Kirish I. Bob Yassi chuvalchanglarning rivojlanish sikli-parazitlik hayot maxsuli
Download 417.39 Kb.
|
YASSI CHUVALCHANGLAR RIVOJLANISH SIKLI - PARAZITLI HAYOT SIKLI
1-rasm. Fasciola hepaticaning ovqat hazm qilish va ayirish organlari: a) ovqat hazm qilish organlari: 1-og’iz so’rg’ichi va og’iz; 2-halqum; 3-qorin so’rg’ichi; 4-tarmoqlangan ichak;
b) ayirish organlari: 1-protonefridiyalar; 2-markaziy ayirish kanali; 3-ekskretor teshik. Jinsiy sistemasi. Ko‘pchilik so‘rg‘ichlilar germafrodit; jinsiy sistemasi xilma-xil va murakkab tuzilgan. Erkaklik jinsiy organi qorin so‘rg‘ichidan orqaroqda joylashgan bir juft urug‘dondan iborat. Urug‘donlardan bittadan urug‘ yo‘li boshlanadi. Qorin so‘rg‘ichidan keyinroqda urug‘ yo‘llari qo‘shilib, urug‘ chiqarish nayini hosil qiladi. Bu nay urug‘lantiruvchi organ ichidan o‘tadi. Urug‘lantiruvchi organ maxsus xaltacha -jinsiy kloakada joylashgan. Tuxumdoni bitta; urug‘donlardan keyinroqdajoylashadi. Tuxumdon ootip deb ataladigan xaltachaga ochiladi. Ootipga urg‘ochilik jinsiy be-zlarining yo‘li ochiladi. Tananing ikki yonida juda ko‘p pufakchalar shaklidagi sariqdonlar joylashgan. Tananing oldingi vakeyingi qismidan chiqadigan sariqdon yo‘llari bitta ko‘ndalang naygabirlashadi va ootipgakelib qo‘shiladi. Ootipdan uzun egri-bugri bachadon boshlanadi. Bachadon yetilgan tuxum hujayralar bilan to‘lgan bo‘lib, jinsiy kloakaga ochiladi. Ootipga urug‘ qabul qilgich va qisqa laurevv nayi ham ochiladi. Bundan tashqari ootipni mayda po‘choq bezlari ham o‘rab turadi. Yetilgan tuxumlar ootipga tushib urug‘lanadi. Buning uchun kuyikish organi bachadonga kiritiladi. Urug‘lar bachadondan urug‘ qabul qilgichga va undan ootipga o‘tadi. Laurerov nayi orqali ootipdagi ortiqcha urug‘ hujayralari chiqarib turiladi. Sariqdon hujayralarining sitoplazmasida zahira oziq modda glikogen to‘planadi. Sariqdon hujayralari tuxum hujayrani o‘rab oladi. Sariqdon hujayralari ajratadigan maxsus modda bu hujayralar sirtida qattiq po‘choq hosil qiladi. Yetilgan tuxum bachadonga tushadi; u joydan tashqi muhitga chiqib ketadi. Rivojlanishi. So‘rg‘ichlilarning hayot sikli juda murakkab bo‘lib, nasl almashinish orqali boradi. Jigar qurti (Fasciola heratisa)nmg rivojlanishi quyidagicha boradi. So‘rg‘ichlilarning voyaga yetgan davri marita deyiladi. Jigar qurtining maritasi jigarning o‘t yo‘llarida parazitlik qiladi va shu joyga tuxum qo‘yadi. Tuxumlari o‘t yo‘li orqali ichakka, so‘ngra xo‘jayini axlati bilan tashqi muhitga chiqib ketadi. Tasodifan suvga tushib qolgan tuxumlardan kipriklar bilan qoplangan mikroskopik lichinka - Miratsidiy rivojlanib chiqadi. Miratsidiyning ikkita oddiy ko‘zchasi, nerv gangliysi vabir juft protonefdiylari bo‘ladi. Miratsidiyning tanasi keyingi qismida maxsus partenogenetik tuxumlari, ya’ni murtak hujayralar bo‘ladi. Lichinka tanasining oldingi uchida kichikroq muskulli hartum bor. Xartum uchiga maxsus lichinka bezining yo‘li ochiladi. Miratsidiy o‘z tanasidagi zahira glikogen hisobiga yashaydi. Miratsidiyning bundan keyingi rivojlanishi oraliq xo ‘jayini tanasida davom etadi. Bunday xo‘jayin chuchuk suvlardauchraydigan har xil qorinoyoqli mollyuskalar hisoblanadi. Jigar qurtining lichinkasi kichik chuchuk suv shillig‘i mollyuskasi - Lymnaea truncatula tanasida rivojlanadi. Miratsidiy hartumchasi yordamida shilliq tanasini teshib, uning ichki organlariga kirib oladi. Maxsus bez suyuqligi suv shillig‘i to‘qimalarini eritib lichinkani mollyuska tanasiga o‘tib olishiga imkon beradi. Mollyuska tanasida Miratsidiy kipriklarini tashlaydi va xaltaga o‘xshash sporosistaga aylanadi. Sporosista parazitning ko‘payish xususiyatiga ega bo‘lgan lichinka davri hisoblanadi. Sporosista davrida uning ichidagi partenogenetik tuxumlar boiinib, navbatdagi lichinkalar - rediyalarni hosil qiladi. Rediyaning kalta xaltaga o‘xshash ichagi bo‘ladi. Sporosista yorilib, rediyalar mollyuska tanasiga chiqadi. O‘z navbatida rediyalar ichidagi partenogenetik tuxum hujayralardan yana yangi lichinkalar- serkariylar hosil bo‘ladi. So‘rg‘ichlari, ikki shoxli ichagi, ayirish sistemasi va nerv tugunlarining tuzilishi bilan serkariy ko‘p jihatdan voyaga yetgan parazit maritaga o‘xshash, lekin undan uzun yo‘g‘on va muskulli dumining rivojlanganligi bilan farq qiladi. Serkariyalar rediya tanasidagi teshik orqali mollyuska tanasiga, so‘ngra suvga chiqib suzib yuradi. Serkariylar ham Miratsidiylarga o‘xshab oziqlanmaydi. Serkariy bir muncha vaqt o‘tgach, suvdagi o‘tlarga o‘tirib qoladi va dumini tashlab, tanasi sirtida sista hosil qiladi. Parazit bu davrda adoleskariy deyiladi. Suvloqqa kelgan hayvonlar o‘tlarni yeb, parazitni yuqtiradi. Ichakda sistaning qobig‘i eriydi, yosh parazit hayvonning tana bo‘shlig‘i orqali jigar o‘t yo‘llariga o‘tib, asta-sekin voyaga yetadi. Hamma so‘rg‘ichlilarning hayot sikli ham jigar qurtinikiga o‘xshamaydi. Ko‘pchilik so‘rg‘ichlilar uchun suv shillig‘i birinchi oraliq xo‘jayin hisoblanadi. Ularnnng suv shillig‘i tanasidan chiqqan serkariya lichinkasi ikkinchi oraliq xo‘jayin (har xil mollyuskalar, baliqlar, itbaliq, suv hasharotlari lichinkalari va boshqa hayvonlar) tanasiga o ‘tib, o‘z rivojlanishini davom ettiradi. Serkariya ikkinchi oraliq xo‘jayinda dumini yo‘qotib, yupqatiniq po‘st bilan o‘raladi, ya’ni sista hosil qiladi. Parazit bu davrda metatserkariy deyiladi. Agar metatserkariyli hay vonni boshqa biror yirikroq hay von oziq bilan birga yeydigan bo‘lsa, uning tanasida parazit voyaga yetadi. Demak, so‘rg‘ichlilar hayot siklining har xil davrlari boshqa-boshqa hayvonlarda o‘tadi. Organizmida voyaga yetgan parazit yashaydigan yirik sut emizuvchilar asosiy xo‘jayin, parazit lichinka davrida yashaydigan hayvonlar esa oraliq xo‘jayin hisoblanadi. So‘rg‘ichlilarning oraliq xo‘jayini ko ‘pincha ikkita bo ‘lib, ulardan birinchisi doimo biror chuchuk suv mollyuskasi, ikkinchisi esa albatta, asosiy xo‘jayinga yem bo‘ladigan har xil hayvonlar bo‘ladi. Shunday qilib, so‘rg‘ichlilarning hayot sikli juda ko‘p tasodiflar bilan bog‘liq. Masalan, jigar qurti hayoti davom etishi uchun uning tuxumlari albatta ko‘lmak suvga tushishi, suvda suv shillig‘i bo‘lishi, suvga yirik hayvonlar kelib turishi kerak. Rivojlanish siklining amalga oshishiga monelik qiluvchi to‘siqlarning ko‘payishi bilan birga bunday noqulayliklarning oldini olishga imkon beradigan bir qancha moslanishdan iborat. Juda ko‘p tuxum qo‘yish, lichinka davrida partenogenetik ko‘payish ana shunday moslanishlardir. So‘rg‘ichlilar nasl almashinish orqali ko‘payadi. Ularning lichinkalik davrida murtaklik hujayralarining bo‘linishi orqali ko‘payishi partenogenezdan iborat. Partenogenezning bu xili pedogenez (lichinkalik davrida ko‘payish) deb ham ataladi. Agar miratsidiy lichinka deyiladigan bo‘lsa sporosista va rediyalarni ikkita urg‘ochi nasl deyish mumkin. So‘rg‘ichlilar hayot sikli germafrodit va partenogenetik naslini almashinuvidan iborat. Bu hodisa, shuningdek ayrim jinsli va germafrodit, ayrim jinsli va partenogenetik nasllarni almashinib turishini getevgoniya deyiladi. Pedogenezning biologik ahamiyati asosiy xo‘jayin tanasida rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘lgan parazitlar sonini keskin oshirishdan iborat. So‘rg‘ichlilarning patogen ahamiyati. Ko‘pchilik so‘rg‘ichlilar odam va hayvonlarda parazitlik qiladi. Ular orasida jigar qurti (Fasciola hepatica) katta xo‘jalik ahamiyatiga ega. Bu qurtning voyaga yetgan davrida uzunligi 3-5 sm bo‘lib, deyarli barcha sut emizuvchilar, jumladan odam jigari va o‘t yo‘llarida parazitlik qiladi. Parazit ta’sirida jigarning o‘t yo‘llari bekilib qoladi yoki o‘t suyuqligining o‘tishi qiyinlashib qoladi. Ayrim yili chorva mollari (qo‘ylar)ning zararlanishi epizootiya tusini olgan. Epizootiya ayniqsa, yomg‘irli bahor mavsumida yuqori bo‘ladi. Jigar qurti bilan odam ham zararlanishi mumkin. Odam chuchuk suv shillig‘i yashaydigan ko‘lmak suvdan ichganida jigar qurti adoleskariyasini tasodifan yutib yuborishi mumkin. Jigar qurti bilan zararlangan hayvonlar maxsus antigelmint preparatlar yordamida davolanadi. Jigar qurtiga qarshi kurashish uchun suv xavzalarini parazitning oraliq xo‘jayini -kichik suv shillig‘idan tozalash, ko‘lmak suvlar va botqoqliklarni quritish lozim. Sut emizuvchi hayvonlap jigarida lansetsimon so‘rg‘ichli Dikrocoelium lanseatum ham parazitlik qiladi. Bu parazitning uzunligi 0,5-1,2 sm, birinchi oraliq xo‘jayini quruqlikda yashovchi qorinoyoqli mollyuyuskalar, ikkinchi oraliq xo‘jayini chumolilar bo‘ladi. Chumolilar shilliqlar ajratib chiqaradigan serkariyli xaltalarni, sut emizuvchi hayvonlar esa o‘t bilan birga chumolilarni yeb zararlanadi. Mushuk ikki so‘rg‘ichlisi mushuk, it va odam jigarida parazitlik qiladi. Uzunligi 8-13 mm. Birinchi oraliq xo‘jayin bitiniya mollyuskasi (Bithynia leachi), ikkinchisi baliqlar hiso-blanadi. Odam va hayvonlar sistaga aylangan metatserkariyli baliq go‘shtini yaxshi pishirmasdan yoki dudlamasdan yeganida parazitni yuqtiradi. Juda kuchli zararlangan odam halok bo‘lishi mumkin. Parazit Sibir hamda Yevropaning sharqiy va janubiy xududlarida tarqalgan. Qon so‘rg‘ichlisi - shistozoma ikki jinsli hayvon. Erkagi tanasi 12-14 mm, urg‘ochisi (20 mm) nikidan kalta, lekin anchakengbo‘ladi. Urg‘ochisi ingichka, erkagining qorin to-monidagi tarnovsimon chuqurchasida joylashgan bo‘ladi. Shistozomalar odamning qorin bo‘shlig‘idagi yirik vena tomirlari, shuningdek buyrak va qovuq venalarida yashaydi. Urg‘ochisi qovuq devori va orqa ichak venasiga tuxum qo‘yadi. Miratsidiy lichinkasi bo‘lgan tuxumlar qovuq devor-ini teshib, uning bo‘shlig‘iga, undan siydik bilan tashqariga chiqib ketadi. Suvda tuxumdan chiqqan Miratsidiylar ayrim chuchuk suv qorinoyoqli mollyuskalari tanasiga kirib oladi. Mollyuskalar tanasidan suvga chiqqan serkariylar cho‘milayotgan yoki sholipoyada ishlayotgan odamlar terisini teshib, qon tomiriga o‘tib oladi. Bu parazit paydo qiladigan kasallik shistozomatoz deyiladi. Parazit bemfnirda qovuq, buyrak va siydik nayining devorini jarohatlaganda siydik bilan birga qon ajraladi. Zararlangan organlarning yallig‘lanishi va parazit tuxumlari atrofida fosforli tuzlarning to‘planishi qovuqda tosh hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Kasallik janubiy hududlar, xususan, Nil daryosi vodiysida, Hindiston, Janubi-sharqiy Osiyo, Janubiy Amerika va ayrim boshqa mintaqalarda tarqalgan. So‘rg‘ichlilarning juda ko‘p turlari yovvoyi va uy hayvonlarida parazit-lik qilib, katta ziyon yetkazadi. Masalan, Echinostomatidae oilasi turlari xonaki parrandalar ichagida yashab, ba’zan ularni qirilib ketishiga sabab boladi. So‘rg‘ichlilar sinfi digenetik so‘rg‘ichlilar va aspidogastrlar kenja sinfiga bo‘linadi. Digenetik ya’ni ikkita xo‘jayinda rivojlanadigan so‘rg‘ichlilar (Digenea) kenja sinfi. Digenetik so‘rg‘ichlilar deyarli barcha vakillarining ikkita so‘rg‘ichi bo‘ladi. Rivojlanish sikli juda murakkab bo‘lib, nasl almashinuv orqali boradi. So‘rg‘ichlilarning asosiy ko‘pchilik turlari ana shu kenja sinfgakiradi. Aspidogastrlar (Aspidogaster) kenja sinfi Aspidogastrlarning 40 ga yaqin turi ma’lum. Ularning yopishuv organlari judakeng yopishuv diskidan iborat. Disk bir nechaqator so‘rg‘ich chuqurchalariga bo‘lingan. Aspidogastrlar metamorfoz orqali rivojlanadi, lekin hayot siklida nasl gallanishi bo‘lmaydi. Tipik vakili Aspidogaster conshicola ikki pallali molyuskalardan baqachanoqning yurakoldi xaltasida parazitlik qiladi. Boshqa vakillari asosan mollyuskalar, baliqlar va toshbaqalarda parazitlik qiladi. Download 417.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling