qanday ziddiyat asisida o‘xshashlik turishini nazardan chetda qoldiradi. Agar muayyan o‘xshshlik bo‘lmasa, ziddiyat yuzaga kelmaydi. M.Birdeli ham, demak, o‘xshatish va metaforani turlicha ichki qurilishga ega hodisalar siftida baholovchilardan-da farq qilib, ular orasida mutlaqo bog‘liqlik ko‘rmaydi.
Demak, metafora va o‘xshatish orasidagi munosabatga qarash ikki xil:
1. Metafora – qisqargan o‘xshatish, ya’ni ular orasida farq tashqi shakllanishidadir.
2. Metafora va o‘xshatish o‘zaro mazmuniy (ichki) shakllanush jihatidan farq qiladi.
Umuman, metaforaga berilgan ta’riflarda uni yondash hodisalar bilan aralashtirib yuborilgan holatlar ko‘p uchraydi. Masalan, E. Kassirer metaforaga quyidagicha ta’rif beradi: “Metafora bir tasavvur nomini unga mutanosib qandaydir belgiga ega bo‘lgan yoki u bilan qandaydir bilvosita “analogiya”larni nazarda tutuvchi boshqa soha-boshqa tasavvurga ko‘chirish deb tasavvur qilish mumkin”.

______________________________


8. Вежбицкая А. Сравнение-градация-метафора // Теория метафоры. –Москва, 1990. –С. 145.19

Ta’rifdan ma’lumki, E.Kassirer metafora asosida o‘xshashliknigina ko‘rmaydi, balki umuman har qanday “analogiya”larni nazarda tutadi. Natijada metafora tushunchasi ostiga metonimiya va sinekdoxa ham kiritiladi. Chunki nomi ko‘chayotgan va nomni qabul qilayotgan predmetlararo belgining tabiati izohlanmaydi: (o‘xshashlikmi, bog‘liqlikmi, butun qismlikmi...) shuning uchun nom ko‘chishning bir necha xil belgiga asoslanganligi bilan farqlanuvchi turlari qorishib ketadi.


F. Uilrayt metaforaning ikki turini taqdim etadi. Epifora “ma’noning o‘xshatish vositasida kengayishini va tarqalishini”, diafora “sintez va yonma-yonlik yordamida yangi ma’noning tug‘ilishi”ni bildiradi.
Avvalo, shunga e’tibor qaratish lozimki, F. Uilrayt ma’no kengayishi haqida gapirganda, ma’no tarkibida (strukturasi-semik qurilishida) muayyan o‘zgarishlarni (kengayish hisobiga) nazarda tutadi. So‘zning metaforik qo‘llanishi esa mutloq uning mazmuniy tarkibi mohiyatini o‘zgartirmaydi.
Uning mazmuni o‘zining ontologik butunligini saqlab turadi
O‘zbek tilshunosligi tarixidagi amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarga nazar tashlansa,ko‘chma ma’no sinekdoxa, vazifadoshlikning lisoniy tabiati, shuningdek, metaforaning nutqqa obrazlilik va muayyan hissiyot berishliliga daxldor poetik xususiyatlari, uning nozik muomala va ifoda vositasi sifatidagi yuksak estetik lingvistik kategoriya sifatida metafora hodisasining doimo tadqiqotchilar nazarida turganligini kuzatamiz. Bu boradagi ilmiy kuzatishlar va mulohazalarni M.Mirzayev, S.Usmonov, I.Rasulov, U.Tursunov, J.Muxtorov, Sh.Rahmatullayevlarning darsliklari, R.Qo‘ng‘urov, M.Mirtojiyev, E.Qilichev, M.Mukarramov, S.Karimov, M.Yo‘ldoshyevlarning monografik tadqiqotlari, shuningdek, S.Usmonov, T.Aliqulov, Z.Tohirov va boshqa olimlarning turli yillarda e’lon qilgan maqolalaridagi berilgan xilma-xil ma’lumotlar ta’kidlangan fikrimizni to‘liq tasdiqlaydi. Qolaversa, G.Qobuljonova, S.Hojiyev, B.Sulaymonov, A.Hasanovlarning dissertatsion tadqiqotlarida berilgan ba’zi bir ilmiy xulosalar ham qo‘llab-quvvatlaydi. Tilshunosligimizda amalga oshirilgan ishlarda metafora so‘zlarning ko‘chma ma’noda qo‘llanilishi tufayli yuzaga kelishi, ularning sof lingvistik tabiati va badiiy turlari mavjudligi e’tirof etilgan. Masalan, matnning mazmuniy tarkibidagi metaforalarning ilmiy-nazariy asoslari D.Xudoyberganova tomonidan aniqlangan. Xususan, matn semantikasida mavjud bo‘lgan kognitiv metaforalarni til sathiga ko‘ra to‘rt guruhga bo‘lib o‘rgangan: a) so‘z shaklidagi metaforalar; b) so‘z birikmasi shaklidagi metaforalar; v) gap shaklidagi metaforalar; g) mikromatn shaklidagi metaforalar. Metafora bilan o‘xshatish konstruksiyasining o‘zaro farqi xususida tilshunos M.Yo‘ldoshev o‘zlarining fikrlarini aytgan va ko‘pchilik tomonidan ma’qullangan.
Unda asosan quyidagi farqlar sanab o‘tiladi: 1. O‘xshatishda so‘zlar o‘z ma’nosi bilan ishtirok etadi. Metaforada so‘zlar doimo ko‘chma ma’noda bo‘ladi. 2. O‘xshatishda ikki uzv – o‘xshatiluvchi ob’ekt va o‘xshovchi obraz qiyoslanadi. Metafora esa bir uzvli bo‘ladi. 3. O‘xshatishlarda kengayish imkoniyati ko‘p, bir gap hatto abzas darajasida ko‘payishi mumkin. Metaforalar esa so‘z yoki so‘z birikmasidan iborat bo‘ladi. 4. O‘xshatishda maxsus ko‘rsatkichlar bo‘ladi: -dek, -day, -larcha, kabi, singari, o‘xshamoq va boshqalar. Metaforalarda bunday ko‘rsatkichlar bo‘lmaydi9. “Metaforani yashirin o‘xshatish deyish ham mumkin, deb ta’kidlaydi, R.Qo‘ng‘irov, ammo u oddiy qiyosdan farq qiladi. Agar oddiy qiyos har doim asosiy ikki a’zodan tashkil topsa, metaforada faqat ikkinchi a’zo – o‘xshatilgan a’zo qoladi, o‘xshagan narsa tushiriladi, lekin u konteksdan ochiq sezilib turadi, demak metaforada tasvirlanayotgan predmet ana shu ikkinchi a’zo orqali chuqur idrok qilinadi”. O‘zbek tilining semasiologiyasini tadqiq etgan tilshunos M.Mirtojiev: “Metafora hosila ma’no yuzaga kelishi hodisalarining eng faoli hisoblanadi. U tilshunoslikda qayd etilishicha, hosila ma’no yuzaga kelishining hosil qiluvchi va ma’no referantlari o‘zaro o‘xshashligiga asoslanadi”10, degan mulohazani bildiradi.

_____________________


9. Yo‘ldoshyev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlil asoslari. – T.:Fan, 2007. – 78-b.
10. Mirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2010 –B.94.
Haqiqatdan ham metafora, shuningdek, metonimiya va sinekdoxa kabi tasviriy vositalar muayyan tildagi matnlarda ko‘chma ma’nolarni yuzaga keltiradi , ayni paytda, bunday so‘zlar semantik mohiyatiga ko‘ra qo‘llanilgan matnda konnotativ – ifoda semalar hosil qilishga xizmat qiladi.
Tilimizdagi ko‘chma ma’no hosil qiluvchi va umuman, so‘z ma’nosining ko‘chishi bilan bog‘liq lisoniy hodisalarning tabiati haqida gap borarkan, bu o‘rinda, ayni shu masalalarni o‘rgangan. S.Hojiyev, B.Sulaymonov va G.Qobuljonovalarning ilmiy tadqiqotlarini tilga olish maqsadga muvofiq. Masalan, S.Hojiyevning dissertatsiyasida metaforik ko‘chish hodisasining kognitiv-semantik, sotsiolingvistik va kulturologik yo‘nalishlardagi nazariy masalalar tadqiq etilganligini kuzatamiz. Xususan, mazkur dissertatsiyada tilshunoslikning leksikologiya bo‘limida so‘zlar yangi ma’nolarning manbai sifatida, stilistika, ritorika va estetikada metafora tilning badiiy ifoda vositasi tarzida, pragmatikada metafora nutqiy faoliyatning alohida, o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida, psixolingvistikada metafora odatda assotsiatsiya bilan bog‘liq holatlar va nutqni tushunib olish hamda tahlil qilish ob’ekti sifatida, mantiq, falsafa, gnoseologiya va kognitiv psixologiyada metafora tafakkur va borliqni bilish usuli sifatida o‘rganilishi tahlil qilingan va tilimizdagi metaforalar rus, fransuz, ingliz, ispan tillaridagi metaforalar bilan chog’ishtirilgan.
Yuqorida tilga olingan ikkinchi tadqiqot – A.Hasanovning “Abdulla Qahhor hikoyalari tilining badiyatini ta’minlovchi leksik-stilistik vositalar” (Toshkent, 2010) nomidagi dissertatsiyasidir. “O‘zbek tilshunosligida metaforalar o‘zining nazariy asosini topgan bo‘lsa-da, biroq alohida olingan yozuvchi ijodida to‘plangan metaforalarning amaliy jihati hali yetarlicha o‘rganilgan yo‘q, - deb ta’kidlaydi mazkur olim. Zero metaforalar – yozuvchining individual uslubini, asar badiiyatini ta’minlovchi muhim tasviriy vositasidir” . Mazkur muallif tadqiqotida metaforalarni qo‘llanishiga ko‘ra ikki turga bo‘lib tasnif etadi va quyidagilarni ta’kidlaydi: “metaforalar o‘z xususiyatlariga ko‘ra doimiy va individual (xususiy - muallifiy) metaforalarga bo‘linadi. Bizningcha, doimiy metaforalarga: a) birlamchi nominatsiya jarayonida hosil bo‘lgan lingvistik metaforalar; b) ikkilamchi nominatsiya jarayonida hosil bo‘lgan, ammo tilda qayta-qayta takrorlanishi natijasida uzual ma’no doirasida til hodisasiga aylangan badiiy metaforalarni kiritish mumkin”. Demak, ularni qisqaroq qilib lingvistik metaforalar va an’anaviy badiiy metaforalar deb nomlash mumkin. B.Sulaymonov dissertatsiyasining ikkinchi kitobi “Teorema” romanida metaforallashuv” masalasiga bag‘ishlangan.
Unda mazkur romandagi metofarizatsiya, ot, sifat, son, fe’l, ravish so‘z turkumlariga xos so‘zlarning metaforalashuvi, mazkur romandagi kengaygan metaforalar, metaforik mazmundagi matnlar, antroponimik metaforalar, shuningdek, yozuvchining metaforaga yondosh hodisalardan foydalanish mahorati maxsus o‘rganilgan. Yozuvchi roman matnining ta’sirchanligini, obrazliligini oshirish maqsadida mohiyatan rang-barang metaforalarni shakllantirgan bo‘lib, ularni semantik-struktur va funksional-stilistik jihatdan o‘rganish bu vositalarning til tizimidagi ontologik xususiyatlarini oydinlashtirish imkoniyatini beradi. Metaforaning badiiy adabiyot matnidagi o‘rni va o‘ziga mos jihatlari xususida uslubshunos olim S.Karimov quyidagilarni ta’kidlaydi: «Shuning uchun ham badiiy uslubda poetik metafora faqatgina muhim tasviriy vosita bo‘lib qolmasdan, balki badiiy tafakkur elementiga, estetik hodisaga aylanib ketadi. U nutqni bezash doirasidan chiqib, his-tuyg‘uni, fikrni obrazli ifodalash vositasi darajasiga ko‘tariladi.
Metafora ko‘magida endi biz tasvir ob’ektini faqatgina «ko‘rib qolmasdan», balki his qilamiz, uni go‘yoki o‘z boshimizdan kechiramiz. U bizning hissiyotimizga, ongimizga ta’sir etish bilan birga yozuvchini ham uzundan-uzoq bayondan qutqaradi».
Metaforalar har bir ijodkorning uslubi va mahoratini, u yaratgan muayyan asarning badiiyatini ta’minlovchi muhim tasviriy hodisa haqidagi xilma-xil qarash va yondashuvlarni folklor asarlari lingvopoetikasini o‘rgangan M.Yakubbekova, G.Jumanazarova kabi olimlarning tadqiqotlarida ham kuzatiladi.
Xususan, o‘zbek xalq qo‘shiqlarining lingvopoetik tabiatini puxta o‘rgangan M.Yakubbekova badiiy matnning obrazliligi, ifodaliligi, ta’sirchanligi, jozibadorligi, tantanavorligi va ko‘tarinkiligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega metafora san’ati haqida to‘xtalar ekan, quyidagi mulohazani ilgari suradi: “metaforaning poetik mohiyati shaxs, narsa, voqea-hodisa, harakat va holatni o‘ziga xos belgi bilan nomlashdan iborat ekanligini aytib, «yangi metaforik nom «gapiruvchi» bo‘lishi kerak va badiiy mohiyat kasb etishi uchun: 1) odatdagi atalishlardan maqsadliligi bilan farqlanishi; 2) bu farq qabul qilinishi va ma’qullanishi; 3) metaforizatsiya hodisasi zavq uyg‘otishi kerak”.deydi.


Download 118.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling