Kirish Investitsiya fondlarnig mohiyat va ahamiyati
O’zbekistonda investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish
Download 0.61 Mb.
|
moliya bozori
O’zbekistonda investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish.
Oʻzbekistonda investitsiya va pay fondlari faoliyat mexanizmi Mamlakatimizda investitsiya va pay fondlari faoliyati 2015 yil 25 avgustda OʻRQ-392-son bilan qabul qilingan “Investitsiya va pay fondlari toʻgʻrisida”gi qonun bilan tartibga solinadi. Unga koʻra, “Investorlarning pul mablagʻlarini jalb etish va ularni investitsiya aktivlariga qoʻyish maqsadida aksiyalar chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs – aksiyadorlik jamiyati investitsiya fondidir”8. Investitsiya fondi oʻz faoliyatini qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi hisoblangan Qimmatli qogʻozlarbozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradi. Investitsiya fondi quyidagi turda boʻlishi mumkin: - oʻzi chiqargan aksiyalarni qaytarib sotib olish majburiyatiga ega boʻlgan investitsiya fondi; - oʻzi chiqargan aksiyalarni qaytarib sotib olish majburiyatiga ega boʻlmagan investitsiya fondi. Investitsiya fondining turi fondning taʼsis hujjatlarida koʻrsatiladi. Investitsiya fondi yangi yuridik shaxsni taʼsis etish yoki boshqa investitsiya fondini qayta tashkil etish yoʻli bilan tashkil etiladi. Investitsiya fondini investitsiya fondi boʻlmagan boshqa yuridik shaxsni qayta tashkil etish orqali tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Investitsiya fondi tijorat tashkiloti boʻlib, u oʻzining alohida hisobga olinadigan mol-mulkiga, shu jumladan ustav kapitaliga berilgan molmulkka ega boʻladi. Yuridik va jismoniy shaxslar investitsiya fondining muassislari (aksiyadorlari) sifatida ish yuritishi mumkin. Investitsiya fondini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Investitsiya fondini tashkil etishda uning aksiyalari qiymatini toʻlash pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar, ulushlar, shuningdek koʻchmas mulk va boshqa mol-mulk, mulkiy huquqlar bilan amalga oshiriladi. Bunda uning ustav kapitalining kamida 75 foizi pul shaklida toʻlanishi kerak. Investitsiya fondining aksiyalarini joylashtirish fond birjasida amalga oshiriladi. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi va kuzatuv kengashi, shuningdek vakolatlarini ishonchli boshqaruvchi amalga oshiradigan ijroiya organi investitsiya fondining boshqaruv organlaridir. Investitsiya fondi: - faoliyatni litsenziya olmasdan amalga oshirishga; - korporativ obligatsiyalar va infratuzilma obligatsiyalari, shuningdek imtiyozli aksiyalar chiqarishga; - investitsiya fondi sof aktivlarining 10 foizidan ortigʻini bir emitentning qimmatli qogʻozlariga yoki masʼuliyati cheklangan jamiyatning ulushiga investitsiya qilishga; - toʻlanishi lozim boʻlgan qarzlarning jami hajmi kredit va (yoki) qarz bitimi imzolangan sanadagi investitsiya fondi sof aktivlari qiymatining 15 foizidan oshib ketgan taqdirda, kredit va (yoki) qarz mablagʻlarini jalb etishga (bunda kredit va (yoki) qarz muddati uch oydan oshib ketmasligi kerak); - kafil boʻlishga, mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni garovga qoʻyishga; - tashkiliy-huquqiy shakli oʻz ishtirokchilarining qoʻshimcha javobgarligini nazarda tutadigan xoʻjalik jamiyatlarining qimmatli qogʻozlariga va ulushlariga investitsiyalarni amalga oshirishga; - ishonchli boshqaruvchi, auditorlik tashkilotlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarga investitsiyalarni amalga oshirishga, shuningdek ularning ustav kapitalidagi ulushlarini olishga; - boshqa investitsiya fondlarining aksiyalarini olishga va ularga ega boʻlishga; - investitsiya faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan bitimlar tuzishga, opsionlar yoki fyucherslar olishga; - umumiy summasi fond sof aktivlarining 10 foizidan ortiq investitsiyalarni amalga oshirishga (bundan qimmatli qogʻozlarga qoʻyish mustasno) haqli emas. Investitsiya fondi investitsiya fondi sifatida oʻz faoliyatini tugatmasdan yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllariga oʻzgartirilishga haqli emas. Ishonchli boshqaruvchi boʻlmagan taqdirda, investitsiya fondining kuzatuv kengashi uch oy ichida ishonchli boshqaruvchi yollashi yoxud investitsiya fondini tugatish tashabbusi bilan chiqishi shart. Investitsiya fondlari tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish, shuningdek ularni saqlash, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi. Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchida alohida balansda aks ettiriladi va u boʻyicha mustaqil hisob yuritiladi. Ishonchli boshqarish bilan bogʻliq faoliyat boʻyicha hisob-kitoblar uchun alohida bank hisobvaragʻi ochiladi. Investitsiya fondining buxgalteriya hisobini yuritish hamda moliya, soliq hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzish ishonchli boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Ishonchli boshqaruvchi fond investitsiya aktivlarining alohida hisobini yuritadi, ularning yaxlitligini va but saqlanishini taʼminlaydi, shuningdek investitsiya fondining moliya, soliq hisobotlari hamda boshqa hisobotlarining toʻgʻriligi va ishonchliligi uchun javobgar boʻladi. 2018 yil 15 fevral holatiga mamlakatimizda 9ta investitsiya fondi faoliyat koʻrsatmoqda. Ular tomonidan muomalaga chiqarilgan aksiyalar emissiya hajmi 2,32 milliard soʻmni tashkil etadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling