Kirish I bob. Tilda ko’chma ma’nolilikning hosil bo’lishi


Ko’chma ma’nolikning hosil bo’lish usullari va yo’llari


Download 118.38 Kb.
bet6/21
Sana23.06.2023
Hajmi118.38 Kb.
#1652024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Badiiy nutqda metafora ozoda1

1.2 Ko’chma ma’nolikning hosil bo’lish usullari va yo’llari

Tilda ko’pgina so’zlar o’z ma’nosidan boshqa ma’nolarni , hatto ba;zan qarama -qarshi bo’lgan ma’nolarni ifodalash uchun ham qo’llanadi. Bir predmet belgisi boshqa bir predmetga ko’chiriladi,o’xshatiladi.So’z ma’nosidagi boshqa tomonga siljish esa, ko’pincha ,uning o’zi uchun xos bo’lmagan kontekst Ichida kelganida yuz beradi.


Adabiy asarning badiiy qimmatini ,ifodaliligini ,ekspressivligini kuchaytirish uchun bir narsaning nomini ,belgisini ikkinchisiga ko’chirish yoki so’zlarni shu maqsadda ko’chma ma’noda ishlatishga troplar deyiladi.
Bizning ongimizda qandaydir xususiyatlari bilan , belgilari bilan bir-biriga yaqin bo’lgan predmet yoki hodisani chog’ishtirish , o’xshatish troplarga asos qilib olinadi . Ya’ni biror predmet voqea- hodisa haqida aniq, yorqin tasavvur hosil qilish uchun unga boshqa biror predmet yoki voqeaning belgisi ko’chiriladi ,o’xshatiladi.
Troplarning ishlatilishi bilan badiiy nutqni yangi ma’no ottenkali birikmalar, yangi ottenkali fikrlar bilan boyitadi. Tasvirlayotgan narsaning yozuvchi va so’zlovchi xohlagan tomonini oydinroq tasvirlashda , voqea- hodisani baholash momentini hosil qilishda katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Troplar zo’rma-zo’raki , kerak bo’lgan -bo’lmagan o’rinda ataylab nutqni bejama qilib ko’rsatish uchun foydalana berish yaramaydi. Ularg notiq yoki yozuvchi zarurat tug’ilgandagina murojaat qilish mumkin, aks holda ular badiiy qimmatini oshirish o’rniga unga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Misollar:
Chiroylidir go’yo yosh kelin
Ikki daryo yuvar kokilin.
Qorli tog’lar turar boshida
Gul vodiylar yashnar qoshida ( H.Olmjon. ,,O’zbekiston’’)
H.Olimjon ozod, hur O’zbekistonni yosh , chiroyli kelingaa qiyos qiladi.
Misollardan ko’rinayapdiki, predmetning xususiyatini to’g’ridan – to’g’ri tasvirlashdan ko’ra , bir predmet belgisini ikkinchisiga o’tkazish orqali boshqa predmetni tasvirlash fikrni aniqroq, ifodaliroq qilib ko’rsatishda muhim rol o’ynar ekan.
Fikrimiz isboti uchun yana shunday misollarni tahlil qilaylik: biror kishining xarakteri juda og’ir ekanligini , boshqalarga nissbatan e’tiborsiz , hatto rahmsiz ekanligini to’g’ridan -to’g’ri rahmsiz, shafqatsiz deyish o’rniga yuragi muz deyish mumkin : Kechagi kampirning aytganicha , ,, erning ko’ngli muz bo’ladi, uni faqat ko’z yosh yumshatadi’’. (A.Qahhor. ,,Yillar’’). Do’stlik va birodarlik o’rtasiga xitoy devori qo’yib bo’lmaydi,: ularning orasidan qil ham o’tmaydi. Bundaay gaplarda muz, xitoy devori, qil so’zlari o’z ma’nosida qo’llangaan emas.
Ko’chma ma’noli so’zlar u shbu o’xshashliklar asosida yuzaga keladi:
1 .Tashqi o'xshashlik munosabati.
2. Aloqadorlik munosabati.
3. Butun va qism munosabati.
4 .Vazifadagi o'xshashlik munosabati.
Ma'no ko'chish usullari besh xil ular:
1. Metafora
2. Metonimiya
3 .Sinekdoxa
4. Vazifadoshlik
Bular ma'no ko'chish usullarining ketma- ketligi. Bundan tashqari ma'no ko'chishining kinoya, tag ma'no degan turlari ham mavjud.

Download 118.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling