Kirish I. Bob Yassi chuvalchanglarning rivojlanish sikli-parazitlik hayot maxsuli


Sestodsimonlar (Cestodaria) sinfi


Download 417.39 Kb.
bet6/7
Sana28.03.2023
Hajmi417.39 Kb.
#1303669
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
YASSI CHUVALCHANGLAR RIVOJLANISH SIKLI - PARAZITLI HAYOT SIKLI

2.2 Sestodsimonlar (Cestodaria) sinfi Sestodsimonlarning tuzilishi ko‘p jihatdan tasmasimonlarga o‘xshash; hazm qilish sistemasi bo‘lmaydi. Lekin ularning likofora lichinkasida 6 ta emas, balki 10 ta embrional ilmoqlar bo‘ladi. Lichinka serkomerasi ko‘pincha voyaga yetgan davrida ham saqlanib qoladi. Hamma sestodsi­monlarning tanasi bo‘g‘imlarga bo‘linmagan; jinsiy apparati ham bitta bo‘ladi, Jinsiy sistemasi germafrodit, juda ko‘p follikular urug‘donlardan va bitta ikki bo‘lakli tuxumdondan iborat. Sariqdonlari rivojlangan; bachadoni alohida teshik orqali tashqariga ochiladi. Jinsiy qini rivojlangan. Boshqa organlari tasmasimonlarga o‘xshash bo‘ladi.
Sestodsimonlaming tipik vakili amfilina (Amphilina foliacea, 16-rasm) osetrsimon baliqlarda parazitlik qiladi. Tana shakli bargsimon oval, uzunligi 5 sm. Voyaga yetgan davrida ichakda emas.balki tana bo‘shlig‘ida parazitlik qiladi. Oraliq xo‘jayini ayrim yonlab suzarlar (Amphipoda turkumi) va ayrioyoq qisqichbaqasimonlar (Mysidacea turkumi) hisoblanadi. Oraliq xo‘jayini tanasida protserkoid tipidagi lichinkasi bo‘lgan qisqichbaqasimonlar bilan asosiy xo‘jayini tanasiga o‘tib, voyaga yetadi. Amfilina amfilinalar (Amphiilidea) turkumiga kiradi.
Girokotilidlar (Gyrocotylidea) turkumi vakillari ximeralar (akulasimon baliqlar) ichagida parazitlik qiladi. Yassi tanasining keyingi qismida yopishuv diski, oldingi qismida kichikroq so‘rg‘ichi bo‘ladi. Metamorfoz orqali rivojlanadi. Lichinkasining keyingi qismida serkomerasi bo‘ladi. Girokotilidlar monogeneyalar bilan tasmasimon chuvalchanglarning tuzilishi belgilarini ba’zida mujassamlashtirgan oraliq formalar hisoblanadi.

YASSI CHUVALCHANGLAR FILOGENIYASI
Yassi chuvalchanglar orasida ichaksiz kiprildi chuvalchanglar eng sodda tuzilgan hayvonlar hisoblanadi. Kipriklilar gipotetik planulasimon bo‘shliqichlilardan kelib chiqqan. Ichaksiz kiprikli chuvalchanglardan to‘g‘ri ichaklilar kelib chiqqan bo‘lishi kerak. Yassi chuvalchanglarning boshqa hamma guruhlari filogenetik jihatdan ana shu to‘g‘ri ichaklilar bilan bog‘langan. Hozirgi parazit yassi chuvalchanglar filogenetik jihatdan to‘g‘ri ichakli kiprikli chuvalchanglar ajdodlari bilan bog‘langan. Qadimgi to‘g‘ri ichaklilarning evolyutsiyasi uch xil yo‘nalishda borgan. Ulardan biridan xozirgi to‘g‘ri ichaklilar, qolgan ikkitasidan parazit yassi chuvalchanglar paydo bo‘lgan. Erkin yashovchi hayvonlarning parazitlikka o‘tishi bir necha yo‘nalishda borgan bo‘lishi mumkin. Bu jihatdan "kvartirantlik" deb ataladigan simbioz diqqatga sazovor. Simbiozning bu xilida hay vonlardan biri, ya’ni kichikrog‘i boshqasi (yirikrog‘i) tanasidan pana joy sifatida foydalangan. Hozirgi monogeneyalarning kiprikli chuvalchanglarga o‘xshaydigan ajdodi ana shunday kvartirant bo‘lgan, asta-sekin qon va xo‘jayin tanasi to‘qimasi bilan oziqlanishga o‘tib, parazitga aylangan. Monogeneyalar evolyutsiyasining asosiy yo‘nalishi dastlab organning takomillashuvi, ya’ni parazitni xo‘jayin bilan bog‘lanishini yanada mustahkamlanishiga yordam beradigan yopishuv diskini mukammallashuvidan iborat bo‘lgan. Ayrim hollarda ektoparazitlik ichki parazitlikning paydo bo‘lishiga olib kelishi ham mumkin. Bu jarayonni tushuntirishda yuqorida ta’riflangan baqa ko‘p so‘rg‘ichlisini misol keltirish mumkin. Hozirgi monogeneyalar orasida ham baliqlarning og‘iz bo‘shlig‘i, halqumi va qizil o‘ngachida parazitlik qiladigan turlari bor. Extimol, evolyutsiya davomida dastlab jabralarda parazit­lik qilgan hayvon asta-sekin og‘iz bo‘shlig‘i orqali ichak bo‘shlig‘ida parazit­lik qilishga o‘tgan. Ana shu yo‘l bilan qadimgi monogeneyalardan tasmasimonlar va sestodsimonlar kelib chiqqan. Endoparazit hayot kechirishga o‘tish parazitlarning tuzilishini yanada soddalashuviga, ya’ni ichak va sezgi organlarining yo‘qolishiga, jinsiy or-ganlarni yanada kuchliroq rivojlanib, serpushtlikning ortishiga sabab bo‘lgan. 
So‘rg‘ichlilar evolyutsiyasi simbiotik munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lsa-da, tasmasimon chuvalchanglarga nisbatan boshqacha borgan. Hozirgi so‘rg‘ichlilar hayot siklining mollyuskalar bilan bogiiqligi nazarda tutiladigan bo‘lsa, ularning evolyutsiyasi qadimgi erkin yashovchi kipriklilarning mollyuskalar bilan simbiotik munosabatlariga borib taqaladi. So‘rg‘ichlilarning to‘g‘ri ichakli kipriklilarga o‘xshash lichinkasi suv tubidagi toshlar ostida yashagan yoki mollyuskalar chig‘anog‘idan pana joy sifatida foydalangan. Chuvalchang chig‘anoqdan jabra bo‘shlig‘ida kvarti-rantlikka, asta-sekin mustaqil oziqlanishdan parazit yashashga o‘tgan. Molluska ichiga o‘tishi bilan parazit juda qulay oziqlanish imkoniyatiga ega; tashqi muhitning noqulay sharoitidan yaxshi himoyalangan bo‘ladi. Bu xol parazit tuzilishining soddalashuviga, uning tashqi muhitga chiqmasdan rivojlanishiga imkon berdi. Ilgari xo‘jayin tanasidan chiqib, tashqi muhitda voyaga yetadigan parazit, endi undan chiqmasdan ko‘payishga va rivojlanishga o‘tadi; parazit hayoti geterogeniya xususiyatiga ega bo‘ladi, ya’ni, hayot sikli ikki xil jinsiy naslning almashinuvidan iborat bo‘lib qoladi.

XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, biz yassi chuvalchanglarni o‘rganish orqali ularning tabiatda tarqalishini, o‘simlik, hayvon va odam organizmiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganishimiz mumkin. Ularni tuzilishini, hayot kechirishini o‘rganganimizda esa, ularni kelib chiqishini, o‘ziga xos tomonlarini, moslanishlarini, ko‘payishini, ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni va ularni oldini olish choralarini bilishimiz mumkin. Yassi chuvalchanlarni ko‘pchilik vakillarining tuzilishi o‘xshash bo‘lib, bular hammasi ikki tomonlama simmetriyali hayvonlar, tanasi uch qavatli bo‘lib, bo‘shliqsiz parenximatozlardir. Ularni barchasida qon aylanish va nafas olish sistemasi yo‘q. Yassi chuvalchanglarni sistemasi germafrodit, ayrish sistemasi protonefridiy tipida. Ular ekzo va endoparazit hayvonlardir. Ularning so‘rg‘ichlari oziqlanish va yopishish vazifasini bajaradi. So‘rg‘ichlar bir necha xil tipda tuzilgan bo‘ladi. 
Yassi chuvalchanlar insonlar va hayvonlar o‘rtasida bir necha xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bu kasalliklar o‘z vaqtida davolanmasa, o‘limga ham olib kelishi mumkin. Masalan, hayvonlardan qo‘ylarda qo‘y miya qurti “gir aylanma” kasalligini, baliqlarga katta ziyon yetkazuvchi ichan ligulasini, jigar qurtini keltirib chiqaradigan kasalliklarini misol qilish mumkin. Teri muskul xaltasi. Kiprikli chuvalchanglarning tana uzunligi bir necha mm dan bir necha sm ga yetadi. Ayrim turlari (oq planariya) tnasining oldingi qismida paypaslagichga o‘xshash kalta o‘simtasi bo‘ladi.Tanasi silindrsimon hujayralardan iborat kiprikli epiteliy bilan qoplangan. Ayrim turlarida sitoplazmaning yadro joylashgan qismi parenximasiga chuqur botib kirishi tufayli alohida hujayralar orasidagi chegara yo‘qolib ketadi. Tana qoplag‘ichining bu tipi botib kirgan epiteliy deyiladi. Epiteliy hujayralari orasida va parenximada yakka yoki to‘p bo‘lib, qadahsimon yoki noksimon bezli hujayralar joylashgan. Bunday hujayralar teri bezlari deyiladi. Shunday hujayralardan bir xili tayoqchasimon rabditlar hay von ta’sirlanganida tana yuzasiga otilib chiqib bo‘kadi va tana sirtini qoplab turadigan moddani hosil qiladi. Epiteliy ostida bazal membrana deb ataladigan elastik plastinka, uning ostida esa halqa va bo‘ylama muskullar qavatlari va nihoyat ikki yo‘nalishda tarqalib, bir-biri bilan kesishadigan diago­nal muskullar joylashgan. Epiteliy va muskullar birgalikda teri muskul xaltasini hosil qiladi. Bundan tashqari kiprikli chuvalchanglarda dorzoventral, ya’ni orqa-qorin muskullar ham bo‘ladi. Bu muskullarning uchi tananing orqa va qorin tomonidagi bazal membranaga yopishgan. Dorzoventral muskullar qisqarganda chuvalchanglar tanasi yassilashadi. Maydaroq chuval­changlar asosan kipriklarning tebranishi tufayli harakatlanadi. Yirikroq vakillari esa muskullari yordamida tanasini egib yoki cho‘zib suv tubida o‘rmalaydi yoki kipriklari yordamida suzib yuradi.



Download 417.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling