Kirish kadastr
-bob. Davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi
Download 182.38 Kb.
|
KADASTR HISOBOTI
2-bob. Davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi
8. Ariza beruvchi servitutni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. 9. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi — ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, so‘rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi. So‘rovnomaga servitut yoki sudning qarori ilova qilinadi. 10. Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi. O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin. 11. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, yig‘im summasining 90 foizi undiriladi. Davlat xizmati uchun yig‘im undirilganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi. 12. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda: 20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga; qolgan mablag‘larning 80 foizi Markaz hisobvarag‘iga, 20 foizi tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi; b) YIDXP orqali murojaat etilganda: 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga; 11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga; qolgan mablag‘larning 80 foizi Markaz hisobvarag‘iga, 20 foizi tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. 13. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi. 14. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi. Bunda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi. 15. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda, uning so‘rovnomasi Davlat xizmatlari markazlari xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng barcha hujjatlar real vaqt rejimida Markazga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda Markazga yuboriladi. 16. Quyidagilar servitutni davlat ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun asos bo‘ladi: taqdim etgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi; hujjatlarni tegishli tarzda rasmiylashtirmay taqdim etish; yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi; ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi; qonunda nazarda tutilgan boshqa cheklovlar. Boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 17. Markaz so‘rovnoma kelib tushgandan so‘ng bir ish kuni mobaynida servitutni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi, servitut davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi xaqida QR-kod (shtrixli kod) qo‘yilgan reyestrdan ko‘chirmani elektron shaklda rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi. 18. Davlat xizmatlari markazlari Reyestrdan ko‘chirma kelib tushgandan so‘ng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra, unga Reyestrdan ko‘chirmani elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda beradi. Download 182.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling