Kirish i-bob. Yettinchi sinfda musiqa o’qitishning mazmuni va metodikasi


Download 37.94 Kb.
bet4/9
Sana22.02.2023
Hajmi37.94 Kb.
#1220566
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Абдуллаев Шавкат

1.1 Musiqa ta’lim metodlari
Ta’limninig ko’rgazmali metodlarini shartli ravishda ikki katla guruhga bo’lish mumkin: ilyustratsiya va namoyish qilish metodlari. illyustrasiya metodi, o’quvchilarga ilyustratsiya qo’llanmalar - plakat, harita, doskadagi rasm, kartina, olimlarning portretlari va boshqalarni ko’rsatishni ko’zda tutadi. Namoyish kilsh metodi odatda asboblar, tajribalar, texnik ko’rilmalar, turli tipdagi preparatlarni namoyish qilish metodiga shuningdek, kinofilm va diafilmlar ko’rsalishni ham kiritishadi. Ko’rgazmali vositalarning illyustrativ va namoyish qilish bo’linmalari o’qitish amaliyotida tarixiy shakllangan.
Ta’limning amaliy metodlari o’quv faoliyatining xilma-xil turlarining keng doirasini kamrab oladi: amaliy melodlaridan foydalanishda quyidagi usullar qo’llaniladi: vazifani qo’yish, uni bajarilishni rejalashtirish, bajarish jarayonini boshqarish, jadal ragbatlantirish, tartibga solish va nazorat, amaliy ish natijasini tahlil qilish, kamchiliklar sababini aniqlash, maqsadga tulik erishish uchun ta’limga tuzatish kiritib borish.
Ta’limning muammoli - qidiruv metodlari amalda ta’limning so’z
orqali ifodalash, ko’rgazmali va amaliyot metodlari yordamida qo’llaniladi. Shu bilan birgalikda o’quv materialini mukammal bayon qilish metodlari, muammoli va evrestik suhbatlar, muammoli kidirish tipidagi ko’rgazmali metodlarni qo’llash, muammoli qidiruv amaliy ishlarni o’tkazish yoki xatto tadqiqot tipidagi ishlar to’g’risida gapirish mumkin. O’quv materialini muammoli va muammoli tuzilgan ma’ruza metodlari orqali bayon qilish o’qituvchining bayon davomida muloxaza yuritish, isbotlashi, umumlashtirishini, faktlarni tahlil qilish va tinglovchi fikrini o’z ortidan ergashtirishi, uni faolrok va ijodiyrok qilishni ko’zda tutadi.
Muammoli ta’lim metodlaridan biri evristik va muammoli qidiruv suhbati hisoblanadi. Bunda o’qituvchi o’quvchilar oldiga qator izchil va o’zaro bog’langan savollarni qo’yadi. O’quvchilar ularga javob berganda qandaydir shakllarini aytadilar. Aytganlarining to’g’ri ekanligini mustaqil isbotlashga harakat qiladilar. Bu bilan birga yangi bilimni o’zlashtirishda mustaqil ravishda o’zlarining oldinga siljishini amalga oshiradilar.
Ta’lim jarayoni ta’lim beruvchi – o’qituvchining va ta’lim olayotgan o’quvcnilar faoliyatining yigindisidan iborat. Bu jarayon o’qituvchi tomonidan ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan bo’ladi, doimo dinamik tarzda o’zgarib boradi. Ta’lim davomida ta’lim olayotganlarning shaxsiy xislatlari shakllantiriladi va rivojlantiriladi.
Musiqa darsida o’qituvchi o’quvchilarni musiqani idrok etish jarayonida, bilish faoliyatini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi uslublarni qo’llashi maqsadga muvofiqdir. Bu metodlar o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida vositachi hamdir. Chunki, aynan bir metod bilan o’qituvchi o’rgatadi, o’quvchilar o’rganadi.



Download 37.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling