Kirish. "Jahon adabiyoti" fanining predmeti va mazmuni
Download 187.53 Kb.
|
JAHON ADABIYOTI MA\'RUZA MATNI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Panchatantra” va “Kalila va Dimna”
QADIMGI HIND ADABIYOTI
“Ramayana” . Qadimgi hind adabiyoti durdonalaridan biri. “Ramayana” eposi til hususiyatlariga ko‘ra “Mahobxorat” yozilgan davrdan keyinroq vujudga kelgan bo‘lsa- da, asar voqyelari - Ram, Krishnaning qahramonliklari va uni ma'bud deb tan olinishi ancha qadimroq vaqglarda yuz bergan. Shoir Valmiki “Ramayana” dostonining asosiy muallifi deb taxmin qilinadi. Ammo dostonning to‘liq shakllanishida boshqa Mirlarning shoirlari ham hissa qo‘shgan. Doston syujeti markazida IIri-Lanka (Sarandib, Seylon) devlar va jinlar mamlakati rahbari - o‘n boshli dev Ravana (ehtimol, o‘n buyuk lashkarboshilari bordir?) Ayyodxya davlati podshohining o‘g‘li Ramning sevikli xotini Sitani o‘g‘irlab olib keladi, asirliqda saqlaydi. U Sitaga uylanmoqchi bo‘ladi. Sita turli bahonalar topib, to‘yni orqaga suradi. Shungacha, Ram va ukasi Lakshman, jangchilari, Shamol ma'budi Vayuningo‘vsh, donishmand maymun Xonuman yordamida Devlar makoniga yetib keladilar. O‘rtada bo‘lgan janglar, yakkama-yakka olishuvlar, dev Ravananing aka-ukalarining jangovar xususiyatlari fantaziyaga boy badiiy detallar bilan mufassal tasvirlanadi. Shu jihatdan "Ramayana”ni pahlavonlar qurashiga doir jangnoma deyish mumkin. “Ramayana” dostoni syujetida oila muammolari, kundosh xotinlarning o‘z o‘g‘illarini valiahd qilish uchun qilgan ig‘vo, janjallari davlat ishlarini zaiflashi ham katta o‘rin egallaydi. Dostonda adolatli podshoh, kuchli davlat muammolari oilaviy muammolar bilan uzviy aloqadorlikda tasvirlanadi. Cheksiz badiiy fantaziya, umuminsoniy g‘oyalar, ezgulik va yovullik kurashi yorqin aks ettirilgan “Ramayana” va “Mahobxorat” dostonlarini buyuk hind adibi R.Tagor esladaliklarning “Iliada” va "Odisseya” dostonlariga qiyoslaydi36. Qadimgi hind eposlari jihondagi juda ko‘p tillarga tarjima qilingan. “Mahobxorat”ning kino-epopeyasini hindshunos olim va shoir Amir Fayzulla, "Ramayana” dostonini olim, shoir, romannavis adib Muhammad Ali o‘zbek tiliga mohirona tarjima qilganlar. Bu eposlar hind adabiyotining keyingi taraqqiyotiga ham kuchli ta'sir ko‘rsatgan. Kalidasa, R.Tashr, Prem Chand, K.Narayan va boshqa adiblar, shoirlar, dramaturglar bu asarlar syujetidan ilhomlanib, ko‘pgina durdona asarlarini ijod qilganlar. “Panchatantra” va “Kalila va Dimna” Qadimgi hivd adabiy-axloqiy, estetik tafakkurining nodir durdonalaridan biri “Panchatantra” (“Besh kitob”, “Kalila va Dimna”) asari milodning (yangi eraning) III-IV asrlarida vujudga kelgan. Bu hikmatli asarning buyuk ahamiyati muqaddima bilan hoshiyalangan. Janubiy Hivd o‘lkasida Amora-shakti (o‘lmas qudrat egasi) nomli dono podshoh bo‘lib, u barcha barglari ilm-fanlar bo‘lgan jannat daraxtiga o‘xshar ekan. Ammo bu podshohning Baxu- shakti (Juda qudratli), Ura-shakgi (Juda dahshatli) va Ananta- shakti (O‘ta qudratli) ismli uchta o‘g‘li bir-biridan ahmoq, tentak bo‘lib o‘sishibdi. Ular 12 yil ona tili grammatikasini o‘qib, hyech narsa tushunmabdilar. Podshoh g‘amgin bo‘lib, dono vazirlarini yig‘ib, maslahat so‘rabdi. Ular farzandlaringiz tarbiyasini donishmavd Vishnu-sharmanga topshiring, debdilar. Donishmand bu ishga 6 oy muhlat so‘rab, shahzodalarga “Panchatantra” hikoyalarini so‘zlab beribdi. Shu muqaddima besh kitobni birlashtiradi. “Panchatantra” m.a. IV asrda noma'lum muallif tomonidan yozilgan. Iskandar va Pur jangidan so‘ng hindlar maqduniyalik istilochilarni qirib tashlab, o‘zlarining shahzodasi Dobshalimni podshoh qilib ko‘garadilar. Ammo u kibru havoga va dabdabaga berilib, xalqqa jabr-zulm qila boshlaydi. Shunda vazirlar yashirin tarzda yig‘ilib, donishmavd barahman Boydaboni chaqirib, undan podshohni adolat va insofga, yaxshilikka da'vat qiluvchi bir hikmat yozib berishlikni iltimos qiladilar. Shunda Fil bilan To‘rg‘ay hikoyasi yuzaga chiqadi. Fil daryo bo‘yiga suv ichgani kelganida o‘zi bilmagan holda to‘rg‘ay uyasidagi jajji tuxumlarni sindirib yuboradi. To‘rg‘ay Filga o‘z dardini aytsa, Fil takabburlik bilan qo‘pollik qiladi. To‘rg‘ay o‘rmondagi do‘sti Qarg‘ani ishga solib, Filning ko‘zini cho‘qitib ko‘r qiladi. So‘ng qurbaqalarga aytib, ko‘rmayotgan Filni jarlikka qulatib yuboradi. Hikoyadan maqsad zolim har qancha qudratli bo‘lmasin, jazosiz qolmasligini eslatishdir. Donishmand Boydabo zolim Dobshalim bilan uchrashib, unga fasih so‘zlarni aytib, dilini eritadi. Shoh uning nasihatlarini tinglashga rozilik bildiradi. Donishmand hikmatlarida aytilishicha, inson boshqa joniyurlardan to‘rt xislati bilan farqlanadi: u turli ilmlarni bilishi (1), go‘zal xulqli va shirinsuxan bo‘lishi (2), vazminlik bilan oqilona ish tutishi (3) va adolatli (4) bo‘lishi kerak. Asar davomida shu kabi bir qator hikmatlar keltiriladi. Hind donishmanddari ming yillar davomida bu hikmatlarni aytib jahon xalqlariga yetkazganlar. Qadimgi Hindistonda adabiy-estetik tafakkur mifologik inonch- e'tiqodlarni va umuminsoniy ideallarni ilgari surgan. (X.B., M.M.). P.asari I. G‘afurov tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan. “Kalila va Dimna”ni esa S. G‘anieva o‘girgan. Download 187.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling