Kirish kadastr


Download 182.38 Kb.
bet3/9
Sana16.06.2023
Hajmi182.38 Kb.
#1507874
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KADASTR HISOBOTI

1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Ko‘chmas mulk obyektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.
Kadastr pasportida mulkdor va huquq belgilovchi hujjatlar haqidagi ma’lumotlar aks ettirilmaydi.
3. Kadastr pasportining shakllari quyidagi turlar bo‘yicha belgilanadi:
ko‘p kvartirali uydagi turar joyning kadastr pasporti;
yakka tartibdagi turar joyning kadastr pasporti;
noturar joy toifasidagi ko‘chmas mulk obyektining kadastr pasporti;
yer uchastkasining kadastr pasporti;
qurilishi tugallanmagan obyektning kadastr pasporti.
4. Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:
ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;
ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;
yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;
ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;
ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;
o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.
5. Kadastr pasportini olish hamda belgilangan tartibda ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza beruvchining ixtiyoriga ko‘ra bir vaqtda yoki alohida murojaat qilish mumkin.
Belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlariga ko‘ra obyektning qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan taqdirda, bitta so‘rovnomaga asosan kadastr pasporti, obyektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi, ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi reyestrdan ko‘chirma bir vaqtda beriladi.
Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelganda, boshqa shaxsga o‘tganda, bekor bo‘lganda yoki ko‘chmas mulk obyektining huquqiy holati o‘zgarganligini tasdiqlash yoki qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha murojaat qilinganda, ariza beruvchining ixtiyoriga ko‘ra qog‘oz yoki plastik shakldagi kadastr pasporti beriladi.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi filiallari (keyingi o‘rinlarda — DK filiallari) kadastr yig‘majildini shakllantirib, uning natijasi bo‘yicha kadastr pasportini taqdim etadilar.
Davlat siri bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha kadastr pasportini tayyorlash uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri DK filiallariga murojaat qilinadi.
7. Davlat xizmatlari markazlari va DK filiallari o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron tizim yordamida amalga oshiriladi.
8. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida ko‘rsatiladi.

Download 182.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling