Kirish I bob. XIV asrning yarmida movarounnahrda siyosiy vaziyat


I BOB. XIV ASRNING YARMIDA MOVAROUNNAHRDA SIYOSIY VAZIYAT


Download 131.5 Kb.
bet3/7
Sana06.04.2023
Hajmi131.5 Kb.
#1333587
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sarbadorlar

I BOB. XIV ASRNING YARMIDA MOVAROUNNAHRDA SIYOSIY VAZIYAT.
1.1. XIV asr o’rtalarida Movarounnahrda yuzaga kelgan siyosiy vaziyat.
Chig‘atoy ulusi ikki xududiy-iqtisodiy asosga tayangan davlat edi. Biri o‘troq dehqonchilik madaniyati hukmron bo‘lgan Movarounnahr bo‘lsa, ikkinchisi ko‘chmanchi chorvachilikka asoslangan xo‘jalik shakli asosiy o‘rin tutgan Yettisuv va Sharqiy Turkiston o‘lkalarini o‘z ichiga olgan xududdir. Bu xudud tarixiy manbalarda hali turkiylashib ulgurmagan mo‘g‘ullar aholining asosiy qismini tashkil etganligi uchun ham Mo‘g‘uliston deb ham atalardi. Dastlabki mo‘g‘ul xonlari Movarounnahrni Mahmud va Mas’ud Yalavochlar kabi mahalliy amaldorlar orqali borot usuli asosida boshqarar edilar. Lekin ko‘chmanchi turk-mo‘g‘ul qabilalarining tobora o‘troqlashib borishi, xo‘jalik taraqqiyotining tabiiy rivojlanish zaruriyatlari mo‘g‘ul xonlarini ham Movarounnahrni boshqarish ishlariga bosh qo‘shishga majbur eta boshladi.
Birinchilardan bo‘lib mo‘g‘ul xoni Kebek Movarounnahrga katta e’tibor bera boshladi. U dastlab 1309-1318 yillarda akasi Eson Buqoxon nomidan, 1318-1326 yillarda bevosita o‘zi hokimyatni boshqardi. Uning davrida Chig‘atoy ulusining poytaxti Mo‘g‘ulistondan qadimiy Nasaf yonida Kebekxon tomonidan bunyod etilgan Qarshi shahriga ko‘chdi. Shuningdek, uning davrida Balx shahri ham qayta tiklandi. Kebekxon tomonidan o‘tkazilgan pul islohoti esa hunarmandlar va savdogarlar manfaatini ko‘zlab amalga oshirilgan edi. Uning pul islohotiga ko‘ra mamlakatda yagona pul tizimi joriy etildi. Kebekning dinor va dirhamlari mamlakat iqtisodiy hayotining o‘nglanishiga katta yordam bergan. Kepakiy dinori puli esa Oltin O‘rda va Eronda ham keng muomilada bo‘ldi. Bir dinor ikki misqol (1 misqol – 4, 235 gr.) ga teng edi. Kebekxonning harbiy –ma’muriy islohotiga ko‘ra Chig‘atoy ulusi Movarounnahrda tumanlarga, Sharqiy Turkiston va Farg‘ona vodiysida esa o‘rchinlarga bo‘lindi. Bu bilan mahalliy feodallarga tegishli bo‘lgan mayda uluslar nisbatan tartibga keltirildi va boshqaruv ishida bir muncha yengillikka erishildi. Lekin har bir yarim-ko‘chmanchi yoki ko‘chmanchi qabila joylashgan xudud ko‘p hollarda bir tumanni tashkil edi va o‘sha qabilaning boshlig‘i shu tumanning begiga aylangan edi. Ya’ni harbiy – ma’muriy islohot qabilaviy bo‘linishga moslashtirilgan edi. Bu islohotning yana bir ijobiy tomoni tumanlardagi qabilalarning o‘troqlashuv jarayoni ancha tezlashdi. Kebekxonning siyosatini uning ukasi Tarmashirin davom ettirishga harakat qildi. Uning davrida Chig‘atoy ulusi xududlari Hindistongacha kengaydi.
Lekin Kebek va uning ukasi Tarmashirin tomonidan olib borilgan markaziy hukumatni kuchaytirish va o‘troq hayot tarziga o‘tib borish, islom diniga katta hayrihohlik ko‘rsatish siyosati yirik mo‘g‘ul feodallari tomonidan ijobiy kutib olinmadi.
1334 yili Tarmashirin taxtdan ag‘darildi va hokimyat birin ketin Buzan, Changshi, Eson Temurlar qo‘liga o‘tdi. Bu vaqt amalda mamlakatda turk-mo‘g‘ul qabila boshliqlarining hukmronligi o‘rnatilgan edi. Shunday qilib, ko‘p o‘tmay Chig‘atoy ulusi ikkiga bo‘linib ketdi. Biri Movarounnahr, ikkinchisi Mo‘g‘uliston uluslari edi.
Qozonxon davrida (1343-1346) ulus markazi yana Movarounnahrga ko‘chirildi va u juda qatiqqo‘llik bilan Kebek va Tarmashirin siyosatini davom ettirmoqchi edi. U ham Kebekxonga o‘xshab Qarshi shahri yaqinida Zanjirsaroy degan qasr qurdirdi va mamlakatni shu erdan turib boshqara boshladi. Aynan shu davrda 4 yirik qabilaning ta’siri kuchaya boshladi. Ulardan barlos qabilasi Qashqadaryo viloyatida, orlot qabilalari Balx atrofida o‘z ta’sirlarini kuchaytirib bormoqda edi. Qozonxon davrida amir ul-umaro Amir Qazag‘anning obruyi tobora oshib bora boshladi. Natijada xon va amir o‘rtasida kelib chiqqan nizo oxir-oqibat Amir Qazag‘anning g‘alabasi yakuniga etdi. Hokimyatni to‘liq o‘z qo‘liga kiritgan amir qo‘g‘irchoq xonlarni taxtga olib chiqib, o‘zi esa markaziy hokimyatni kuchaytirish yo‘lidan bordi. Amir Qazag‘an davrida O‘gaday avlodidan Donishmandchaxon (1346-1348), Chig‘atoy avlodidan Bayonqulixon(1348-1358)lar taxtga o‘tirgan edi. Uning davrida Movarounnahr ulusining mavqeyi kuchayib, Hirot atroflariga talonchilik hujumlari uyushtirila boshlandi. Mamlakatda markazlashtirish harakatlarining paydo bo‘lishiyoq yirik amirlarni cho‘chitib yubordi. Ular bu safar kuchayib borayotgan amir ul-umaroga qarshi xonni qayradilar. Natijada amir ul-umaroning dushmanlari va xonning odamlar tomonidan ov vaqtida Amir Qazag‘an o‘ldirildi. Lekin amir ul-umarolik lavozimi Amir Qazag‘anning o‘g‘li Amir Abdulla qo‘liga o‘tkazildi. U xon bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘ygandan so‘ng, markaziy hokimyat mustahkamlash maqsadida poytaxtni Solisaroydan (Amir Qazag‘an shu erdan davlatni boshqargan edi) Samarqandga ko‘chirdi. Albatta, bu yirik amirlar manfaatiga zid bo‘lib, ularning erkin mavqeiga xavf solardi. Sharafuddin Ali Yazdiy Shunday hikoya qiladi: “Otasining zamonidagi ma’lum muddat Samarqandda yashaganligi va ul firdavsvish diyorning bog‘-bo‘stonlari yoqib qolganligi sababli, davlati bayrog‘ining markazi o‘sha erda bo‘lishini istadi. U Samarqandga yo‘l oldi.... Amir Qutlu va boshqa amirlar hamda otasining arkoni davlati nasihat ila xayrixohlik bildirib, ota yurtni tashlab ketish aqlga to‘g‘ri kelmasligini qanchalik uqtirmasinlar, foyda bermadi”2. Natijada ko‘p o‘tmay Amir Abdulloh Bayonqulixonni taxtdan ketkazib o‘rniga TemurShoh o‘g‘lonni xon qilib ko‘targanligi bahonasida Movarounnahrning yirik amirlari qahriga uchradi va amir Bayon Sulduz hamda amir Hoji Barlos tomonidan tor-mor etilib, hokimiyatdan chetlashtirildi. Shundan so‘ng mamlakat o‘ndan ortiq beklikka bo‘linib ketdi.
Jo‘ji ulusi, ya’ni Oltin O‘rda davlati ham ushbu davrda og‘ir siyosiy vaziyatni boshdan kechira boshladi. 1359 yili Jo‘ji ulusining so‘nggi yirik hukmdorlaridan biri Jonibekxon vafotidan so‘ng Chingizxon vorislarining eng yirik va qudratli davlati ikki yirik ulusga bo‘linib ketdi. Biri Volga bo‘yi, Shimoliy Kavkaz va Qora dengizning shimoliy qirg‘oqlarini o‘z tarkibiga qamrab olgan Oltin O‘rda (Ko‘k O‘rda), ikkinchisi esa Dashti Qipchoqning Sharqiy qismini, Ya’ni Yoyiq (hozirgi Ural) daryosidan to Oltoygacha, Janubiy Sibirdan Xorazm va Sirdayo bo‘ylarigacha bo‘lgan xududlardan iborat bo‘lgan Oq o‘rda uluslari edi. Ko‘plab tarixiy adabiyotlarda Jonibekxon vafotidan To‘xtamishxon Oltin O‘rda taxtiga o‘tirguncha bo‘lgan 20 yil davomida 25 dan ortiq xonlar taxtga kelib ketganligi qayd etiladi. Bu esa ko‘plab xonlarning humronlik muddati bir yilga ham etmaganligini, siyosiy holat o‘ta beqaror bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Hokimyat uchun kurashni Murodxon va Abdullalar boshlab berishdi. 1361 yilda esa Oltin O‘rda taxti kelib chiqishi Oq O‘rdalik bo‘lgan Xizrxon tomonidan egallandi. Uning bir yilga yaqin davom etgan davlat rahbari sifatidagi faoliyati boshqa taxt da’vogarlarini qo‘llab quvvatlagan yirik amirlarning xiyonati sababli fojeali tugallandi. Hokimyat esa uning o‘g‘li Temurxo‘ja qo‘liga o‘tdi. Lekin bir necha kun o‘tgach taxtning yangi sohibi Oltin O‘rdalik yirik amirlardan Mamay boshchiligidagi siyosiy guruh tomonidan hokimyatdan chetlashtirildi va ko‘p o‘tmay o‘ldirildi. Bu esa ikkiga bo‘lingan Jo‘ji ulusining G‘arbiy qismi bo‘lgan Oltin O‘rdaning ham yanada mayda qismlarga bo‘linib ketashiga olib keldi.
Mamayning faoliyati Jo‘ji ulusi xonlarning mavqeyi bir muncha pasayib, yirik amirlarning nufuzi ortib borayotganligini ko‘rsatadi. Temirxo‘janing taxtdan tushurilishi natijasida hokimyat amalda xonlardan yirik amirlardan biri Mamay qo‘liga o‘tdi. Bu esa Chingizxon avlodlariga ma’qul emas edi. Oltin O‘rda taxt uchun shiddatli kurashlar domiga tortildi. Natijada Mamayning kuchayishidan cho‘chigan boshqa yirik amirlar Murodxonni qo‘llab quvvatladilar. Natijada Mamay Oltin O‘rdaning g‘arbiy qismiga chekindi va u erda Chingizxon avlodidan bo‘lgan Abdullani xonlik taxtiga o‘tirgizdi. Shunday qilib, Murodxon va Abdullaxon o‘rtasida taxt uchun o‘zaro urush boshlandi.
Mashhur tarixchi olim B. Ahmedovning ta’kidlashicha, 1362 yilda Oltin O‘rdalik yirik amirlardan Buloq Temur Bulg‘or va Volga daryosi bo‘yidagi talaygina shaharlarni o‘ziga qaratib olgan. To‘rg‘oy ismli yana bir yirik amir esa Moksha daryosi atrofidagi erlarda hukmron bo‘lib qoldi.Uzoq davom etgan o‘zaro urushlar natijasida o‘nlab xonlar taxtga kelib ketdi. Lekin, oxir oqibat Oltin O‘rdada yana Mamayning ta’siri kuchayib bordi. Mamay ham kutilmaganda uning 1380 yili Kulikovo jangida rus qo‘shinlaridan mag‘lubiyatga uchrashi bu vaqtda Oq O‘rda hokimyatini o‘z qo‘liga kiritib olgan To‘xtamishxonga katta imkoniyatlar taqdim etdi. 1380 yili Jo‘ji ulusi yana yagona davlatga birlashdi va Evroosiyo xududidagi eng kuchli, qudratli davlatga aylandi.


Download 131.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling