Kirish I. Bob Yassi chuvalchanglarning rivojlanish sikli-parazitlik hayot maxsuli
I.BOB YASSI CHUVALCHANGLARNING RIVOJLANISH SIKLI-PARAZITLIK HAYOT MAXSULI
Download 417.39 Kb.
|
YASSI CHUVALCHANGLAR RIVOJLANISH SIKLI - PARAZITLI HAYOT SIKLI
I.BOB YASSI CHUVALCHANGLARNING RIVOJLANISH SIKLI-PARAZITLIK HAYOT MAXSULI
1.1 KIPRIKLI CHUVALCHANGLAR (TURBELLARIA) SINFI Bu chuvalchanglarning tanasi mayda kiprikchalar bilan qoplangan cho‘ziq bargsimon shaklda bo‘ladi. Dengiz yoki chuchuk suvlarda erkin yashaydi, ayrim turlari quruqlikda ham uchraydi. Teri muskul xaltasi. Kiprikli chuvalchanglarning tana uzunligi bir necha mm dan bir necha sm ga yetadi. Ayrim turlari (oq planariya) tnasining oldingi qismida paypaslagichga o‘xshash kalta o‘simtasi bo‘ladi.Tanasi silindrsimon hujayralardan iborat kiprikli epiteliy bilan qoplangan. Ayrim turlarida sitoplazmaning yadro joylashgan qismi parenximasiga chuqur botib kirishi tufayli alohida hujayralar orasidagi chegara yo‘qolib ketadi. Tana qoplag‘ichining bu tipi botib kirgan epiteliy deyiladi. Epiteliy hujayralari orasida va parenximada yakka yoki to‘p bo‘lib, qadahsimon yoki noksimon bezli hujayralar joylashgan. Bunday hujayralar teri bezlari deyiladi. Shunday hujayralardan bir xili tayoqchasimon rabditlar hay von ta’sirlanganida tana yuzasiga otilib chiqib bo‘kadi va tana sirtini qoplab turadigan moddani hosil qiladi. Epiteliy ostida bazal membrana deb ataladigan elastik plastinka, uning ostida esa halqa va bo‘ylama muskullar qavatlari va nihoyat ikki yo‘nalishda tarqalib, bir-biri bilan kesishadigan diagonal muskullar joylashgan. Epiteliy va muskullar birgalikda teri muskul xaltasini hosil qiladi. Bundan tashqari kiprikli chuvalchanglarda dorzoventral, ya’ni orqa-qorin muskullar ham bo‘ladi. Bu muskullarning uchi tananing orqa va qorin tomonidagi bazal membranaga yopishgan. Dorzoventral muskullar qisqarganda chuvalchanglar tanasi yassilashadi. Maydaroq chuvalchanglar asosan kipriklarning tebranishi tufayli harakatlanadi. Yirikroq vakillari esa muskullari yordamida tanasini egib yoki cho‘zib suv tubida o‘rmalaydi yoki kipriklari yordamida suzib yuradi. Parenxima siyrak joylashgan biriktiruvchi to‘qima hujayralaridan iborat. Hujayralar oralig‘i suyuqlik bilan to‘lgan. Bu suyuqlik orqali ichakdan so‘rilgan oziq moddalar boshqa ichki organlarga o‘tadi. Ayirish mahsulotlari ayirish sistemasi naylariga o‘tkaziladi. Hazm qilish sistemasi halqumdan va uchi berk o‘rta ichakdan iborat. Hazm bo‘lmagan oziq qoldiqlari og‘iz orqali chiqarab yuboriladi. Ko‘pchilik turlari yirtqich bo‘Ub, har xil mayda hayvonlar bilan oziqlanadi. Og‘iz teshigi qorin tomonining o‘rtasida, tanasining oldingi yoki keyingi uchiga yaqin joydajoylashgan. Ayrim yirik vakillarida og‘iz teshigi halqum cho‘ntaklari deb ataladigan joyga ochiladi. Cho‘ntak tubidan uning bo‘shlig‘iga halqum bo‘rtib chiqib turadi. Halqum og‘iz teshigidan chiqib, o‘ljasini tutib oladi. Mayda vakillarining o‘rta ichagi uchi berk oddiy xaltaga yoki nayga o‘xshaydi. Yirik vakillarining ichagi shoxlangan. Ko‘p shoxlilarning halqumi oshqozonga ochiladi; oshqozondan esa har tomonga ichak shoxlari taral-adi. Uch shoxlilarda esa halqumdan birdaniga ichakning uchta shoxi boshla-nadi; ulardan bin oldinga, ikkitasi orqaga tarqaladi. Bu shoxlar o‘z nav-batida yana bir necha marta shoxlanib, parenximada keng tarqaladi va barcha to‘qima hamda organlarga yetib boradi. Ichak oziq moddalarni ashish funksiyasini bajaradi. Yassi chuvalchanglarda ham bo‘shliqichlilar singari oziq hujayra ichida fag-otsitoz orqali hazm bo‘ladi. Halqum bezlari suyuqligi yordamida qayta ishlangan oziq zarralarini ichak epiteliysi hujayralari qamrab olib hazm qiladi. Ichak-siz kiprikli chuvalchanglarning o‘rta ichagi bo‘lmaydi; halqumi parenximaga botib kiradi. Parenximaning ana shu joyida oziq hujayra ichiga o‘tib hazm bo‘ladi. Hamma yassi chuvalchanglardagi kabi kiprikli chuvalchanglarda ham orqa ichak va chiqaruv teshigi bo‘lmaydi. Nafas olish organlari bo‘lmaydi. Kiprikli chuvalchanglar tanasiga suvda erigan kislorod butun tana yuzasi orqali diffuziya yo‘li bilan o‘tadi. Ayirish sistemasi. Maxsus ayirish sistemasi kiprikli chuvalchanglarda biiinchi marta paydo bo‘ladi. Ayirish sistemasi ikkita yoki bir necha naylardan iborat. Naylardan parenximaga juda ko‘p naychalar tarqaladi; ular ko‘p marta shoxlanib, juda ingichka naychalarni hosil qiladi. Naychalar uchki qismida tirik yulduzsimon hujayralar joylashgan. Hujayralar ichida bir boylam kipiiklar bo‘ladi. Kipriklarning tebranishi yonib turgan shamning shamolda miltillashiga o‘xshaydi. Ana shu sababdan ular miltillovchi hujayralar deyiladi. Kipriklar silkinib ayirishning suyuq mahsulotlarini naychalarga chiqaradi. Uchki qismida yulduzsimon hujayralari bo‘lgan shoxlangan naychalardan iborat bunday ayirish sistemasi protonefridiylar deyiladi. Moddalar almashinuvi mahsulotlari parenximadan naylarga diffuziya orqali o‘tadi. Protonefridiylar ayirish bilan birga tanadagi osmotik bosimni boshqarish vazifasini ham bajaradi. Sodda tuzilgan ichaksiz kiprikli chuvalchanglarda maxsus ayirish or-gani bo‘lmaydi, ayirish mahsulotlarini harakatchan amyobotsitlar tanadan olib chiqib ketadi. Nerv sistemasi. Yassi chuvalchanglarda nerv hujayralari tananing oldingi qismida to‘planib, qo‘sh tugunmiya gangliysini hosil qiladi. Gangliydan orqa tomonga nerv tomirlari ketadi. Tomirlar nerv tolalaridan va ular bo‘ylab joylashgan nerv hujayralaridan iborat. Ayrim ichaksiz kipriklilarning nerv sistemasi bo‘shliq ichlilarnikiga o‘xshab diffuz (tarqoq) joylashgan nerv hujayralaridan iborat. Miya gangliysi tananing oldingi qismida joylashgan statotsist ishini boshqaradi. Bunday sodda nerv sistemasining murakkablashuvi quyidagicha sodir bo‘ladi. Dastlab tarqoq nerv hujayralari tartib bilan joylashib, nerv tomirlarini va ularni birlashtiiib turadigan ko‘ndalang belbog‘ komissuralarni hosil qiladi. Nerv gangliysi yiriklashib borgan sari nerv sistemasi markaziy qismining ahamiyati ortib boradi. Bir vaqtning o‘zida nerv sistemasi parenximaga chuqurroq botib kira boshlaydi. Buning natijasida, tarqoq nervlardan hosil bo‘lgan bo‘ylama nerv tomirlarining soni 5-6 juftdan 1-3 juftgacha qisqaradi, ya’ni gomologik organlarning oligomerizatsiyasi sodir bo‘ladi. Bo‘ylama nerv tomirlari ko‘ndalang komissuralar bilan qo‘shilib, panjara yoki nar-vonga o‘xshash shaklga ega bo‘ladi. Nerv sistemasining barcha yassi chuvalchanglarga xos bo‘lgan bu tipi ortogon deyiladi. Ko‘p shoxli kiprikli chuvalchanglarda miya gangliysi tanasining o‘rta qismiga yaqin joylashgan. Gangliydan har tomonga 11 juft nerv tomirlari tarqalgan. Tomirlar ko‘ndalang komissuralar bilan qo‘shilishi tufayli nerv sistemasi murakkab to‘rni hosil qiladi. Nerv stvouaridan bir jufti odatda boshqalariga nisbatan yo‘g‘onroq va uzunroq bo‘ladi. Uch shoxli kiprikli chuvalchanglarda ham miya gangliysidan bir necha juft nerv tomirlari chiqadi, ulardan bir jufti yo‘g‘onligi bilan boshqalaridan ajralib turadi. Sezgi organlari. Kiprikli chuvalchanglarning sezgi organlari kuchsiz rivojlangan. Tuyg‘u vazifasini ten, ayiim vakillarida esa tana oldingi qismida joylashgan bir juft o‘simtalar bajaradi. Mexanik va kimyoviy ta’sirni tana bo‘ylab tarqalgan harakatsiz kiprikchalar sezadi. Bu kiprikchalr xuddi bo‘shliqichlilar knidotseliga o‘xshash tuzilgan, lekin nerv hujayralari bilan bog‘langanligi bilan ulardan farq qiladi. Nerv hujayralarining o‘simtasi miya gangliysi bilan bog‘langan. Bunday sezgi organlarini sensillalar deyiladi. Ayrim chuvalchanglarda miya gangliysi ustida yopiq xaltaga o‘xshash muvozanat saqlash organi - statotsist bo‘ladi. Ko‘zlari bittayoki birnechahujayradan hosil bo‘lgan qadahdan iborat. Hujayralardan chiqadigan nerv tolalari ko ‘rish nervlariga birlashib, miya gangliysiga boradi. Rgmentli qadahning botiq tomoni tashqariga o‘girilgan bo‘lganidan yorug‘lik dastlab retseptor hujayra tanasi orqali o‘tib, uning yomg‘likka sezgir qismiga tushadi. Bu xildagi ko‘zlar teskari ag‘darilgan, ya’ni in-vertirlangan deyiladi. Jinsiy sistemasi - germafrodit, odatda murakkab tuzilgan. Ko‘pchilik chuvalchanglarda jinsiy bezlari rivojlangan. Jinsiy bezlar juda xilma-xil tuzilgan. Quyida ko‘p shoxli va uch shoxli chuvalchanglar jinsiy sistemasiningtuzilishi keltirilgan. Erkaklik jinsiy sistemasi parenximada yoyilib joylashgan juda ko‘p mayda pufakchalar-urug‘donlar urug‘ chiqaruvchi naychalar va tananing ikki yonida joylashgan urug‘ yo‘lidan iborat. Ikki urug‘ yo‘li qo‘shilib, urug‘ to‘kuvchi nayni hosil qiladi. Bu nay kuyikish organi orqali o‘tib, kloakaga ochiladi. Jinsiy kloakaga urg‘ochilik jinsiy sistemasi nayi ham ochiladi. Urg‘ochilik jinsiy sistemasi bitta, ikkita yoki ko ‘p sonli tuxumdonlar, ulardan boshlanadigan ikkita tuxum yo‘li, jinsiy qin va juda ko‘p sariqdonlardan iborat. Sariqdonlar rivojlanayotgan embrion uchun oziq modda hisoblanadi; ularning nayi tuxum yo‘liga ochiladi. Sariqdon hujayralari urug ‘lanish xususiyatini yo ‘qotgan tuxum hosil qiluvchi hujayralar - ootsitlar hisoblanadi. Urg‘ochilik jinsiy bezlari yo‘li ham kloakaga ochiladi. Ko‘pincha jinsiy kloakaga urug‘ qabul qilgich yo‘li ham ochiladi. Tuxum hujayra tuxum yo‘lida urug‘lanib, sariq modda va qobiq bilan o‘raladi. Tuxumning bunday tuzilishi boshqa yassi chuvalchanglar uchun ham xos. To‘g‘ri ichakli chuvalchanglarda urug‘donlar oligomerizatsiyaga uchrab, ularning soni ikkitagacha kamayadi. Ichaksiz kiprikli chuvalchanglarning jinsiy bezlari rivojlanmagan. Tuxum hujayralari to‘g‘ridan to‘g‘ri parenximada joylashgan. Tuxumlari terini yirtib, tana devori yoki og‘iz teshigi orqali suvga chiqadi. Tuxumlari ichki urugianadi. Ko‘payishi va rivojlanishi. Ko‘pchilik kiprikli chuvalchanglar faqat jinsiy yoi bilan ko‘payadi. Har xil sistematik guruhlarning embrional rivojlanishi turlicha bo‘ladi. Odatda tuxum hujayrasi toiiq, lekin notekis bo‘linadi. Ko‘p shoxli dengiz kiprikli chuvalchanglari metamorfoz orqahrivojla-nadi. Tuxumdan chiqqan Myullerov lichinkasi voyaga yetgan davridan keskin farq qiladi. Lichinka tanasi tuxumsimon, ichagi xaltaga o‘xshash. Dastlab lichinka radial simmetriyaga xos belgilarga ega. Lichinka tanasining o‘rta qismida, ya’ni og‘iz teshigidan oldinroqda 8 ta eshkaksimon uzun o‘simtalar osilib turadi. O‘simtalar qirralarida uzun kipriklar joylashgan. Lichinka dastlab kipriklar yordamida planktonda suzib yuradi; keyinchalik mayda chuvalchangga aylangach, suv tubiga cho‘kadi. Boshqa tur-kumlarga mansub turlar bevosita o‘zgarishsiz rivojlanadi. Makrostomida turkumining vakillari ko‘ndalang bo‘linish orqali ko‘payish xusus-iyatiga ega. Buning uchun tananing halqum-dan keyingi qismida ko‘ndalang tortma pay-do bo‘lib, chuvalchang tanasi ikki qismga ajraladi. Har bir bo‘lakning keyingi qismda yangi organlar hosil bo‘ladi. Yosh chuvalchanglar to‘liq ajralib ketmasdan 4, 8 yoki 16 ta individdan iborat zanjir hosil qilishi mumkin. Keyinchalik individlar ajralib chiqib alohida yashashga o‘tadi. Klassifikatsiyasi. Kiprikli chuvalchanglar 12 ta turkumga bo‘linadi. Quyida ulardan ayrimlari keltirilgan. 1. Ichaksizlar (Acoela) turkumi. Tuban tuzilgan, asosan dengi-zlarda yashovchi mayda chuvalchanglar. Ichagi va protonefridiylari bo‘lmaydi; nerv va jinsiy sistemasi sodda tuzilgan. Parenximasi hazm qilish vazifasini bajaradi. 2. Makrostomidlar (Makrostomida) turkumi. Dengiz va chuchuk suvlarda yashaydi. Sodda tuzilgan, ichagi xaltaga o‘xshab kengaygan. Bu turkum vakillari yuqorida ko‘rsatilganidek jinssiz ko‘ndalang bo‘linish orqaliko‘payadi. 3. To‘g‘ri ichaklilar (Rhabdocoela) turkumi. Juda mayda (0,5-5mm) chuvalchanglar. Tanasi biroz yassi, asosan silindrga o‘xshash. Ichagi naysimon, uchi berk bo‘ladi. Og‘iz teshigi tanasining oldingi qismida joy-lashgan. Ayirish sistemasi bir juft naychalardan iborat. Chuchuk suv, dengiz va quruqlikda uchraydi. Ayrim turlari mollyuskalar va boshqa umurtqasi-zlardaparazitlikqiladi. To‘g‘ri ichaklilar boshqa chuvalchanglarning kelib chiqishini tushuntirishda filogenetik ahamiyatga ega. 4. Uchshoxlilar, ya’ni planariyalar (Tricladida) turkumi. Xilma-xil turlarni o‘z ichiga oladi. Ayrim quruqlikda yashovchi turlari 30 sm ga yetadi. Tanasi bargsimon yoki tasmasimon, o‘rta ichagi uch shoxli bo‘ladi. Asosan chuchuk suvda, ba’zan quruqlikda va dengizda hayot kechiradi. Chuchuk suvlarda yashaydigan oq planariya (Dendrocoelum lacteum) va ko‘p ko‘zli (Polycelis) shu turkumga kiradi. 5. Ko‘pshoxlilar (Polycladida) turkumi. Ancha yirik (15 sm gacha), bargsimon chuvalchanglar. Dengizlarda hayot kechiradi. Korall riflarida tarqalgan ko‘pshoxlilar ayniqsa, chiroyli rangda bo‘ladi. Ko‘pshoxlilar bir qancha sodda tuzilish belgilariga ega (masalan, alohida sarig‘doni, ba’zan jinsiy yo‘li bo‘lmaydi). Kiprikli chuvalchanglarning kelib chiqishi. Kiprikli chuvalchanglarning kelib chiqish muammosi bilateral simmetriyaning paydo boiishi bilan bog‘liq. Buni ikki xil usulda tushuntirish mumkin. Zoologiyada uzoq vaqt davomida Lange nazariyasi tan olingan edi. Bu nazariyaga binoan kiprikli chuvalchanglar taroqlilardan kelib chiqqan. Download 417.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling