Mavzu: Bolalar adabiyoti fani hamda uning maqsad va vazifalari. Reja


Download 26.38 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi26.38 Kb.
#1492439
  1   2   3
Bog'liq
Bolalar adabiyoti fani hamda uning maqsad va vazifalari




Mavzu: Bolalar adabiyoti fani hamda uning maqsad va vazifalari.


Reja:
1. Bolalar adabiyotining fanining maqsadi.
2. Bolalar adabiyotining fanining vazifasi.
3. Fanning boshqa fanlar bilan yaqinligi.

Xalqda “adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga e’tibor” deyiladigan juda katta ta’lim-tarbiya o’zida jamlangan umumlashma bor. Bu umumlashmada adabiyotdan xabardor bo’lgan bolaning ilmi, odobi, yurish-turushi, muomalasi, ota-ona va vatanga mehr-muhabbati risoladagidek bo’lishi masalasi ilgari suruladi.


Barchamizga malumki, bolalar adabiyoti so’z san’ait va tarbiya vositasidir. Kichkintoylar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos, kitobxonlar qalbida o’y-fikrlar uyg’otadigan, yorqin obrazlarga boy, yuksak g’oyalarga, ulkan va porloq ishlarga ilhomlantiradigan bo’lishi zarur. Eng muhimi, mavzular tushunarli, sodda va qiziqarli tilda ifodalanishi kerak.
Bolalar adabiyoti yoshlarni imon-e’tiqodli va ona-Vatanga muhabbatli qilib tarbiyalashda mustaqil mamlakatimizning qudratli qurolidir. Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarga kuchli ta’sir ko’rsatib, anashu yuksak talablarga javob bera oladi. Demak, bunday kitoblar pedagogik va psixologik nuqtaiy nazardan ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Bolalar kitobi bu vazifani bajarishda badiy tilga suyunadi. Adabiy asarningtili uning g’oyaviy mazmunini aniq va ifodali ochib berish vositasidir. Yaxshi, aniq, ravon, obrazli, boy til bilan yozilgan asar yozuvchining mahsad va fikrlarini kitobxonlarga tez va oson yetkazadi.
Bolalar yozuvchilarning eng yaxshi kitoblari yosh avlodni hayotga to’g’ri munosabatda bo’lishga o’rgatadi, ona diyorimizga, ehnatga muhabbat, zamonamizga sadoqat ruhida tarbiyalaydi, ularni yurtimizning munosif farandlari bo’lishga chaqiradi.Kitob bolani dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi, harakterini tarbiyalaydi, ilm fanga muhabbatini oshiradi.Kitob xalqimizning o’tmishi, ilg’or madaniyatimiz, fan va texnikamiz yutuqlari bilan tanishtiradi, faxr-iftixor tuyg’ularini o’stiradi.
Adabiyotga, kitobga muhabbat qo‘yishning o‘zida hikmat bor. Avvalo, kitob hayotda odamga katta yo‘lni topib olishga ko‘maklashadi. Yaxshi bilan yomonni ajratish, milliy qadriyat- larimiz — ajdodlarimiz qoldirgan boy meroslarga hurmat hissini uyg‘otib, yoshlarning ongini yuksaltirishga yo‘l ochadi.
Mana shunday buyuk maqsadni ado etadigan bolalar adabiyotimizning paydo bo‘lishida xalq og‘zaki ijodining ta’siri kuchli bo‘ldi. Shuningdek, bolalar adabiyoti taraqqiyoti jamiyatning umumiy rivoji bilan ham uzviy bog‘liqdir. Bu jihatdan Mahmud Koshg‘ariyning „Devoni lug‘otit turk“ asarini eslash o‘rinli. XI asrning buyuk tilshunos olimi o‘z kitobiga juda ko‘p ma’lumotlarni jamlagan. Kitobda XI asr adabiyoti bilan birga, avvalgi zamonlarda paydo bo‘lib, og‘izdan og‘izga, avloddan avlodga ko‘chib yurgan maqollar, rivoyatlar, qo‘shiq va lirik she’rlardan namunalar keltirilgan. Ayniqsa, mehnat, qahramonlik, marosim, mavsum qo‘shiqlari haqida batafsil ma’lumotlar beriladi.
Ma’rifatparvarlikni bayroq qilib ko‘targan Abdulla Avloniy, Behbudiy, Hamza, Fitrat, Munavvarqorilar tomonidan yozil­gan darslik va qo‘llanmalarda bolalar hayoti, o‘qishi, axloq- odobi haqida materiallar beriladi.
O‘zbekxalqiningulug‘ ma’rifatparvari, mutafakkirivabuyukshoiriAlisherNavoiyijodidayoshlartarbiyasigabag‘ishlangansahifalarnihoyatdako‘p. Ubolalarniilm-hunaregallashga, mehnatnisevishgaundaydi, builmvahunarnixalq, vatanmanfaatlariyo‘lidasarfqilishzarurliginialohidauqtiradi.
Navoiyning fikricha, ilm-fanni egallash uchun yoshlikdan boshlab astoydil o‘qish-o‘rganish kerak: „Yoshligingda yig‘ ilmning mahzanin, qarigan chog‘da sarf qilg‘il ani“ — shoir- ning shiori ana shunday. U yoshligidan o‘qishga beriladi. Bolaligidanoq ko‘p she’rlarni yodlaydi. Jumladan, Farididdin Attorning „Mantiq ut-tayr“ („Qush nutqi“) asarini qayta- qayta o‘qib, yod oladi. Alisher Navoiy davlatda yuqori mar- tabaga erishgach, maktab va maorif ishlarini rivojlantirishga katta ahamiyat berdi. U bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun maktablar ochish va madrasalar qurishda g‘amxo‘rlik ko‘rsatdi. Alisher Navoiy Astrobodda surgunda yurganida do‘sti, podshoh Husayn Boyqaroga yozgan xatida o‘g‘il va qiz bolalar uchun maktablar ochishni talab qiladi. Shaxsan o‘zi madrasalar qurishda tashabbus ko‘rsatgani buning yaqqol dalilidir. Navoiyning fikricha, maktab xalqqa nur keltiradi, unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi, bolalarni bilimli qiladi. U o‘zining „Ixlosiya“ madrasasi yonida maktab ochib, bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun zarur sharoit yaratadi. Buning uchun o‘z hisobidan lozim bo‘lgan mablag‘ni ajratadi.
Navoiy o‘qituvchini quyoshga o‘xshatadi. Quyosh o‘z atrofidagi yulduzlarga nur sochganidek, mudarris „abjalxonalar“ni yoritadi, hali ilmdan bexabar bo‘lgan toliblarni ilm nuridan bahramand etib, ma’rifat beradi, deydi. Alisher Navoiy ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlarini badiiy asarlarida komil insonlar sifatida tasvirlangan ijobiy obrazlari orqali bayon qiladi. Navoiy aql kuchiga cheksiz ishonadi, ilm-fanning xislati, qudratiga juda katta baho beradi.
Bolalar adabiyoti — bolalar va oʻsmirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiy-ommabop va publitsistik asarlar majmui. Bularning asosiy qismini badiiy asarlar tashkil etadi. Jahon xalqlari, shu jumladan, oʻzbek xalqi Bolalar adabiyoti tez aytish, topishmoq, oʻyin qoʻshiqlari, rivoyat, afsona, ertak, maqol, masal va doston singari aksariyat qismi bolalarga moʻljallab yaratilgan ogʻzaki ijod namunalaridan boshlanadi. Bolalar adabiyotini bevosita bolalarga moʻljallab yaratilgan va aslida bolalarga moʻljallanmagan boʻlsa-da, keyinchalik Bolalar adabiyotiga oʻtib qolgan asarlarga ajratish mumkin.

Bolalar adabiyotining oʻziga xos xususiyati — u oʻzgaruvchan hodisa boʻlib, u kitobxon yoshi, tarixiy davr va ijtimoiy muhit bilan bevosita bogʻliq. Kitobxon yoshini hisobga olish Bolalar adabiyotining eng asosiy xususiyatlaridandir. Masalan, maktabgacha yoshdagi bolalarda bu koʻrgazmalilik, ezgulik va yovuzlik kuchlarining oddiy koʻrinishdagi ziddiyatlariga asoslangan boʻlsa, oʻsmirlar uchun yaratilgan adabiyotda murakkab hayotdagi murakkab kishilarning ruhiyati ochila boshlaydi.


Bolalar adabiyotining yana bir xususiyati uning harakatga boyligidir. Bundan Bolalar adabiyotida syujetga boʻlgan talab ham kelib chiqadi. U voqealarning tezkor, qiziqarli, fantaziyaga, yumorga boy ravishda yechilishini talab qiladi.


Sharq yozma adabiyotida "pandnoma", "mavʼizatnoma", "nasihatnoma", "axloq kitoblari" singari nomlar bilan tasnif qilinuvchi asarlar Bolalar adabiyotining dastlabki namunalari hisoblanadi. Masalan, Kaykovusning "Mavʼizatnomai Kaykovus" ("Qobusnoma"), Shayx Sa'diyning "Guliston" va "Boʻston", Jomiyning "Bahoriston" asarlari shular jumlasidandir. Bular tarjima vositasida oʻzbek Bolalar adabiyotiga kirib kelgan. Alisher Navoiyning "Hayrat ulabror", "Mantiq ut-tayr" va "Mahbub ul-qulub" asarlari, Xojaning "Miftoh ul-adl" va "Gulzor", Gulxaniyning "Zarbulmasal" asarlari esa oʻzbek Bolalar adabiyotining mumtoz namunalari boʻlib, pand-nasihat ruhidagi maqolat va hikoyatlari bilan asrlar mobaynida yosh avlodni yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.


Bolalar adabiyotining shakllanishi deyarli barcha xalqlarda asosan maʼrifatparvarlik va maktab-maorif tizimi islohotlari bilan chambarchas bogʻliq. Oʻzbek Bolalar adabiyotining barqarorlashuvi ham 19-asr 2 yarmi — 20-asr boshlaridagi maʼrifatparvarlik harakatiga borib taqaladi. Saidrasul Aziziy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy va boshqa oʻnlab maʼrifatparvarlarning "Yangi usul" ("usuli jadidiya")dagi oʻzbek maktablari talabalari uchun yaratgan ellikka yaqin alifbo va oʻqish kitoblari oʻzbek Bolalar adabiyotining tom maʼnodagi yorqin namunalari hisoblanadi. Bolalar adabiyotiga bolalar uchun maxsus yaratilgan asarlar sifatida qarash, uning oʻziga xos tamoyillarini belgilash 20-asr boshlariga xosdir.


Oʻzbek Bolalar adabiyoti jahon Bolalar adabiyotining ilgor anʼanalari taʼsirida rivojlandi. Jahon Bolalar adabiyotining nodir namunalari oʻzbek tiliga tarjima qilindi, "Gulliverning sayohatlari" (J. Svift), "Robinzon Kruzo" (D. Defo), "Tom togʻaning kulbasi" (Bicher Stou), "Soʻna" (E.Voynich) kabi jahon adabiyotining nodir asarlari oʻzbek bolalarining ham mulki boʻlib qoldi.


Sharq adabiyoti eng yaxshi namunalarini arab, fors tilidan tarjima qilish Bolalar adabiyoti tarjimachiligidagi bir yoʻnalish boʻlsa, Gʻarb adabiyoti, xususan rus adabiyoti namunalarini oʻzbekchalashtirish ikkinchi yoʻnalishni tashkil etdi. I. A. Krilov masallari, A. S. Pushkinning "Baliqchi va baliq haqida ertak" asari, K. D. Ushinskiy hamda L.N. Tolstoyning bir qancha hikoya, ertaklari va boshqa ayni shu davrda tarjima qilinib, yangi usuldagi maktablar alifbo va oʻqish kitoblariga kiritildi. Ijodkorlar tarjima vositasida realistik Bolalar adabiyotining oʻziga xos xususiyatlarini yanada mukammal egalladilar, bolalar uchun yozuvchi adiblar guruhi shakllandi. 20-asrning 20-30- yillarida Hamid Olimjon, Gʻafur Gʻulom, Gʻayratiy, Shokir Sulaymon, Ilyos Muslim, Gulom Zafariy, Ayniy, Elbek, Zafar Diyor, Sulton Joʻra, Kudrat Hikmat, Quddus Muhammadiy, Shukur Sadulla, Hakim Nazir, Poʻlat Moʻmin va boshqa ijodkorlarning asarlari oʻzbek Bolalar adabiyotining rivojlanishida, maxsus adabiyot sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi.


Oʻzbek Bolalar adabiyoti da ayniqsa, adabiy ertak janri rivojlandi. Hamid Olimjonning Oygul va Baxtiyor, "Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod", Mirtemirning "Ajdar", Shukur Saʼdullaning "Uch ayiq", "Ayyor chumchuq", Zafar Diyorning "Yangi ertak", "Toshxon bilan Moshxon", "Tulkining hiylasi", Sulton Joʻraning "Zangor gilam" va "Qaldirgʻoch" singari adabiy ertaklari xalq ogʻzaki ijodi anʼanalari asosida yaratilgan, shakl va mazmun jihatdan puxta badiiy asarlar sirasiga kiradi. 30-yillarda oʻzbek bolalar sheʼriyati yuksalib, uning mavzu doirasi kengaydi.


40-60- yillarda oʻzbek Bolalar adabiyoti yanada rivojlandi, bolalar yozuvchilarining safi Nosir Fozilov, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Tolib Yoʻldosh, Farhod Musajonov, Latif Mahmudov va boshqa qalamkashlar hisobiga kengaydi. Uygʻun, Mirtemir, Asqad Muxtor, Said Ahmad, Shuhrat, Mirzakalon Ismoiliy, Mirkarim Osim singari kattalar adabiyoti vakillari ham bolalarga atab asarlar yaratdilar.


Quddus Muhammadiyning besh kitobdan iborat "Tabiat alifbosi" yosh kitobxonlarni ona tabiatga, hayvonot va oʻsimliklar dunyosiga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalovchi, quvnoq kulgi bilan yoʻgʻrilgan, mavzular rangbarangligi va tasvirning mukammalligi bilan eʼtiborga sazovor.


50-60- yillarda Gʻafur Gʻulomning "Shum bola", Oybekning "Bolalik", Abdulla Qahhorning "Oʻtmishdan ertaklar", Nazir Safarovning "Koʻrgan-kechirganlarim" qissalari nasriy Bolalar adabiyoti rivojiga munosib ulush boʻlib qoʻshildi. Xudoyberdi Toʻxtaboyevning "Sehrli qalpoqcha", "Sariqdevni minib", "Sariq devning oʻlimi" asarlari ham sara asarlar qatoridan oʻrin oldi. Bular koʻpgina xorijiy tillarga tarjima qilindi. Hakim Nazirning "So'nmas chaqmoqlar", "Yonar daryo", "Kichkintoy" qissalari, "Lochin qanotlari" romani davrning dolzarb muammolarini qamrab olishi, badiiy tasvirning oʻziga xosligi bilan eʼtibor qozondi.


80- yillar Bolalar adabiyoti da Anvar Obidjon, Safar Barnoyev, Rauf Tolipov, Qambar Utayev, Hamza Imonberdiyev va boshqa ijodkorlarning asarlari yosh avlodni eng yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi bilan eʼtiborga sazovor boʻldi.


Bolalar adabiyotida badiiylik bilan bir qatorda maʼrifiylik ham yetakchi oʻrin tutadi. Chunki Bolalar adabiyoti namunalari yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga ham xizmat qiladi. Barcha davrlar Bolalar adabiyotining taraqqiyot tamoyillari, avvalo, maʼrifiylik va tarbiyaviylikda aks etadi. Biroq Bolalar adabiyoti rivojlanib borgani sari uning sof badiiyat unsurlarini egallashga intilishi va umumadabiyot taraqqiyot tamoyillari bilan hamkorligi ham koʻzga tashlanadi. Jumladan, 20-asr boshlarida oʻzbek Bolalar adabiyotida koʻproq maʼrifatparvarlik gʻoyalari yetakchilik qilsa, 30-yillar Bolalar adabiyotida realistik adabiyot tamoyillari ustuvor, 50-60- yillar Bolalar adabiyoti da sarguzasht fantastik adabiyot elementlari kuchaydi. 80-yillar Bolalar adabiyotida psixologizmning kuchayishi, yosh qahramon talqinida uni yosh bola tarzida emas, hayotga tobora jadal kirib kelayotgan, oʻz qarashlariga ega boʻlgan shaxs sifatida tasvirlashga intilish ruhi mavjud.


Oʻzbek Bolalar adabiyoti taraqqiyotida 90- yildar yangilanish davri boʻldi. Istiqlol sharofati bilan milliy, madaniy, adabiy va diniy qadriyatlarning tiklanishi Bolalar adabiyoti namoyandalari ijodiga ham sezilarli taʼsir qildi, ularning asarlarida haqiqiy oʻzbek qiyofasi tasviri yetakchi oʻrin egallay boshladi.


Bolalar adabiyotining oʻziga xosliklari uning qahramoni tasvirida yanada yorqinroq namoyon boʻladi. Masalan, 20-asr boshlari Bolalar adabiyoti namunalari koʻproq ijodkorning faolligi, qahramon tasviri emas, targʻibiy-tashviqiy ruh ustuvorligi bilan ajralib tursa, 30-yillar Bolalar adabiyotida koʻproq xalq ogʻzaki ijodiga murojaat qilingan, bu davrda yaratilgan asarlarda ham hali faol qahramon obrazi deyarli yoʻq edi. 50-60- yillar Bolalar adabiyoti namunalari bevosita yosh qahramonlarning asarlar voqealarida hal qiluvchi oʻrin tutish bilan chinakam Bolalar adabiyotiga aylandi. 70-80- yillar Bolalar adabiyoti namunalaridan esa tobora hayotga oʻz nuqtai nazari bilan qaraydigan, balandparvoz, ritorik taʼriflardan koʻra tanqidiy nigohi oʻtkirroq yosh qahramon qiyofasi gavdalana boshladi, shu davrda oʻzbek Bolalar adabiyotiga ilk bora bolalarning oʻziga xos, endigina uygʻonib kelayotgan pok muhabbati kirib keldi. 90-yillar adabiyotida bu borada yangi qadam tashlandi, oʻzbek bolasi oʻzbekning farzandi ekanligidan faxrlanish, ulugʻ ajdodlarga munosib boʻlish ruhidagi, tom maʼnodagi vatanparvarlik gʻoyasi ustuvor asarlarni oʻqish baxtiga musharraf boʻldi.


Adabiyot arabcha “adab” so’zidan olingan. Musiqa royal (pianino), nay, dutor, g’ijjak, rubob, tor, doira singari musiqiy asboblar, shuningdek, ovoz bilan ijro etiladigan san’atdir. Biror musiqiy asar jo’rligida ijro etilgan o’yin raqssan’atiga kiradi.Qalam yo mo’yqalam bilan ishlangan rasmlar tasviriy san’at namunalaridir.Tosh, marmar,gips, yog’och singari qurilish ashyolaridan bunyod bo’lgan asarlarni esa haykaltaroshlik san’atiga oid, deb aytamiz. Demak, san’at biror ashyo-moddiy narsa yordamida paydo bo’lgan, ko’zimizni yashnatib, ko’nglimiz, kayfiyatimiz va ruhimizga oziq beradigan mo’jizadir.
Musiqa ovoz yordamida, raqs esa inson qo’li, oyog’i, boshi va boshqa a’zolarining harakati orqali maydonga keladi.
San’atning bir turi borki, u so’z yordamida yaratiladi. Bu-adabiyotdir. Shuning uchun adabiyotni so’z san’ati, deyishadi. Boshqa san’atlar singari, adabiyot ham go’zallikolamiga daxldor; u kishilarni quvontiradi, agar kerak bo’lsa, yig’latish yo’li bilan ularning ongiga, ruhiga, xatti-harakatiga ta’sir o’tkazadi.
Adabiyotning boshqa san’at turlaridan farqi uning so’z yordamida maydonga kelishidir.Lekin uning yagona quroli, yagona vositasi, yagona qurilish ashyosi bo’lgan so’zdek qudratli kuch yo’q. Adabiyot so’z yordamida kishilarga musiqa, raqs, tasviriy san’at vahaykaltaroshlikdan ham kuchli ta’sir qilishi mumkin.
Adabiyot uch turdan iborat. Agar birinchi turga she’riyat, ikkinchi turga nasr asarlari kirsa, uchinchi turni dramaturgiya tashkil etadi. Adabiyot so’zning ana shu cheksiz-chegarasiz imkoniyatlariga asoslangan, shu imkoniyatlarni yuzaga chiqaruvchi san’atdir. Adabiy asar ham insondek o’z umriga ega. Badiiy baquvvat asarlar uzoq vaqt mobaynida qanchadan-qancha kishilarga estetik oziq beradi, ularning kayfiyati, ruhi, xatti-harakatlariga ta’sir o’tkazadi. Yana shunday asarlar bo’ladiki, bular asrlar o’tsa ham adabiyot xazinasidi oltin quyilmasidek hamisha porlab turadi.
Odatda, bola olamga kelibdiki, onani taniydi, uning hidini, qadam tashlashini, nafas olishini darhol sezib oladi. Ona bir qadam o’zidan uzoqlashsa harhasha qiladi, yig’laydi. Chunki bu norasida onananing qornidayoq uni o’ziga kashf qilib olgan. Shu onaning ko’magida atrof-muhit bilan, o’zini qurshab olgan olam bilan tanishadi. Onaning allasi, qo’shig’i, ertagi murg’ak qalbida bir umrga muhrlanib qoladi. Folklor va yozma adabiyot namunalarini tinglab, voyaga etayotgan bolalarning o’yinlari, sho’xliklari, xayollari, qiziqishlari, gap-so’zlari... – bular bolalarning ma’naviy dunyosini boyitadigan omillardan biridir.
Alla, ertak, topishmoq, maqollarda kuzatganimizdek, odamlarga, jonivorlarga, tabiatga bo’lgan mehr-muhabbat, do’stlik va o’rtoqlikning ilk tuyg’ulari, yaxshilikka nisbatan uyg’ongan dastlabki minnatdorchilik hissi, har narsaga chanqoqlik bilan qiziqib qarash kabilarning barchasi bolaning ma’naviy dunyosini boyitishi, uning xayoli va tasavvurini kengaytirishi lozim.
Bu davr bolalar kitobxonligi, asosan, ota-onalar va tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi. Hali o’qish, yozish va chizishni bilmaydiganmaktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan butunlay bexabar bo’ladilar.Shunga qaramay kichkintoylar o’zlarini qurshagan olamni tezroq bilib olishga, uni o’rganishga intiladilar. Bunda ota-onalar va tarbiyachilar bolalarga yaqindan yordam berishlari, yani ularga badiiy asarlardan parchalar o’qib berishlari lozim. Bu davr bolalariga o’qib beriladigan har qanday asarning hajmi qisqa, mazmuni sodda bo’lishi talab etiladi. Shuningdek, bunday kitoblarning rasmlari rahg-barang, harflari esa yirik-yirik bo’lishi maqsadga muvofiq.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar tinglaydigan asarlarning ko’pchiligini alla-qo’shiq, ertak, topishmoq, maqol,tezaytish xalq og’zaki ijodiy asarlari tashkil etadi.
Bundan tashqari, yozuvchilar asarlar ham maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun qo’l keladi. Bu yoshdagi bolalarga tavsiya etiladigan asarlar ularga zavq-shavq bag’ishlaydi. Jumladan, bolalar shoiri Anvar Obidjonning “Suhbat”, Shukur Sadullaning “Lola va mushuk” kabi she’rlari misol bo’la oladi.
Xulosa qilib aytganda, bolalar o’zlari tinglagan asarlari yordamida asta-sekin atrof-muhit bilan tanishadilar, ona yurtga mehr-oqibatli bo’lishni, tabiatni asrashni va mehnatni sevishni o’rganadilar, eshitgan ertak qahramonlarini xatti-harakatlarini baholashga o’rganadilar.
Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar adabiyoti – o‘ziga xos adabiyot. Bu o‘ziga xoslikning asosini uning o‘quvchilariga emas, asosan eshituvchi tinglovchi bolalarga mo‘ljallanganidan izlash kerak. Bu adabiyotning kattalar, kichik va o‘rta yoshli maktab o‘quvchilari adabiyotiga o‘xshash va farqli xususiyatlari bor. Bu adabiyotning kattalar, kichik va o‘rta ishli maktab o‘quvchilari adabiyotiga o‘xshash va farqli xususiyatlari bor. Bu xususiyatlarning ba’zilari haqida fikr – yuritdik. - Barcha yoshdagi o‘zbek bolalar marsining mavzulari, g‘oyalari, obrazlari nihoyatda xilma – xil. Bu asarlarning pedagogik – tarbiyaviy ahamiyati shundaki, ularda insoniylik, adolatparvarlik, mehnatsevarlik, o‘rtoqlik, do‘stlik, to‘g‘rilik, xalollik, oqillik, qo‘rqmaslik, jasurlik, va boshqa ijobiy fazilatlar ulug‘lanadi: qo‘rqoqlik, munofiqlik, xudbinlik, xosiyolik, dangasalik, aldamchilik, ayyorlik, manmanlik, odobsizlik kabi yomon hulq - atvorlar qoralanadi: Adiblarimiz o‘zlarining eng yaxshi asarlarida badiiylikning asosiy bklgilarini tashkil etuvi aks ettirish va obraz yaratish usullari vositalaridan foydalanganlar va maktabgacha yoshdagi bolalar adabiyotining o‘ziga xosligi masalalariga rioya qilganlar. - Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar narsaning janrlari kattalar va maktab o‘quvchilari nasriga nisbatan unchalik ko‘p emas. Bog‘cha yoshdagi bolalar nasrida yirik hajmli, murakkab qurilmali asarlar – roman qissa janrlarida yozilgan asarlar ham uchramaydi. Maktabgacha tarbiya yoshdagi jahon bolalar nasriyda bo‘lganidek shu yoshdagi. O‘zbek bolalar nasrining ham eng taraqqiy etgan janrlari ertak va hikoyadir.O‘zbek adabiyotlari insonparvarlik, vatanparvarlik, baynalminal, ahloqiy tarbiyaviy va boshqa g‘oyalarini kichkintoylar qalbiga qiziqarli, ta’sirli shakllarda etkazishda erotak va hikoya janrlarining o‘ziga xos badiiy xususiyatlaridan ijodiy fodalanganlar.

Download 26.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling