Kirish Investitsiya fondlarnig mohiyat va ahamiyati
-jadval. Xorijiy investitsiyalarni moliyalashtirish usullari.2
Download 0.61 Mb.
|
moliya bozori
1-jadval.
Xorijiy investitsiyalarni moliyalashtirish usullari.2 Ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun jismoniy shaxslar mahalliy hokimiyat idoralarida tadbirkorlar sifatida ro’yxatga olinishi hamda fond bozorini tartibga soluvchi organ tomonidan beriladigan malaka shahodatnomasiga va litsenziyaga ega bo’lishi lozim. Malaka shahodatnomasi 3 yil muddatga beriladi. Investitsiya institutlarining ikkinchi o’ziga xos xususiyati shundaki, ularni xodimlarining asosiy tarkibi, xususan: investitsiya institutlarining rahbarlari; investitsiya institutlarining qimmatli qog’ozlar bilan investitsiya instituti nomidan bitimlar tuzishda bevosita ishtirok etuvchi, shuningdek, mijozlar bilan ishlovchi mutaxassislari fond bozorining ahvoli uchun mas’ul bo’lgan organda majburiy ravishda shahodatlashdan o’tishlari kerak. Investitsiya institutida ishlovchi va qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni bajarishga doir hujjatlarga imzo chekish huquqiga ega bo’lgan shahodatlashdan o’tgan mutaxassislar kamida ikkita xususiyatga ega bo’lishi zarur. Va nihoyat, investitsiya institutlarining uchinchi o’ziga xos xususiyati shuki, ular etarli darajadagi o’z mablag’lariga ega bo’lishi lozim. O’z mablag’lari deganda ustav, qo’shimcha, zaxira fondlari va bevosita foydadan tashkil topgan mablag’lar hajmi tushuniladi. O’z mablag’larining etarli bo’lishini ta’minlash maqsadida investitsiya institutlari ularning har biri uchun maxsus belgilangan iqtisodiy me’yorlarga dosh berishlari kerak, bu me’yorlar quyidagilardan iborat: 1. Ustav fondining eng kam miqdori. 2. Qo’yidagi formula bo’yicha aniqlanadigan o’z sarmoyasi va mijozlar mablag’lari o’zaro nisbatining koeffitsienti. Investitsiya fondlari – jismoiy va yuridik shaxslar mablag’larini to’plovchi hamda foyda olish, aktsiyadorlar xatarini kamaytirish maqsadida ushbu mablag’larni fond nomidan qimmatli qog’ozlarga, bank hisob raqamlariga va omonatlarga joylashtiruvchi tashkilotdir.31 Investitsiya fondi yuridik shaxs bo’lib, aktsiyalarni chiqarish va xarid qilishni, qimmatli qog’ozlar bilan boshqa bitimlarni amalga oshiradi, shuningdek, u aktsiyalariga egalik qilayotgan korxonalarning rivojlanishida va faoliyati samaradorligini oshirishda aktsiyador huquqlari bilan ishtirok etadi. Yuqorida sanab o’tilgan operatsiyalar investitsiya fondining maxsus faoliyat turiga kiradi. Investitsiya fondi faoliyatini qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarning boshqa turlari bilan birga olib borishga yo’l qo’yilmaydi. Fondni sarflash bilan bog’liq barcha xatarlar, ularning bozor narxlari o’zgarishidan ko’rilgan daromad va zararlar aktivlar qiymatini yoki fond aktsiyalari joriy narxlarini o’zgartirish yo’li bilan to’liq hajmda aktsiyadorlarning hisob raqamlariga kiritiladi. Investitsiya fondlari faqat ochiq aktsiyadorlik jamiyatlari ko’rinishida tashkil etilishi mumkin. Investitsiya fondlari ikki xilga bo’linadi: ochiq va yopiq investitsiya fondlari. Ochiq turdagi investitsiya fondlari aktsiyalarni ularni sotib olish majburiyati bilan muomalaga chiqaradi, ya’ni fond qimmatli qog’ozlarining egalariga ularning o’rniga pul summasi yoki mol–mulkni olish huquqini beradi, bu ustavda oldindan ko’zda tutilishi lozim. Yopiq turdagi investitsiya fondlari aktsiyalarni ularni sotib olish majburiyatisiz muomalaga chiqaradi. Investtsiya fondlarini tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari. Investitsiya fondlarining muassislari bo’lib yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etishi mumkin, bunda ularning soni ikkitadan kam bo’lmasligi kerak. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling