Kirish I. Bob Yassi chuvalchanglarning rivojlanish sikli-parazitlik hayot maxsuli


So‘rg‘ichlilar sinfi, tuzilishi va hayot kechirishi


Download 417.39 Kb.
bet3/7
Sana28.03.2023
Hajmi417.39 Kb.
#1303669
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
YASSI CHUVALCHANGLAR RIVOJLANISH SIKLI - PARAZITLI HAYOT SIKLI

1.2 So‘rg‘ichlilar sinfi, tuzilishi va hayot kechirishi So‘rg‘ichlilar sinfiga 400 dan ortiq tur kiradi. Hamma vakillari umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning ichki organlarida parazit yashaydi. Kattaligi bir necha mm, ba’zan bir necha sm gacha, baliqlarda parazitlik qiladigan ayrim so‘rg‘ichlilarning uzunligi 1,5 mga yetadi. (Didymozoidae oilasi turlari).
Tuzilishi. Tana shakli kiprikli chuvalchanglarga o‘xshash bargsimon, lekin parazit yashashga moslanish belgilari mavjud. Yassi tanasining sirtlda kipriklari bo‘lmaydi; og‘iz va qorin so‘rg‘ichi deb ataladigan ikkita so‘rg‘ichlari yordamida yopishib yashaydi. Og‘iz so‘rg‘ichi tanasi oldingi uchidabo‘lib, uning o‘rtasida og‘iz teshigi joylashgan, og‘iz so‘rg‘ichidan orqarokda joylashgan, qorin so‘rg‘ichi faqat yopishish uchun xizmat qiladi. Maxsus muskullarning qisqarishi va bo‘shashi tufayli so‘rg‘ichlar xaltasi kengayib yoki torayib va parazit xo‘jayin organlariga yopishib oladi. Tana qoplag‘ichi tegument deb ataladigan kipriksiz epiteliydan ibo­rat. Epiteliyning sirtqi qavati yadrosiz sitoplazmatik plastinkadan iborat. Bu qavat hujayralar juda ko‘p mitoxondriylar va vakuollarga ega, lekin hujayralar o‘rtasida chegara yo‘qolib, sinsitiy hosil qiladi. Epiteliy sirtidagi har xil pixlar qo‘shimcha yopishuv organi hisoblanadi. Sitoplazmatik ipchalar yordamida tegument qavati sitoplazmaning parenximasiga botib turadigan yadroli qismi bilan bog‘langan. Tegument ostida bazal membrana va uning ostida halqa bo‘ylama muskullar joylashadi. Hazm qilish sistemasi nayi og‘iz teshigidan boshlanadi. Og‘iz teshigi muskulli ektodermal halqum, qizilo‘ngach va endodermal o‘rta ichakdan iborat (8-rasm). O‘rta ichak odatda ikki shoxga ajralgan; yirik turlarda esa ko‘p shoxli bo‘ladi.
Ayirish sistemasi protonefridiy tipida bo‘lib, odatda bir juft yig ‘uvchi naylar va ulardan tarqaladigan juda ko‘p naychalardan iborat. Naylar siydik pufagiga, pufak esa tashqariga ochiladi. Nerv sistemasi ortogon tipda tuzilgan bo‘lib, bir juft miya gangliylaridan hamda ulardan oldinga va orqaga ketadigan uch juft bo‘ylama nerv tomiridan iborat. Nerv tomirlari ko‘ndalang nerv tolalar bilan qo‘shilgan. Bo‘ylama nervlardan ayniqsa, qorin nerv tomiri yaxshi rivojlangan. Sezgi organlari voyaga yettan hayvonlarda rivojlanmagan, suvda erkin suzib yuradigan lichinkalarning bir yoki ikki juft oddiy ko‘zchalari teri retseptorlari bo‘ladi.


Download 417.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling