Kirish. I. Bob
Download 206.98 Kb.
|
boburnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH. I.Bob.
- XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA MANBALAR
- Tadqiqotning maqsad va vazifalari.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi
- Tadqiqotning amaliy ahamiyati.
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI SIRTQI TA’LIM YO`NALISHI II-BOSQICH _____-GURUH TALABASI __________________________________NING TARIXSHUNOSLIK FANIDAN YOZGAN KURS ISHI Mavzu: Boburnoma yozma manbalarni ilmiy ahamiyati . Termiz-2022 Mundarija
Kirish
Prezidentimiz har bir o‟zbek farzandi “mening ajdodlarim kimlar bo‟lgan, millatimizning ibtidosi qayda, uning oyoqqa turushi, tiklanish, shakllanish jarayoni qanday kechgan”.2 Ayniqsa mustabid tuzum davrida “… Amir Temur, Bobur Mirzo va boshqa ulug‟ bobokalonlarimizning buyuk nomlari qaysi tuproqlarda qorishib yotgan edi?”3 degan savollarni o‟ziga-o‟zi berishi kerakligini qayta-qayta uqtiradi. Bu masalada “O‟zbekistonning, o‟zbek xalqining bugun keng ommaga etkazishga arziydigan haqqoniy tarixi yaratildimi-yo‟qmi? “4 degan zaruriy savolni beradi va sho‟rolar davrida o‟zgalar yozib bergan soxta g‟oyalar asosida yozilgan tarixni qayta ko‟rib chiqish lozimligini ta‟kidlaydi. Prezintimiz I.A.Karimov rahnomaligida ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan madaniy-ma‟naviy merosni asrab avaylash va boyitish, davlatchiligimiz tarixini chuqur o‟rganish, o'zligimizni anglash va namoyon etishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, mustaqillikdan keyin nafaqat vatanimiz tarixida, balki, jahon tarixi ilm fanida yorqin iz qoldirgan Zahriddin Muhammad Bobur siymosini ulug‟lash, uning ilmiy merosini o‟rganish va undan foydalanish masalasi doimo dolzarb bo‟lib kelmoqda. Davlatimiz rahbari I.A.Karimov 1990-yil 5-iyunda hali mustaqil bo‟lmasimizdan bir yil oldin so‟zlagan nutqlarida tarixiy meros to‟g‟risida shunday deganlar: “Xalqimiz respublika hukumatining Navoiy, Ulug‟bek, Bobur, Mashrab, Furqat, Qodiriy, va xalqimizning boshqa buyuk farzandlari yubileylari o‟tkazish to‟g‟risidagi qarorini juda ruhlanib kutib olgani bejiz qadriyatlarining ravnaqi va boyishiga xizmat qilib kelgan endi va bundan keyin ham xizmat qiladi. Biz ularning bebaho merosini xalqqa, avvalo yoshlarga yetkazish uchun barcha ishlarni qilamiz”.5 Qadimiy Movarounnahr va undagi xalqlar hayoti haqida jonli guvohlik beruvchi asarlar orasida “ Boburnoma “ alohida ajralib turadi. Ajoyib lirik shoir, o‟zbek adibi Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan yaratilgan bu asar ijtimoiytarixiy, ilmiy, tabiiy va adabiy lingvistik ma‟lumotlar xazinasidir unda 1494-yildan 1530-yilgacha O‟rta Osiyo, Afg‟oniston va Hindistonda kechgan voqealar bayon etilgan. Bobur tarixiy faktlarni shunchaki qayd etish jangu-jadallar, yurishlar haqida xronologik axborot berish bilangina kifoyalanmay, voqealarni jonli tilda qiziqarli hikoya qiladi, manzara chizadi, tabiatni, etnografik holatlarni tasvirlaydi, davrni, uning xususiyatlarini gavdalantiradi. Shu sababdan asar faqat ilmiy –tarixiy ahamiyati bilan emas, balki o‟zbek badiiy nasrining yorqin namunalaridan biri sifatida ham biz uchun qimmatlidir. Shoir o‟z xotiralarini badiiy naql uslubida sodda va ravon bayon etadi, o‟nlab tarixiy shaxslarning aniq xarakterini yaratadi; tabiat manzaralarini suratini chizadi, kitobni har xil syujetlar, ishqiy sarguzashtlar, sheriy parchalar bilan bezaydi. Tilga olingan shaxsning portreti kiyinishini, tashqi ko‟rinishini, fel-atvorini, odatlarini, o‟tmishini avlod-ajdodini birma-bir ta‟rif etiladi. Asardagi markaziy obraz Boburning o‟zi, albatta. Uning his – tuyg‟ulariga boy qalbi ko‟z oldimizda yorqin jonlanadi. Ingliz tarixchisi Elfiniston “ Boburnoma” va uning muallifi haqida “Uning his tuyg‟ulari har qanday mubolag‟adan yoki pardalashdan holi, uslubi oddiy mardona, shu bilan birga jonli va ifodali. O‟z zamondoshlari biografiyasini, ularning qiyofalari, urf-odati, intilishlari, qiziqish va qiliqlarini ko‟zguda aks etgandek ravshan tasvirlaydi. Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonni zabt etilishiga asli zoti temuriylardan bo‟lmish Bobur va uning hamrohlari jasorati tufayli erishildi. Uning yoshlik yillari ham ana shu irqqa mansub qabilalar orasida o‟tganligi uchun davlatni boshqarish va idora qilish uslubida ham bu cho‟l o‟g‟loni faoliyatida ikki ulkan qabila mo‟g‟ullar va o‟zbeklarning ta‟siri sezilib turadi.6 Temuriylarning ikkinchi poytaxti Hirotning Shayboniyxon tomonidan istilo qilinishi Boburshohning Hindistonga bo‟lgan ishtiyoqi yanada ortgan edi. Shunday bo‟lishiga qaramay, u Hindistonday ulkan mamlakatni 1526-yilda o‟z idorasi ostiga birlashtirishga muvaffaq bo‟ldi. Boburshoh 1519-1525-yillarda Hindistonni egallash uchun hal qiluvchi keng miqyosli beshta jangni amalga oshiradi. Bu ulkan mamlakatni bo‟ysundirish nihoyatda og‟ir kechadi. “Boburnoma”da muallif ilgari Hindistonni fath etgan Sulton Mahmud G‟aznaviy va afg‟onistonlik Shahobiddin Muhammad G‟uriylarning harbiy qudrati o‟zining imkoniyatlaridan nihoyatda yuqori bo‟lganini takidlaydi. Unda qayd, etilishicha Sulton Mahmud G‟aznaviy Hindistonga yurish qilganida, Hurosonday ulkan mamlakat, Xorazm vohasi va Samarqand unga tobe edi. Son jihatdan nihoyatda katta bo‟lgan qo‟shini yuz ming ikki yuz ming kishiga etar edi. Sulton Shahobiddin G‟uriy bu mamlakatga hujum qilganda, uning ukasi Xuroson mamlakatining podshosi edi. U bir yuz yigirma minglik qo‟shin bilan bu o‟lkaga kirib keldi. Har ikkala hukmdorga qarshilik ko‟rsatgan Hindiston rojalari bo‟lib, bepoyon bu mamlakat yagona boshqaruv ostida birlashmagan edi. Boburshoh sarson – sargondonchilikning alamli kunlarini boshidan kechirib, vaqti-vaqti bilan ko‟plab talofat ko‟rib yurt va saltanat ishtiyoqi bilan Hindistonga yuzlandi. Uning idorasi ostida bo‟lgan Badahshon, Qunduz, Qobul va Qandahar viloyatlari zo‟rg‟a o‟zini tutib turar, bu viloyatlar yuz ming kishilik qo‟shinga ega bo‟lgan shayboniylarga yaqin bo‟lganligi uchun ularga madad kuchlarini yuborib turush zarurati mavjud edi. Boburshoh 1525-yilda beshinchi marta hal qiluvchi hujum uyushtirganda Hindiston mamlakati Behradan Bahorgacha Sulton Ibrohim Lo‟diy u nomi Afgo‟n tasarrufida edi. Boburshohning o‟n ikki ming kishilik lashkariga uning yuz ming kishiga yaqin azamat qo‟shinini va mingta jangovor fili qarshi turar edi. Panjob viloyati zabt etilgandan so‟ng Dehli Sultoni Ibrohim Lo‟diyga qarshi kurashda Boburshohning kuchli harbiy salohiyatti unga omad keltirdi. U “ to‟g‟ama” deb nomlangan harbiy tadbirini amalga oshirib, Ibrohim Lo‟diyga qattiq shikast yetkazadi. Ikki uch oy Vatanidan yiroqda bo‟lgan yigitlarning sustligini ko‟rib, Boburshoh ular oldida otashin nutq so‟zladi. Barchaning ruhini ko‟tarib, ularni jangga safarbar qiladi. Zambaraklarni ishga soladi va otliqlardan mohirlik bilan foydalanib, Panipatda Ibrohim Lo‟diyni mag‟lubiyatga uchratadi. 1526-yil 25-aprelda Dehlida Boburshoh nomiga hutba o‟qiladi. Shu bilan u yangi sulola boburiylar sulolasining ulkan mamlakatiga asos soladi va Hindistonday ulkan mamlakatda turli din va millat vakillaridan tashkil topgan xalqlarning yagona markazlashgan davlat boshqaruvi ostida uzil-kesil birlashtiradi. Boburshoh va uning avlodlari Hindistonning xo‟jalik hayoti, madaniyati va obodonchiligiga katta e‟tibor bilan qarashdi. Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida keltirilgan tarixiy, geografik, etnografik, toponomik ma‟lumotlar orqali XV-XVI asrlarda O`rta Osiyo, Afg‟oniston, Hindistondagi ijtimoiy-siyosiy holat haqida qimmatli ma‟lumotlarni bugungi davr nuqtayi-nazaridan yondashib tahlil qilish va tariximizni xolisona o‟rgnishda alohida ahamiyatga ega. Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Bitiriruv malakaviy ishining maqsadi Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan 1494-yildan 1530-yilgacha yozib tugallangan “Boburnoma” asarining muhim tarixiy ahamiyatga ega bo`lsada, mustaqillik davrigacha tadqiqotchilar tomonidan maxsus tahliliy tarzda o`rganilmaganligini e'tiborga olib, bu sohadagi kеmtiklikka biroz bo`lsada barham bеrib, asardagi tarixiy voqеalarni o`sha davrga oid bo`lgan muhim tarixiy manbalarga solishtirib o`rganib, tahlil natijalarini atroflicha yoritib bеrishga qaratilgan. Bitiruv malakaviy ishda qo`yilgan maqsad va vazifaga muvofiq quyidagi masalalarni ko`rib chiqish rеjalashtirilgan: Birinchidan, Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va siyosiy faoliyatini mavjud tarixiy manbalar va adabiyotlar asosida o`rganish. Mirzo Boburni buyuk olim darajasiga ko`targan tarixiy omillarni mohiyatini ochib bеrish. Ikkinchidan, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarining mazmun va mohiyatini, tarixiy va ilmiy ahamiyatini atroflicha tahlil qilish. Mavzuning tadqiq qilganlik darajasi. Tadqiqotning nazariy asosiniBirinchi Prеzidеntimiz I.A.Karimovning asarlari va mavzuga doir bildirgan fikr hamda nutqlari tashkil etadi. Prеzidеntimiz I.A.Karimov doimo o`zlarining asarlarida jamiyat taraqqiyotining barcha jabhalariga e'tibor bеrgan holda, o`tmish tariximizning haqqoniy yoritilishiga tarixchi olimlarimizning diqqat –e'tiborlarini tortib kеlganlar. Tadqiqotchilardan Abdullayev M., U. Erskin, L.P. Sharma, Hoshimov I., Nuritdinov M., Hasanov. X., Qudratullayev H. Hasanov., Nafasov T., Rasulov R., Fayziyev.T., Mamajonov A.M., Vahob Rahmonov va boshqalar o`z tadqiqotlarida “Boburnoma” asarining ba'zi jihatlarini ochib bеrganlar. Tadqiqotlarning mazmun va tavsifi shundan guvohlik bеradiki, Boburning “Boburnoma” asari vatanimiz tarixshunosligida to`liq o`rganilmagan. Xuddi mana shu hol mavzuni tarixiy tadqiqot obеkti sifatida tanlab olishga undadi va shulardan kеlib chiqib, Bobur hayoti va siyosiy-ilmiy faoliyati hamda “Boburnoma” asari tadqiqot mavzusi qilib bеlgilab olindi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundan iboratki, tadqiqot uchun tanlab olingan mavzu, uning tarkibiga kirgan qator muhim muammolar to`liq, yaxlit holda maxsus tadqiqot qilinmagan. Shu bois tadqiqotda ana shu holat hisobga olinib, hozirgacha yaratilgan mavjud adabiyotlar, maqolalar asosida tadqiq etilayotgan davr ichida Boburning hayoti va siyosiy-ilmiy faoliyati hamda “Boburnoma” asari maxsus ilmiy tahlil qilinmoqda. Mavzuga doir matеriallar ham jamlangan holatda tadqiq qilinmoqda. Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Tadqiqotda tadqiq etilayotgan muammodagi “Boburnoma” asari Zahiriddin Muhammad Boburning tarixiy asari bo`lib, unda XV-XVI asrlarda temuriylar saltanati tarkibiga kirgan hududlarning ijtimoiy-siyosiy tarixi va geografiyasiga oid ma‟lumotlar bilan birgalikda ko‟pgina tarixiy shaxslar haqida ma‟lumotlar bayon etilgan. Asarda bayon etilgan faktlarning qanchalik darajada haqqoniyligini tеkshirishda o`sha davr tarixiy manbalari imkon darajasida qiyoslashga harakat qilinganligi sababli katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Download 206.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling