Kirish Investitsiya fondlarnig mohiyat va ahamiyati
Download 0.61 Mb.
|
moliya bozori
5-rasm. Mamlakatimizda moliya institutlari tomonidan chiqarilgan aksiyalar emissiya hajmi, mlrd soʻmda9.
Yuqoridagi rasmdan koʻrinib turibdiki, moliya institutlari ichida aynan investitsiya fondlari ulushni nihoyatda past. Pay fondlari faoliyat mexanizmi Investitsiya faoliyatini amalga oshirish maqsadida ikki va undan ortiq shaxslarning – investorlarning oʻzi ishonchli boshqaruvga bergan pul mablagʻlari yigʻindisi pay fondidir. Pay fondi quyidagi turda boʻlishi mumkin: - chiqarilgan investitsiya paylarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan fondning mablagʻlari hisobidan qaytarib sotib olish majburiyatiga ega boʻlgan pay fondi; - chiqarilgan investitsiya paylarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan fondning mablagʻlari hisobidan qaytarib sotib olish majburiyatiga ega boʻlmagan pay fondi. Pay fondining turi pay fondini ishonchli boshqarish shartnomasida koʻrsatiladi. Pay fondi yuridik shaxs boʻlmaydi. Oʻz egalarining pay fondidagi ulushini tasdiqlovchi hujjatsiz qimmatli qogʻoz investitsiya payidir. Investitsiya payiga boʻlgan huquqlar Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan investitsiya paylari egasining depo hisobvaragʻidan beriladigan koʻchirma bilan tasdiqlanadi. Pay fondini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror ishonchli boshqaruvchi tomonidan qabul qilinadi. Investor ishonchli boshqaruvchi bilan tuziladigan, investorlarning pul mablagʻlarini umumiy ulushli mulk huquqi asosida pay fondiga birlashtirish nazarda tutiladigan shartnoma asosida pay fondiga pul mablagʻlarini kiritadi. Ishonchli boshqaruvchi oʻzining alohida bank hisobvaragʻiga investorlar pul mablagʻlarini kiritganidan keyin ikki ish kuni ichida ularga investitsiya paylarini beradi. Investitsiya paylarini joylashtirish barcha investorlar uchun yagona narx boʻyicha amalga oshiriladi. Pay fondining pul mablagʻlari investitsiya deklaratsiyasiga binoan investitsiya qilinadi. Pay fondini ishonchli boshqarish jarayonida olingan daromadlar ishonchli boshqaruvchining alohida bank hisobvaragʻida jamlanadi. Pay fondi u Pay fondlarining yagona reyestriga kiritilgan va tegishli axborot qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining hamda Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran tashkil etilgan deb hisoblanadi. Pay fondlarining yagona reyestrini yuritish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Pay fondining hisobi pay fondi Pay fondlarining yagona reyestriga kiritilganidan keyin investitsiya paylarini hisobga qoʻyish orqali Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi. Investitsiya paylari pay fondini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran bir hafta ichida hisobga qoʻyilishi kerak. Investitsiya paylarini hisobga qoʻyish chogʻida investorlarga Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida depo hisobvaraqlari ochiladi, bu hisobvaraqlarda investorlarga tegishli investitsiya paylariga boʻlgan huquqlarning hisobi yuritiladi. Ishonchli boshqaruvchi pay fondi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida hisobga qoʻyilganidan keyin investorlarning pul mablagʻlarini tasarruf etishga haqli. Pay fondining pul mablagʻlari ishonchli boshqaruvchining rahbari va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadigan toʻlov hujjati asosida sarflanadi. Pul mablagʻlaridan hamda boshqa investitsiya aktivlaridan foydalanishning maqsadi va yoʻnalishlari ishonchli boshqarish shartnomasi shartlariga, shu jumladan investitsiya deklaratsiyasiga muvofiq boʻlishi kerak. Investitsiya aktivlari boʻyicha olingan daromadlar pay fondining investitsiya paylari egalari oʻrtasida yilda bir marta taqsimlanadi yoxud investitsiya paylarining barcha egalari roziligiga koʻra qayta investitsiya qilinadi. Pay fondining investitsiya paylari egalariga daromadlarni toʻlash ishonchli boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Ishonchli boshqaruvchi tomonidan pay fondi nomidan va ushbu fond mablagʻlari hisobidan tuziladigan shartnomalar Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak. Pay fondining pul mablagʻlari: - fond investitsiya aktivlarining 10 foizidan ortiq miqdorda bir emitentning qimmatli qogʻozlariga yoki masʼuliyati cheklangan jamiyatning ulushlariga investitsiya qilinishi; - tashkiliy-huquqiy shakli oʻz ishtirokchilarining qoʻshimcha javobgarligini nazarda tutadigan xoʻjalik jamiyatlarining qimmatli qogʻozlariga va ulushlariga investitsiya qilinishi; - ishonchli boshqaruvchi, auditorlik tashkilotlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarga, shuningdek ularning ustav kapitalidagi ulushlarini olishga investitsiya qilinishi; - investitsiya faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan yoʻnalishlar boʻyicha foydalanilishi; - fond investitsiya aktivlari umumiy summasining 10 foizidan ortiq miqdorda investitsiya qilinishi (bundan qimmatli qogʻozlarga qoʻyish mustasno) mumkin emas. Investitsiya payining muomalasi uning fond birjasidagi oldi-sotdisi va investitsiya payining egasi almashishiga olib keladigan boshqa harakatlarni bajarish orqali amalga oshiriladi. Ishonchli boshqarish shartnomasida pay fondining investitsiya paylarini ularning egasi talabiga koʻra, ayni bir ishonchli boshqaruvchining ishonchli boshqaruvida boʻlgan boshqa pay fondining investitsiya paylariga almashtirish imkoniyati nazarda tutilishi mumkin. Bunda bir pay fondining investitsiya paylarini boshqa pay fondining investitsiya paylariga almashtirilishi lozim boʻlgan investitsiya paylarini muomaladan chiqarish sanasi almashtirilayotgan investitsiya paylarini berish sanasiga mos kelgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin. Pay fondini tugatish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: - ishonchli boshqarish shartnomasining amal qilish muddati tugaganda; - barcha investitsiya paylarini muomaladan chiqarish uchun buyurtmalar kelib tushganda; - ishonchli boshqaruvchining litsenziyasi bekor qilinganda, agar uning pay fondini ishonchli boshqarish shartnomasi boʻyicha huquq va majburiyatlari litsenziya bekor qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida boshqa ishonchli boshqaruvchiga berilmagan boʻlsa; - pay fondi hujjatlarida koʻrsatilgan pay fondini tashkil etish va uning faoliyatini amalga oshirish maqsadiga erishilganda; - investitsiya paylari egalarining pay fondini tugatish toʻgʻrisida bir ovozdan qabul qilingan qarori mavjud boʻlganda. Pay fondining investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchi tomonidan fond birjasida (qimmatli qogʻozlar uchun) va kimoshdi savdosida realizatsiya qilinishi lozim. Pay fondining investitsiya aktivlarini realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar pay fondining investitsiya paylari egalariga oʻzlariga tegishli boʻlgan investitsiya paylari soniga mutanosib ravishda toʻlanishi kerak. Pay fondi investitsiya paylari egalarining pay fondi negizida investitsiya fondini taʼsis etish toʻgʻrisida bir ovozdan qabul qilingan qarori pay fondini tugatish haqidagi qaror deb eʼtirof etiladi. Pay fondi tugatilganda mazkur pay fondi ishonchli boshqaruvchisining faoliyati auditorlik tashkiloti tomonidan majburiy auditdan oʻtkazilishi kerak. Investitsiya payini muomaladan chiqarish pay fondi tugatilganda amalga oshiriladi. Investitsiya payini muomaladan chiqarish quyidagilar orqali amalga oshirilishi mumkin: - investitsiya payining qiymatini ishonchli boshqaruvchi tomonidan pay fondi mablagʻlari hisobidan pul mablagʻlari bilan toʻlash; - investitsiya payini pay fondi negizida tuzilgan investitsiya fondining aksiyalariga ayirboshlash. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling