Mavzu: Bolalar adabiyoti fani hamda uning maqsad va vazifalari. Reja
Download 26.38 Kb.
|
Bolalar adabiyoti fani hamda uning maqsad va vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabgacha ta’lim yoshidagi
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar kitobxonligi asosan ota-onalar va tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi. Hali o‘qish, yozish, chizishni bilmaydigan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan butunlday bexabar bo‘ladilar. Shunga qaramay, kichkintoylar o‘zlarini qurshagan olamni tezroq bilib olishga, uni o‘rganishga intiladilar. Bunda ota-onalar, bog‘chalarda esa tarbiyachilar bolalarga yaqindan yordam berishlari, ya’ni ularga badiiy asarlardan parchalar o‘qib berishlari lozim. Bu davr bolalariga o‘qib beriladigan har qanday asarning hajmi qisqa, mazmuni sodda bo‘lishi talab etiladi. Shuningdek, bunday kitoblarning rasmlari rang-barang, harflari esa yirik-yirik bo‘lishi maqsadga muvofiq
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar tinglaydigan asarlarning ko‘pchiligini alla-qo‘shiq, ertak, topishmoq, maqol, tez aytish kabi xalq og‘zaki ijodi asarlari tashkil etadi. Bundan tashqari, yozuvchilar yaratgan va yuqoridagi talablarga to‘la-to‘kis javob beradigan ayrim asarlar ham maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun qo‘l keladi. Ammo shu narsani ham ta’kidlab o‘tish kerakki, bolalar uchun ijod qiladigan qalam sohibi hayotdagi muhim xarakterli voqea va hodisalarni badiiy obrazlar orqali bolalar nutqiga mos tilda, ularning yoshi, ruhiyati va saviyasiga muvofiq ravishda tasvirlashi lozim.Bolalar shoiri Anvar Obidjon o‘zining «Suhbat» degan she’rida bolalar yaxshi ko‘radigan g‘ozlar to‘g‘risida so‘z yuritadi. Ma’lumki, bolalar jonivorlar, xususan, qushlarga ilk yoshlaridan boshlab qiziqadilar. Shu jihatdan qaraydigan bo‘lsak, «Suhbat» bola hayotida muhim rol o‘ynaydi. Voqea juda oddiy va sodda. O‘zaro suhbatdan ma’lum bo‘ladiki, g‘ozlarning qorni och, ularni bog‘ish kerak. Buni shoir o‘yin vositasida ifoda etadi: - G‘ozlar, bir so‘z deysizmi? - G‘a, g‘a-g‘a! - Totli suli yeysizmi? - Ha, ha-ha - Nega patni silaysiz? - G‘og‘, g‘og‘-g‘og‘ - Mendan nima tilaysiz? - Bog‘, bog‘, bog‘! Bu xildagi she’rlar kichkintoylarni mustaqil fikrlashga, turmush taassurotlarini to‘plab, ulardan xulosa chiqarishga o‘rgatadi. Xulosa qilib aytganda, bolalar o‘zlari tinglagan asarlari yordamida asta-sekin atrof-muhit bilan tanishadilar, ona-yurtga mehr-oqibatli bo‘lishni, tabiatni asrashni, mehnatni sevishni o‘rganadilar.Birinchi Prezidentimiz nutq va kitoblarida bolalar kitobxonligi, ayniqsa, kichik maktab yoshidagi bolalarning o‘qish-u xulq-odoblari tilga olinadi. Bularga ko‘proqe’tibor berish, ularning ta’lim-tarbiyasi bilanmuttasilshug‘ullanish, asosiy masalalardan biri deb hisoblanadi. Oʻzbek Bolalar adabiyoti taraqqiyotida 90- yildar yangilanish davri boʻldi. Istiqlol sharofati bilan milliy, madaniy, adabiy va diniy qadriyatlarning tiklanishi Bolalar adabiyoti namoyandalari ijodiga ham sezilarli taʼsir qildi, ularning asarlarida haqiqiy oʻzbek qiyofasi tasviri yetakchi oʻrin egallay boshladi. Bolalar adabiyotining oʻziga xosliklari uning qahramoni tasvirida yanada yorqinroq namoyon boʻladi. Masalan, 20-asr boshlari Bolalar adabiyoti namunalari koʻproq ijodkorning faolligi, qahramon tasviri emas, targʻibiy-tashviqiy ruh ustuvorligi bilan ajralib tursa, 30-yillar Bolalar adabiyotida koʻproq xalq ogʻzaki ijodiga murojaat qilingan, bu davrda yaratilgan asarlarda ham hali faol qahramon obrazi deyarli yoʻq edi. 50-60- yillar Bolalar adabiyoti namunalari bevosita yosh qahramonlarning asarlar voqealarida hal qiluvchi oʻrin tutish bilan chinakam Bolalar adabiyotiga aylandi. 70-80- yillar Bolalar adabiyoti namunalaridan esa tobora hayotga oʻz nuqtai nazari bilan qaraydigan, balandparvoz, ritorik taʼriflardan koʻra tanqidiy nigohi oʻtkirroq yosh qahramon qiyofasi gavdalana boshladi, shu davrda oʻzbek Bolalar adabiyotiga ilk bora bolalarning oʻziga xos, endigina uygʻonib kelayotgan pok muhabbati kirib keldi. 90-yillar adabiyotida bu borada yangi qadam tashlandi, oʻzbek bolasi oʻzbekning farzandi ekanligidan faxrlanish, ulugʻ ajdodlarga munosib boʻlish ruhidagi, tom maʼnodagi vatanparvarlik gʻoyasi ustuvor asarlarni oʻqish baxtiga musharraf boʻldi. Adabiyot arabcha “adab” so’zidan olingan. Musiqa royal (pianino), nay, dutor, g’ijjak, rubob, tor, doira singari musiqiy asboblar, shuningdek, ovoz bilan ijro etiladigan san’atdir. Biror musiqiy asar jo’rligida ijro etilgan o’yin raqssan’atiga kiradi.Qalam yo mo’yqalam bilan ishlangan rasmlar tasviriy san’at namunalaridir.Tosh, marmar,gips, yog’och singari qurilish ashyolaridan bunyod bo’lgan asarlarni esa haykaltaroshlik san’atiga oid, deb aytamiz. Demak, san’at biror ashyo-moddiy narsa yordamida paydo bo’lgan, ko’zimizni yashnatib, ko’nglimiz, kayfiyatimiz va ruhimizga oziq beradigan mo’jizadir. Musiqa ovoz yordamida, raqs esa inson qo’li, oyog’i, boshi va boshqa a’zolarining harakati orqali maydonga keladi. San’atning bir turi borki, u so’z yordamida yaratiladi. Download 26.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling