Kirish. I bob. XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi Ispaniyada siyosiy jarayonlar


I BOB. XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi Ispaniyada siyosiy jarayonlar


Download 52.55 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi52.55 Kb.
#1575456
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ispaniyaning siyosiy iqtisodiy ahvoli

I BOB. XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi Ispaniyada siyosiy jarayonlar.
1.1 XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi Ispaniyada hukmron siyosiy partiyalar, ularning mafkuralari va boshqaruvga ta'siri.
Ispaniya birinchi jahon urushida betaraf qoldi. Bu hol unga urushayotgan har ikki harbiy siyosiy ittifoqqa kiruvchi davlatlar bilan muvaffaqiyatli savdo sotiq munosabatlarini amalga oshirishgaimkon byerdi. Eksport hajmi import hajmidan yuqori bo‘ldi. Buning natijasida mamlakat oltin zaxirasi 4 baravar ko'paydi. Urush yillarida harbiy buyurtmalar salmog‘ining oshishi, o‘z navbatida, sanoatdagi ayrim tarmoqlaming gurkirab rivojlanishini ta’minladi. Shunday bo‘lsa da, Ispaniya, baribir, kam taraqqiy etgan, agrar industrial davlat bo‘lib qolavyerdi. Mamlakat qishloq xo'jaligida o‘rta asrchilik munosabatlarining qoldiqlari hamon kuchli edi. Barcha yyer maydonining uchdan ikki qismi yirik yyer egalari va mamlakat hayotida katta ta'sirga ega bo‘lgan katolik chyerkovi ixtiyorida edi. Millionlarcha dehqon xo‘jaliklariga esa atigi uchdan bir qism yyer tegishli edi. Yyersizlar ham ko‘p bo‘lib, ular asoratli shartlar asosida yyerni ijaraga olardilar. Qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligi juda past bo‘lgan. Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli chet el kapitali kiritilishiga sezilarli darajada bog‘liq edi. Chunonchi, sanoatga joylashtirilgan chet el kapitalining 54 foizi ingliz, 34,5 foizi fransuz kapitali edi. Ispaniya taraqqiyotining bunday orqada qolishi o‘rta asrchilik tartiblari hamon kuchli darajada saqlanib qolayotganligi bilan izohlanar edi. Katta yyer egalari hamda ularning tayanchi bo‘lgan armiya va katolik chyerkovi o'zlarini asrlar davomida qaror topgan tartiblar qo‘riqchisi, deb hisoblardi. Shuning uchun ham yangilikka bo'lgan har qanday intilishlarni mamlakat milliy manfaatiga solinayotgan tahdid, deb qabul qildilar. Ayni paytda ulami yo‘qotish uchun barcha vositalarni ishga soldilar. Mamlakatda harbiylarning o‘rni tobora ortib bormoqda edi. Vujudga kelgan «harbiy xuntalar» (harbiylar to'dasi) XX asrda mamlakat siyosiy hayotiga tez tez aralashib turish quroliga aylangan. XIXXVIII— XIXXX yillarda Ispaniyada inqilobiy harakat to'lqini yanada kuchaydi. Bu hol hukmron doiralarni sarosimaga solib qo‘ydi. Shu yillar davomida hukumat 8 marta almashdi. Hukumat yetilgan dolzarb ijtimoiy muammolarni hal etishga ojizlik qildi. Vujudga kelgan bu ahvol mamlakatda harbiy diktatura o‘rnatilishi xavfini tug‘dirdi. Hukumat ijtimoiy harakatni bostirish uchun qanchalik harakat qilmasin, baribir, qator talablarni bajarishga majbur bo‘Idi. Chunonchi, XIXXX yilning aprel oyidan boshlab 8 soatlik ish kuni joriy etildi. Ish haqi oshirildi, bolalar mehnati taqiqlandi. Qarilik va nogironlik sug'urtalari joriy etildi. Ayni paytda hukmron doiralarning qo'llab quwatlashi natijasida ispan fashistlari o‘z qurolli tashkilotlarini tuza boshladilar. Ulaming asosiy vazifasi xalq harakatini bostirish edi. Hukumatning shafqatsiz tyerrori tufayli XIX21 yilga kelib ijtimoiy harakatning pasayishiga yerishildi. Biroq bu hol ko‘pga cho‘zilmadi. Mustamlakalarda ham harakat kuchaydi. XIX21 yilning iyunida hukumat Ispaniyaning mustamlakasi — Marokashda boshlangan milliyozodlik harakatini bostirish uchun armiya yubordi. Biroq Ispaniya armiyasi tor mor etildi hamda 25000 jangchi asirga tushib qoldi. Bu mag‘lubiyat mamlakatda umshga qarshi harakat boshlanishiga turtki bo‘ldi. Norozilik hatto armiya ayrim qismlarida ham ro‘y byerdi. XIX22— XIX23 yiIlarda ish tashlash harakati yana kuchaydi, hukumat tyerrorni to‘xtatishga hamda xuntalami tarqatib yuborish to‘g‘risida qonun qabul qilishga majbur bo‘ldi. Ayni paytda XIX23 yil aprelida parlamentga qayta o‘tkazilgan saylovda Libyeral partiya g‘alaba qozondi. Siyosiy voqealarning bu tarzda rivojlanishi qirol saroyini, hukmron doiralarni tashvishga solib qo‘ydi va ular o‘z hokimiyatini mamlakatda harbiy diktatura o‘rnatish yo‘li bilan saqlab qolishga qaror qildilar. Natijada XIX23 yilning 13 sentabrida Kataloniya harbiy okrugi qo‘mondoni genyeral Primo de Rivyera tomonidan davlat to'ntarishi amalga oshirildi. Hokimiyat harbiy direktoriya qo‘liga o‘tdi. Shu tariqa Ispaniyada harbiyfashistik diktatura o'rnatildi ( XIX23— XIX30). Primo de Rivyera XIX24 yilda «Vatanparvarlik ittifoqi» deb nomlangan fashistik partiyani tuzdi. Bundan ko‘zlangan maqsad diktaturaning ijtimoiy tarkibini kengaytirish edi. Bunga partiya safiga mayda va o‘rta mulkdorlarni jalb etish orqali yerishish ko‘zda tutilgandi. Bundan tashqari, Primo de Rivyera mehnat bilan sarmoyaning hamkorligini ta’minlash maqsadida «Baravarlik komissiyasi» tuzdi va komissiyaga har ikki tomondan teng miqdorda vakillar kiritildi. Bu komissiya mehnat sharoiti va ish haqi masalasini hal etishi kyerak edi. XIX26 yilda ijtimoiy sug'urta va ishsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi korporatsiya tuzildi. Ayni paytda diktatura ijtimoiy harakatni shafqatsizlik bilan bostirish yo‘lini tutdi. Primo de Rivyera o‘z diktaturasiga qonuniy tus byerishga harakat qildi. Shu maqsadda XIX25 yil dekabrda direktoriyani Ministrlar kabineti bilan almashtirdi va mamlakatda yangi Konstitutsiyani ishlab chiqishga kirishildi. Primo de Rivyera Italiya fashizmi bilan yaqinlasha boshladi. XIX26 yilning 7 avgustida u bilan do'stlik to‘g‘risida shartnoma imzoladi. U tashqi siyosatda mustamlakalarni qanday bo'lmasin saqlab qolishga intildi. Shu maqsadda milliy ozodlik harakatini bostirish yo‘lini tutdi. Xususan, Fransiya bilan birgalikda XIX27 yilda Marokash xalqining milliyozodlik harakatini qonga botirdi. Biroq ichki va tashqi siyosatda qo‘llangan usullar Primo de Rivyera diktaturasini saqlab qola olmadi. XIX29 yilda boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi og‘ir ahvolda bo‘lgan Ispaniya iqtisodiyotini izdan chiqardi. Davlat qarzi keskin ko‘paydi. Keng miqyosda korrupsiya avj oldi. Mamlakatda inqilobiy portlash ro‘y byerishining oldini olish maqsadida harbiy genyeralitet yanvar oyida Primo de Rivyerani iste’fo byerishga majbur etdi. Iqtisodiy inqiroz bu muammolarni yanada chuqurlashtirib yubordi. Mamlakatda ish tashlash harakati yangi kuch bilan quloch yoydi. XIX30 yilda bu tadbirda 1 mln. dan ortiq ishchi qatnashdi. Bunday sharoitda, hatto yirik sarmoyadorlar ham, XVIII76 yilgi Konstitutsiyani qayta ko‘rib chiqish tarafdori bo'ldilar. Ularning maqsadi kortes (parlament)ning huquqi oshirilishiga yerishish edi. Sarmoyadorlar o‘z mavqelarini saqlab qolishning yo‘li monarxiyaga barham byerish ekanligini tobora chuqur angladilar. Mamlakatda respublikachilik harakati kuchaydi. XIX31 yil 12 aprelda bo‘lib o‘tgan mahalliy saylovlarda respublikachilar g'alaba qozondi. Saylov yakuni haqidagi xabar siyosiy kurashning rivojlanishiga turtki byerdi. Mamlakatda burjua demokratik inqilobi yuz byerdi. 14 aprel kuni inqilobchilar qirol hokimiyati ag‘darilganligini e’lon qildilar. Buni eshitgan va yengilishiga iqror bo‘lgan qirol Alfonso XIII shu kuni taxtdan voz kechdi va mamlakatdan qochib ketdi. XIX31 yil iyun oyida Ta’sis Majlisiga saylov bo‘lib o‘tdi. Unda respubIikachi partiyalar va sotsialistlar g‘alaba qozonishdi. Mamlakatda sotsialistlar va so‘l respublikachilarning M. Asanya boshliq koalitsion hukumati tuzildi. 9 dekabrda mamlakatning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Konstitutsiya Ispaniyani «barcha mehnatkashlar respublikasi» deb e’lon qildi. Mamlakatda chuqur islohotlar o‘tkazilishi belgilandi. Chunonchi, agrar islohot haqida qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra, yirik yyer egalarining yyerlari uning haqini to‘lash Yevaziga musodara qilinishi ko‘zda tutildi. Bundan tashqari, eng og‘ir majburiyatlar bekor qilindi. Ijara haqi kamaytirildi. Milliy masala qisman hal etildi, ya’ni faqat Kataloniyaga cheklangan avtonomiya byerildi, xolos. Koalitsion hukumat ishchilarning ahvolini yaxshilashga qaratilgan ba’zi tadbirlarni amalga oshirdi. Chunonchi, 8 soatlik ish kuni belgilandi. Ijtimoiy sug‘urta haqida qonun qabul qilindi. Tashqi siyosatda Ispaniya Fransiya bilan yaqinlasha boshladi. Italiya bilan tuzilgan do'stlik to‘g‘risidagi shartnomani bekor qildi. XIX33 yilda Sovet davlati bilan diplomatik aloqa o'rnatdi. Fashistlar esa XIX33 yilda «Ispan falangasi» deb atalgan partiya tuzdilar. 0 ‘ng kuchlar faollashuviga xalq ommasining so‘1 kuchlar hukumati (Asanya hukumati) siyosatidan noroziligi ham sabab boTgan. Hukumatning islohotlami o‘tkazishdagi qafiyatsizligi xalq ommasi ko‘z o‘ngida uning obro'sini to‘ka boshladi. Xususan, agrar islohot nihoyatda sustkashlik bilan hayotga yarim yorti tatbiq etila boshladi. Masalan, 2 yil davomida atigi 7 mingdan ortiq dehqon xo‘jaligi yyer ololgan, xolos. Buning ustiga iqtisodiy inqiroz tobora chuqurlashib bordi. Natijada ishsizlar soni 1,5 mln. kishini tashkil etdi. Hukumat milliy masalada ham jiddiy o'zgarishlar qila olmadi. Armiyani demokratlashtirish haqidagi va’dalar qog‘ozda qoldi. Katolik chyerkov qudratli kuch boTib qola byerdi. XIX33 yilning oxirida o‘tkazilgan parlament saylovlarida o‘ng partiyalar g'alaba qozondilar. Shu tariqa, Ispaniyada fashistik to‘ntarish boTishi tobora oydinlasha bordi. 0 ‘nglar hukumati awalgi islohotlarga qarshi tadbirlar o'tkaza boshladi. Chunonchi, chyerkovga qarshi qonun bekor qilindi va ruhoniylarga byeriladigan davlat subsidiyasi tiklandi. Bu oddiy ruhoniylarni xonavayron boTish va qashshoqlikdan saqlab qoldi. Minnatdorchilik ramzi sifatida, ruhoniylar o'nglar hukumatining ashaddiy tarafdoriga aylandilar. Agrar islohot to‘xtatildi. Davlat to‘ntarishida qatnashgan harbiylar jazodan ozod etildi. Ayni paytda fashistlarning faoliyatiga qarshi kurashilmadi. Bu esa fashistik tashkilotlaming yanada o'sishiga imkon yaratib byerdi. Fashistik partiyalar («Ispan falangasi» va XONS) XIX34 yil noyabrda «Ispaniyani inqilobiy yangilash» deb nomlangan demagogiyadan iborat dasturni e’lon qildi. Xalq fronti o'zining saylov oldi dasturida saylovchilarga siyosiy mahbuslarni avf etishga, ishdan bo‘shatilganlarni ishga tiklashga, repressiya aybdorlarini jazolashga, armiya va davlat apparatini demokratlashtirishga, dehqonlarga soliq va ijara haqini kamaytirishga, ishsizlikni tugatish uchun jamoat ishlarini tashkil etishga, ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunni tiklashga va'da byerdilar. XIX36 yil 16 fYevralda parlamentga bo‘lib o‘tgan saylovda Xalq fronti g'alaba qozondi. Xalq fronti hukumati o‘z va'dalarini bajarishga kirishdi. Masalan, agrar islohot bo‘yicha XIX36 yilning iyuligacha dehqonlar 700 ming gektardan ortiq yyer oldilar. Xalq fronti hukumatining chuqur islohotlari yirik sarmoyadorlarni, chyerkovni, katta yyer egalarini, harbiy genyeralitetni tashvishga solib qo‘ydi. Ular mamlakatda harbiy to‘ntarish o‘tkazishga tayyorgarlik ko'rdilar. Gitlyer va Mussolini ularni qo‘llab quwatlashga va’da byerdilar. XIX36 yilning 17 iyul kuni harbiylar Marokashda isyon boshladilar. XVIII iyulda isyon Ispaniya hududiga ko‘chdi. Shu tariqa, Ispaniyada fuqarolar urushi boshlandi. Armiyaning 80 foizi isyonchi fashistlar tarafiga o‘tdi. Isyonga genyeral F. Franko (XVIII92— XIX75) rahbarlik qildi. Ispaniya qonuniy hukumati respublikaning konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yuzasidan shoshilinch choralar ko'ra boshladi. 300 ming kishilik respublikachilar armiyasi tuzildi. Fuqarolar urushi taqdirini Gyermaniya va Italiyaning aralashuvi hal etdi. Ular o‘z harbiy kuchlarini F. Frankoga yordamga yubordilar (jami 365 ming kishi). AQSH «betaraflik», Buyuk Britaniya va Fransiya Ispaniya ishlariga «aralashmaslik» yoiini tutdilar. Natijada respublikachilar chetdan qurol sotib olish imkonidan mahrum boidilar. YYevropa davlatlaridan, shu jumladan Sovet davlatidan ko‘ngilli qismlar kelib, Ispaniyaning qonuniy hukumati tomonida turib urush harakatlarida qatnashdilar. Shunday ogir sharoitda ham hukumat (Largo Kabalyero) islohotlarini davom ettirdi. Birgina XIX36 yiIning 7 oktabridan, dekretga ko‘ra, dehqonlar va chorakorlarga 5,5 mln. ga yyer byerildi, basklarga milliy avtonomiya eion qilindi, oziq ovqat mahsulotlariga qat'iy narx belgilandi.


Download 52.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling